Инфоурок Биология Другие методич. материалыБиология ўқитиш методикаси ўқув услубий мажмуа

Биология ўқитиш методикаси ўқув услубий мажмуа

Скачать материал

        

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI

 

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

 

«TASDIQLAYMAN»

O´quv ishlari bo´yicha prorektor

_____________ I.Q. Хaydarov

  «____»  __________  2021 yil

 

 

 

GENETIKA VA EVOLYUTSION BIOLOGIYA  KAFEDRASI

 

"BIOLOGIYA O'QITISH METODIKASI"

FANIDAN O'QUV USLUBIY MAJMUA

 

(4 – kurs)

 

 

 

Bilim sohasi:        100 000 - gumanitar

Ta'lim sohasi:       110 000 - pedagogika

Ta'lim yo'nalishi:   5110400 - biologiya o'qitish metodikasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

CHIRCHIQ - 2021

 

 

 

 

 

Fan  o‘quv majmuasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021___yil “____“ _____dagi ___-sonli buyrug’i bilan (buyruqning _____- ilovasi) tasdiqlangan “Biologiya o`qitish metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlangan.

 

 

Fan  o‘quv majmuasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti kengashining 2021yil «____» ___________ dagi, ____ - sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan

 

 

TUZUVCHILAR:

 

N.A.Mirzaeva

 

 

 

X.O.Bektayeva   

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi dosent. v.b, pedagogika fanlari falsafa doktori  (PhD)

 

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi o´qituvchisi

 

 

 

 

 

 

 

 

                          

TAQRIZCHILAR:

 

 

M.Isabaeva            -

  Muqumiy nomidagi QDPI “Biologiya”  kafedrasi dosenti, p.f.f.d.

 

     

Fan  o‘quv majmuasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti kengashining 2021 yil «____» ___________ dagi ____ - sonli majlisida muhokamadan o´tkazilgan.

 

Fakultet dekani                                       P.f.d A.K.Raximov

 

Fan  o‘quv majmuasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetiGenetika va evolutsion biologiya” kafedrasining
2021 yil «____» ___________ dagi ____- sonli majlisida ko´rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilingan.

 

 

 

 

            Kafedra mudiri             

                                b.f.d.  B.X.Amаnov

 

 

 

MUNDARIJA

 

  I

SILLABUS (O`QITUVCHI DASTURI)

 

 II

NAZARIY MATERIALLAR

 

 

III

 

AMALIY MASHG‘ULOTLARI UCHUN MATERIALLAR (VAZIFALAR. KEYSLAR. KURS ISHI LOYIHASI. SEMINARLAR VA H.K)

 

 IV

PREZENTATSIYA(O`RTACHA 15-20 SLAYD)

 

 V

TARQATMA MATERIALLAR. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR

 

 

 VI

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MATERIALLARI (LABORATORIYA ISHLARINING TARKIBI. LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO`LLANMALAR VA H.K)

 

 

VII

GLOSSARIY (O`ZBEK. INGLIZ TILLARIDAGI ASOSIY ATAMALAR VA ULARNING QISQACHA TUSHUNCHALARI VA H.K)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I. O‘QUV MATERIALLARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MA’RUZA

MASHG’ULOTLARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-MAVZU. BIOLOGIYA XONASI VA TIRIK TABIAT BURCHAGIDAGI DARSDAN TASHQARI ISHLAR

Darsdan tashqari ishlarning ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni.

         Darslik bo'yicha uy vazifalari.

         Uyda bajariladigan amaliy ishlar.

Asosiy tushuncha va tayanch so'zlar.

Uy vazifalari turlari, darslik bo'yicha uy vazifalari, amaliy ishlar bajarish, uy vazifasini tarbiyaviy ahamiyati, darsdan tashqari ishlarning ahamiyati, biologiya xonasi, tirik tabiat burchagi, o'quv tajriba uchastkasida, tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar.

 

Biologiyadan tuzilgan DTS o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar me'yorlangan bo'lib, uni o'quvchilar dars davomida egallashlari ancha mushkul.

Shu sababli, o'qituvchi o'qitishning zaruriy shakli bo'lgan uy vazifalari va darsdan tashqari ishlarda o'quvchilarning muayyan ko'nikma va malakalarni egallashlarini nazarda tutmog'i lozim.

Jumladan, "Botanika" o'quv fani DTSda o'quvchilar tomonidan:

         O'simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni aniqlash maqsadida kuzatishlar o'tkazish, oddiy tajribalar qo'yish;

         O'simliklarni parvarish qilish:

         Qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko'paytirish, payvandlash;

         Tabiatda o'zini tutish qoidalariga rioya qilish;

         Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlash;

         Darslik mundarijasi yordamida mo'ljal olishni bilish, matn va rasmlar bilan ishlay olish, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, savollarga javob berish, biologik atamalar lug'ati bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lishi qayd etilgan.

Mazkur ko'nikmalarni tarkib toptirishda darsdan tashqari ishlar muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, yuqoridagi ko'nikmalarni o'quvchilarda tarkib toptirish uchun o'qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.

Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy ob'ektlar ustida kuzatish o'tkazish va oddiy tajribalar qo'yish bilan ifodalanadi.

Darslik bo'yicha uy vazifalari o'quvchilarning dars mavzusi bilan bog'liq bo'lgan o'qituvchining amaliy va darslik bo'yicha topshirig'ini uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.

O'kuvchilarning aksariyati darsliklardan to'g'ri foydalanishni bilmaydi, ba'zi o'quvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab oladilar, ayrimlar mavzularni yuzaki o'rganadilar. Uyga berilgan topshiriqlar o'quvchining fikr yuritishini faollashtiradigan, unda mustaqil ishlashga qiziqish uyg'otgan taqdirdagina ko'zlagan maqsadga erishiladi. Buning uchun har qanday topshiriq savollar shaklida ifodalangan bo'lishi kerak, o'quvchilar sinfda gapirib berish uchun darslik tekstini qatorasiga yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib, ularga javob tayyorlaydilar. Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni yodlang yoki o'rganing degan iboralardan voz kechish kerakdir.

O'quvchilarning darslik bilan ishlashlaridan asosiy maqsad o'qigan-larini tushunishdir, mantiqiy o'qishni bilishdir, urg'uni to'g'ri ishlatish, qonun va qoidalarni aniq ajrata olishdir.

Mavzular oxirida berilgan savollar o'quvchilar ishini ancha faollashtiradi. O'qituvchi o'zi ham savollar tuzib, o'quvchilarga javob topishni taklif etadi. Berilgan savollar orasida ayniqsa taqqoslashni talab etadigan savollar alohida ahamiyatga kasb etib o'quvchilarning shaxsiy kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash sinfdan-sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi.

O'quvchini ob'ektlarni tanish va ularni taqqoslash, o'xshash va farqli belgilarini aniqlash ko'nikmalarini tarkib toptirish maqsadiga ega bo'lgan uy vazifalari matnni tushunib o'qishlariga zamin yaratadi. Bunday topshiriqlarga mos ravishda o'quvchilarga kichik jadval to'ldirish taklif etiladi. Misol uchun 6-sinfda quyidagicha jadvallar berilishi mumkin.

 

Gulli o'simliklarning oilalari gul tuzilishi va formulasi meva xili

                  

  

Darslik bo'yicha uy vazifalari o'tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina emas, balki undan oldin o'zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan bo'lishi mumkin.

Darsda o'qituvchi o'quvchilarni uyda darslikdan to'g'ri foidalanishni o'rgatishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:

• Darslikning mundarijasini ko'rib chiqing. U qanday bob va mavzularni o'z ichiga olishini aniqlang.

• O'rganilayotgan mavzu matnini qismlarga ajrating. Bir muncha qiyin qismlarini, ta'riflarni, qonun, qoidalarni, lug'atlarni o'qing.

• Rasm, sxema, jadvallarni ko'rib chiqing va ma'nosini tushinishga harakat qiling, raqamli ma'lumotlarga e'tibor bering.

• O'rganilayotgan mavzu matnini rasm, sxema, jadvallar yordamida tushuntirishni mashq qiling.

O'quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni o'rganishdan oldin, mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma'lumotlardan ajratib olishlari kerak.

Yuqori sinf o'quvchilari darslikni o'qish vaqtida qisqacha yozib borishlari foydalidir, ular o'rgangan matnni xotirada ko'proq qolishga yordam beradi. Darslik mavzulari bo'yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar yozish, bularning hammasi o'quvchilarni darslikdan to'laroq va chuqurroq foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi.

Bilimlarni mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. O'quvchilar faqat og'zaki javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, xayvonlarning va ularning organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini chizishni ham bilishlari zarur.

Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy ob'ektlar bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bo'lishi mumkin.

Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini ajratish kabilar darsda tegishli materialni o'rganilgandan so'ng, bilimlarni mustahkamlash uchun beriladi.

Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki kuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun oldindan berish ma'qul.

Dastlabki eksperimental ishlarni ma'lum muddatda qaysi darsda foydalanish uchun ularni o'quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur. Bunday uy vazifalari ko'proq botanikadan bo'lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan necha kun kerakligi quyida keltirilgan

         Gerbariy quritish uchun – 7 kun

         Urug'ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun

         Ildizning o'sishini kuzatish – 10 kun

         Qalamcha va parxishdan o'simlik o'stirish uchun – 14 kun

Tajribalar natijasini o'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasiga binoan tegishli darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma'lumot beradilar. O'z tajribasini o'qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bo'yicha amaliy ishlar asosan kuzatishlar bilan bog'liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum bosib yotishi, qaldirg'ochlarning bolalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir.

Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari:

         Amaliy mazmunda;

         Tadqiqiy mazmunda bo'lishi mumkin.

Bularga uy sharoitida suyakning tarkibini aniqlash, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.

Shuningdek, o'quvchilarning o'z-o'zini kuzatish ishlari darsning o'zida o'tkazilishi, boshqalari esa uyga vazifa qilib beriladi. Masalan, "qon aylanish" mavzusini o'rganishda jismoniy va aqliy mehnat turiga qarab pulsning o'zgarishini o'rganishni uyda bajarish, bajargan ishlarini grafik va sxema tarzida tasvirlash tavsiya etiladi. 

Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy ob'ektlar bilan ishlash bo'yicha har xil mustaqil topshiriqlar bo'lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizm shakllarining xilma-xilligini o'zgaruvchanligini va moslanishlarini har xil ekologik omillarini organizmga ta'sirini o'rganish yuzasidan bo'lishi mumkin.

Uyda o'tkazilgan tajriba natijalari to'plangan gerbariy va kollektsiyalar darslarda foydalaniladi. O'quvchilarning axborotlari o'qituvchi bayon qiladigan materialga kiritiladi.

Shunday qilib o'quvchilarning uy vazifalari xilma-xil bo'lishi mumkin.

• Darslik bilan ishlash:

• Savollarga javoblar topish:

• Jadvallar tuzish.

• Mavzu yakunidagi topishmoqlarning javoblarini topish, krossvord va chayvordlarni ishlash.

• Qo'shimcha adabiyotlar, jurnal va badiiy adabiyotlar o'qish.

• Mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash.

• Tabiiy ob'ektlar bilan ishlash:

• O'simlik va hayvonlarni kuzatish:

• Tajribalar qo'yish va hakozalar.

 

Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari ishlar o'qituvchining individual yoki guruhli topshiriqlari asosida darsdan keyin o'quv fanini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarish uchun tashkil etiladigan o'qitish shakli.

Darsdan tashqari ishlar - biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, tabiatda, o'quv tajriba er maydonchasida bajariladi.

O'quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zarurligi shundan iboratki, o'simliklar va xayvonlar ustida olib boriladigan ko'pgina uzoq muddatli kuzatishlar o'quv jadvaliga sig'maydi. Ayrim xollarda turli asboblar va mikroskop etishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to'sqinlik qiladi.

Biologiya kursini o'rganish davomida har bir o'quvchi mikroskop bilan ishlash ko'nikma malakasiga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun o'qituvchi navbat bilan 3-5 o'quvchini dars oldidan yoki darsdan so'ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O'quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bo'linib mayda xayvonlar ustida o'qituvchi topshirig'i bo'yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o'quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o'qituvchi baho qo'yadi.

Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko'ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo'lib, sinf o'quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi ba'zan dastlabki xarakterda bo'ladi, ya'ni sinfda o'rganishdan bir necha kun, hafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi.

 Masalan botanikadan

suv o'simliklari bilan tajribalar -2 oy    

bargda kraxmal izlari hosil bo'lishi –2-3 kun

poya bo'ylab suvning ko'tarilishi –2-3 kun

Hayvonlar ustida olib boriladigan kuzatish va tajribalar uzoq muddatli bo'ladi. Ularga misol qilib, hashoratlarning ko'payishi va rivojlanishini o'rganish, baliqlarning ko'payishi, to'tiqush va kanareyka-larning xulq-atvorini o'rganish, foydali hashoratlardagi ogohlantiruvchi ranglarni aniqlash, o'rgimchaksimonlarning tutqich to'rini to'qishi va o'lja tutishini kuzatish va h.k..

 

2-MAVZU. BIOLOGIYADAN  EKSKURSIYALARNI  TASHKIL ETISH  VA O'TKAZISH

1.      Ekskursiyalarning ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni.

2.      Biologik ekskursiyalarning maqsad va vazifalari.

3.      Biologik ekskursiyalarni o'tkazish metodikasi.

4.      O'qituvchining ekskursiyaga tayyorgarligi.

 

 

Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o'quvchilar guruhi bilan o'quv dasturiga muvofiq, o'qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun'iy yaratilgan sharoitda ob'ektlarning yashash muhiti va unga bog'liq holda o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish maqsadida o'tkaziladigan o'quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.

Ma'lumki, biologiya o'quv fani sifatida o'quvchilarga tabiat, tabiatning anorganik tarkibiy qismlari, ulardagi o'zgarishlar va tirik organizmlarning o'ziga xos hayotiy jarayonlari, yashash muhitiga moslashishi, ekologik jamoalar, ularda modda va energiya almashinuvining xususiyatlari bilan tanishtiradi.

O'qituvchi rahbarligida tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarlarni kuzatish, tirik organizmlarning xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashi-shi, ular o'rtasidagi biotik aloqa formalarini o'rganish o'quvchilarda olamni yaxlit tasavvur qilish, tabiiy jamoalarning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqadorlik haqidagi bilimlarni shakllantirish, tabiiy muhitda tirik organizmlarning yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etiladi.

Ekskursiyaning turlari.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko'ra, bir soatlik, bir kunlik va ko'p kunlik bo'lishi mumkin.

Bir soatga mo'ljallangan ekskursiya – maktab hovlisida yoki o'quv tajriba er maydonchasida o'tkaziladi.

Bir kunga mo'ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo'jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog'iga, baliqchilik xo'jaligiga yoki parrandachilik xo'jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo'lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Ko'p kunlik ekskursiya – o'quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta'lim fani o'qituvchilari bilan birgalikda o'tkaziladi. Ko'p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi.

