|
“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri
___________
Sh.Mirzamova
“____”_____________201_ yil
|
O’QUV AMALIYOTINING REJASI № ______
Mashg’ulot
o’tkaziladigan joy: _________________________________________
Guruhlar
|
|
|
|
|
Dars
o’tiladigan sana
|
|
|
|
|
1. Mashg’ulot
mavzu: VI analitik guruh kationlariga sifat
reaksiyalari
2. Mashg’ulot
maqsadlari:
A)
ta’limiy: o’quvchilarga VI guruh kationlari sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilishni o’rgatish
B) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy
g’urur ruhida tarbiyalash
V) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim va amaliy
ko’nikmalarini rivojlantirish
3.
Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar:
O’quvchi bilishi kerak:.
A VI guruh kationlarini sinflay olishi va
ularning sifat rеaksiyalarini izohlay olishi
B) Dorivor modda sifatida VI guruh
kationlarining qaysi tuzlari ishlatilishini
V) Guruh
rеagеnti va unga qo`yiladigan
talablarni tushuntira bilishi.
O’quvchi bajara
olishi kerak:
A) analiz
uchun zarur jixоzlardan to’g’ri fоydalanishni
B) guruh
va hususiy reaktivlarni to’g’ri tanlashni va ulardan fоydalanishni;
V) analizdagi sifat
reaktsiyalarning tenglamalarini mоlekulyar, iоnli va qisqartirilgan iоnli
mtenglamalarini tuza оlishni
4.
Moddiy-texnikaviy ta’minot:
A) Texnik
vositalar, axborot manbalari, ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar:
O‘quv
jadvallari:Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi.
IV
guruh kationlarining hususiy reaksiyalari.
D.I.Mendeleyev
davriy jadvali.
B) Maxsus moslamalar:Reaktivlar: Tuzlarning eritmalari:
Natriy atsetat, ammoniy xlorid, kaliy yoki ammoniy
tiotsianat, kaliy yodid, natriy yoki ammoniy sulfidi -1mol/dm3;
Yangi tayyorlangan natriy sulfatning to‘yingan eritmasi,
natriy xlorid, natriy gidrofosfat, kaliy geksatsianoferrat (II) va
geksatsianoferrat (III) C=1mol/dm3;
2. Kislota va asoslarning eritmalari:
Sulfat kislota 1:3, xlorid kislota 1:1, sirka kislota 1:1;
Yangi tayyorlangan vodorod sulfidli suv
3. Kristallhollida: tiomochevina, ammoniy tuzlari
(xlorid yoki nitrat).
V) O’lchov-tekshiruv va ishlov beruvchi
asboblar :probirka, pipetka, shtativ, probirkalar uchun taglik
5. Uyga vazifa:
Mirkomilova Analitik kimyo, Haydarov Analitik kimyo
O’qituvchi: Abdaliyeva
G’oliba
_________(Imzo)
Dars konspekti
Mavzu: VI analitik guruh kationlariga sifat
reaksiyalari
Maqsad: VIguruh
kationlari sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil
qilish va ularni amalda qo‘llay bilish
Dars turi: amaliy
Dars uslubi: noan’anaviy
Darsning jihozi: O‘quv jadvallari:
1. Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi
2. VI guruh kationlarining hususiy reaksiyalari
3. D.I.Mendeleyev davriy jadvali
Reaktivlar
1. Tuzlarning eritmalari:
Natriy atsetat, ammoniy xlorid, kaliy yoki ammoniy
tiotsianat, kaliy yodid, natriy yoki ammoniy sulfidi -1mol/dm3;
Yangi tayyorlangan natriy sulfatning to‘yingan eritmasi, natriy
xlorid, natriy gidrofosfat, kaliy geksatsianoferrat (II) va geksatsianoferrat
(III) C=1mol/dm3;
2. Kislota va asoslarning eritmalari:
Sulfat kislota 1:3, xlorid kislota 1:1, sirka kislota 1:1;
Yangi tayyorlangan vodorod sulfidli suv
3. Kristall holida: tiomochevina, ammoniy tuzlari
(xlorid yoki nitrat).
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)O’quvchilar bilan
salomlashish
b) O’quvchilar davomatini
aniqlash
c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini
tekshirish
II.O’tilgan
mavzuni takrorlash:
1. Quyidagi ta’sirlashuv reaksiya tenglamalarini ion
xolida yozing:
a) Temir (II) tuzlarining kaliygeksatsianoferrat
bilan;
b) Temir (III) tuzlarining kaliygeksatsianoferrat
bilan reaksiyalari
2. Marganets (II)ning natriy vismutat bilan
oksidlanish reaksiyasini ion holda yozing
3. V guruh kationlarining qaysilari gidrolizga
uchraydi?
