Инфоурок / Химия / Конспекты / Методическая разработка урока: I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalari

Методическая разработка урока: I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalari

Курсы профессиональной переподготовки
124 курса

Выдаем дипломы установленного образца

Заочное обучение - на сайте «Инфоурок»
(в дипломе форма обучения не указывается)

Начало обучения: 22 ноября
(набор групп каждую неделю)

Лицензия на образовательную деятельность
(№5201 выдана ООО «Инфоурок» 20.05.2016)


Скидка 50%

от 13 800  6 900 руб. / 300 часов

от 17 800  8 900 руб. / 600 часов

Выберите квалификацию, которая должна быть указана в Вашем дипломе:
... и ещё 87 других квалификаций, которые Вы можете получить

Получите наградные документы сразу с 38 конкурсов за один орг.взнос: Подробнее ->>

библиотека
материалов


Tasdiqlayman”

Kafedra mudiri

___________ Sh.Mirzamova

____”_____________201_ yil


O’QUV AMALIYOTINING REJASI № ______



Mashg’ulot o’tkaziladigan joy: _________________________________________







1. Mashg’ulot mavzu: I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalari

2. Mashg’ulot maqsadlari:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilishni o’rgatish

B) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy g’urur ruhida tarbiyalash

V) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

3. Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar:

O’quvchi bilishi kerak:.

A I guruh anionlarini sinflay olishi

B) Ularning sifat rеaksiyalarini izohlay olishi

O’quvchi bajara olishi kerak:

A) analiz uchun zarur jixоzlardan to’g’ri fоydalanishni

B) guruh va hususiy reaktivlarni to’g’ri tanlashni va ulardan fоydalanishni;

V) analizdagi sifat reaktsiyalarning tenglamalarini mоlekulyar, iоnli va qisqartirilgan iоnli mtenglamalarini tuza оlishni

4. Moddiy-texnikaviy ta’minot:

A) Texnik vositalar, axborot manbalari, ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar:

O‘quv jadvallari:

1. Anionlarning cho‘kma hosil qilish xossalari bo‘yicha tasnifi

2. Anionlarni oksidlanish-qaytarilish xossalari bo‘yicha tasnifi

B) Maxsus moslamalar:Reaktivlar:

1. Sulfat, tiosulfat, gidrofosfat, karbonat, tetraborat, oksalat anionlarining eruvchan tuzlari.

2. Kislota va asoslarning 2n eritmalari: kaliy yoki natriy gidroksidi, ammoniy gidroksidi, xlorid, azot va sirka kislotalar.

3. Konsentrlangan eritmalar: sulfat, xlorid, nitrat kislotalar, natriy yoki kaliy gidroksidi.

4. Maxsus reaktivlar: difenilamin eritmasi, qizil yoki ko‘k lakmus qog‘oz, universal indikator qog‘oz, bariy nitrat, kumush nitrat.

5. Yangi tayyorlangan oxakli yoki bariyli suv

6. Quruq tuzlar: ammoniy xlorid yoki sulfat, temir (II)sulfat

7. Metallar: rux yokialuminiy

8. Erituvchilar: xloroform, amil va etil spirti

9. CO32-, SO32-, C2O42- anionlaridan ajraladigan gazlarni aniqlaydigan asbob

V) O’lchov-tekshiruv va ishlov beruvchi asboblar :probirka, pipetka, shtativ, probirkalar uchun taglik

5. Uyga vazifa: Mirkomilova Analitik kimyo, Haydarov Analitik kimyo


O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba _________(Imzo)

O’QUV AMALIYOTINING TEXNOLOGIK XARITASI

O’quvchilarning davomatini tekshirish.

O’quvchilarning va o’quv xonasining mashg’ulotga tayyorgarlik xolatini ko’zdan kechirish. Kamchiliklarni bartaraf qilish

An’anaviy

Doska,bo’r

Kirish yo’l-yo’rig’i

25’

Mashg’ulot mavzusi va maqsadini hamda mashg’ulotdan kutilayotgan natijalarni bayon qilish.