Ekskursiya biologiyani o'qitishning muhim shakli bo'lib, u quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi:

• Tirik organizmlarning tuzilishi va organlarning funktsiyalaridagi o'ziga xos xususiyatlarni yashash muhitiga bog'liq holda o'rganilishi o'quvchilar tomonidan biologik qonuniyatlarni "tabiat-inson-jamiyat" munosabatlari nuqtai nazaridan o'rganishga imkon yaratadi.

         O'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda samarali tashkil etilgan ekskursiyalarda o'quvchilarda biologik ob'ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglash, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi.

         Tirik organizmlarning jamoalari, ularning tarkibi, oziq zanjiri, energiya sarfi, biosferadagi modda va energiya almashinuvini tasavvur qilishga zamin tayyorlaydi.

         O'qitishning asosiy shakli bo'lgan darsda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlarni orttirish, ularni amaliyotga qo'llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o'quv va amaliy mehnat ko'nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

         O'qitish davomida alohida organizmlar va hodisalar haqida ilk bor shakllangan tushunchalar kengaytiriladi, boshqa tushunchalar bilan birikib, murakkab tushunchalarning hosil bo'lishiga olib keladi.

         Tabiat hodisalarini kuzatish olamning moddiyligi, tabiatdagi o'zaro bog'lanish va rivojlanish, tabiiy boyliklarning inson hayoti va xalq xo'jaligida tutgan o'rni, ularni muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtirish orqali ona Vatanning tabiatga mehr-muxabbat uyg'otish, ekologik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya berish imkoniyati vujudga keladi.

         Ekskursiya - o'quvchilarning mo'ljal olish, ob'ektlarni tanish, hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o'xshashlik va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga o'rgatadi. Qayd etilgan aqliy operasiyalar ularda mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan bir qatorda tabiatning ilmiy-tadqiqot metodlarini anglash, zarur hollarda ulardan foydalanishga imkon yaratadi.

         Biologiyani o'qitish shakllari – dars, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan tarqatma va didaktik materiallar, tirik ob'ektlar to'plash, kollektsiya va gerbariylar tayyorlash orqali o'quvchilarda muayyan ko'nikmalar rivojlantiriladi.

         Qishloq xo'jaligi fermer xo'jaliklari, selektsiya institutlari va stantsiyalarida o'tkazilgan ekskursiyalar madaniy o'simliklarning navlari va xonaki hayvon zotlari bilan tanishtirish o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirib, kasbga yo'llash imkonini beradi.

Biologiyani o'qitishning muhim shakli bo'lgan ekskursiyalar o'quv dasturi bilan belgilangan bo'ladi. Ekskursiyalarning mavzusi o'quvchilar o'rganayotgan o'quv fani mazmuni va tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarga mantiqiy bog'liq holda belgilanadi.

5-sinfda "Botanika" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:

         Kuzda o'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar bilan tanishish – 4 dars;

         Issiqxonalarda o'stiriladigan o'simliklar bilan tanishish – 32 dars;

 6-sinfda "Botanika" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:

         O'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar – 17-dars;

         O'simliklarning asosiy bo'limlari – 35-dars;

         Gulli o'simliklarning xilma-xilligi va ularning o'sish sharoiti bilan tanishish – 56-dars;

7-sinfda "Zoologiya" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:

         Mollyuskalar, ularning chig'anog'i, hasharotlarning asosiy turlari va ularning hayoti bilan tanishish;

         Qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning xilma-xilligi;

         Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati.

9-sinfda "Biologiya" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:

         O'simliklarning yangi navlarini yaratish yo'llari bilan tanishish maqsadida selektsiya institutlari va stantsiyalariga ekskursiya.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari "Biologiya" o'quv fani dasturidan quyidagi ekskursiyalar o'rin olgan:

         Sun'iy tanlash. (Chorvachilik yoki parrandachilik fermer xo'jaliklariga ekskursiya);

         Tabiatda yashash uchun kurash;

         Tabiiy va sun'iy ekosistemalar bilan tanishish;

Ekskursiya mavzularining tahlili, o'kuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, egallagan bilim zahiralari, o'rganilayotgan o'quv fani mazmuniga bog'liq holda murakkablashib borayotganligini ko'rsatadi.

Quyida ekskursiyalarning mazmuni va ularda o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish bilan tanishib chiqamiz.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari "Biologiya" o'quv fani dasturidan o'rin olgan "tabiiy va sun'iy ekosistemalar bilan tanishish" mavzusidagi ekskursiya quyidagicha tashkil etiladi.

 

3-MAVZU. BIOLOGIYADAN EKSKURSIYAGA TAYYORGARLIK KO'RISH, O'TKAZISH USULLARI VA EKSKURSIYA MATERIALLARINI ISHLASH VA UNDAN FOYDALANISH

 

Ekskursiyaning samaradorligi ko'p jihatdan uning tashkil etilishiga bog'liq. Shu sabali o'qituvchi ekskursiyalarga puxta tayyorgarlik ko'rishi va quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

1.      Biologiyani o'qitishning istiqbol rejasiga muvofiq, uni o'tkazish muddatini belgilash:

2.      Ekskursiya o'tkaziladigan joyni aniqlash, mavzuga oid ob'ektlarni topish, marshrutni belgilash;

3.      O'quvchilarning mustaqil kuzatishlar olib borishi uchun ko'rsatmalar, kirish va umumlashtiruvchi suhbatlar uchun matn tuzish;

4.      Ekskursiyada foydalaniladigan o'quv-laboratoriya jihozlari, metodlarni aniqlash;

5.      Ekskursiya o'tkazishdan bir necha kun avval, mavzu bo'yicha kirish suhbati o'tkazish, o'quvchilarni kichik guruhlarga ajratish, qo'shimcha adabiyotlarni o'rganish bo'yicha o'kuv topshiriqlarini berishi lozim.

6.      Ekskursiya davomida o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan tartib - qoidalar bilan tanishtirish, ongli intizomni saqlash, berilgan o'quv topshiriqlarni bajarishda faollikni ko'rsatish, notanish o'simlik va hayvonlardan ehtiyot bo'lishni uqtirish zarur.

Ekskursiya davomida o'kuvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ularni kichik guruhlarga ajratish, kichik guruh uchun o'quvchilardan etakchi tayinlash, etakchi zimmasiga guruh a'zolarining tartib intizomini ta'minlash, o'quv topshiriqlarining bekamu-ko'st bajarilishi, ekskursiya hisobotini rasmiylashtirish uchun javobgarlik yuklanadi.

Biologiyadan ekskursiya o'tkazishda o'qituvchilar metodist-olim B.E. Raykov tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar amal qilish lozim.

Ushbu tavsiyalarga bugungi kun talabi asosida o'zgartirishlar kiritilgan holda berilmoqda:

• Ekskursiya – sayr emas, balki o'quv-tarbiya jarayonining eng muhim qismi, ekskursiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi - o'quvchilarning tabiat bilan bevosita muloqoti, ularning mustaqil kuzatishi, kuzatish natijalarini umumlashtirishi va xulosa yasash ekanligini esda tuting.

• Ekskursiya o'tkaziladigan joyni mukammal o'rganib chiqing, xavfsizlik qoidalariga javob berishiga ishonch hosil qiling, mavzuga oid rejasini tuzing.

• Har doim o'quvchilarning e'tiborini mavzuga qarating, ikkinchi darajali masalalarga chalg'imang.

• Ekskursiya davomida o'quvchilar tomonidan o'tkaziladigan kuzatish va o'rganish mumkin bo'lgan ob'ektlar haqida batafsil hikoya qiling va o'quv topshiriqlarini ularga moslashtiring.

• Ekskursiya davomida uzoq tushuntirishlardan saqlaning, muammoli savollar yordamida o'quvchilarni kuzatish va o'rganish natijasida xulosa chiqarish, umumlashtirish, bilimlarni sintezlashga o'rgating.

• O'quvchilarni tinglovchi sifatida emas, balki faol fikr yurituvchi sifatida qabul qiling. Ularning avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo'llab yangi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlariga imkon yarating.

• O'quvchilarning e'tiborini faqat mavzuga oid 5-10ta ob'ektlarga qarating, juda ko'p ob'ektlarni o'rganish, ularni sanash maqsadga muvofiq emas. Bir vaqtning o'zida berilgan ma'lumotlarning hammasi ham o'quvchilar yodida qolmaydi.

• Ekskursiya davomida ortiqcha materiallar bilan o'quvchilarni charchatib qo'ymang, maqsadga muvofiq bo'lgan o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajartirishga erishing.

• Ekskursiya davomida o'quvchilarning hissiyotini kuchaytirish maqsadida tabiatni muhofaza qilish, fanlararo bog'lanish, ta'lim-tarbiyaning uzviyligiga e'tiborni qarating, lirik chekinish, ma'naviyat daqiqalarini o'tkazishni rejalashtiring.

• Ekskursiya davomida to'plangan materiallar asosida uning mazmunini muammoli savollar yordamida qayta ishlab chiqing. Maqsad, mazmun va xulosa uyg'unligiga erishing.

• Ekskursiyani o'tkazishda o'qituvchi o'zining nafaqat kasbiy-pedagogik tayyorgarligiga bog'liq bilim, ko'nikma va malakalari balki, tabiatshunos sifatidagi bilim, ko'nikma va malakalarini namoyon etishi, ya'ni tabiiy ob'ektlarni tanish, aniqlagichlar bilan ishlash, kollektsiya va gerbariylar tayyorlash va ularni rasmiylashtirish, tabiatdagi tirik organizmlar o'rtasida aloqadorlik, oziq zanjiri tarkibiy qismlarini aniqlashi zarur.

 

 

TALABALARNING BILIMLARINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI

 

1.      Darsdan tashqari mashg'ulotlar va uy vazifasining ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rnini aniqlang.

2.      Uy vazifalarni qanday xillarga bo'linadi?

3.      Uy vazifalari berishda o'qituvchi nimalarga e'tibor berishi kerak?

4.      Uyda bajariladigan amaliy ishlar qanday bo'ladi?

5.      Darsdan tashqari mashg'ulotlar qanday maqsadlarda tashkil etiladi?

6.      Darsdan tashqari mashg'ulotlarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?

7.      Ekskursiyalarning ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni aniqlang.

8.      Biologik ekskursiyalarning maqsad va vazifalarini aniqlang.

9.      Biologik ekskursiyalarni o'tkazish metodikasini gapirib bering.

10.    Ekskursiyani o'tkazish vaqtida foydalanish lozim bo'lgan ko'rsatmalarning mohiyatini gapirib bering.

11.    O'qituvchining ekskursiyaga tayyorgarligini o'rganing.

12.    Ekskursiyalarning o'qitishning boshqa shakllari bilan uzviy bog'liqligini o'rganing.

 

4-MAVZU. BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari va mazmuni.

  Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.

  O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.

  Ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.

 

Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni, ayrim o'quvchilar, o'quvchilar guruhi, ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar, mavzuli kechalar, konferentsiyalar, bayramlar.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida biologiya o'quv dasturidan o'rin olgan mavzularni kengaytirish va to'ldirish maqsadiga yo'g'rilgan darsdan tashqari o'tkaziladigan ixtiyoriy o'qitish shaklidir. 

O'quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o'zlashtirishlariga erishish, qo'shimcha o'quv adabiyotlari, ko'rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish, o'quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta'limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo'llash, o'quvchilarning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, o'qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog'lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashkari mashg'ulotlar o'tkaziladi.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch xil turi mavjud:

  Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar

  O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar.

  O'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar.

Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog'langan, bir-birini to'ldiradi va taqozo etadi.

SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR TURLARINING UZVIY BOG'LIQLIGI

Sinfdan tashqari mash-g'ulotlarning turi     

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning mazmuni

Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar Biologiyadan qo'shimcha o'quv adabiyotlarini o'rganish, EHMning ta'lim beruvchi, modellashtirilgan, nazorat dasturlari yordamida bilimlarini sinab ko'rish, multimedialar vositasida ijodiy izlanishlarini tashkil etish, maktab tajriba maydonchalarida tirik organizmlardagi mavsumiy o'zgarishlar, belgilarning irsiylanishini o'rganish maqsadida kuzatish va tajribalar o'tkazish, turli mavzularda ma'ruzalar va ko'rgazmali materiallar tayyorlash.

O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar 5-6 sinflarda "yosh botaniklar", 7-sinfda "yosh zoologlar", 8-sinfda "yosh fiziologlar" va 9-11 sinflarda"yosh biologlar" to'garagini tashkil etish

O'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar.  Turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma'ruzalar, "o'tkir zehnlilar mushoirasi", viktorinalar, "ko'kalamzorlashtirish haftaligi", "bog'haftaligi" "hosil bayrami" o'tkazish

 

Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya o'quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika xonasida, jamoa va fermer xo'jaligi dalalarida o'tkazilishi mumkin. Ushbu mashg'ulotlar o'quvchilarning qo'shimcha o'quv adabiyotlarini o'rganish, ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov - tajriba maydonlarida muayyan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish, ma'ruzalar va ko'rgazmali materiallarni tayyorlash kabilarga bag'ishlanadi.

Jumladan, botanikadan ayrim o'quvchilar bilan tashkil etiladigan mashg'ulotlarda quyidagi masalalarni o'rganish mumkin.

 

BOTANIKADAN AYRIM O'QUVCHILAR BILAN TASHKIL ETILADIGAN MASHG'ULOTLAR

 

Машғулот мавзуси

Машғулот ўтка­зи­ладиган жой

Бажарадиган шахс

1.

Биологиядан қўшимча ўқув адабиёт­ла­ри устида мустақил ишлаш, муайян мавзуларда матн, маъруза тайёрлаш.

Кутубхона, био­ло­гия ўқув хона­си

Ўқувчилар 

2.

ЭҲМнинг таълим берувчи, модел­лаш­тирилган, назорат дастурла­ри ёрда­мида билимларини синаб кўриш, мультимедиалар воситасида ижодий изланишларни ташкил этиш.

Информатика ўқув хонаси

Ўқувчилар

3.

“Доривор ўсимликлар” мультимеди­аси воситасида ўқувчиларнинг ижо­дий изланишларини ташкил этиш.

Информатика ўқув хонаси

Ўқувчилар

4.

Ўзбекистон “Қизил китоби”га киритилган ўсимликларнинг биоло­гия­сини ўрганиш.

Биология ўқув хонаси

Ўқувчилар

5.

Турли муддатларда экилган ўсимлик­ларнинг биологиясини ўрганиш.

Мактаб тажриба майдончаси

Ўқувчилар

6.

Иссиқхоналарда ўстириладиган ман­за­ра­ли, сабзавот, цитрус ва бошқа экинларнинг ўсишии, ривожлани­ши­га экологик омилларнинг таъсири­ни ўрганиш

Мактаб тажриба майдончаси ва иссиқхоналар

Ўқувчилар

7.