4. Marganets (II) gidroksidining xavo kislorodi bilan
oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Bunda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
5. Magniy kationining analitik reaksiyalarini qayd
eting. Ulardan qaysi biri hususiy?
III. Yangi mavzu: Guruhning umumiy tavsifi
VI guruh kationlarini nitratlari, xloridlari, sulfatlari
suvda eruvchan bo‘lib, kobalt (II) tuzlarini eritmasi – pushti, nikel (II) –
yashil, mis (II) – ko‘k rangga ega. Kadmiy va simob (II) tuzlarini suvli
eritmasi rangsiz. VI guruh kationlarini karbo-natli, fosfatli, sulfidli tuzlari
suvda kam eriydi.
Ishqor yoki ammiak ta’sirida VI guruh
kationlari (simob (II) dan tashqari) gidroksid yoki asosli tuz xolida cho‘kmaga
tushadi. Simob (II) ishqorlar ta’sirida HgO, ammiak ta’sirida [OHg2NH2]NO3
tarkibli cho‘kmalar hosil qiladi. Bu cho‘kmalar ortiqcha ishqor ta’sirida
erimay-di, konsentrlangan ammiak ta’sirida esa [Me(NH3)4]2+
yoki [Me(NH3)6]2+ tarkibli kompleks bi-rikma
hosil qilib, erib ketadi. Kuchli oksidlovchilar (xlor, brom, kaliy permanganat,
natriy vis-mutat, vodorod peroksid ishqoriy sharoitda) kobalt (II)ni kobalt
(III) gacha oksidlaydi. Boshqa kationlar oksidlovchilar ta’siriga chidamli.
Qaytaruvchilar mis (II), simob (II)larni quyi oksidla-nish darajasigacha
qaytaradi. Kaliy yodid mis (II)ni mis (I)gacha qaytaradi. Mis metali simob
(II)ni metall xoligacha qaytaradi. Bu reaksiyadan boshqa kationlar ishtirokida
xam simobni kasrli usulda ochishda foydalaniladi.
Guruh reagentining ta’siri
Kobalt, nikel, mis kationlari 25%li ammiak
eritmasi ta’sirida rangli asosli tuzlar hosil qiladi. CoOHCl – ko‘k rangli
cho‘kma, isitilganda pushti rangli Co(OH)2 ga o‘tadi. Cu(OH)Cl –
ko‘k yashil, Ni(OH)Cl – och yashil, HgNH2Cl – oq, simob (II)
nitratdan xam [OHg2NH2]NO3 tarkibli oq
cho‘kmalar hosil bo‘ladi.
Nikel, mis va kadmiy gidroksidlari ortiqcha
ammiakda eriydi:
Ni(OH)Cl (ch)+ 6NH3 =
[Ni(NH3)6]2+ + OH- + Cl-
Cu(OH)Cl (ch)+ 4NH3 =
[Cu(NH3)4]2+ + OH- + Cl-
Cd(OH)2 (ch)+ 4NH3 =
[Cd(NH3)4]2+ + 2OH-
Kobalt va simob (II) ni asosli tuzlari ortiqcha
ammiakda ammoniy tuzlari ishtirokida eriydi:
Co(OH)Cl (ch)+ 5NH3 + NH4+
= [Co(NH3)6]2+ + Cl- + H2O
[OHg2NH2]NO3
(ch)+ 4NH3 + 3NH4+ = 2[Hg(NH3)4]2+
+NO3- + 2H2O
HgNH2Cl (ch)+ 2NH3
+ NH4+ = [Hg(NH3)4]2+
+Cl-
Misni ammiakatli kompleksi to‘q ko‘k rang,
nikel - ko‘k, kadmiy va simob (II) rangsiz bo‘ladi. Kobalt (II) xavo kislorodi
ta’sirida asta sekin oksidlanadi va qizil olcha rangli kobalt (III) ammiakatli
kompleksni hosil qiladi.
Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitda
ta’siri
VI guruh kationlariga ishqoriy sharoitda
vodorod peroksidi ta’sir ettirilsa (NH3, NaOH) nikel, mis, kadmiy,
simob (II) gidroksidlari cho‘kmaga tushadi. Kobalt (II) tezda oksidlanib
kobalt (III)ga o‘tadi va qo‘ng‘ir Co(OH)3 cho‘kmaga tushadi. U esa
mo‘l miqdordagi konsentrlangan ammiakda eriydi va olcha rangli [Co(NH3)6]3+
kompleksini hosil qiladi.