O’tilgan mavzu yuzasidan VI analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari suhbat o’tkazish va yangi mavzu I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalari bilan

bog’lash

O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha xatti-harakat metodlarini ko’rsatishni taklif etish. Amaliy ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma berish. O’quvchilarga yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasirni berish va ish o’rinlariga taqsimlash. Mustaqil ish bajarish uchun zarur bo’lgan jihoz va reaktivlarni tasdiqlangan me’yornoma asosida o’quvchilarga berish.

Noan’anaviy


Anionlarning cho‘kma hosil qilish xossalari bo‘yicha tasnifi


I guruh anonlarining hususiy reaksiyalari.

D.I.Mendeleyev davriy jadvali.


Baliq skelati, venna diagrammasi, toifalash jadvali

O’quvchilarning mustaqil ishlari, joriy yo’l-yo’riq


45’

O’quvchilarning yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasi yordamida mustaqil ishlarni bajarilishi. Zarur hollarda o’quvchilarga mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan yo’l-yo’riqlar berib borish hamda ularning faoliyatini baholash mezonlari asosida baholab borish.

An’anaviy

Reaktivlar

Baholash mezonlari

Yakuniy yo’l-yo’riq

10’

O’quvchilarning baholarini asoslangan holda e’lon qilish.

O’quvchilar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berish. Ish o’rnini tartibga keltirish. Navbatdagi mashg’ulot mavzusini e’lon qilish va uyga vazifa berish.

An’anaviy

Adabiyotlar ro’yhati



O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba _____________

(Imzo)

Dars konspekti


Mavzu: I analitik guruh anionlariga sifat reaksiyalari

Maqsad: I guruh anionlari sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilish

Dars turi: amaliy

Dars uslubi: noan’anaviy

Darsning jihozi Reaktivlar:

1. Sulfat, tiosulfat, gidrofosfat, karbonat, tetraborat, oksalat anionlarining eruvchan tuzlari.

2. Kislota va asoslarning 2n eritmalari: kaliy yoki natriy gidroksidi, ammoniy gidroksidi, xlorid, azot va sirka kislotalar.

3. Konsentrlangan eritmalar: sulfat, xlorid, nitrat kislotalar, natriy yoki kaliy gidroksidi.

4. Maxsus reaktivlar: difenilamin eritmasi, qizil yoki ko‘k lakmus qog‘oz, universal indikator qog‘oz, bariy nitrat, kumush nitrat.

5. Yangi tayyorlangan oxakli yoki bariyli suv

6. Quruq tuzlar: ammoniy xlorid yoki sulfat, temir (II)sulfat

7. Metallar: rux yokialuminiy

8. Erituvchilar: xloroform, amil va etil spirti

9. CO32-, SO32-, C2O42- anionlaridan ajraladigan gazlarni aniqlaydigan asbob

Jadvallar:

1. Anionlarning cho‘kma hosil qilish xossalari bo‘yicha tasnifi

2. Anionlarni oksidlanish-qaytarilish xossalari bo‘yicha tasnifi

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

a)O’quvchilar bilan salomlashish

b) O’quvchilar davomatini aniqlash

c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: Romashka guli texnologiyasini qo’llanadi. Doskaga o’quvchi chiqadi va yaproqchadan tanlab oladi va savolga javob beradi.
















1. Nikel kationining dimetilglioksim bilan ochishda ammiakli sharoitda reaksiyani olib borish sababini tushuntiring va reaksiyasini yozing.

a) Cu+2 kupron bilan reaksiyasi,

b) Co+2 1-nitrozo-2-naftol bilan kompleks birikma hosil bo‘lishi reaksiyalarini yozing.

2. Kobalt (II) kationini ochishda qanday usulidan foydalaniladi? Izoamil spirtli ammoniy tiotsianat ishlatilishini tushuntiring.