Ўсимликлар устида кузатиш ва тажрибалар ўтказиш.

Мактаб тажриба майдончаси, тирик табиат бурчаги.

Ўқувчилар

8.

Ўсимликлардан гербарий ва коллекциялар тайёрлаш

Мактаб тажриба майдончаси, биология ўқув хонаси

Ўқитувчи ва

ўқувчилар

O'quvchilar o'zlarining hohish irodasi, qiziqishlariga muvofiq holda, ushbu mavzularning birini tanlab oladi va o'qituvchi bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida ish olib boradi. Olib borilayotgan ishlar va ularning natijalarini biologiya o'qituvchisi nazorat qilib boradi.

"Odam va uning salomatligi" o'quv fani bo'yicha ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, uni amaliyotga qo'llash, kasbga yo'llash, tajriba va kuzatishlar o'tkazish, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu mashg'ulotlarda o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun sog'lom turmush tarzi, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, sport va jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta'siri haqidagi ilmiy-ommabop nashrlar, "sihat-salomatlik", "fan va turmush" va boshqa jurnal sahifalarida chop etilgan maqolalar, odam organizmining tuzilishi bo'yicha tayyorlangan multimedia, inson salomatligi entsiklopediyalarini o'rganish tavsiya etiladi.

O'quvchilarning o'z salomatliklarini asrash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida muayyan mavzularda kuzatishlar o'tkazish tavsiya etiladi. Jumladan, o'quvchilarga "Sport va jismoniy mashqlarning odam organlar sistemasiga ta'sirini o'rganish" bo'yicha kuzatish o'tkazish tavsiya etiladi. Kuzatish natijalarini ushbu jadvalga yozish va xulosa chiqarish zarurligi uqtiriladi.

 

SPORT VA JISMONIY MASHQLARNING ODAM ORGANLAR SISTEMASIGA TA'SIRINI O'RGANISH

Органлар системаси

Эрта­лаб

Нормал ҳолатда

Югурганда

10 кг гантел кўтарганда

Хулоса

50 м

100м

5мин

10 мин

Юрак иши (пульс сони)

 

 

 

 

 

Қон босими

 

 

 

 

 

 

Бир минутда олин­ган нафас сони

 

 

 

 

 

 

O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarga biologiya o'quv xonasini jihozlash, tabiatga mavzuli ekskursiyalar tashkil etish, o'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan ko'rgazmali vositalar tayyorlash va "yosh biologlar" to'garagining ishi misol bo'ladi.

Mazkur to'garakning didaktik maqsadi o'quvchilarning o'quv fanlariga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qo'shimcha o'quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga yo'llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba qo'yish va kuzatishlar o'tkazish ko'nikmalarini rivojlantirish sanaladi.

Biologiyadan tashkil etiladigan to'garak umumiy nom "yosh biologlar" deb ataladi va o'quvchilarning o'rganayotgan o'quv fani, yoshlik va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olingan holda 5-6 sinflarda "yosh botaniklar", 7-sinfda "yosh zoologlar", 8-sinfda "yosh fiziologlar" va 9-11 sinflarda"yosh biologlar" to'garagi tashkil etiladi.

5-6 sinf o'quvchilari bilan tashkil etiladigan "yosh botaniklar" to'garagida quyidagi masalalarga e'tiborni qaratish tavsiya etiladi. "O'zbekistonda botanika fanining taraqqiyoti", "ulug'alloma ibn Sinoning dorivor o'simliklar haqidagi fikrlarini o'rganish", o'simlik-larning ahamiyati va ularni asrash to'g'risidagi hikmatli hikoyalar va hadislarni o'rganish, xona o'simliklarini tasniflash, parvarish qilish va ko'paytirish, dorivor o'simliklarning biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganish, O'zbekiston "qizil kitobi"ga kiritilgan o'simliklar va h.q.

Quyida "yosh zoologlar" to'garagining namunaviy ish rejasi berilmoqda. Mazkur to'garakning namunaviy ish rejasini o'qituvchi o'z bilimi, pedagogik mahoratiga tayanib to'ldirishi va o'zgacha sayqal berishi, mahalliy sharoit va o'quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olib tegishli o'zgartirishlar kiritishi va amaliyotda qo'llashi mumkin.

 

"YOSH ZOOLOGLAR" TO'GARAGINING NAMUNAVIY ISH REJASI

 

Мавзулар

Ўтка­зиш

вақти

 

Ўтка­зиш

жойи

Жавоб­гар

шахс

1.      

Ташкилий масалалар:

А) “Ёш зоологлар” тўгарагининг иш режасини муҳокама қилиш ва тасдиқлаш.

б) тўгарак ташкилий қўмитаси ва раисини сайлаш.

в) тўгарак иш режасидан ўрин олган мавзулар бўйича ишлар ва вазифаларни тақсимлаш.

 

 

сентябр

Биология ўқув хонаси

Ўқитув­чи

2.

 Улуғ аллома ибн Синонинг касаллик туғдирувчи ҳайвонлар ҳақидаги меросини ўрганиш

 

 

октябрь

Биология ўқув хонаси

Ўқитув­чи ва тўгарак аъзо­лари

3.

“Сув томчисидаги ҳаёт” мавзуси бўйича кечага тайёргарлик кўриш.

а) кеча сценарийсини тайёрлаш ва уни муҳокама қилиш;

г) биология ўқув хонаси ва байрам ўтказиладиган жойни безатиш

ноябрь

Биология ўқув хонаси

Ўқитув­чи ва тўгарак аъзо­лари

4.

Ҳайвонларнинг аҳамияти ва уларни асраш бўйича ҳикматли ҳикоялар ва ҳадисларни ўрганиш.

декабрь

Биология ўқув хонаси

Ўқитув­чи ва тўгарак

аъзо­лари

5.

Тирик табиат бурчагида ҳайвонларни боқиш, парвариш қилиш ва кўпайти­риш

январь

Тирик табиат бурчаги

Тўгарак

аъзо­лари

6.

Республикамизда зоология фанининг ривожига ҳисса қўшган олимларнинг ишларини  ўрганиш.

а) Республикада фаолият кўрсатаёт­ган зоология институти  ҳақида маълумот.

б)  Ўзбекистоннинг ноёб ҳайвонла­ри­нинг биологиясини ўрганиш.

февраль

Биология ўқув хонаси

Тўгарак

аъзо­лари

7.

“Қушлар байрами”ни ўтказишга тайёргар­лик кўриш.

а) Энг яхши кўргазмали воситалар, деворий газеталар, кўргазмалар танловини ўтказиш;

б) маърузалар тайёрлаш;

в) байрам сценарийсини тайёрлаш ва уни муҳокама қилиш;

г) биология ўқув хонаси ва байрам ўтказиладиган жойни безатиш.

март

Биоло­гия ўқув хонаси

Ўқитув­чи

ва тўгарак

аъзо­лари

8.

“Ўзбекистонда зоология фани ютуқлари ва келажаги” мавзуси бўйича кечага тайёргарлик кўриш.

а) Кечага бағишланган энг яхши  деворий газеталар ва кўргазмалар танловини ўтказиш;

б) маърузалар тайёрлаш;

в) кеча сценарийсини тайёрлаш ва уни муҳокама қилиш;

г) биология ўқув хонаси ва байрам ўтказиладиган жойни безатиш

апрель

Биоло­гия ўқув хонаси

Ўқитув­чи ва тўгарак аъзо­лари

9.

Тўгаракда амалга оширилган ишларни якунлаш ва келгуси режаларни белгилаб олиш.

май

Биоло­гия ўқув хонаси

Тўгарак аъзо­лари

8-sinf o'quvchilari bilan o'tkaziladigan "yosh fiziologlar" to'garagida hujayra va to'qimalardan mikropreparatlar tayyorlash, qonning tuzilishi va xossalari, yurakning tuzilishi va ishi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining paydo bo'lishi va rivojlanishiga qo'shgan hissasi, salomatlikni asrash bo'yicha hikmatli hikoyalar va hadislarni o'rganish, "chekmasdan – yoshlik gashtini sur", "O'zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari" kabi mavzularda kechalar o'tkazishga tayyorgarlik masalalarini kiritish maqsadga muvofiq.

 

 

5-MAVZU. BIOLOGIYADAN OMMAVIY RAVISHDA OLIB BORILADIGAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR

 

Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar boshqa turdagi mashg'ulotlardan ko'p sondagi o'quvchilarning ishtirok etishi bilan farqlanadi. Ommaviy mashg'ulotlar o'zining ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyasi bilan o'quvchilarning jamoasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli biologiya o'qituvchisi ommaviy mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishiga e'tiborini qaratishi lozim.

 Botanikani o'qitishda "gullar bayrami", "Mehrjon bayrami", "o'simliklar so'zlaydi", "biz ibn Sino vorislarimiz", Zoologiyani o'qitishda "qushlar bayrami", "qanotli do'stlarimiz", "O'zbekiston baliqlari", "hayvonot olamining eng kichik va eng katta vakillari", "uy pashshasi va uning zarari", "parazit chuvalchanglar", "tinib tinchimas asalarilar", odam va uning salomatligini o'qitishda turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma'ruzalar, "o'tkir zehnlilar mushoirasi", viktorinalar o'tkazish, O'zbekiston qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, umumiy biologiyani o'qitishda, "O'zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari", "O'zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari, kelajagi", "allomalar nazmida ekologiya", "Orol dardi - olam dardi" mavzulari bo'yicha kechalar o'tkazish tavsiya etiladi. Jumladan, "allomalar nazmida ekologiya" mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:

O'qituvchining kirish so'zi. U o'z so'zida ulug'allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Boburlarning boy ma'naviy meroslari, ularning jahon tsivilizasiyasiga qo'shgan hissalarini qayd etib, o'quvchilarni ularning munosib vorislari bo'lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e'tibor berilganligi, bugungi kecha ulug'allomalarning ekologik qarashlarini o'rganishga bag'ishlanishini ma'lum qiladi.

         Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya.

         Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari.

         Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari.

         Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi.

         Mirzo Ulug'bekning dunyo tsivilizasiyasiga qo'shgan hissasi.

         Zahiriddin Muxammad Boburning ekologiya fanining rivojiga qo'shgan hissasi.

Kechada o'quvchilarning yuqorida kayd etilgan mavzular bo'yicha ma'ruzalari eshitiladi, adabiy-badiiy chiqishlari nazarda tutiladi.

Jumladan, "Orol dardi-olam dardi" mavzusidagi syujetli-rolli kechada syujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg'unlashtiriladi.

Mazkur kechada Orol – "ona", Amudaryo va Sirdaryo "ona"ning zanjirband "o'g'illari", yomg'ir, qor, shudring "ona"ning "qizlari" siymosini gavdalantiradi.

Orol - ya'ni, "ona" o'zining o'g'illari bo'lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mushtoq, o'z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she'riy dard bilan ifoda etadi. Izmi o'zida bo'lmagan zanjirband o'g'illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga eta olmaydi. Tabiat in'om etgan yomg'ir, qor va shudring ona huzurida bo'lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar. Ona va farzand o'rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi. O'qituvchi bu kechani o'tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

         Orol muammolariga oid ma'lumotlarni to'plashi;

         Dars stsenariysini o'quvchilar va adabiyot o'qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi;

         Rollar va vazifalarni o'quvchilar o'rtasida taqsimlashi;

         Muammoni hal etish yo'llarini belgilashi lozim.

Biologiya o'qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli kechani mazmunli o'tkazishi borasida hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga tegishli sahna ko'rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to'plashi, ular asosida kecha stsenariysini tayyorlashi lozim.

"O'zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari", "O'zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari va kelajagi" mavzulardagi mavzuli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qo'shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani o'tkazish rejasini tuzishi va ma'ruzalar mavzusini tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog'liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari, o'quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko'rgazmasi, mustaqillik davrida qo'lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo'shgan hissalari haqida ma'ruzalar tayyorlanishiga e'tiborni qaratishi zarur.

Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar biologiyani o'qitish samaradorligini oshirish, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o'quv va amaliy mehnat ko'nimalarini rivojlantirish, o'quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik printsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, biologiya o'qitishning samaradorligi dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni uzviy ravishda, ular o'rtasidagi mantiqiy bog'lanishlarni e'tiborga olgan holda tashkil etilishiga bog'liq bo'ladi.

TALABALARNING O'Z-O'ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:

         Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalarini aniqlang.

         Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning qanday turlari mavjud?

         Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning mazmuni va mohiyatini o'rganing.

         Biologik to'garaklarning didaktik maqsadi va vazifalarini o'rganing.

         "Yosh fiziologlar" to'garagining namunaviy ish rejasini tuzing.

         Ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning mazmuni, o'tkaziladigan kechalarni aniqlang.

         O'zingiz tanlagan mavzu bo'yicha o'tkaziladigan kechaning stsenariysini loyihalang.

 

 

6-MAVZU. UY VAZIFASI VA DARSDAN TASHQARI ISHLAR

 

         Darsdan tashqari ishlarning ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni.

         Darslik bo'yicha uy vazifalari.

         Uyda bajariladigan amaliy ishlar.

         Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari.

         Biologiya xonasi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar.

         Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar.

Asosiy tushuncha va tayanch so'zlar.

Uy vazifalari turlari, darslik bo'yicha uy vazifalari, amaliy ishlar bajarish, uy vazifasini tarbiyaviy ahamiyati, darsdan tashqari ishlarning ahamiyati, biologiya xonasi, tirik tabiat burchagi, o'quv tajriba uchastkasida, tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar.

 

Biologiyadan tuzilgan DTS o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar me'yorlangan bo'lib, uni o'quvchilar dars davomida egallashlari ancha mushkul.

Shu sababli, o'qituvchi o'qitishning zaruriy shakli bo'lgan uy vazifalari va darsdan tashqari ishlarda o'quvchilarning muayyan ko'nikma va malakalarni egallashlarini nazarda tutmog'i lozim.

Jumladan, "Botanika" o'quv fani DTSda o'quvchilar tomonidan:

         O'simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni aniqlash maqsadida kuzatishlar o'tkazish, oddiy tajribalar qo'yish;

         O'simliklarni parvarish qilish:

         Qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko'paytirish, payvandlash;

         Tabiatda o'zini tutish qoidalariga rioya qilish;

         Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlash;

         Darslik mundarijasi yordamida mo'ljal olishni bilish, matn va rasmlar bilan ishlay olish, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, savollarga javob berish, biologik atamalar lug'ati bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lishi qayd etilgan.

Mazkur ko'nikmalarni tarkib toptirishda darsdan tashqari ishlar muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, yuqoridagi ko'nikmalarni o'quvchilarda tarkib toptirish uchun o'qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.

Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy ob'ektlar ustida kuzatish o'tkazish va oddiy tajribalar qo'yish bilan ifodalanadi.

Darslik bo'yicha uy vazifalari o'quvchilarning dars mavzusi bilan bog'liq bo'lgan o'qituvchining amaliy va darslik bo'yicha topshirig'ini uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.