Ish tartibi
a) 5 ta probirkaga 3 tomchidan kobalt, nikel,
mis, kadmiy, simob tuzi eritmasi va tomchilab aralashtirib turgan xolatda suyuq
ammiak eritmasidan cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Cho‘kmalar rangiga
e’tibor beriladi. Barcha probirkalarga 25%li ammiak eritmasidan, natriy yoki
ammoniy xloridni bir necha kristallari xam qo‘shiladi. Cho‘kmalarning
erishiga va eritma rangiga e’tibor beriladi.
b) Probirkaga 3 tomchi kobalt tuzi eritmasi,
1-2 tomchi vodorod peroksidi qo‘shib, aralashtiriladi, so‘ngra suyultirilgan
ammiak yoki natriy gidroksidi cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Hosil
bo‘lgan cho‘kmani rangi «a» tajribadagi kobalt (II)ni asosli tuzi cho‘kmasi
bilan solishtiriladi. Cho‘kma mo‘l miqdoridagi konsentrlangan ammiakda
eritiladi va «a» tarkibidagi kobalt (II) rangiga solishtiriladi.
Co2+
(…3p63d7) kationining analitik
reaksiyalari
Ishqoriy metallarning gidroksidlari va
ammiak bilan ta’siri (guruh reagenti
ta’siriga qarang).
Tiotsionatlar bilan reaksiyasi va reaksiya
maxsulotini organik qavatga o‘tkazish.
Kobalt (II) kationi kislotali sharoitda tiotsionat ionining izoamil spirtidagi
eritmasi bilan ko‘k rangli kompleks birikma hosil qiladi:
Co2+ + 4NCS-
= [Co(NCS)4]2-
Kompleks suvli eritmada turg‘un emas. Temir (III),
mis (II) kationlari kobaltni ochishga xalaqit beradi, ya’ni temir (III) qizil
rangli va mis (II) sariq-qo‘ng‘ir rangli birikma hosil qiladi. Temir (III) ni
maskirovka (niqoblash) uchun natriy ftoridni quruq tuzidan qo‘shib, rangsiz
[FeF6]3- kompleksiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, temir
(III) va mis (II) kationlarini qalay (II) xlorid bilan temir (II) va mis
(I)gacha qaytarilishi xam mumkin. Temir (II) va mis (I) kationlari kobaltni
ochishga xalaqit bermaydi.
Ish tartibi
Probirkaga 2-3 tomchi kobalt (II) tuzi
eritmasi, 8-10 tomchi to‘yingan ammoniy yoki kaliy tiotsianat eritmasi, 5-6
tomchi izoamil spirtidan qo‘shib chayqatiladi. Yuqori organik qavati tiniq ko‘k
rangga bo‘yaladi.
1-nitrozo-2-naftol bilan tomchi reaksiyasi
Kobalt (II) kationi neytral yoki kislotali
sharoitda Ilinsk reaktivi bilan to‘q qizil rangli, suvda kam eriydigan ichki
kompleks hosil qiladi. Ko‘p miqdordagi mis kationi xalaqit beradi:
Ish tartibi
Filtr qog‘ozga kapilyar yordamida 1 tomchi kobalt (II) tuzi eritmasidan va 1 tomchi 1%li 1-nitrozo-2-neftolning 1:1 sirka kislotali eritmasidan tomiziladi. Qizil-jigarrang dog‘ hosil bo‘ladi.
Ni2+
(…3p638) kationining analitik
reaksiyalari
Ishqoriy metallarni gidroksidlari va ammiak
bilan ta’siri (guruh reagenti ta’siriga
qarang).
Dimetilglioksim bilan tomchi reaksiyasi (Chugayev reaksiyasi).
Nikel (II) dimetilglioksim bilan ammiak
eritmasi ishtirokida (pH=9) lola-qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Bu
reaksiya xarakterli va sezgirdir:
Hosil bo‘lgan cho‘kma kuchli kislotada va ishqorlarda eriydi, natriy atsetat va ammiak eritmalarida amalda erimaydi.
Temir (II) ioni shu sharoitda dimetilglioksim
bilan qizil rangli suvda eruvchan kompleks birikma hosil qiladi.
Mis (II) va boshqa ammiak bilan rangli
birikmalar hosil qiladigan kationlar nikel (II)ni ochishga xalaqit beradi.
