Добавить материал и получить бесплатное свидетельство о публикации в СМИ
Эл. №ФС77-60625 от 20.01.2015
Инфоурок / Информатика / Конспекты / Коспект по информатике на тему "Хужжатни форматлаш"

Коспект по информатике на тему "Хужжатни форматлаш"


  • Информатика

Поделитесь материалом с коллегами:




28.01.2016


Мавзу: Хужжатни форматлаш усуллари

Мақсад:

  1. Ўқувчиларга хужжатни форматлаш усуллари ҳақида тушунча бериш.

  2. Мавзуни бошқа фанлар билан боғлаш.

  3. Ўқувчиларни информатика фанига бўлган қизиқишларини янада ошириш.

Методи: Янги мавзу баёни Тушунтириш.

Типи: Янги билим берувчи.


Дарснинг бориши:

I. Ташкилий қисм:

1. Саломлашиш.

2. Ўқувчиларни дарсга ҳозирлаш, давоматни аниқлаш.

II. Асосий қисм:

Янги мавзу:


Bu tugma matn shrift turini o`zgartirish tugmasi bo`lib, matnning shriftini o`zgartirish uchun shu matnni tanlab, bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli shakldagi tugmada sichqoncha chap tugmasi bosiladi va ochilgan ro`yxatdan kerakli shrift turi ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Word 2007 dasturidagi yangiliklardan biri shuki – unda siz shriftni tanlamasdan turib, faqatgina sichqoncha ko`rsatkichini shu shrift nomi ostiga keltirgan holda belgilangan matn qanday ko`rinishga kelishini ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Bu tugma ro`yxatidagi shriftlardan birini qo`llash uchun klaviaturadan Ctrl+Shift+F tugmalar kombinatsiyasini bosish Шрифт oynasining ochilishiga olib keladi va bu oynaning shu nomli maydonidan kerakli shriftni tanlab, OK tugmasini bosish orqali belgilangan matnga shu shriftni qo`llash mumkin. hello_html_m3c8856f.png

Bu tugma matn kattaligini o`zgartirish tugmasi bo`lib, undan foydalanish uchun kerakli matnni belgilab so`ngra bu tugmaning o`ng romonidagi uchburchakli tugma yordamida ro`yxat ochiladi va kerakli kattalikdagi sonni tanlab, matn hajmi o`zgartiriladi. Bunda ham kerakli son ustida sichqoncha ko`rsatkichini to`xtatib turish shu son tanlanganda matn qanday ko`rinishga kelishini oldindan ko`rish imkoniyatini beradi. Agar sizga bur o`yxatda keltirilmagan boshqa bir kattalikdagi son kerak bo`lsa, u holda bu tugmaning son yozilgan qismida sichqoncha chap tugmasini bosib, kerakli son kattaligini klaviatura orqali kiritish va Enter tugmasi orqali bu buyruqni bajartirish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani klaviatura orqali bajarish uchun Ctrl+Shift+P kombinatsiyasini ham qo`llash mumkin. Bunda Шрифт oynasining Размер maydoni faollashgan holda bo`ladi va siz tog`ridan-to`g`ri sonni kiritib, Enter tugmasini bosish orqali belgilangan matnga kerakli kattalikni belgilashingiz mumkin. hello_html_643c01bd.png

Bu tugma belgilangan matnni egrilashtirib yozish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o`tishiga va matnning egrilashuviga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+I(Italic) kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Начертание maydonidagi Курсив buyrug`ini tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin. hello_html_4178f85b.png

Bu tugma belgilangan matnning tagiga chizib yozish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o`tishiga va matnning tagiga chizilishiga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+U(Underline-pastda chiziqli) kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Подчеркивание maydonidagi ro`yxatni ochib, bur o`yxatdan kerakli chiziq turlaridan birini tanlash orqali ham bajarish mumkin. Bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmani bosib, hosil b`olgan oynadan kerakli chiziq turi, chiziq rangi va boshqa xususiyatlarini ham tanlash mumkin. hello_html_mfe7ed95.pnghello_html_m71895b9b.png

Bu tugma bosilganda belgilangan matnning o`rtasidan o`tadigan chiziq hosil bo`ladi va bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Зачеркнутый sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin. hello_html_22e38d1d.png

Bu tugma belgilangan matnni pastki indeksga yozish tugmasi bo`lib, bu vazifani Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Подстрочный sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin.hello_html_m2292c220.pnghello_html_29d3c2b0.png

Bu tugma belgilangan matnni нгйщкш indeksga yozish tugmasi bo`lib, bu vazifani Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Надстрочный sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin. hello_html_1ddbbaf0.pnghello_html_mdaa8320.png

Bu tugma belgilangan matn registrini o`zgartirish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmaining bosilishi quyidagi oynaning hosil bo`lishiga olib keladi va bu oynadan kerakli buyruqlarda biri tanlanadi. 1-buyruq – Birinchi harfni katta yozish, 2-buyruq – barcha harflarni kichik yozish, 3-buyruq – BARCHA HARFLARNI KATTA YOZISH, 4-buyruq – So`Zlarni Katta Harflardan Boshlash, 5-buyruq – rEGISTRNI TESKARISIGA ALMASHTIRISH buyruqlari joylashgan.