III. Yangi mavzu:

I GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI

SO42-, SO32-, СO32-,S2O32-, PO43-, CrO42-, С2O42-,BO2--


I guruh anionlarining guruh reaktivi bariy xlorid yoki nitrati bo‘lib, reaksiya kuchsiz ishqoriy va neytral sharoitda olib boriladi. Bariy ionini SO42-, SO32-, S2O32- bilan hosil qilingan cho‘kmalari sirka kislotada erimaydi. С2O42-, СO32-, B4O72- (BO2), PO43- bilan hosil qilgan cho‘kmalari sirka kislotasida eriydi.

SO42- SULFAT-IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Bariy tuzlari bilan reaksiyalari (farmakopeya usuli).

Bariy ioni sulfat ioni bilan oq kristalik cho‘kma hosil qiladi:SO42- + Ba2+ = BaSO4 (ch)


Reaksiyani bajarish

Probirkaga 1-2 tomchi natriy sulfat eritmasidan olib, ustiga 1-2 tomchi bariy xlorid tomizing. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.

Bariy sulfat kuchli kislotaning tuzi bo‘lgani uchun mineral kislotalarda erimaydi. Konsentrik sulfat kislotasida juda oz eriydi. Bu bilan bariy sulfat boshqa xamma anionlarning bariyli tuzlaridan farqlanadi.

Stronsiy ioni bilan reaksiyasi. Stronsiy ioni sulfat ioni bilan oq kristal cho‘kma hosil qiladi:

SO42- + Sr2+ = SrSO4 (ch)

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 3-5 tomchi natriy sulfat va 3-5t tomchi stronsiy xlorid solinadi va oq kristal cho‘kma tushishi kuzatiladi.

Qo‘rg‘oshin atsetat bilan reaksiyasi. SO42- ioni qo‘rg‘oshin ioni bilan oq amorf cho‘kma hosil qiladi. Cho‘kma HCl, HNO3, NaOH xamda 30%li CH3COONH4 yoki CH3COONa da eriydi:

SO42- + Pb2+ = PbSO4 (ch)

PbSO4 (ch) + 4OH- = PbO22- + SO42- + 2H2O

2 PbSO4 (q) + 2 CH3COO- = [Pb(CH3COO]2 PbSO4] + SO42-

Reaksiyani bajarish.

Probirkaga 5-6 tomchi natriy sulfat eritmasidan solib, teng xajmda qo‘rg‘oshin eritmasidan qo‘shing, oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani 4 ta probirkaga bo‘ling. Birinchisiga ikki normallik HCl, ikkinchisiga 2n HNO3, uchinchisiga kaliy yoki natriy gidroksid, to‘rtinchisiga 30%li ammoniy atsetat eritmasidan soling. Cho‘kmaning erishini kuzating.

SO32- SULFIT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Bariy va stronsiy nitrat bilan reaksiyasi. Bariy va stronsiy nitratlar sulfid ioni bilan oq cho‘kma BaSO3 va SrSO3 hosil qiladi. Cho‘kmalar mineral kislotalarda (HCl, HNO3) eriydi:

SO32- + Sr2+ = SrSO3 (ch)

SO32- + Ba2+ = BaSO3 (ch)


Reaksiyani bajarish

2 ta probirkaga 3-5 tomchidan natriy sulfid solinadi, birinchisiga 2-3 tomchi Sr(NO3)2, ikkinchisiga Ba(NO3)2 colinadi. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Ikkala probirkaga HCl yoki HNO3 solib, cho‘kmani erishini kuzating.

Sulfit ionining kuchli mineral kislotalar ta’sirida parchalanishi. Reaksiya gazlarni topish uchun ishlatiladigan asboblarning birida o‘tkaziladi (CO32- ochishdagi rasmga qarang).

SO32 + 2H+ = H2O + SO2


Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 6-7 tomchi natriy sulfit eritmasidan solib, teng xajmda 2n sulfat kislota eritmasidan qo‘shing. Kapillyar ichiga oxakli suv Ca(OH)2 to‘ldirib, probirkani tezda berkiting. Kapillyarda loyqa hosil bo‘lishini kuzating.