O'kuvchilarning aksariyati darsliklardan to'g'ri foydalanishni bilmaydi, ba'zi o'quvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab oladilar, ayrimlar mavzularni yuzaki o'rganadilar. Uyga berilgan topshiriqlar o'quvchining fikr yuritishini faollashtiradigan, unda mustaqil ishlashga qiziqish uyg'otgan taqdirdagina ko'zlagan maqsadga erishiladi. Buning uchun har qanday topshiriq savollar shaklida ifodalangan bo'lishi kerak, o'quvchilar sinfda gapirib berish uchun darslik tekstini qatorasiga yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib, ularga javob tayyorlaydilar. Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni yodlang yoki o'rganing degan iboralardan voz kechish kerakdir.

O'quvchilarning darslik bilan ishlashlaridan asosiy maqsad o'qigan-larini tushunishdir, mantiqiy o'qishni bilishdir, urg'uni to'g'ri ishlatish, qonun va qoidalarni aniq ajrata olishdir.

Mavzular oxirida berilgan savollar o'quvchilar ishini ancha faollashtiradi. O'qituvchi o'zi ham savollar tuzib, o'quvchilarga javob topishni taklif etadi. Berilgan savollar orasida ayniqsa taqqoslashni talab etadigan savollar alohida ahamiyatga kasb etib o'quvchilarning shaxsiy kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash sinfdan-sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi.

O'quvchini ob'ektlarni tanish va ularni taqqoslash, o'xshash va farqli belgilarini aniqlash ko'nikmalarini tarkib toptirish maqsadiga ega bo'lgan uy vazifalari matnni tushunib o'qishlariga zamin yaratadi. Bunday topshiriqlarga mos ravishda o'quvchilarga kichik jadval to'ldirish taklif etiladi. Misol uchun 6-sinfda quyidagicha jadvallar berilishi mumkin.

 

Гулли ўсимликларнинг оилалари

Гул тузилиши ва формуласи

Мева хили

 

 

 

  

Darslik bo'yicha uy vazifalari o'tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina emas, balki undan oldin o'zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan bo'lishi mumkin.

Darsda o'qituvchi o'quvchilarni uyda darslikdan to'g'ri foidalanishni o'rgatishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:

• Darslikning mundarijasini ko'rib chiqing. U qanday bob va mavzularni o'z ichiga olishini aniqlang.

• O'rganilayotgan mavzu matnini qismlarga ajrating. Bir muncha qiyin qismlarini, ta'riflarni, qonun, qoidalarni, lug'atlarni o'qing.

• Rasm, sxema, jadvallarni ko'rib chiqing va ma'nosini tushinishga harakat qiling, raqamli ma'lumotlarga e'tibor bering.

• O'rganilayotgan mavzu matnini rasm, sxema, jadvallar yordamida tushuntirishni mashq qiling.

O'quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni o'rganishdan oldin, mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma'lumotlardan ajratib olishlari kerak.

Yuqori sinf o'quvchilari darslikni o'qish vaqtida qisqacha yozib borishlari foydalidir, ular o'rgangan matnni xotirada ko'proq qolishga yordam beradi. Darslik mavzulari bo'yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar yozish, bularning hammasi o'quvchilarni darslikdan to'laroq va chuqurroq foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi.

Bilimlarni mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. O'quvchilar faqat og'zaki javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, xayvonlarning va ularning organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini chizishni ham bilishlari zarur.

Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy ob'ektlar bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bo'lishi mumkin.

Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini ajratish kabilar darsda tegishli materialni o'rganilgandan so'ng, bilimlarni mustahkamlash uchun beriladi.

Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki kuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun oldindan berish ma'qul.

Dastlabki eksperimental ishlarni ma'lum muddatda qaysi darsda foydalanish uchun ularni o'quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur. Bunday uy vazifalari ko'proq botanikadan bo'lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan necha kun kerakligi quyida keltirilgan

         Gerbariy quritish uchun – 7 kun

         Urug'ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun

         Ildizning o'sishini kuzatish – 10 kun

         Qalamcha va parxishdan o'simlik o'stirish uchun – 14 kun

Tajribalar natijasini o'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasiga binoan tegishli darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma'lumot beradilar. O'z tajribasini o'qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bo'yicha amaliy ishlar asosan kuzatishlar bilan bog'liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum bosib yotishi, qaldirg'ochlarning bolalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir.

Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari:

         Amaliy mazmunda;

         Tadqiqiy mazmunda bo'lishi mumkin.

Bularga uy sharoitida suyakning tarkibini aniqlash, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.

Shuningdek, o'quvchilarning o'z-o'zini kuzatish ishlari darsning o'zida o'tkazilishi, boshqalari esa uyga vazifa qilib beriladi. Masalan, "qon aylanish" mavzusini o'rganishda jismoniy va aqliy mehnat turiga qarab pulsning o'zgarishini o'rganishni uyda bajarish, bajargan ishlarini grafik va sxema tarzida tasvirlash tavsiya etiladi. 

Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy ob'ektlar bilan ishlash bo'yicha har xil mustaqil topshiriqlar bo'lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizm shakllarining xilma-xilligini o'zgaruvchanligini va moslanishlarini har xil ekologik omillarini organizmga ta'sirini o'rganish yuzasidan bo'lishi mumkin.

Uyda o'tkazilgan tajriba natijalari to'plangan gerbariy va kollektsiyalar darslarda foydalaniladi. O'quvchilarning axborotlari o'qituvchi bayon qiladigan materialga kiritiladi.

Shunday qilib o'quvchilarning uy vazifalari xilma-xil bo'lishi mumkin.

• Darslik bilan ishlash:

• Savollarga javoblar topish:

• Jadvallar tuzish.

• Mavzu yakunidagi topishmoqlarning javoblarini topish, krossvord va chayvordlarni ishlash.

• Qo'shimcha adabiyotlar, jurnal va badiiy adabiyotlar o'qish.

• Mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash.

• Tabiiy ob'ektlar bilan ishlash:

• O'simlik va hayvonlarni kuzatish:

• Tajribalar qo'yish va hakozalar.

 

7-MAVZU. BIOLOGIYANING O'QITISHDA TA'LIM TARBIYA BIRLIGI

         O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish.

         Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigienik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari.

         Biologiyani o'qitishda ta'lim – tarbiyaning uzviyligini ta'minlash yo'llari.

 

O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.

Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalo, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi.

Tabiat to'g'risidagi etakchi fanlarning biri sanalgan – biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma'suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.

Biologiyani o'qitishda avvalo, o'quvchilarni biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni, biologik bilimlarni o'zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog'langan holda ta'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.

Mazkur tizim o'zida o'quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigienik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O'quvchilarning biologiya o'quv fanini o'rganishi biologik ob'ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e'tiqodlari sitemasini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni "tabiat-inson-jamiyat" munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.

"Ilmiy dunyoqarash" tushunchasiga biologiya o'qitish metodikasining turli manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.E.Raykov ilmiy dunyoqarash tushunchasini "dunyo haqidagi bilimlar majmuasi", V.V. Vsesvyatskiy "tabiatga nisbatan to'g'ri qarashlar majmuasi", N.M.Verzilin va V.M.Korsunskaya "insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulq-atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi" deb ta'rif berganlar.

Pedagogik entsiklopediyada "ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlar yig'indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o'z munosabatini namoyon etadi" deb ta'rif berilgan.

Ushbu ta'rif asosida biologiya o'qitish metodikasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ahamiyatga molik bo'lgan tushunchalarni aniqlash, mazkur tushunchalarni shakllantirish uchun zarur bo'ladigan shart-sharoitlarni va asosiy bosqichlarni, biologiyani o'rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va e'tiqodlar tizimiga tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishdagi o'rnini ko'rsatishi lozim.

 Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo'ladigan tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

         Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi o'xshashliklar, yuz beradigan hodisalarning umumiyligi va uzviyligi;

         Tirik organizmlarda sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar va o'zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli o'quv topshiriqlarini hal etishda biologik qonunlar bilan bir qatorda, fizik-kimyoviy qonunlardan foydalanish orqali fanlararo bog'lanishni amalga oshirish;

         Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni o'rganishning zarurati, ekologik fojealarning sabablari va ularni bartaraf etish tadbirlari;

         Inson tomonidan tabiat qonunlarini o'rganish va undan samarali va oqilona foydalanish yo'llari;

         Tabiiy hodisalarning o'zaro bog'liqligi va rivojlanishida sabab-oqibat bog'lanishlar.

         Inson – ijtimoiy mavjudot.

         Tabiatni muhofaza qilish – bu sayyoramizda hayotni asrashning asosi;

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi o'quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga boy bo'lishi bilan bir qatorda, har bir mavzuda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish imkonini beradi.

Ўсимлик органлари

Фотосинтез жара­­ё­нидаги вазифаси

Органик модда­лар ҳаракати ва сарфидаги улуши

 

Ўзаро боғлиқлик

Илдиз

 

 

 

Поя

 

 

 

Барг

 

 

 

Гул

 

 

 

Мева

 

 

 

Dars yakunida o'simlik organlarida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar, ularga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi muhit omillari qayd etilib, bilimlar umumlashtiriladi va o'simlik – yaxlit organizm ekanligi haqida xulosa chiqariladi.

Shuningdek , "odam va uning salomatligi" o'quv fanidagi "Oliy nerv faoliyati" bobida shartsiz va shartli reflekslar, tormozlanish, nutq va fikrlash haqida tushuncha berishda dialektik materializmning materiyaning birlamchi, ong ikkilamchi qonuniga asoslanishi lozim, ya'ni har qanday tasavvur tashqi muhit ta'sirida vujudga kelishi, tashqi muhit ta'ssurotlar manbai ekanligi qayd etiladi.

"Umumiy biologiya" o'quv fanida moddiy olamning yaxlitligi va birligi, o'simliklar, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, prokariot va eukariot organizmlarning o'xshashligi va farqlari, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqida tushuncha berib, tirik organizmlarning xilma-xilligi, tabiiy guruhlarda birgalikda yashashga moslashganligi, ularga ta'sir ko'rsatadigan ekologik omillar tushuntiriladi va hayotning molekula, hujayra, organizm, populyasiya, tur, biogeosenoz va biosfera darajalari mavjudligi qayd etiladi.

 

Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:

Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigienik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari, ta'lim – tarbiyaning uzviyligi.

TALABALARNING O'Z-O'ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:

         O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish yo'llarini o'rganing.

         Tabiatshunoslikni o'qitishda o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalash uchun o'qituvchi nimalarga e'tiborini qaratish zarur deb o'ylaysiz?

         O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha berilgan tavsiyalarni o'rganing, siz yana nimalarga e'tibor berishni taklif qilasiz?

         Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda ekologik madaniyat va tafakkurni rivojlantirishning zaruratini asoslab bering.

         Biologiyani o'qitishda estetik tarbiyani amalga oshirishning imkoniyatlarini gapirib bering.

         O'quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlashda jismoniy, gigienik, iqtisodiy va mehnat tarbiyasining ahamiyatini asoslab bering.

         Hozirgi sharoitda o'quvchilarni baynalminal ruhda tarbiyalashning ahamiyatini tushuntiring.

         Biologiyani o'qitishda ta'lim – tarbiyaning uzviyligini ta'minlash yo'llarini o'rganing.

 

7-MAVZU. O'QUVCHI-YOSHLAR ONGI VA QALBIGA MILLIY ISTIQLOL G'OYASINI SINGDIRISH YO'LLARI

 

         O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish muammosi.

         Milliy istiqlol mafkurasining negizlari.

         Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo'llari.

 

O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi.

         "Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o'sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo'l bilan amalga oshirish lozim1"

O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish ta'lim muassasalaridagi faqat ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlarning vazifasi bo'lib qolmasdan, balki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv rejasidan o'rin olgan barcha o'quv fanlarining vazifasi sanaladi. Bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, ta'lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim.

         Xususan, biologiyani o'q itishda o'quvchilarda Vatan tuyg'usini shakllantirish - ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muxabbat uyg'otish va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qo'yadi.

"Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir1".

         Shunga ko'ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, o'zida yuksak ahloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsiplari va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli tanlab, puxta o'zlashtirgan, jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog'lom turmush tarzi va mehnat ko'nikmalari shakllangan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o'z burchini his etadigan, ijodiy, erkin va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalash dolzarb masala sanaladi.

         O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar" risolasida qayd etilishicha, milliy istiqlol mafkurasi O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug'bobokalonlarimizning o'lmas merosidan oziqlanadi.

         O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillari, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug'bobokalonlarimizning o'lmas merosi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli barcha ta'lim muassasaalari tayanch o'quv rejalariga o'quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonini huqukiy demokratik jamiyat qurish tamoyillariga moslash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o'rganish o'quv kurslari kiritilgan. Ta'lim-tarbiya jarayoni va pedagogik munosabat-larni insonparvarlashtirish va demokratizasiyalash prinisipi haqida avvalgi mavzularda gap yuritilgan edi.

         Biologiyani o'qitish jarayonida o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bu borada o'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda halqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviy boyliklari, an'ana va udumlari, ulug'bobokalonlarimizning o'lmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

         Shu o'rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? degan savol tug'ilishi tabiiy.

Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o'z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o'zligini belgilaydigan o'ziga xos tamoyillari yig'indisidan iboratdir. Bu o'ziga xoslik moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari xalqamaliy san'ati, xalq o'yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi.

         Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlar, hamda ekskursiyalarda mavzuga bog'liq holda mamlakatimizning er osti va er usti boyliklari, ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, biologiya fanining rivojiga hissa qo'shgan allomalarning ma'naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya etiladi.

Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat rivoji davomida insonlar tomonidan yaratilgan va bebaho mulki sanalgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, madaniy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik va h.q. qarashlar yig'indisi sanaladi.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, ya'ni biror bir millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida sayqal topib, takomillashib, boshqa millat va elatlar tomonidan e'tirof etilib, tan olinadi. Shu tariqa milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tariladi. Masalan, O'rta asrlardagi Sharq tsivilizasiyasi o'zbek xalqi uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi.

Biologiyani o'q itishda o'quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda e'tiborni quyidagilarga qaratish:

         insoniyatning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini o'rganish.

         buyuk allomalarning insoniyat tarixi va tsivilizasiyasida tutgan o'rnini yoritish;

         umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlarning yaratilish tarixini o'rganish;

         umumxalq bayramlarining tarixini o'rganish, o'tkazilishida milliy ruh kiritish;

         biologiya fanining rivojiga hissa qo'shgan buyuk olimlar hayotining ibratli tomonlarini ko'rsatish zarur;

Jumladan, "evolyusion ta'limot" bobini o'rganishda o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiklol g'oyasini singdirish jarayonida milliy qadriyatlarimiz bo'lgan "Avesto" kitobining yaratilish tarixi, undagi tabiiyotshunoslikka va tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo'lishga oid fikrlar, Axmad ibn Jayxoniy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Zaxiriddin Boburlarning asarlarida evolyusion g'oyalarning yoritilishi va ularning jahon tsivilizasiyasiga qo'shgan hissalarini qayd etish orqali milliy g'ururni shakllantirish, Empedokl, Aristotel, Teofrast, Lukresiy, kar, Galen, K.Linney, J.Kyuve, J.B.Lamark, Ch.Darvinlarning evolyusion nazariyaning yaratilishi va rivojlantirishga qo'shgan hissalarini bayon etib umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini tarkib toptirish masalasi o'qituvchining diqqat markazida bo'lmog'i lozim.

