Добавить материал и получить бесплатное свидетельство о публикации в СМИ
Эл. №ФС77-60625 от 20.01.2015
Инфоурок / Химия / Конспекты / Методическая разработка урока на узбекском языке:Dars ishlanma vitaminlar

Методическая разработка урока на узбекском языке:Dars ishlanma vitaminlar

  • Химия

Поделитесь материалом с коллегами:

7- MAVZU

vitaminlar



TA'LIMNING TЕXNOLOGIK MODЕLI


O’quv soati: 2 soat

talabalar soni: 30-35 ta

O’quv mashg’uloti shakli


Mavzu bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni olishga yo’naltirilgan laboratoriya mashguloti


Laboratoriya mashgulotining rejasi


Vitaminlarning umumiy navsifi, tasnifi, biosintezi, fizik-kimyoviy xossalari, xromatografi tahlil usullarini hamda miqdorini aniqlash.

Talabalarni mustaqil ishlashga va aniq xulosa chiqarishga erishish.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga vitaminlarning umumiy navsifi, tasnifi, biosintezi, fizik-kimyoviy xossalari, xromatografi tahlil usullarini hamda miqdorini aniqlash.

Talabalarni mustaqil ishlashga va aniq xulosa chiqarishga erishish.


Pеdagogik vazifalar:

Talabalarda vitaminlar saqlovchi dorivor o’simliklarning tashqi ko’rinishini tasvirlash, dorivor o’simlik mahsulotlarining chinligini, sifatini va tozaligini, ishlatilishi, dori turlari hamda kimyoviy taxlil usullari bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash.

O’quv faoliyatining natijalari:

  • talabalar biladilar:

  • Yangi mavzuni o’zlashtiradi, faollashadi, qiziqish orttiriladi, qisqa vaqt ichida ko’p ma'lumotga ega bo’ladi;

  • Kafolatlangan natija oladi, o’z-o’zini nazorat qilish va bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha xulosa chiqarishni o’rganadi;

  • Ishni tugallagan talaba ish natijalarini to’g’riligini o’qituvchidan tеkshirib bilgach ish daftariga xulosa yozadi.

Ta'lim usullari

«Aqliy xujum», «munozara», «tushuntirish».

Shakl – ma’ruza, guruhlarda

Vosita – tarqatma matеriallar, jadvallar, dorivor o’simlik gеrbariy va slaydlari, dorivor o’simlik mahsulotlarining namuna modеllari.


Ta'lim vositalari

Darslik, slaydli-taqdimot, ma'ruza matni, o’quv qo’llanmalar, o’simlik gеrbariylari, dorivor o’simlik maxsuloti namunalari, tarqatma matеriallar.

O’qitish shakllari


Ommaviy, jamoaviy

Oqitish shart-sharoiti

Maxsus jixozlangan xona


Monitoring va baholash


Savol-javob









II. TA'LIMNING TЕXNOLOGIK XARITASI


Ish bosqichi

Faoliyat


O’qituvchiniki


Talabalarniki

Laboratoriya mashg’uloti: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish (40 daq)

1.1. Talabalarning davomati va darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash

O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha bajariladigan ishlarni tushuntirish

Tinglaydilar, yozib oladilar




2-bosqich.

Asosiy bosqich

(100 daq)

2.1. Talabalarga ilovalarda keltirilgan usullar bo’yicha ifodalangan jadvallarni namoyish qiladi va ustunlarni to’ldirishni aytadi.

2.2. Tushunchalarga izohlarni to’g’rilaydi va savollarga javob qaytaradi.


2.1.Savollar bеradi.

  • Vitaminlarni tavsifi, tasnifi va fizik-kimyoviy xossalari bilan tanishadi

  • O’simlik tarkibida askorbin kialotasi va karotinoidlarni aniqlashni sifat reaksiyalari bilan tanishadi

  • Barglar, gullar va yеr ustki qismi morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor o’simlik mahsulotlarining namunalari (vazifa – modеllari)ni va ularga oid mе’yoriy-tеxnik xujjatlarni o’rganib, ularni lotincha va o’zbеkcha nomlarini yozadi.

  • O’rganilayotgan dorivor o’simlik mahsulotiga tеgishli mе’yoriy-tеxnik xujjatda ko’rsatilgan sifat rеaksiyalarini bajaring. Rеaksiya jarayonini va olingan natijalarni tushuntiring.

  • O’rganilayotgan dorivor o’simlik mahsuloti chinligi (mahsulotning nomiga to’g’ri kеlishi) haqida xulosa bеring

  • Talabalar javob bеradilar.

Jadval ustunlarini to’ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.

3-bosqich.

Yakuniy

(20 daq)

3.1. Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish

3.2. Guruhlar faoliyatiga umumiy ball bеradi.

3.3. Bajarilgan laboratoriya ishlarining natijalari va ularni bayonnoma daftariga to’g’ri rasmiylashtirishi nazorati

3.4. Kеyingi laboratoriya mashg’uloti uchun uyga vazifa bеriladi: Vitaminlar saqlovchi dorivor o`simliklar va mahsulotlr

3.5. Savollarga javob bеradi


Savollar bеrishadi




Mavzu:Vitaminlar


hello_html_m7564edac.png


Darsning maqsadlari:

Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari, vazifalari, o’sinliklar tarkibida uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha shkallantirish

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori, odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.