SO32 + Ca+2 = CaSO3(ch) + H2O


Kaliy permanganat bilan reaksiyasi. Kuchli kislotali sharoitda sulfit ion MnO4- ni Mn2+gacha qaytaradi. Neytral sharoitda MnO(OH)2 (H2MnO3) qora amorf cho‘kma hosil bo‘ladi.

Reaksiyani bajarish

2 ta probirkaga 2-3 tomchidan Na2SO3 solib biriga 2n H2SO4 dan 2-3 tomchi va ikkalasiga 0,02 n KMnO4 colinadi:

5SO32- + 2MnO4- + 6H+ = 2Mn2+ + 5SO42- + 3H2O


Birinchi probirkada KMnO4 rangsizlanishi ikkinchisida pag‘a-pag‘a qoo‘ng‘ir cho‘kma tushishini kuzating:

3SO32- + 2MnO4- + 3H2O = 2MnO(OH)2(ch) + 3SO42- + 2OH-


Yod va brom eritmalari bilan reaksiyasi. Sulfit ionlari nеytral yoki kuchsiz kislotali muhitda yodli, bromli suvni rangsizlantiradi:

SO32- + J2 + H2O = SO42- + 2J-+ 2H+

SO32- + Br2 + H2O = SO42- + 2Br-+ 2H+

Bu, reaksiyaga S2- va NO2- - ionlari xalaqit beradi.

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 3-4 tomchi natriy sulfit eritmasidan solib, ustiga 2 N sulfat kislotasidan 2-3 tomchi va 3-4 tomchi yod yoki brom eritmasidan tomizing. Eritmaning rangi yo‘qolishini kuzating.


Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Sulfit ioni kumush nitrat bilan Ag2SO3 oq cho`qmasini hosil qiladi. Cho`qma mo`l Na2SO3 da eriydi:

SO3-2 + 2Ag+ = Ag2SO3

Ag2SO3 +3Na2SO3 = 2 Na3[Ag(SO3)2]

cho`qma isitilganda parchalanadi

Ag2SO3= Ag2O + SO2

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchi Na2SO3 va uning ustiga tomchilatib AgNO3 qo`shiladi. Cho`qmaning hosil bo`lishi kuzatiladi. Kеyin esa cho`qmaga mo`l Na2SO3 eritmasi qo`shiladi va uning erishi kuzatiladi. Boshqa probirkada Ag2SO3 hosil qilinadi va uni isitiladi. Cho`qma rangining o`zgarini kuzatiladi.

CO32- KARBONAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Karbonat ioni erkin xolatda ma’lum bo‘lmagan karbonat kislotaning anionidir. Bu kislota tezda parchalanib, CO2 va H2O hosil qiladi.

Bariy va stronsiy ionlari bilan reaksiyasi. Bariy va stronsiy xloridi natriy karbonat bilan oq cho‘kma hosil qiladi. Cho‘kmalar mineral va sirka kislotalarda eriydi:

CO32- + Ba2+ = BaCO3 (ch)

CO32- + Sr2+ = SrCO3 (ch)

Reaksiyani bajarish

2 ta probirkaga 2-3 tomchidan natriy karbonat xamda birinchisiga bariy, ikkinchisiga stronsiy xlorididan 2-3 tomchidan qo‘shiladi. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.


Kuchli kislotalar bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Karbonatlar kislotalar ta’sirida CO2 gazini hosil qiladi:

CO32- + 2H+ = 2CO2 + H2O

Ba(OH)2 + CO2 → BaCO3 (q) + H2O

CO2 ajralib chiqayotganini oxakli yoki bariyli suvning loyqalanishidan, ya’ni Ca(OH)2 yoki Ba(OH)2ning to‘yingan eritmasiga CO2 ta’sir etganda CaCO3 yoki BaCO3 oq cho‘kmasi hosil bo‘lishi tufayli eritmaning loyqalanishidan bilish mumkin:

Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 (ch) + H2O

Reaksiyani bajarish:

Reaksiya rasmda ko‘rsatilgan asbobda olib boriladi. Probirkaga 5-6 tomchi natriy karbonat eritmasidan solib, ustiga teng xajmda 2n HCl eritmasidan qo‘shing. Idish og‘zini 1-2 tomchi oxakli suv solingan pipetka bilan darxol berkiting. Oxakli suvning loyqalanishini kuzating. Reaksiyaga S2O32- va SO32- ionlari xalaqit beradi. Ularni avval H2O2 yoki KMnO4 bilan oksidlanadi. Mo‘l miqdordagi CO2 ta’sirida loyqa tiniqlashadi:

CaCO3 + CO2 + H2O = Ca(HCO3)2

Yana Ca(OH)2 qo‘shilsa, loyqalanish paydo bo‘ladi:

Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = 2CaCO3 (ch) + 2H2O

Kalsiy ioni bilan reaksiyasi. Karbonat ioni kalsiy tuzlari bilan CaCO3 cho‘kmasini hosil qiladi. Eritmada НCO3- bo‘lsa, uni ochish CaCO3 cho‘kmasini ajratib olib eritmaga ammiak qo‘shilsa, yana CaCO3 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Bu reaksiyalardan eritmada CO32- va HCO3- birga kelganda ularni ochishda foydalaniladi:

CO32- + Ca2+ = CaCO3 (ch)

Ca(НCO3)2 + 2NH4OH = (NН4)2CO3 + CaCO3 (ch) + 2H2O

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 7-8 tomchi natriy karbonat va bikarbonat eritmasidan solib, ustiga 3-4 tomchi kalsiy eritmasini tomizing. Hosil bo‘lgan CaCO3 cho‘kmasini sentrifugatlab, cho‘kmani tashlang. Sentrifugatga 3-4 tomchi ammiak eritmasidan tomizing. Yana cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.

Magniy tuzlari bilan reaksiyalari (farmakopeya usuli). Karbonat ioni magniy tuzlari bilan MgCO3 cho‘kmasini hosil qiladi. Cho‘kma HCl, CH3COOHda eriydi. HCO3- magniy ioni bilan faqat qaynatilganda reaksiyaga kirishadi:

CO3-2 +Mg+2 = MgCO3(ch)


Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 3-4 tomchi natriy karbonat eritmasi olib, ustiga teng xajmda MgSO4 eritmasidan soling. Cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaning eruvchanligini xlorid va sirka kislotalardan qo‘shib tekshiring.


PO43- FOSFAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Bariy xlorid bilan reaksiyasi. Bariy xloridi natriy gidrofosfat bilan BaHPO4, ammiak ishtirokida esa Ba3(PO4)2 tarkibli oq cho‘kmalarini hosil qiladi:HPO42- + Ba+2 = BaHPO4 (ch)

2HPO4-2 +3Ba++2 + 2NH3 = Ba3(PO4)2 (ch) + 2NH4+

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 3-5 tomchi natriy gidrofosfat va 2-3 tomchi bariy xlorid solinadi. Oq cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi. CHo‘kma 2 qismga ajratilib, HCl va CH3COOHda erishi kuzatiladi.

Kumush tuzlari bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli).

Fosfat ioni kumush tuzlari bilan sariq cho‘kma hosil qiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma nitrat kislota va ammiak eritmasida eriydi:PO43- + 3Ag+ = Ag3PO4(ch)

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 3-5 tomchi Na3PO4 eritmasidan olib, ustiga teng xajmda kumush nitrat tomizing. Cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaning eruvchanligini nitrat kislota va ammiak qo‘shib tekshiring.

Magneziya aralashmasi bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Magniy xloridning NH4OH va NH4Cl bilan aralashmasi – magneziya aralashmasidir.

Fosfat ioni magneziya aralashmasi bilan (pH=9 sharoitda oq cho‘kmani MgNH4PO4 hosil qiladi):HPO42- + Mg2+ + NH3 = MgNH4PO4

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 4-5 tomchi (NH4)3PO4 olib, ustiga teng xajmda MgCl2, 1 tomchi NH4Cl va 2-3 tomchi NH4OH eritmasi tomizing. Oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating.