O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiklol g'oyasini singdirish samaradorligini oshirish uchun o'q ituvchi milliy mafkuraning bosh va asosiy g'oyalarini chuqur anglashi, olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda mazkur g'oyalarga asoslanishi, o'quvchi-yoshlarni shu yuksak maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini sindirishda biologiya darslari, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni samarali tashkil etish, mavzu mazmuniga bog'liq holda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsiplari va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta e'tibor berish lozim.

 

1.                 8-MAVZU. BIOLOGIYA O’QUV XONASI.

2.         Reja:

3.       Biologiya xonasini umumiy ko'rinishi.

4.       Biologiya xonasiga qo'yiladigan talablar.

5.       Biologiya xonasida mavjud jihozlar.

 

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar:

6.                 Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o'qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Biologiya xonasi qo'yidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan:

7.                          ta'limning samaradorligi oshirish maqsadida o'quv jarayonini tashkil etishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash;

8.                          dars va o'quv jarayonining boshqa shakllarida o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish;

9.                          o'quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EXMning nazorat dasturlaridan foydalanish;

10.                      biologiya bo'yicha sinf va maktabdan tashqari mashg'ulotlarni olib borishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash;

11.              

12.             O'quv xonasi o'rtacha 70 m2 atrofida bo'lishi kerak.

13.             Laboratoriya xonasi 35-40m2 bo'lishi kerak. 

14.             Biologiya o'quv xonasi quyidagilar zarur bo'lgan mebel va maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, o'qituvchi stloi va stuli, namoyish stoli, o'quvchilar uchun parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetning etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak.  Xonada o'simlik va hayvonot dunyosining evolyusion rivojlanish tarixini, ko'zga ko'ringan biologlarning portretlari qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o'z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig'ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida o'quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o'quvchilarda o'quv mehnatini tashkil qiish madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o'quv-ko'rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya'ni o'qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo'lgan barcha qo'llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar, labaratoriya va amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun yo'riqnoma berish hamda ko'rsatmalarni hammasi ma'lum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi. Bulardan tashqari laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o'tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi, ko'rgazmalar ta'mirlanadi. Stolda jo'mrakli suv krani bo'ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi.

15.             Biologiya o'qitish xonasi, labaratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o'simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar o'tkazish hamda darslarda namoyish qilish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi faeyda tashkil qilish mumkin. Maxsus joyni tashkil etishda tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish, biologik talablarga mos kelishini e'tiborga olish kerak.

16.             Saqlanayotgan har bir o'simlik va hayvon oldiga pasport qo'yiladi. Bu tanishish imkoniyatini beradi, hamda tajriba va nazorat ob'ektlari ustida o'lchash va ma'lumotlarni yozib borish bilan kuzatishlarga imkon beradi, tirik tabiat burchagi o'quvchilarda o'simliklar va hayvonlarni parvarishlash bo'yicha mehnat madaniyatni tarbiyalaydi: ijtimoiy-tashkiliy ko'nikmalar va ijtimoiy - maktab mulkiga extiyotkorlik munosabati o'simlik va hayvonlarni parvarishlash orqali ularni asrash, ko'paytirish hislarini tarkib toptirishga yordam beradi.

17.             Umumta'lim maktablarida biologik ta'limning samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bo'lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida o'tkazishga bog'liq. Mazkur mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o'quv xonasi, lobaratoriya, tirik tabiat burchaklarini to'liq jihozlashga bog'liqdir.              

18.             Biologiya o'quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta'minlash asosiy vazifalaridan biridir.

19.             Biologiya o'quv fani asosan tirik organizmlar to'g'risida bilim beruvchi fan. Biologiya o'quv fanini DTS talablari asosida o'qitish, tirik organizmlar ustida ko'rgazmali va amaliy usullarni qo'llash asosida mashg'ulotlar o'tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar, jismlar, jadvallar saqlanadigan, "tirik tabiat burchagi" xonasidan iborat bo'ladi. O'quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi. O'quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to'liq qamrab olgan bo'lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o'ng tomonida televizor, chap tomoniga kompyuter qo'yiladi. Doskaning chap tomoniga o'simlik va hayvon xujayrasi stend yoki modeli o'ng tomonida organik olam rivojlanish evolyusiyasi, oyna tomoniga xonagullari, orqa tomoniga biologiyaning bo'limlari bo'yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo'limga tegishli bo'lgan jihozlar qo'yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo'shgan olimlar jumladan, E.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov, Yo.X.To'raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning portretlari qo'yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o'tkazish uchun mo'ljallangan asboblar so'ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo'lishi, texnik estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigienasi talablariga javob berishi lozim. Shu sababli o'quv va laboratoriya xonalari o'quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo'lgan umumiy talablar mavjud.

20.              

21.             1.Pedagogik talablar:

22.             O'quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda o'rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o'quvchilarning ob'ektlarning tuzilishini to'liq tasavvur etishlariga yo'naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va amaliyotda qo'llashga yordam berishi, biologik ta'lim jarayonida ko'rgazmaviylik printsipini amalga oshirish, shuningdek ilg'or pedagogik va axborot texnikalarini qo'llash orqali o'quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o'zalshtirishlari uchun, o'quv va amaliy ko'nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim.

23.              

24.             2.Biologiya xonasiga qo'yiladigan xavfsizlik va gigiena talablari:

25.             Xonadagi o'quv jihozlarining barchasi ta'limning texnikaviy vositalari va mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O'quv xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi (eslatmalar) bo'lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga to'liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning ishonchli garovidir.

26.              

27.             3.Estetik talablar:

28.             Xonaga qo'yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko'rinishi go'zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o'quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o'quvchida ham, o'qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak.

29.             Xonadagi ko'rgazmali manbalar:

30.             Optik asboblar – biologiya darslarida ko'proq optik asboblar, ya'ni mikroskop va lupadan foydalaniladi. Ular ko'zimizga ko'rinmaydigan xayvonot va o'simliklar organizmning anatomo – morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning tuzilishini o'rganish uchun foydalaniladi.

31.             Biologiya darslarida foydalaniladigan ko'rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy qurollarga bo'linadi.

32.             Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy tablisalari va amaliy ishlar uchun quritilgan o'simlik uning organlaridan tayyorlangan tarqatma materillar kiradi;

33.             zoologiyadan – xasharotlar kollektsiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining fiksasiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini ko'rsatuvchi xo'l preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari, baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari mikropreparatlar va boshqalar kiradi.

34.             Tasviriy ko'rgazmali qurollar: har bir kurs bo'yicha tablisalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o'quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, video filmlar, diapozitlarni o'z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig'ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. O'quv qurollarni muayan tizimda saqlash ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Biologiya xonasida barcha buyumlarni to'g'ri va chiroyli joylashganligi o'quvchilarda estetik tuyg'ularni tarbiyalashga yordam beradi.  

35.             Bilimni nazorat qilish uchun savolllar.

36.                      Biologiya xonasini tashkil etishda nimalarga e'tibor berish kerak?

37.                      Biologiya xonasiga qo'yilgan asosiy talablar.

38.                      Biologiya o'quv xonasi qanday jihozlar bilan jihozlanadi?

39.                      Laboratoriya xonasida qanday ko'rgazmali qurolllar saqlanadi?   

40.                      

41.              

42.              

43.             9-MAVZU: TIRIK TABIAT BURCHAGI.

44.                                        Reja:

45.                      Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati.

46.                      Tirik tabiat burchagidagi o'simliklar.

47.                      Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar.

48.                      Tirik tabiat burchagini jihozlash.

49.              

50.             Asosiy tushunchalar va tayanch so'zlar.

51.                          Tirik tabiat burchagini ta'lim – tarbiyaviy ahamiyati, uni tashkil etish, jihozlash, tirik tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlar. Estetik tarbiya berish. uzviy bog'langan. Ilmiy dunyoqarash - barcha ta'lim-tarbiyaviy jarayonning asosi.

52.        ёввойи ўт уруғли ва спорали ўсимликлар.

Asosiy tushunchalar va tayanch so'zlar.

                            Tirik tabiat burchagini ta'lim – tarbiyaviy ahamiyati, uni tashkil etish, jihozlash, tirik tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlar. Estetik tarbiya berish. uzviy bog'langan. Ilmiy dunyoqarash - barcha ta'lim-tarbiyaviy jarayonning asosi.

          yovvoyi o't urug'li va sporali o'simliklar.

          vegetativ usulda ko'payadigan madaniy va yovvoyi o'simliklar.

          Daraxt va butalarning shoxlari.

 

Xona o'simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o'simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar qo'yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma'qul. Besh-o'nta shunday o'simliklar ko'p joy egallamagan holda botanika va umumiy biologiya kurslaridan mashg'ulotlarini material bilan ta'minlaydi. Bularga quyidagi xona o'simliklari: kaktus geran, tradeskantsiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi.

         Xona o'simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskantsiya o'simligini quyidagi maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; tsitoplazmaning harakatlanishi; qo'shimcha ildizlarni paydo bo'lishi; qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o'simliklarining suv o'simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin.

         Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo'yishni talab qiluvchi yovvoyi o'simliklar ham bo'lishi zarur. Bunday o'simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog'i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o'tqaziladi.

Tirik burchakdagi har bir o'simlikning yorug'likka, issiqlikka va namlikka bo'lgan munosabatini hisobga olgan holda joylashtiriladi.So'ngra ekologik guruhlar tashkil qiladilar va ularni tirik burchakda muayyan sistemada taqsimlaydilar.

Masalan: quruqlikda o'sadigan o'simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava.

Nam joyda o'sadigan gigrofitlarga – tradeskantsiya, begoniya, qirkquloq, qirqbo'g'in, yo'sin.

Namligi o'rtacha bo'lgan joyda o'sadigan o'simliklar fikus, limon, yovvoyi o'simliklar ertut, primula.

Tirik burchakdagi o'simliklarni geografik guruhlarga taqsimlash mumkin.

Tropik o'simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya tradeskantsiya, fikus.

Subtropik o'simliklar: limon, apelsin, tolgul.

Mo''tadil mintaqa o'simliklari: primula, pechakgul.

Mahalliy o'simliklar: yovvoyi va madaniylari.

         Tajriba uchun ekilgan o'simliklarni alohida joyga qo'yilishi kerak. Ekalogik jihatdan yaqin bo'lgan bir nechta o'simliklar bir-biriga yaqin ekiladi. Natijada cho'l, tropik o'rmon kabi "biogeosenozlar" tashkil etiladi. Tirik burchakdagi har bir o'simlikda nomi yozilgan etiketka va qisqacha xarakteristikali pasporti bo'lishi kerak. O'simlik ta'riflangan, har bir o'simlik to'g'risida tavsiya etilgan kitoblarni ko'rsatgan pasportlardan tirik burchakdagi o'simliklar kartotekasi tuziladi. Kartoteka o'simlikni parvarish qiluvchilarga hamda u bilan tanishishni hoxlovchilarga tushunarli bulishi kerak.

         Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar.  Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar uchun Akvarium, terraium, kataklar qo'yish uchun joy ajratilishi kerak. Akvarium baliklar, shoxilonlar, suv qo'ng'izlari, Triton, ayrim baqalar, gidra va dafnayalarni saqlash va boqish uchun eng qulaydir.

Akvarium suv havzasining sun'iy biogeosenozi ya'ni chuchuk suv havzasini modeli hisoblanadi. Unda suv hayvonlari hayotining suv o'simliklari elodeya valisneriya, odest, shoxbarg va boshqalar bilan bog'liqligi ko'rsatiladi. Tirik burchakda zoologiyadan ko'rgazmali va amaliy metodlar bilan o'rganiladigan hayvonlar bo'lishi zarur.

         Sodda hayvonlardan tufelkaning kulturasi, dars va darsdan tashqari ishlar uchun doim tirik burchakda bo'lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki pomidorning quritilgan bargi bo'lishi kerak.

         Sentyabr oylaridan boshlab akvariumda gidra, akam-tukam va boshqa chig'anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qo'yiladi. Maxsus yashiklarda yomg'ir chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat bilan qatlam – qatlam qilib to'q ilgan barglar, poliz tuprog'i bilan to'ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi. Terrarium o'tloq, cho'l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish uchun temir yoki plastmassa vannacha qo'yiladi. Olmaxon, to'ti va boshqa sayroqi qushlar maxsus kataklarda boqiladi.

         Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har-xil hayvonlarni, masalan: Akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda yashovchilarni, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni boqish mumkin. Maktabning o'quv tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon kabi hayvonlarni boqish tavsiya etiladi.

         Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan xona kichik bo'lsa yoki torlik qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni saqlash mumkin. Dars vaqtida o'quvchilarning fikrlarini bo'lmaydigan boshqa ob'ektlarni bevosita biologiya xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, qo'lansa hid chiqaradigan hayvonlar alohida kichik xonada saqlanadi.

         Tirik tabiat burchagidagi hayvonlarning ko'plari ustida zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya bo'yicha zarur tajribalar qo'yilishi mumkin. Masalan; "moddalar almashinuvi" mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil qilish bo'yicha, quyonlarning og'irligi oziq sifatining ta'siri, tuproq rangining baqa tanasining rangiga ta'sirini, it baliqdagi metamorfozni o'rganish mumkin.

         Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu erda yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta'mirlaydilar. Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi, parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi hamda tajriba o'tkazayotgangan o'quvchining familiyasi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. 

Hayvonlar burchakda tip va sinflar bo'yicha guruxlarga ajratiladi, lekin guruhlashtirish yashash muhiti bo'yicha va ularning tegishli o'simlik bilan birga bo'lishi mumkin.

         Sinfning yoki tirik burchakning birorta derazasida o'simliklarning "tirik sistema"sini tasvirlab ko'rsatish mumkin, bu V, VI, X, XІ – sinflar uchun foydalidir. Buning uchun xona va yovvoyi o'simliklardan foydalaniladi, ular derazalarga bir avlodning turlari, bir oilaning avlodlari shu kabilar tartibida joylashtiriladi. Hayvonlar sistemasini tirik ob'ektlarni tulumlari bilan, ba'zi xollarda rasmlar bilan birga ko'rsatish mumkin. Bu o'quvchilar uchun ko'rgazmali quroldir.