Bu tugma matnni belgilab ko`rsatish tugmasi bo`lib, uni tanlanganda sichqoncha ko`rsatkichi qalam ko`rinishiga o`tib qoladi va kerakli matnning ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda harakatlanishi shu matnning berilgan rangli fonga o`tishiga olib keladi. Bu rangni o`zgartirish uchun esa, shu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma bosiladi va kerakli ranglardan birini tanlanadi. hello_html_m19110801.png

Bu tugma belgilangan matn uchun matn rangini o`zgartirish tugmasi bo`lib, matnni undagi aks etib turgan rangga bo`yash uchun shu tugma ustida chap tugma bosilishi yetarli. Boshqa rangga bo`yash uchun esa, shu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma tanlanadi va hosil bo`lgan oynadan kerakli rang tanlanadi. Bunda kerakli rangning ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish natijani ko`rishga imkon beradi. Agar bu ranglar bizni qoniqtirmasa, Другие цвета buyrug`ini tanlab, hosil bo`lgan kengaytirilgan palitra oynasidan oddiy shaklda yoki spektrni berish orqali boshqa ranglardan birini tanlashimiz mumkin. hello_html_m348cfce0.png

Bu tugma biror-bir ro`yxatni yozayotganda ishlatiladigan belgilangan markerli ro`yxat tuzishni boshlash tugmasi bo`lib, Enter tugmasi bilan tushish keying qator deb qabul qilinadi va marker qo`yib boriladi. Bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmada sichqoncha chap tugmasini bosganda quyidagicha ro`yxat ochiladi va bur o`yxatdan kerakli marker belgisini tanlash mumkin bo`ladi. Bu oynadagi Изменить уровень списка buyrug`I yordamida markerlangan ro`yxat darajasini o`zgartirish mumkin. Определить новый маркер buyrug`I bosilganda esa keying bosqich oynasi hosil bo`ladi va bu oynada kerakli biror-bir belgi yoki rasmdan markerli ro`yxatning markeri sifatida foydalanish mumkin bo`ladi. hello_html_51971f5c.png

Bu tugmaning vazifasi hujjat ichiga tartiblangan ro`yxat joylashtirishdan iborat bo`lib, uning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmani tanlash quyida ko`rsatilgan ko`rinishdagi oynaning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu oynada kerakli ko`rinishdagi tartiblangan ro`yxatlardan biri tanlanadi. Изменить уровень списка buyrug`i tanlanganda tartiblangan ro`yxat darajasini o`zgartirish, Определить новый формат номераbuyrug`I berilganda esa, tartiblangan ro`yxatning formatini o`zgartirish oynasi hosil bo`ladi. Biror tartiblangan ro`yxatga o`tilganda ishga tushadigan Задать начальное значениеbuyrug`i esa shu tartiblangan ro`yxatning joriy joyida qanday parametrlar o`rnatilishini o`zgartirish va boshqarish imkonini beruvchi quyidagicha oynaning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu oynada Начать новый список (tartiblashni yangidan boshlash), Продолжить предедущий список (Oldingi ro`yxatni davom ettirish) buyruqlaridan birini tanlash yoki Начальное значение maydonidagi son kattaligini o`zgartirib, tartiblashning birinchi sonini o`zgartirish mumkin. Kerakli o`zgartirishlar kiritilgach, OK tugmasini bosib, o`zgarishlar amalga oshiriladi. hello_html_605408a0.png

Bu tugmaning vazifasi ko`p darajali tertiblangan ro`yxat o`rnatish bo`lib, uning ham barcha parametrlari oldingi ikkita tugma kabi bo`lganligi uchun bu tugma xususiyatlari borasida alohidato`xtalib o`tmaymiz.hello_html_m2ae9f526.png

Bu tugmaning vazifasi abzas chekinishini kamaytirish bo`lib, u asosan jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro`yxat ishlatilganda bu ro`yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o`tib ketganda qo`llaniladi.hello_html_m5e418071.png

Bu tugmaning vazifasi abzas chekinishini ko`paytirish bo`lib, u asosan jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro`yxat ishlatilganda bu ro`yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o`tib ketganda qo`llaniladi.hello_html_7bd3861e.png

Bu tugmaning vazifasi matnning belgilangan qismidagi ro`yxatlarni alifbo tartibida yoki raqamlarni o`sib boorish tartibida joylashtirishdan iboratdir. hello_html_m4572a779.png

Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining chap chegarasi bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+L (Left) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. hello_html_m27704387.png

Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining markaz bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+E tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.hello_html_m68d6d571.png

Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining o`ng chegara bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+R(Right) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.hello_html_m27704387.png

Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining ikki tomondagi chegara bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+J(Justify) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.hello_html_24444940.png

Bu tugmaning vazifasi hujjat matnidagi satrlar orasidagi intervalni boshqarish bo`lib, uning o`ng tomonidagi tugmani bosganda, satrlar orasidagi interval kattaliklari ko`rsatilgan ro`yxat hosil bo`ladi va bu ro`yxatdan keraklisini chap tugmani bosish orqali tanlanadi. Bundan tashqari bu ro`yxatning eng pastki qismida joylashgan buyruqlar yordamida abzasdan oldin va keyin qoldirilgan masofani qoshish va mavjud intervalni olib tashlash mumkin. hello_html_m3d033cb0.png


Мустаҳкамлаш: Ўқувчилар билан ўтилган мавзу бўйича савол-жавоб ўтказиш.

III. Якуний қисм:

Уйга вазифа: Ўтилган мавзуни ўқиб келиш.


Автор
Дата добавления 17.03.2016
Раздел Информатика
Подраздел Конспекты
Просмотров100
Номер материала ДВ-534449
Получить свидетельство о публикации

Похожие материалы

Включите уведомления прямо сейчас и мы сразу сообщим Вам о важных новостях. Не волнуйтесь, мы будем отправлять только самое главное.
Специальное предложение
Вверх