Molibden suyuqligi bilan reaksiyasi. Ammoniy molibdatning konsentr-langan nitrat kislotadagi eritmasi fosfatlar bilan xarakterli sariq kristal cho‘kma ammoniy fosformolibdatni hosil qiladi. Fosfat ioni kam bo‘lsa sariq eritma hosil bo‘ladi:

PO43- + 3NH4+ + 12MoO42- + 24H+ = (NH4)3[РO4(MoO3)12] (ch) + 12H2O

Bu reaksiyaga SO32- va S-2 ionlari xalaqit beradi.

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 1-2 tomchi natriy gidrofosfat eritmasidan olib, ustiga 8-10 tomchi molibden suyuqligidan qo‘shib bir oz (40-500Sgacha) isiting. Sariq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. (Quruq xolatdagi NH4NO3 qo‘shilganda reaksiyaning seziluvchanligi ortadi).

S2O32- TIOSULFAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Bariy nitrat bilan reaksiyasi. Bariy bilan tiosulfat ioni oq cho‘kma BaS2O3 hosil qiladi. Cho‘kma issiq suvda, mineral kislotalarda eriydi va oltingugurt ajratiladi:

S2O32- + Ba2+ = BaS2O3 (q)

BaS2O3 (ch) + 2H+ = Ba2+ + S(ch) + SO2 + H2 O

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchi Na2S2O3 va 2-3 tomchi Ba(NO3)2 solinadi. Cho‘kma tushishini tezlatish uchun probirka devori shisha tayoqcha bilan ishqalanadi. Oq cho‘kma tushishi kuzatiladi.

Kuchli minеral kislotalar bilan reaksiyalari (farmakopeya usuli). Tiosulfat ioni H2S2O3ning anioni bo‘lib, bu kislota beqaror, erkin xolatda H2S, SO2 va S ga parchalanib ketadi.:

S2O3-2 + 2H+ = H2S2O3

H2S2O3 = H2O + SO2 + S(ch)

Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan oltingugurt eritmani loyqalantiradi.

Reaksiyani bajarish

2-3 tomchi natriy tiosulfatga 2-3 tomchi mineral kislota (HCl, H2SO4) qo‘shiladi va eritmaning loyqalanishi kuzatiladi.

Yod va KMnO4 eritmasi bilan reaksiyasi. Erkin yod S2O32- bilan neytral yoki kuchsiz kislotali muxitda qaytariladi: 2S2O32- + J2 = S4O62- + 2J-

10S2O32- + 2MnO4- + 16H+ =5S4O62- + 2Mn+2 + 8H2O


Reaksiyani bajarish:

Gaz aniqlovchi probirkaga 6-7 tomchi tiosulfat natriy eritmasidan solib, ustiga teng xajmda 2n xlorid kislota eritmasini tomizing. Kapillyarga esa suyuq KMnO4 eritmasini to‘ldiring. Probirka og‘zini yaxshilab yoping. KMnO4 eritmasining rangsizlanishini kuzating. (Bu tajribani J2 eritmasi bilan qaytarib ko‘ring, eritmaning rangsizlanishini kuzating).

Mis (II) sulfat bilan reaksiyasi. Mis (II) tuzlari tiosulfat ioni bilan qora cho‘kma hosil qiladi: 3S2O32- + 2Сu2+ = Cu2S2O3 (ch) + S4O62-

Cu2S2O3 (ch) + H2O = Cu2S(ch) + H2SO4

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 2-3 tomchi Na2S2O3 va CuSO4 solinadi. Qora cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi.


Kumush nitrat bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Tiosulfat ioni ko‘p-roq AgNO3 ta’sirida oq rangli cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma tez sarg‘ayadi, so‘ng qo‘ng‘ir tusga kiradi va oxirida kumush sulfidga aylanishi sababli qorayib ketadi:S2O32- + 2Ag+ = Ag2S2O3 (ch)

Ag2S2O3 + H2O = Ag2S (ch) + H2SO4


Bu reaksiyani bajarishda Ag2S2O3 cho‘kmasi ortiqcha tiosulfatda erib, [Ag(S2O)2]-3 kompleks ionini hosil qiladi.