         Maktab tirik tabiat burchagida alohida sinflar uchun, qandaydir qismlarni ajratish pedagogik maqsadga muvofiq emas. Unda o'quvchilar jamoatchilik, o'simlik va hayvonlar dunyosining tabiiy birligini tushunib olish ruhida tarbiyalansinlar.

Tirik tabiat burchagini jihozlash. Tirik burchakni tashkil etishda ba'zi bir zarur jihozlarni ham nazarda tutish lozim. Birinchi galda o'simliklarni qo'shimcha yorug'lik ta'sirida o'tkaziladigan tajribalarni ta'minlash kerak.

Buning uchun burchak qo'shimcha yorug'lik manbalari bilan ta'minlanishi kerak. Agar tirik burchakda harorat past bo'lsa, unda yorug'lik kamerasi bo'lishi kerak. Bu etarli darajada yorug'lik berishi, haroratni ko'tarish yoki pasaytirishga imkon berishi, shu haroratni saqlab turishi kerak.

         Qish o'rtasida yorug'lik kamerasini tirik burchak jihozlari qatoriga kiritilishi, yorug'sevar va issiqsevar o'simlik ustida turli tajribalar o'tkazishga imkon beradi. Havo namligini saqlash uchun o'simliklarga pulverizatorda suv purkaladi. Namlik kamerasi uchun terrariumdan foydalanish mumkin.

Buning uchun terrarium ostiga qum solinadi va gul tuvakchalar past – baland qilib qo'yiladi. Ularga namda o'sadigan o'simliklar mox va boshqalar o'tkaziladi. O'rtaga suv yig'iladigan chuqurcha qilinadi yoki suvli vannacha qo'yiladi.

         Qalamchalar uchun to'rtta oynak qo'yilgan, tuproq yoki qum bilan to'ldirilgan va burchaklari yopishtirilgan shisha yashikcha tarzida namlik kamerasi yoki parnikcha yasash mumkin.

Zamburug', bakteriyalar kolloniyasini o'stirish bo'yicha qator tajribalar uchun qorong'ulik kamerasi kerak. Bu kameraning ichi qora rangga, tashqi tomoni esa xona mebellari rangida bo'ladi. Gidrofitlarni Akvarium yoki

bankalarga joylashtiriladi. Buning uchun banka ostiga bir oz tuprok, 2sm qalinlikda torf qum solinadi.

         Tirik tabiat burchagida har –xil hayvonlarni saqlash uchun Akvarium, terrarium, volera va qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va tiniq shishali bankalar bo'lishi zarur. Terrariumlarni suvda ham quruqda ham yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini 0hisobga olgan holda saqlash uchun o'rnatiladi.

         Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi qafaslar bo'lishi kerak.

Shunday qilib tirik tabiat burchagining tarkibi va undagi ishlarning mazmuni barcha biologik kurslar bo'yicha ta'lim – tarbiya ehtiyojlari bilan belgilanadi.

Bilimni mustahkamlash uchun savollar?

 

         Tirik tabiat burchagi qanday ta'lim tarbiyaviy ahamiyatga ega?

         Tirik tabiat burchagi qanday tashkil etiladi?

         Tirik tabiat burchagida qaysi o'simliklar o'rin oladi?

         Tirik tabiat burchagida qaysi hayvonlar boqiladi?

         Tirik tabiat burchagini jihozlash uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

 

10-MAVZU. BIOLOGIYANI O'GITISHDA O'QUVCHILARDA DUNYOQARASHINI TARBIYALASH

Biologiyani o'qitishda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan barcha bilimlar DTSda qayd etilgan "organizm-biologik sistema", "ekologik sistemalar", "organik olam evolyusiyasi" yo'nalishlari bo'yicha umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.

Biologiya o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur:

         O'qituvchilar tomonidan o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ahamiyatga molik biologik g'oya, nazariya va tushunchalarni chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi.

         O'qitish jarayoni (mavzu, o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati)ning har bir bosqichida o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o'rnini tahlil qilish va aniqlash.

         Biologiya o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo'ladigan tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning sabablarini aniqlash va dalillashda, o'quv muammolarini hal etishda boshqa o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya'ni nafaqat tabiiy-matematik, balki ijtimoiy-gumanitar o'quv fanlari bilan fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish.

         Biologik qonuniyat, xulosa va umumlashmalarni biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari yordamida olingan natijalar, faktlar yordamida asoslash va dalillash.

         O'quvchilarning tirik tabiatning umumiy qonuniyatlarini o'rganishning muhimligi, asosiy g'oya va tushunchalarning rivojlanishini anglash va tushunishga yo'naltirish asosida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish. Bunda o'quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlari, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, nazariy mazmunga ega o'quv topshiriqlarini tayyorlash lozim.

         O'quvchilar tomonidan ilmiy dunyoqarash masalalariga bog'liq tushunchalarni o'zlashtirish darajasi va sifati, o'zlashtirilgan bilimlarni o'quv va amaliy faoliyatga qo'llashni muntazam ravishda aniqlash, olingan natijalarga muvofiq o'qitish jarayonining mazmuni va borishiga tegishli o'zgartirishlar kiritishi lozim.

         Turli hayotiy vaziyatlarda o'quvchilarning nuqtai nazari, e'tiqodining mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvorining to'g'riligini dalillovchi xususiyatlarga ega bo'lgan umumiy biologik tushunchalarni o'quv va amaliy faoliyatga qo'llash ehtiyojini rivojlantirish zarur.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda o'quvchilar tafakkurining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya o'quv fanlarining mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o'quvchilar tomonidan organik olam va unda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va xilma-xilligining sabablarini anglaydilar. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarning mantiqiy fikr yuritishiga, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydigan o'quv topshiriqlarini tayyorlashi lozim. O'qitishning bu shaklda tashkil etilishi o'quvchilarning faktlar, hodisalarning o'zaro bog'liqligi ustida mulohaza yuritishiga yordam beradi. Mulohaza yuritish o'quvchilarning o'quv materialini ongli va puxta o'zlashtirishiga imkon yaratadi. O'quvchilarning tafakkurini rivojlantirish ularda mustaqil va ijodiy fikrlashni tarkib toptirishga bog'liq bo'ladi. Bu masalalar "Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish" mavzusida batafsil yoritilgan.

Ma'naviy-ahloqiy tarbiya. Insonning ma'naviyati uning ongida aks etgan barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-atvor me'yorlari majmuasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga etkazishda ma'naviy-axloqiy etuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'limni isloh qilish yo'nalishlaridan biri "milliy mustaqillik printsiplari va halqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish"1 deb belgilangan. Ushbu vazifalarni biologiyani o'qitish jarayonida hal etish uchun o'qituvchi darsda umumiy osoyishtalik, shaxsning rivojlanishi uchun qulay psixologik muhit, o'quvchilarda ongli intizomni vujudga keltirishi, tahsil olishdagi burch va ma'suliyatni tarkib toptirishi lozim.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri tabiatni o'rganish jarayonida o'quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e'tiborli munosabatda bo'lish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni to'la-to'q is, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma'suliyatni tarkib toptirish, insonning qadr-qimmatini hurmat qilishga o'rgatish sanaladi. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'quv faoliyatini rag'batlantirish va asoslash, ijobiy hatti-harakatlarni qo'llab-quvvatlash, salbiy holatlarni muhokama qilish, o'qituvchining shaxsiy namunasi va ijobiy hatti-harakatlarni ko'rgazmali ko'rsatish muhim rol o'ynaydi. 

O'quvchilarning organik olam va uning ob'ektlarini o'rganishda, o'simliklar, hayvonlarning rivojlanishi, ularning xilma-xilligi, hayotini saqlab qolish va ko'paytirish uchun qayg'urishi, g'amxo'rlik qilishi, yordam berishi haqidagi ilmiy bilimlar, muayyan ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga e'tiborini qaratishi zarur. Tabiat, inson va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishda, erda hayotni saqlab qolishda biologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati, insonning tabiatga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatining roli ko'rsatib o'tiladi.

Vatanparvarlik tarbiyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimi orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi nazarda tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o'quv-bilish, ijtimoiy-foydali mehnat jarayonida ko'zga tashlanadi. Maktab biologiya o'quv fanlari o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda muhim o'rin tutadi.

Tabiatshunoslikni o'qitishda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Respublikamizning go'zal tabiati, er osti va usti boyliklari, xalq xo'jaligini rivojlantirishda qo'lga kiritilgan yutuqlar, barkamol shaxsni kamolga etkazish maqsadida qabul qilingan "sog'lom avlod" Davlat dasturi, sog'liqni saqlash sohasida qabul qilingan qonunlar, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan o'tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o'rta asrlarda yashagan ulug'allomalarning jahon tsivilizasiyasiga qo'shgan hissalari, ularning ma'naviy qarashlari, hadislar, hikmatli hikoyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

O'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda tabiatni ilmiy-nazariy, hissiy-estetik jihatdan o'rganishni to'g'ri yo'lga qo'yish – insonning tabiatga nisbatan ongli, ma'naviy-axloqiy munosabatlari me'yorlarining asosini tashkil etadigan yuksak vatanparlik burchning shakllanishiga zamin tayyorlaydi.

O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi quyidagilarga bog'liq:

         O'quvchilarning hissiyotiga ta'sir ko'rsatadigan o'quv materiallarini tanlash;

         Tanlangan o'quv materialining o'rganilayotgan o'quv materiali bilan uzviyligini ta'minlash orqali milliy g'ururni shakllantirish;

         O'qituvchi tomonidan o'quv materiallarini ehtirosli bayon etish;

         O'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali metod va vositalardan foydalanish;

         O'quvchilarni o'rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog'liq holda kasb tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa qo'shishga safarbar etish;

         Sharq ma'naviyati durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish.

Vatanparvarlik tarbiyasi o'qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg'ulotlarida amalga oshirish, bunda Vatanni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar, san'at asarlari, ma'naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ekologik tarbiya. "Hozir XXІ asr bo'sag'asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishi o'zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib qolmoqda"1

 Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda o'quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.

Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, shaxsning ma'naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon bo'ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko'rsatish kabi sifatlarni o'z ichiga oladi.

Ushbu madaniyat albatta o'quvchilarning ekologik ta'lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarda tabiatga nisbatan burch va ma'suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-ahloq me'yorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi.

    O'qituvchi har bir darsda, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalarda o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo'yicha rejali va muntazam ish olib borishi zarur.

Tabiatshunoslikni o'qitishda ekologik masalalar keng qamrovli bo'lib, hamma o'quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu o'quv materiallari o'quvchilarning tabiatdagi uyg'unlik, unda sodir bo'ladigan hodisalar, o'zgarishlar, ular o'rtasidagi uzviylik va mazkur uzviylikni, o'zaro bog'lanishlarni buzib yuborish osonligini tushunishga imkon beradi. Masalan, qishloq xo'jaligi dalalarida zaharli pestisid va gerbitsidlardan foydalanish, ko'zlangan natijaga olib kelishi mumkin, lekin bu jarayonda dorivor o'simliklar va foydali hasharotlar ham nobud bo'ladi. Ularni egan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi oziq zanjiri buzilib ketishi, o'simliklar qoplami ham muayyan darajada o'zgarishlarga uchrashi tayin.

O'qituvchi biologiya o'quv fanini o'qitish orqali ekologik tushunchalar: organizm va muhitning o'zaro bog'liqligi, tabiiy jamoalarning almashinuvi, biogeosenozlar, ekologik sistemalarning o'zgarishi, biosfera, insonning ekologik omil ekanligi va h.k. o'quvchilar tomonidan mustahkam o'zlashtirishlari, ko'nikma va malakalarni egallashiga erishishi lozim.

 

 11-MAVZU. BIOLOGIYADAN OLIMPIADA O'TKAZISH METODIKASI

Biologiya darsligida o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o'z-o'zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operasiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o'zlashtirish ko'nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan.

       O'qituvchi biologik ta'lim samaradorligiga erishish va o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta'lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish usullarini bilishi lozim.

Ta'lim mazmunining tarkibiy qismi bo'lgan bilimlar o'quvchilar tomonidan o'quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o'rganilgan ma'lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llash bosqichlari yordamida o'zlashtiriladi.

O'quvchilarda faoliyat turlari - ko'nikma va malakalarni shakllantirish ko'nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko'rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, ko'nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llash kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi.

  Ta'lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo'lgan ijodiy faoliyat tajribalari o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni o'qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. O'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o'quv materialini mustaqil ravishda o'zlashtirishlari, o'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, o'rganilayotgan ob'ektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, o'xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va g'oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, ko'nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llashni o'rganishlari lozim.

  Ta'lim mazmunining to'rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi o'qitish jarayonida ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta'minlash, o'quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O'quvchilar mazkur tarkibiy qismni o'zlashtirishlari uchun avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qo'llashlari, bir so'z bilan aytganda faol o'quv-bilish faoliyati talab etiladi.

Ta'lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta'lim standartlarining asosini tashkil etadi.

 Davlat ta'lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini ko'rsatdi:

Asosiy qism – ta'lim-tarbiya jarayonidan ko'zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, ko'nikma va malakalarning majmuasi sanaladi. Ta'lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – ko'nikma va malakalardan iborat bo'ladi.

Kengaytiruvchi tarkibiy qism – o'quvchilarning biologik bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini rivojlantirishga yo'nalti-rilgan ta'lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta'lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini o'z ichiga oladi.

Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini ta'minlovchi ta'lim mazmuninining ma'lum bir bo'limi. O'quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg'ulotlarning mazmunini tashkil etadi.

Qo'shimcha tarkibiy qism - o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalari yo'nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ta'lim mazmunining bir qismi.

DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari o'zgarmas bo'lib, o'quv fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va qo'shimcha tarkibiy qismlari o'quvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisliklariga bog'liq holda o'quv fanining o'zgarib turadigan qismi sanaladi.

Quyida DTS ning har bir qismi alohida qo'rib chiqiladi.

Yuqorida qayd etilganidek, O'MKHT muassasalarida biologiyani o'qitishda davlat ta'lim standartlarining asosiy qismini quyidagi tushunchalar, ko'nikma va malakalar tashkil etadi.

Biologiya o'quv fanida shakllantiriladigan tushunchalarni uch guruhga ajratish mumkin:

Umumbiologik tushunchalar.

Gnoseologik tushunchalar

Kasbga yo'naltiruvchi tushunchalar.

I. Умумбиологик тушунчалар ўз навбатида қуйидаги учта йўналиш­га ажратилади:

Организм биологик система.

Экологик системалар.