Darsning uslubi: Guruhlarda ishlashi, reklama,

Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari,slaydlar, guruhlar uchun topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari va h.o.

Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging Darsning borishi:

Tashkiliy qism :

a)Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish,navbatchi saylash kamchiliklarni bartaraf etish;

b) Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, oquvchilar A,B,C,D vitaminlari yozilgan varaqchalarni olib 4 guruhga bo’linadilar

1-guruh -Vitamin - A

2-guruh - Vitamin -B

3-guruh – Vitamin- C

4-guruh - Vitamin- D



Oqituvchining kirish so’zi : Vitaminlar biologik aktiv moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Rus olimi N.I. Lunin 1880-yil himoya qilgan do’ktorlik disertatsiyasida vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. U ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organism yashashi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda K. Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi. Vita – hayot , vitamin-hayot amini ma’nosini bildiradi.

hello_html_m4e2774c7.png


hello_html_m4644708d.png



Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Shunday ekan bugungi darsimiz vitaminlarda bag’ishlangan dars


hello_html_m5c4d96bd.png


Vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarda bo’ladi.

Yog’da eruvchi vitaminlar - A va B vitaminlari.

Suvda eruvchi vitaminlar – B gruppa, K, C, PP vitaminlari. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji haqidagi jadval bilan tanishtiradi.



hello_html_m7202bdd2.png



Guruhlar uchun topshiriqlarni avvaldan berib o’rganib kelishlarini vazifa qilib berilgan.

1- topshiriq guruhga nom tanlash va uni asoslab berish

1- guruh – Vitamin A hello_html_m3825af95.png

A vitaminini o’rganish

A vitamin hayvon va odam organizmlarni o’sishi va rivojlanishida hujayralarning bo’linib ko’payishida, teri usti qavati, nafas yo’llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavatining finksional holatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishini ta’minlashda ahamiyati katta. Bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi nafas yo’llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig’lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko’rish o’tkirligi pasayadi odam qorong’uda yaxshi ko’ra olmaydi. Bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamin baliq yog’ida, saryog’da, tuhim sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalanpir, o’rik, olma, nok, bodiring, pamidor, piyoz, karam tarkibida bo’ladi. Eng qimmatli manbalaridan biri – qoramol jigari.

hello_html_66949d10.png

2-guruh – Vitamin B hello_html_m533fa3c4.png B vitaminlarini organish


B1vitamin(tiamin). Organizmda bu vitamin kamayib ketsa yoki butunlay bo’lmasa, asablar sistemasi va yurakning faoliyati buzuladi; bu xastalik beri-beri yoki polinevrit deb ataladi.

B2 vitamin (riboflavin). Organizmda B2 vitamin yetishmasa, modda almashuv jarayoni buzuladi, bunda dermatit (terining yalig’lanishi) kasalligi, til va lablarning yallig’lanishi va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. B2 vitamin ligar, tuxum sarig’i, sut va sut mahsulotlarida, no’xat,loviyatarkibida, meva va sabzavotlarda yetarli miqdorda, sabzi, karam, piyoz, ismaloq va pamidorda ancha ko’pdir.

B6 vitamin (piridoksin) organizmning qon yaratish qobiliyatini tiklaydi va og’riq asab kasalliklaridan halos qiladi, sezuvchanlikni harakatlarning uyg’unligini tiklaydi, me’da-ichaklar faoliyatilarini tartibga soladi, ishtahani ochadi, xavfli kamqonlik kasalligini davolaydi.

B12 vitamin(sianokabalamin) is’temol qilinadigan ovqatda B12 vitamin juda kam bo’lgan hollarda qonda gemoglabin kamayadi. O’txo’r hayvonlarning jigari va buyraklari, shuningdek, sabzi sharbati B12 vitaminga juda boy.

3-guruh – Vitamin C


hello_html_m14c30a21.png

C vitaminlarini organish

C vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida ayniqsa oqsillar, va uglevodlar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Bu vitamin etishmasa kishi tez charchaydigan bo’ladi, mehnat qilish qobiliyati pasayadi, organism angina, gripp kabi kasalliklarga tez chalinadi va singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, milklarning tez shishib, qizarib, yuvganda qonashi, bo’shashib qolishi, tishlar qimirlab tushib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu vitamin xo’l mevalarda, ko’katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz, ismaloq, shovul, krijovnik qulupnay, qizil bulg’or garmdori tarkibida ko’p bo’ladi. Tuzlangan vasirkalangan mahsulotlarda C vitamin yaxshisaqlanadi. Sabzavot, rezavor va mevalardan vitaminlarga boy har xil konservalar tayyorlanadi; pomidor va meva sharbatlari, kompotlar, ziravorli sirkaga bosilgan mevalar shular jumlasidandir.