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 1-2 tomchi natriy tiosulfat eritmasidan solib, ustiga 3-4 tomchi AgNO3 eritmasini tomizing. Chuo‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Bir oz vaqt o‘tgandan keyin qorayishini kuzating. Boshqa probirkaga 1-2 tomchi kumush nitrat eritmasidan solib, ustiga ortiqcha 5-6 tomchi natriy tiosulfat eritmasidan tomizing. Cho‘kma hosil bo‘lishi va erib ketishini kuzating.

C2O42-OKSALAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Kalsiy tuzlari bilan reaksiyalari (farmakopeya). Oksalat ioni kalsiy kationi bilan mineral kislotalarda eriydigan, lekin sirka kislotada erimaydigan oq rangli kristal CaC2O4 cho‘kmasini hosil qiladi:C2O42- + Ca2+ = CaC2O4 (ch)

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 3-4 tomchi natriy oksalat eritmasidan olib, ustiga teng xajmda (NH4)2C2O4 eritmasidan tomizing. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaning eruvchanligini xlorid va sirka kislotasi qo‘shib tekshiring. Reaksiyaga Sr+2, Ba+2 ionlari xalaqit beradi.

Kaliy permanganat bilan reaksiyalari. Kaliy permanganat KMnO4- kislotali muxitda oksalat ionini CO2 ga oksidlaydi:5C2O4-2 + 2MnO4- + 16H+ = 2Mn2+ + 10CO2 + 8H2O

CO2 + Ca(OH)2 = H2O + CaCO3 (ch)

Reaksiya eritmani 70-80 C0 gacha isitish bilan olib boriladi.

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 3-4 tomchi suyuq 0,01 n. kaliy permanganat eritmasidan olib, ustiga 2-3 tomchi H2SO4 tomizing. Aralashma ustiga KMnO4 rangsizlangunicha tomchilab (NH4)2C2O4 eritmasidan tomizib, CO2 gazini ajralib chiqishini kuzating. Ajralib chiqayotgan CO2 kalsiyli suvni loyqalatadi.

Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Oksalat ioni AgNO3 bilan Ag2С2O4 oq cho`qmasini hosil qiladi. Cho`kma НNO3 va ammiak eritmasida eritdi. Minеral kislotalar HCl va H2SO4 lar Ag2С2O4 cho`qmasini parchalaydi. С2O4-2 +Ag+ = Ag2С2O4 (ch)

Ag2С2O4 +2HCl =2AgCl +Н2С2O4

Reaksiyani bajarish:

Uchta рrobirkaga 2-3 tomchi (NH4)2C2O4 va uning ustiga 2-3 tomchi AgNO3 tomiziladi. Cho`kmalarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Birinchi probirkaga НNO3, ikkinchisiga NН3 N2O, uchinchisiga HCl qo`shiladi. Rrobirkadagi o`zga-rishlarni kuzatiladi va daftarga rеaktsiya tеnglamalar yozilaladi.

B4O72- TETRABORAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Bariy nitrat bilan reaksiyasi. Bariy ioni tetraborat ioni bilan oq cho‘kma hosil qiladi. Cho‘kma mineral va sirka kislotalarda eriydi.B4O72- + Ba+2 + 3H2O = Ba(BO2)2+ 2H3BO3

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchidan Na2B4O7 xamda Ba(NO3)2 solinadi va oq cho‘kma tushishi kuzatiladi.

Alanganing rangi bo‘yalish reaksiyasi (farmakopeya usuli). Borning uchuvchan birikmalari rangsiz alangani yashil rangga kiritadi. Boratlar uchuvchan bo‘lmaganligi uchun reaksiyani olib borishdan oldin uni uchuvchan efiri hosil qilinadi. Buning uchun borat tuzi eritmasi tigelda quritilib, so‘ngra kislotada (kons. H2SO4)] eritiladi va metil yoki etil spirti bilan aralashtirilib, efir hosil qilinadi, yoqiladi:

B4O72- + 2H+ + 5H2O = 4H3BO3

B(OH)3 + 3C2H5OH = B(OC2H5)3 + 3H2O


Reaksiyani bajarish:

7-8 tomchi Na2B4O7 eritmasini tigelga solib, quriguncha bug‘latiladi. Sovugandan keyin qoldiqqa 3-4 tomchi kons. H2SO4, 5-6 tomchi etil (yoki metil) spirt tomizib aralashtiring va yoqing. Alanganinng yashil rangga bo‘yalishini kuzating.


hello_html_6fd8b764.png

ANIONLARNING CHO‘KMA HOSIL QILISHI BO‘YICHA

KONSEPTUAL JADVAL


Analitik

guruh

Guruh tavsifi

Guruh reagenti

Anionlar

1 guruh

Bariy tuzlari bilan suvda erimaydigan cho‘kmalarni hosil qiladi

Bariy xlorid neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda qo‘shiladi

Sulfat ioni SO42

Sulfit ioni SO32-

Tiosulfat ioni S2O32-

Xromat ioni CrO42-

Karbonat ioni CO32-

Borat ioni Br4O72-, (BO2-)

Oksalat ioni С2O42-

Fosfat ioni PO43-

2 guruh

Kumush tuzlari bilan suvda va nitrat kislotada erimaydigan cho‘kmalar hosil qiladi

Kumush nitrat eritmasi 2 n nitrat kislota ishtirokida

Xlorid ioni Cl-

Yodid ioni J-

Bromid *Br-

Rodonid ioni SCN-

Sulfid ioni **S2-

3 guruh

Bariy va kumush tuzlari bilan cho‘kma hosil qilmaydi

yo‘q

Nitrit ioni NO2-

Nitrationi NO3-

Atsetat ioni CH3COO-


* - kumush bromidi suyultirilgan HNO3da oson eriydi

** - kumush sulfidi isitilganda HNO3 da eriydi


IV.Mustahkamlash:o’quvchilar anionlarni reagentlar bilan ta’sirini T-jadvalga kiritishadi. Klaster texnologiyasi va baliq skeletidan foydalanib bilimlarini mustahkamlashadi.Faol o’quvchilar baholanadi

hello_html_m22f759c3.pnghello_html_456eff62.png



V.Uyga vazifa

1. Anionlarning sinflanishini asoslab bering.

2. Anionlarni cho‘kma hosil qilish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari bo‘yicha sinflanishini va guruh reagentlarini ko‘rsating.

3. Ba(NO3)2 va AgNO3 bilan HNO3 ishtirokida kam eruvchi tuzlar hosil qiluvchi anionlarni ko‘rsating.

4. Muxim oksidlovchi va qaytaruvchi anionlari formulalarini va analitik reaksiyalarini yozing.




Самые низкие цены на курсы переподготовки

Специально для учителей, воспитателей и других работников системы образования действуют 50% скидки при обучении на курсах профессиональной переподготовки.

После окончания обучения выдаётся диплом о профессиональной переподготовке установленного образца с присвоением квалификации (признаётся при прохождении аттестации по всей России).

Обучение проходит заочно прямо на сайте проекта "Инфоурок", но в дипломе форма обучения не указывается.

Начало обучения ближайшей группы: 22 ноября. Оплата возможна в беспроцентную рассрочку (10% в начале обучения и 90% в конце обучения)!

Подайте заявку на интересующий Вас курс сейчас: https://infourok.ru


Общая информация

Номер материала: ДБ-345771
Курсы профессиональной переподготовки
124 курса

Выдаем дипломы установленного образца

Заочное обучение - на сайте «Инфоурок»
(в дипломе форма обучения не указывается)

Начало обучения: 22 ноября
(набор групп каждую неделю)

Лицензия на образовательную деятельность
(№5201 выдана ООО «Инфоурок» 20.05.2016)


Скидка 50%

от 13 800  6 900 руб. / 300 часов

от 17 800  8 900 руб. / 600 часов

Выберите квалификацию, которая должна быть указана в Вашем дипломе:
... и ещё 87 других квалификаций, которые Вы можете получить

Похожие материалы

Получите наградные документы сразу с 38 конкурсов за один орг.взнос: Подробнее ->>