Organik olam evolyusiyasi.(5 - jadvalga qarang)

                                                                   5 - jadval

Organizm biologik sistema ekologik sistemalar organik olam evolyusiyasi

 Genetik injeneriya, hujayra injeneriyasi, irsiyatning mod-diy asoslari, shtamm, klon, transformasiya, transduktsiya, ko'chib yuruvchi genetik elementlar, regulyator genlar, transmissibl va avtonom plazmidlar, rekombinat DNK, genlarni klonlash, vektor konstruktsiya, restriktazalar, transgen o'simliklar, gibridomalar, poliklonal va monoklonal antitanalar, yuqumli va irsiy kasallik-larning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasi, gen daktiloskopiyasi, "yangi" organlar yaratish texnologiya-si.        Tashqi muxitning abiotik, biotik va antropogenez omil-lari. Biosenoz, biogeosenoz oziq zanjiri, produsentlar, konsumentlar, redusentlar.Biosenozda modda va energiya almashinuvi. Agrosenoz. Antropoekologiya, adaptiv tip turlari. Biosfera, biomassa. Biosferada moddalarning davriy aylanishi va energiya o'zgarishi. Biogen migrasiya

Biosfera va uning rivojlanish bosqichlari. Biogenez, noogenez, noosfera.

      Organizmlarning moslashgan-ligi sun'iy tanlash,yashash uchun kurash xillari, tabiiy tanlanish. Mutasiyalar, rekombinativ o'zgaruvchanlik, mikroevolyusiya va makroevol-tsiya.Tur, kenja tur, populyasiya, tur kriteriylari, strukturasi, tur hosil bo'lishi.

Evolyusiya dalillari, organik olamning rivojlanishi,

Evolyusiya omillari, yo'na-lishlari, molekulyar asoslari, boshqarish, natijasi. Erda xayotning paydo bo'lishi va rivojlanishi. Antropogenez.

 

II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi:

 

Biologik g'oya, kashfiyot va nazariyalarning tarixi haqidagi tushunchalar. Bu tushunchalar turkumiga evolyusion nazariya, evolyusiya dalillari,biogenetik qonun, filembriogenez nazariyasi, hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishi haqidagi nazariyalar, biosfera va uning evolyusiyasi nazariyalari, nuklein kislotalar, transformasiya, transduktsiya, ko'chib yuruvchi genetik elementlar, rekombinat DNK, transgen o'simliklar, hayvon gibridomalarining kashf etilishi, irsiyatning moddiy asosini o'rganish tarixi, gen injeneriyasi va biotexnologiyaning rivojlanishiga hissa qo'shgan kashfiyotlar, O'zbekistonda gen injeneriyasi sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar kiradi.

Metodologik ya'ni borliqni ilmiy bilish metodlari haqidagi tushunchalar. Biologiya va ekologiyani o'rganishda foydalaniladigan metodlar, o'simlik va hayvon irsiyatini o'zgartirishda, DNK ni bo'laklarga ajratish, rekombinat DNK, transgen o'simlik va gibridomalar olishda qo'llanilgan metodlar shular jumlasidandir.

 

Kasbga yo'naltiruvchi tushunchalarni uch guruhga ajratish     

    mumkin:

Texnologik tushunchalar. Bu guruhga hujayrada DNK, RNK sintezi, oqsillar biosintezi, genetik injeneriya va biotexnologiyada amalga oshiriladigan jarayonlar, transgen o'simlik va gibridomalar olish, irsiy kasalliklarning gen injenerlik tashxisi biotexnologiyasini ishlab chikilishi xaqidagi tushunchalar misol bo'ladi.

Iqtisodiy tushunchalar. Mazkur guruhga sun'iy tanlash yordamida yangi nav, zot, shtammlarni yaratish, genlarni klonlash, transgen o'simliklar va gibridomalarning istiqbollari, ulardan xalq xo'jaligida foydalanishdan ko'riladigan foyda asosida shakllantiriladigan tushunchalar kiradi.

Tabiatni muhofaza qilishga oid tushunchalar. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar va me'yoriy hujjatlar, "qizil kitob", ekologik muhitning tirik organizmlarga ko'rsatgan ta'siri, turli kasalliklar va mutasiyalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirish orqali o'quvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat tarkib toptiriladi va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari shakllantiriladi.

Biologiyani o'qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida ko'nikmalar ham tarkib toptiriladi. Ushbu ko'nikmalarning eng asosiylari amaliy va o'quv mehnati ko'nikmalari 6-jadvalda berilmoqda.

             

Amaliy va o'quv Mehnati ko'nikmalari ko'nikmalar tarkibiga kiradigan usullar

Laboratoriya jihozlari va asboblari bilan ishlash ko'nikmalari

O'simliklardan gerbariy, hasharotlardan majmua tayyorlash ko'nikmalari

 

O'simliklar ustida kuzatish va tajribalar o'tkazish ko'nikmalari

Ob'ektlarni tanish ko'nikmalari

O'quv mehnati ko'nikmalari kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mik-ropreparatlarni tayyorlash, ularni mikroskop yordamida ko'rish, bakteriyalar uchun oziq muhitini tayyorlash, bakteriyalarni klonlash, laboratoriya mashg'uloti uchun kerakli jihozlarni tanlay olish va asrash.

   O'simliklar va hasharotlarda yashash uchun kurash, moslashishlar, tabiiy tanlanish va idioadaptasiyani o'rganish bo'yicha o'tkazilgan kuzatishlar asosida gerbariylar, kollektsiyalar tayyorlash, ularni talab darajasida rasmiy-lashtirish. Hasharotlarda moslashish, yashash uchun kurashga oid majmualar tayyorlash va uni jihozlash.

    O'simliklar va hayvonlarda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va irsiyat qonunlarini o'rganish bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish.

 

Evolyusiya dalillari, oziq zanjirini tashkil etuvchi organizmlar, organizmlardagi moslanish turlari, transgen o'simliklar va gibridomalarni ajrata olish.

Darslikda va boshka qo'shimcha o'quv adabiyotlardagi matnni mustaqil o'zlashtirish, asosiy g'oya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, jadval, sxemalarni izohlash, savollarga javob topish, o'z fikrini qisqa va lo'nda bayon etish, asoslash, misollar yordamida dalilay olish, o'quv materialini qayta ishlash, qisqa matn tuzish, ma'ruza, Referat tayyorlash va ularni talab darajasida rasmiylashtirish.         

 

DTS ning ikkinchi kengaytiruvchi tarkibiy qismi o'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga mo'ljallangan bo'lib, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga asos bo'lib xizmat qiladi.

O'qituvchi yangi mavzu bo'yicha o'quv topshiriklarini tuzganda o'quvchilarning o'rganilayotgan ob'ektni avval o'rganilgan ob'ektlar bilan taqqoslashi, o'xshashlik va farqlari, o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur ob'ektlar o'rtasidagi umumiylik, o'rganilayotgan ob'ektning o'ziga xos tomonlari, eng muhim jihatlarini topishi buning uchun avval o'zlashtirgan bilimlari va ko'nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llab yangi mavzu mazmunini o'zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmog'i lozim.

DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi o'quvchilarning biologiya o'quv faniga bo'lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida o'qituvchi tomonidan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlar hamda o'quvchilarning mustaqil ta'limini o'z ichiga oladi.

O'quvchilarning mustaqil ta'limi qo'shimcha o'quv adabiyotlari, Internet, multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma'ruza va referatlar tayyorlashi, o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish va tajribalar o'tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, respublikamizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish kabilarni o'z ichiga oladi.

DTSning bu tarkibiy qismining samaradorligi o'quv muassasasining yo'nalishi, o'quvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisligi va ularning ehtiyoji, qiziqishi, o'q ituvchining pedagogik bilim, mahoratiga bog'liq bo'ladi.

Biologiyani o'qitishda kasbga yo'naltirish.

DTSning to'rtinchi qo'shimcha tarkibiy qismi biologiya ta'limining kasbga yo'naltirilishini nazarda tutuvchi qismi hisoblanadi.

Respublikamizda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi quyidagi 8-ta bilim sohalari va akademik liseylar bo'yicha tashkil etilgan bo'lib, ularda biologiya yagona dastur asosida o'qitiladi. Biologiya o'qituvchisi ta'lim muassasasining yo'nalishini hisobga olgan holda ta'lim mazmunining qo'shimcha tarkibiy qismiga e'tiborni qaratishi, ya'ni biologik ta'limni kasbiy yo'naltirishi lozim.

Xizmatlar o'quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy, ekologik, iqtisodiy, gigienik va jismoniy jihatdan etuk qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg'unligi, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'usi va ongli munosabatni tarkib toptirishda tabiatning tutgan o'rnini

Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ma'naviy–ma'ri-fiy ishlarni olib borish, tabiat barcha san'at turlarini rivojlantiruvchi manba ekanligi

 Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg'unligi, ishlab chiqarish va agrosanoatni rivojlantirish, xom ashyo-dan olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda mikrobiologiya usullaridan foydalanish, gen daktiloskopiyasi va genlar spektri yordamida shaxsni aniqlash texnologiyasining yaratilganligi

Ekologik muammolar, suv, havo, tuproq, qishloq xo'jaligi, odam ekologiyasi, ularni muhofaza qilish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar, tabiiy boylik-lar va ulardan unumli foydalanish yo'llari va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish muammo-lari.

Biosferada modda va energiyaning davra bo'ylab aylanishi, ekologik toza manbalar energiyasidan foydalanish, bionika asoslari, tabiiy va sun'iy xom ashyolardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, er usti va osti tabiiy boyliklari va ulardan unumli foydalanish yo'llari, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish muammolari. Sun'iy tanlash asosida o'simlik navlari hosildorligi, hayvon zotlari mahsuldorligini oshirish yo'llari, mikrobiologiya va biotexnologiya asoslaridan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda foydalanish, ikkilamchi suv va ichimlik suvini tozalashda suv o'tlaridan foydalanish, biologik bilimlarning o'simlikshunoslik, chorvachilik, asal-arichilik, o'rmonchilik, mo'ynachilik va baliqchilikni rivojlantirish, bog', parklarni barpo etish, ko'q alamzorlashtirish, o'simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati, qurilish, yo'llar barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat muvozanatini asrash.  

 

12-MAVZU. ZAMONAVIY PEDAGOGGA QO'YILADIGAN TALABLAR

O'qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy funktsiyalari, eng xolis sudyalar - ularning o'quvchilari, ota-onalari, jamoatchilik nazarida bo'lish zarurati uning shaxsiyati, axloqiy fazilatlariga talablarni kuchaytiradi. O'qituvchiga qo'yiladigan talablar - bu pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilovchi kasbiy fazilatlar tizimi .

Odamlar doimo o'qituvchiga bo'lgan talabni oshirdilar, uni barcha kamchiliklardan holi ko'rishni xohladilar. 1586 yildagi Lvov birodarlik maktabining nizomida shunday yozilgan edi: "Didaskal yoki ekish maktabining o'qituvchisi taqvodor, aqlli, kamtarona dono, yumshoq, mo''tadil, ichkilikboz emas, zinokor emas, ochko'z emas. pul ishqibozi ham, sehrgar ham emas, fabulist ham emas, bid'atchi ham emas, balki xudojo'y shoshqaloqlik, har narsada yaxshi qiyofani o'zi tasavvur qiladigan kaliko fazilatlarida emas, balki ularning ustozlari kabi o'quvchilar bo'ladi." 17-asrning boshida. o'qituvchiga hozirgi kungacha eskirmagan keng va aniq talablarni ishlab chiqdi. Ya.A. Komenskiy oqituvchining asosiy maqsadi oquvchilarga ornak bolish va shaxsiy ornak orqali ularda ozining yuksak axloqi, insonga muhabbati, bilimliligi, mehnatsevarligi va boshqa fazilatlari bilan insonparvarlikni tarbiyalashdan iborat, deb asoslab bergan.

O'qituvchilar oddiylik namunasi bo'lishi kerak - oziq-ovqat va kiyimda; quvnoqlik va mehnatsevarlik - faoliyatda; hayo va yaxshi xulq - xulq-atvorda; suhbat va sukunat san'ati - nutqlarda, "shaxsiy va jamoat hayotida ehtiyotkorlik" namunasini ko'rsatish. Dangasalik, harakatsizlik, passivlik o‘qituvchilik kasbiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Agar siz bu illatlarni talabalardan olib tashlamoqchi bo'lsangiz, avvalo ulardan o'zingiz qutuling. Kim eng oliy vazifani - yoshlar tarbiyasini o'z zimmasiga oladi, u tungi hushyorlik va mehnatsevarlikni bilishi, ziyofatlardan, hashamatdan va "ruhni zaiflashtiradigan" narsalardan qochish kerak.

Ya.A. Komenskiy o'qituvchidan bolalarga e'tiborli bo'lishni, do'stona va mehribon bo'lishni, o'zining qattiq muomalasi bilan bolalarni o'zidan uzoqlashtirmaslikni, balki ularni otalik fe'l-atvori, odob-axloqi va so'zlari bilan jalb qilishni talab qiladi. Bolalarni oson va quvonch bilan o'rgatish kerak, "ilm ichimligi kaltaksiz, baqiriqsiz, zo'ravonliksiz, jirkanchsiz, bir so'z bilan aytganda, do'stona va yoqimli yutib yuboriladi".

"Yosh qalb uchun quyoshning samarali nuri" deb nomlangan o'qituvchi K.D. Ushinskiy. Rus tili o'qituvchilarining o'qituvchisi murabbiylarga juda yuqori talablar qo'ydi. U oqituvchini chuqur va serqirra bilimsiz tasavvur qila olmasdi. Ammo bilimning o'zi etarli emas; "Inson tarbiyasining asosiy yo'li - e'tiqoddir va ishonchga faqat ishonch bilan amal qilish mumkin". Har qanday o'quv dasturi, har qanday tarbiya usuli, qanchalik yaxshi bo'lmasin, o'qituvchining e'tiqodiga o'tmagan, o'lik xat bo'lib qoladi, haqiqatda hech qanday kuchga ega emas.

Zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan qator talablarda ma’naviyat yetakchi o‘ringa qaytmoqda. Murabbiy o‘zining shaxsiy xulq-atvori, hayotga munosabati bilan ma’naviy hayot namunasi ko‘rsatishga, o‘quvchilarni yuksak insoniy fazilatlar, haqiqat va ezgulik g‘oyalari asosida tarbiyalashga majburdir. Bugungi kunda ko'plab jamoalar o'z farzandlarining o'qituvchisidan mo'min bo'lishini talab qiladilar, ular o'z farzandlarining axloqiy tarbiyasini ishonib topshirishlari mumkin.

O'qituvchiga qo'yiladigan muhim talab - pedagogik qobiliyatlarning mavjudligi - o'quvchilar bilan ishlashga moyillik, bolalarga muhabbat va ular bilan muloqot qilishdan zavqlanishda ifodalangan shaxs sifati. Ko'pincha pedagogik qobiliyatlar aniq harakatlarni bajarish qobiliyatiga torayib ketadi - chiroyli gapirish, qo'shiq aytish, chizish, bolalarni tartibga solish va hokazo. Qobiliyatlarning quyidagi turlari ajratilgan.

Tashkiliy - o'qituvchining o'quvchilarni birlashtirishi, ularni egallashi, mas'uliyatni taqsimlashi, ishni rejalashtirishi, bajarilgan ishlarning xulosasini chiqarishi va hokazo.