4-guruh-Vitamin-D hello_html_m4935adf5.png

D vitaminini o’rganish


D vitamin bolalar organizmida bu vitamin yetishmasa raxit kasalligiga chalinadi. Bu kasallik bolaning 3-4 oyligidan boshlanadi. Dastlab bola ko’p terlaydi, uyqusi buzuladi, so’ngra bolaning suyaklari yumshab qolinishi natijasida egrilanib shakli buzuladi, ya’ni boshning ensa qismi pachoqlanadi, ko’krak qafasi ichiga botiq bo’lib qolishi yoki oldinga bo’rtib chiqishi mumkin. Bola yura boshlaganda oyoqlari egrilanib qoladi. Katta yoshdagi kishilarda D vitamini yetishmasa osteomolyasiya kasalligi boshlanadi bu suyaklarning yumshashi – mo’rtlashishidan iborat kasallikdir. Meva sabzavotta sterollar bo’ladi, ulardan quyosh nuri ta’sirida organizmida D vitamini hosil bo’ladi. Baliq moyi, tuhim sarig’i, saryog’ qoramol jigarida sut va sut mahsulotlarida D vitamini ko’p bo’ladi.

2- topshiriq Vitaminlar yetishmasligi oqibatlari

Avitaminoz – odam organizmida biron vitaminning mutloqa yo’qolishi.

Gipovitaminoz- odam organizmida biron vitaminning miqdorini kamayib ketishi.

Gipervitaminoz - odam organizmida biron vitaminning me’yoridan ortib ketishi.


hello_html_4b1f3285.png


hello_html_5750acd8.png


hello_html_m659cd6ab.png


3- topshiriq Reklama:

O’quvchilar vitamin dori preparatlarini reklama qilishadi

hello_html_609ff92a.png

O’quvchilar vitamin saqlovchi mahsulotlarni reklama qilishadi

hello_html_68d87b87.png

4- topshiriq Vitaminlar oshib ketish oqibqtlari


hello_html_7b2920ed.png



5-topshiriq.Tarkibida bitamin saqlovchi o’simliklar

hello_html_m35c87260.png


hello_html_m67a71bb5.png


hello_html_6d11e01c.png


hello_html_728a3015.png

hello_html_5cec2ea5.png

hello_html_e194942.png


hello_html_1723a71e.png


hello_html_m7f91da7f.png

hello_html_m125c7877.png


hello_html_944a616.png


hello_html_2a95d9c9.png


hello_html_m28d3047b.png


hello_html_m711d6369.png


hello_html_434ba95d.png


hello_html_35a1b0bb.png


hello_html_d2916ad.png


hello_html_52ad15bb.png


hello_html_m298f405e.png


hello_html_4da9aa99.png


hello_html_3cf56d2.png

Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji



Katta yoshdagi kishilar

Vitaminlar, mg

A


B1


B2


C


PP


D

A

Kar

otin

O’rtacha og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida


1


2


2


2


50


15


Og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida


1


2


2.5


2


75


20


0.025

Eng og’ir mehnat

bilan shug’ullanganda,

kamida


1


2


3


2


100


25


Homilador ayollar (5-8-oylik) kamida


2


4


2.5


2


75


20


Emizikli onalar kamida (chaqalog’I 7 oylik bo’lguncha),kamida


2.5


5


3


2


100


25



Bolalar:

7 yoshgacha kamida


1


2


1


2


25-30


15


0.012

7 dan 14 yoshgacha


1


2


1.5


2


50


15


0.025

14 yoshdan oshganlar, kamida


1


2


2


2


50


15



6- topshiriq Oquvshilarga mavzuni mustahkamlashda savollar beriladi. Guruhlarga jadvallar beriladi .O’quvchilar jadvaldagi savollarga javob beradilar


Savollar


Javob

1.Vitamin so’zining ma’nosi

2.Vitaminlarning qancha turi bor.

3. Avitaminoz –

4. Gipovitaminoz-

5. Gipervitaminoz-

6. Yog’da eruvchi vitaminlar

7. Suvda eruvchi vitaminlar

8. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji.

9. A vitamini ahamiyati

10 A vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

11. D vitamini ahamiyati

12. D vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

13. C vitamin ahamiyati

14. C vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi

15. B guruh vitaminlari ahamiyati

16. B guruh vitaminlari qaysi mahsulotlarda ushraydi

17. PP vitamin ahamiyati

18.PP vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi



Darsni yakunlash, baholash guruhlarning toplagan ballarini hisoblash, sardorlarga so’z beriladi . Guruhida qatnashgan o’quvshilarning bilimini baholab berishadi



Uyga vazifa : Mavzuni o’qib kelish, Mustaqil o’rganish har bir o’quvchi biron bir meva va sabzavotlarning ahamiyati, hosiyatlari haqida ma’lumotlar toplab kelish. uchun topshiriq beradi.








Автор
Дата добавления 27.10.2016
Раздел Химия
Подраздел Конспекты
Просмотров44
Номер материала ДБ-294463
Получить свидетельство о публикации

Включите уведомления прямо сейчас и мы сразу сообщим Вам о важных новостях. Не волнуйтесь, мы будем отправлять только самое главное.
Специальное предложение
Вверх