Didaktik - o'quv materialini, ko'rgazmalilikni, jihozlarni tanlash va tayyorlash, o'quv materialini ochiq, tushunarli, ifodali, ishonchli va izchil taqdim etish, kognitiv qiziqishlar va ma'naviy ehtiyojlarni rivojlantirishni rag'batlantirish, o'quv va kognitiv faollikni oshirish; va boshqalar.

Kommunikativ - o'qituvchining o'quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari va ta'lim muassasasi rahbarlari bilan pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlarni o'rnatish qobiliyati.

O'quvchilarga hissiy va irodaviy ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqot pedagogik holatlar va jarayonlarni bilish va xolisona baholash qobiliyatida mujassamlanadi.

Ilmiy va kognitivlik o'qituvchining pedagogika, psixologiya va metodologiya sohasidagi yangi ilmiy bilimlarni o'zlashtirish qobiliyatiga kamayadi.

Ko'p sonli so'rovlar natijalariga ko'ra etakchi qobiliyatlarga pedagogik hushyorlik (kuzatish), didaktik, tashkiliy, ifodali, qolganlari hamrohlik, yordamchi toifaga tushiriladi.

Ko'pgina mutaxassislar, aniq qobiliyatlarning etishmasligi boshqa kasbiy fazilatlarni - mehnatsevarlik, o'z vazifalariga halol munosabatda bo'lish, o'z ustida doimiy ishlashni rivojlantirish orqali qoplanishi mumkin degan xulosaga kelishadi.

Biz pedagogik qobiliyatlarni (iste'dod, kasb, moyillik) pedagogik kasbni muvaffaqiyatli egallashning muhim sharti sifatida tan olishimiz kerak, lekin hech qanday holatda hal qiluvchi kasbiy sifat emas. Qanchadan-qancha o'qituvchilikka da'vogarlar zo'r moyillikka ega bo'lib, o'qituvchi bo'la olmadi va qanchadan-qancha qobiliyatsiz talabalar dastlab pedagogik mahorat cho'qqilariga ko'tarilishdi. O'qituvchi doimo mehnatkash.

Bizning koz ongimizda talim muassasalarining aholigatalim xizmatlarikorsatuvchi ishlab chiqarish muassasalariga aylanishi sezilarli darajada kuzatilmoqda, bu yerda rejalar, shartnomalar amal qiladi, ish tashlashlar sodir boladi, raqobat rivojlanadibozor munosabatlarining muqarrar hamrohi. Bunday sharoitda o'qituvchining ushbu fazilatlari alohida ahamiyatga ega bo'lib, ular ta'lim jarayonida qulay munosabatlarni yaratish uchun kasbiy muhim shartlarga aylanadi. Ular orasida insonparvarlik, mehr-oqibat, sabr-toqat, odoblilik, halollik, mas'uliyat, adolat, fidoyilik, xolislik, saxovatlilik, odamlarga hurmat, yuksak axloq, nekbinlik, hissiy muvozanat, muloqotga bo'lgan ehtiyoj, o'quvchilar hayotiga qiziqish, xayrixohlik, o'zini o'zi tutish kabilar kiradi. -tanqid, mehr-oqibat, vazminlik, qadr-qimmat, vatanparvarlik, dinparvarlik, tamoyillarga sodiqlik, sezgirlik, hissiy madaniyat va hokazo.Oqituvchi uchun majburiy sifat insonparvarlik, yani. o'sib borayotgan insonga yer yuzidagi oliy qadriyat sifatida munosabat, bu munosabatni aniq ish va harakatlarda ifodalash. Insoniylik insonga qiziqish, unga hamdardlik, yordam berish, uning fikrini hurmat qilish, rivojlanish xususiyatlarini bilish, ta'lim faoliyatiga yuqori talablar va uning rivojlanishi uchun g'amxo'rlikdan iborat. O'quvchilar bu ko'rinishlarni ko'radilar, ularga dastlab ongsiz ravishda ergashadilar, vaqt o'tishi bilan odamlarga insoniy munosabatda bo'lish tajribasiga ega bo'lishadi.

O'qituvchi har doim ijodkor insondir. U maktab o'quvchilarining kundalik hayotining tashkilotchisi. Irodasi rivojlangan, shaxsiy faoliyatga hal qiluvchi o'rin berilgan odamgina qiziqish uyg'otishi, o'quvchilarni yetaklay oladi. Sinf, bolalar jamoasi kabi murakkab organizmning pedagogik rahbariyati tarbiyachini ixtirochi, tezkor, qat'iyatli, har qanday vaziyatni mustaqil ravishda hal qilishga doimo tayyor bo'lishga majbur qiladi. Pedagog bolalarni unga ergashishga undaydigan namunadir.

O'qituvchining kasbiy zarur fazilatlari - bu chidamlilik va o'zini tuta bilishdir. Mutaxassis har doim, hatto eng kutilmagan vaziyatlarda ham (va ularning ko'plari bor) ta'lim jarayonida etakchi mavqeini saqlab qolishga majburdir. O'quvchilar tarbiyachining har qanday buzilishlarini, chalkashliklarini, nochorligini his qilmasliklari va ko'rmasliklari kerak. A.S. Makarenkoning ta'kidlashicha, tormozsiz o'qituvchi buzilgan, boshqarib bo'lmaydigan mashinadir. Siz buni doimo yodda tutishingiz, o'z harakatlaringiz va xatti-harakatlaringizni nazorat qilishingiz, bolalarga nisbatan xafa bo'lmaslik, mayda-chuyda narsalardan asabiylashmaslik kerak.

O'qituvchi xarakteridagi ruhiy sezgirlik o'ziga xos barometr bo'lib, u o'quvchilarning holatini, ularning kayfiyatini his qilish, eng ko'p muhtoj bo'lganlarga o'z vaqtida yordam berish imkonini beradi. O'qituvchining tabiiy holati - bu o'quvchilarning buguni va kelajagi uchun kasbiy g'amxo'rlik va shaxsiy javobgarlik.

O‘qituvchining ajralmas kasbiy sifati adolatdir. Faoliyatining tabiatiga ko'ra u o'quvchilarning bilim, ko'nikma va harakatlarini tizimli ravishda baholashga majbur. Shuning uchun uning qadr-qimmati o'quvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishi muhimdir. Ular orqali ular o'qituvchining ob'ektivligini baholaydilar. Hech narsa o'qituvchining axloqiy obro'sini ob'ektiv bo'lish qobiliyati sifatida mustahkamlamaydi. Xurofot, xurofot, sub'ektivizm ta'lim ishiga juda zararli.

O'qituvchi talabchan bo'lishi kerak. Bu uning muvaffaqiyatli ishlashining eng muhim shartidir. O'qituvchi o'ziga yuqori talablar qo'yadi, chunki odam o'zida yo'q narsani boshqalardan talab qila olmaydi. Pedagogik talabchanlik rivojlanayotgan shaxsning imkoniyatlarini hisobga olgan holda oqilona bo'lishi kerak.

Hazil tuyg'usi o'qituvchiga pedagogik jarayon davomida keskinlikni bartaraf etishga yordam beradi: quvnoq o'qituvchi g'amgin o'qituvchidan yaxshiroq dars beradi. Uning arsenalida hazil, maqol, aforizm, do'stona hazil, tabassum - bularning barchasi ijobiy hissiy fon yaratishga imkon beradi, maktab o'quvchilarini o'zlariga va vaziyatga kulgili tomondan qarashga majbur qiladi.

Alohida-alohida, o'qituvchining kasbiy xushmuomalaligi - talabalar bilan muloqotda mutanosiblik tuyg'usiga rioya qilish haqida gapirish kerak. Takt - tarbiyachi ongi, his-tuyg'ulari va umumiy madaniyatining jamlangan ifodasidir. Uning asosi o'quvchining shaxsiyatiga hurmatdir. Bu o'qituvchini xushmuomalalikdan ogohlantiradi, uni muayyan vaziyatda optimal ta'sir qilish vositalarini tanlashga undaydi.

O'qituvchilik kasbidagi shaxsiy fazilatlar kasbiy fazilatlardan ajralmasdir. Jumladan: o`qitish fanini o`zlashtirish, fanni o`qitish metodikasi, psixologik tayyorgarlik, umumiy eruditsiya, keng madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik ish texnologiyalarini egallash, tashkilotchilik qobiliyati, pedagogik takt, pedagogik texnika, kommunikativ texnologiyalarni egallash. , notiqlik va h.k. Ularning ishiga muhabbat - bu fazilatsiz o'qituvchi bo'lmaydi. Uning tarkibiy qismlari - vijdonlilik va fidoyilik, ta'lim natijalariga erishish quvonchi, o'ziga, malakasiga doimiy ravishda o'sib borayotgan talablar.

Zamonaviy o'qituvchining shaxsiyati ko'p jihatdan uning bilimdonligi va yuksak madaniyati bilan belgilanadi. Zamonaviy dunyoda erkin harakat qilishni istagan har bir kishi ko'p narsani bilishi kerak.

O'qituvchi vizual namuna, o'zini qanday tutish kerakligining o'ziga xos standartidir.

Boshlang'ich maktabda o'qituvchi - ideal, uning talablari - qonun. Uyda nima deyishidan qat'i nazar, kategoriyali "Va Marya Ivanovna shunday dedi" barcha muammolarni bir zumda yo'q qiladi. Afsuski, o'qituvchining idealizatsiyasi uzoq davom etmaydi va pasayish tendentsiyasiga ega. Boshqa narsalar qatorida, maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'siri ham ta'sir qiladi: bolalar o'qituvchida bir xil bolalar bog'chasi o'qituvchisini ko'radi.

Qishloq maktab o‘quvchilari bir ovozdan ularning ustozi o‘z ishining a’lo ustasi ekanligini ma’qullashdi. Bu vaqtga kelib, ko'plab bolalar allaqachon o'qituvchining o'z qiyofasini shakllantirgan. Ko'pchilik uni eng mehribon odam sifatida ko'radi, mehribonlikni aniq harakatlar sifatida tushunadi: u yomon baho bermaydi, yakshanba uchun uy vazifasini so'ramaydi, barcha savollarga javob beradi, yaxshi javob uchun maqtadi, ota-onalarga yomondan ko'ra yaxshisini aytadi: "onam uyga kelishi uchun. ota-onalar yig'ilishidan keyin men g'azablanmadim ".

Shunisi qiziqki, "yaxshi" va "mehribon" fazilatlari aniqlangan: yaxshi o'qituvchi - albatta mehribon, mehribon hamisha yaxshi. Bundan tashqari, o'qituvchi aqlli bo'lishi kerak - "u hamma narsani biladi va darhol barcha savollarga javob beradi". U bolalarni sevadi va bolalar uni yaxshi ko'radilar. O'qituvchi eng adolatli odam: u chorak oxirida eng yaxshi o'quvchilarga to'g'ri, munosib baholar qo'yadi "... ularda bo'lmagan baholarni almashtirmaydi". Vazminlik juda qadrlanadi: “tushunmasdan baqirmasligi uchun”, “javoblarni oxirigacha tinglaydi”. Bundan tashqari, o'qituvchi: ozoda (o'qituvchining go'zalligi, kiyimning didi, soch turmagini anglatadi), qanday qilib qiziqarli, muloyim, kamtarin, qattiq gapirishni biladi ("o'quvchilar qo'rqishlari va o'qituvchini yaxshi ko'rishlari uchun (!)") , materialni biladi ("o'quvchilar doskadagi xatolarni tuzatmasligi uchun"), ona kabi mehribon, buvisi kabi mehribon, opa kabi quvnoq, talabchan (" chunki men "4" va "5" da o'qiyman va o'qituvchi so'ramaydi va kam talab qiladi, men o'qimayman "), insho yozgan 150 nafar o'quvchidan 15 nafari o'qituvchilardan kundaliklariga ikkitasini qo'ymasliklarini xohlashgan, chunki ular tasodifan forma yoki shippakni unutib qo'ygan, qalam sindirgan yoki sinfda buralib qolgan: "Aks holda onam g'azablanadi va hatto uradi".

Gumanistik maktab didaktogeniyani - bolalarga nisbatan shafqatsiz, ruhsiz munosabatni butunlay rad etadi. Didaktogenez - qadimiy hodisa. Qadimgi kunlarda ham ular uning ta'limga zararli ta'sirini tushunishgan va hatto o'qituvchining talabaga ruhsiz munosabati, albatta, salbiy oqibatlarga olib keladigan qonunni ishlab chiqishgan. Didaktogenez - o'tmishning xunuk yodgorligi.

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал "Биология ўқитиш методикаси ўқув услубий мажмуа"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 2 месяца

Бизнер-тренер

Получите профессию

Технолог-калькулятор общественного питания

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 662 872 материала в базе

Скачать материал

Другие материалы

Презентация по биологии на тему "Цитоплазма, органеллы клетки" (10 класс)
  • Учебник: «Биология (базовый уровень)», Пасечник В.В., Каменский А.А., Рубцов А.М. и др. /Под ред. Пасечника В.В.
  • Тема: §16. Строение клетки. Эндоплазматическая сеть. Комплекс Гольджи. Лизосомы. Клеточные включения
  • 26.12.2021
  • 3432
  • 317
«Биология (базовый уровень)», Пасечник В.В., Каменский А.А., Рубцов А.М. и др. /Под ред. Пасечника В.В.

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 26.12.2021 3013
    • DOCX 147.3 кбайт
    • 28 скачиваний
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Мирзаева Нодира Абдухамидовна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    Мирзаева Нодира Абдухамидовна
    Мирзаева Нодира Абдухамидовна
    • На сайте: 4 года и 3 месяца
    • Подписчики: 0
    • Всего просмотров: 20432
    • Всего материалов: 10

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

Технолог-калькулятор общественного питания

Технолог-калькулятор общественного питания

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе

Курс повышения квалификации

Составление и использование педагогических тестов при обучении биологии

36 ч. — 144 ч.

от 1700 руб. от 850 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 20 человек из 14 регионов
  • Этот курс уже прошли 95 человек
аудиоформат

Курс повышения квалификации

Актуальные вопросы преподавания биологии в условиях реализации ФГОС

72/108/144 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 63 человека из 35 регионов
  • Этот курс уже прошли 809 человек

Курс повышения квалификации

Особенности подготовки к проведению ВПР в рамках мониторинга качества образования обучающихся по учебному предмету «Биология» в условиях реализации ФГОС СОО

72 ч. — 180 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 25 человек из 18 регионов
  • Этот курс уже прошли 159 человек

Мини-курс

Психология расстройств пищевого поведения

3 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 160 человек из 52 регионов
  • Этот курс уже прошли 94 человека

Мини-курс

Привязанность и воспитание

3 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 75 человек из 36 регионов
  • Этот курс уже прошли 25 человек

Мини-курс

Теория и практика инвестиций в контексте устойчивого развития

8 ч.

1180 руб. 590 руб.
Подать заявку О курсе