Ish tartibi
Nikel tuzi eritmasidan 1 tomchi kapilyar
yordamida filtr qog‘ozga tomiziladi. Ustiga 1 tomchi dimetilglioksim
eritmasidan tomizib, quyuq ammiak eritmasiga tutib turiladi va kuzatiladi.
Shunda filtr qog‘ozda lola qizil rang hosil bo‘ladi.
Cu2+
(…3p63d9) kationining analitik
reaksiyalari
Ishqoriy metallarning gidroksidlari bilan
reaksiyasi (guruh reagenti ta’siriga
qarang)
Ammiak bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli) (guruh reagenti ta’siriga
qarang)
Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan
reaksiyasi.
Mis ioni kaliy geksatsianoferrat (II) bilan
kislotali sharoitda qizg‘ish-jigarrang cho‘kma hosil qiladi, u 25%li ammiak
eritmasida eriydi, lekin kuchsiz kislotalarda erimaydi. Reaksiyani filtr
qog‘ozga, cho‘ktirish xromatografiyasi usulida bajarish xam mumkin.
2Cu2+ + [Fe(CN6)]4-
= Cu2[Fe(CN)6] (q)
Temir (III) ioni bu reaksiyani o‘tkazish uchun
xalaqit beradi, temir (III) ishtirokida mis quyidagicha aniqlanadi:
Tekshiriluvchi eritmaga ammoniy gidroksidi
qo‘shiladi. Temir Fe(OH)3 xolida cho‘kmaga tushadi, eritma esa
to‘g ko‘k rangli bo‘ladi. Eritmaga kaliy geksatsianoferrat (II) qo‘shiladi.
Qizil-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Misni ushbu reaksiyasi
xromatografik usulda xam bajariladi.
Ish tartibi
5% li kaliy geksatsianoferrat (II) eritmasi
shimdirilgan qog‘ozga 1 tomchi mis tuzi eritmasidan tomiziladi.
Qizg‘ish-jigarrang dog‘ hosil bo‘ladi.
Kupron (1-benzoinoksim) bilan tomchi reaksiyasi
Mis (II) tuzi kupron bilan paxtasimon yashil
cho‘kma - ichki kompleks birikma hosil qiladi, u ammiakda erimaydi:
Ish tartibi
Kulsizlantirilgan filtr qog‘ozga kapillyar
yordamida bir tomchi mis (II) tuzi (kislotali sharoitda) eritmasi va
tomchilab 1-benzoinoksim va ammiak eritmasidan tomiziladi. Yashil dog‘ hosil
bo‘ladi. Agarda ammiak ta’siridan cho‘kma hosil qiladigan kationlar bo‘lsa, u
holda avvalo kaliy-natriy tartrat eritmasi tomizib, keyin tekshiriluvchi
eritma, oxirida ammiak eritmasi tomiziladi.
Alanga rangini bo‘yash (Belshteyn namunasi).
Misning galogenli tuzlari gaz gorelkasida
alanga rangini yaltillagan yashilga bo‘yaydi.
Ish tartibi
Nixrom simni avval quyuq xlorid kislotaga
tushirib, keyin misni quruq tuziga botirib, gaz gorelkasida yoqiladi. Alanga
yashilga bo‘yaladi.
Cd2+
(…4p64d10) kationining analitik
reaksiyalari
Ishqoriy metallarning
gidroksidlari va ammiak bilan reaksiyasi
(guruh reagenti ta’siriga qarang).
Sulfidli suv bilan reaksiyasi
Kadmiy kationi kislotali sharoitda sulfidli
suv bilan sariq rangli cho‘kma, kadmiy sulfidni hosil qiladi:Cd2+
+ H2S = CdS (ch) + 2H+
pH<0,5 bo‘lganda Co+2 va Ni+2
kationlari xalaqit bermaydi. Hosil bo‘lgan cho‘kma natriy xloridning to‘yingan
eritmasida eriydi: CdS + 4Cl- = [CdCl4]2-
+ S2-,
2H+ + S2-= H2S
Bu reaksiyadan foydalanib, kadmiy kationini VI
guruhdagi boshqa kationlaridan ajratishda foydalaniladi.
Ish tartibi
Probirkaga 2-3 tomchi kadmiy nitrat eritmasidan
pH=0,5 bo‘lgunicha (indikator qog‘oz bilan tekshirib turiladi) 1:3 sulfat
kislota eritmasidan tomiziladi. 1-2 ml sulfidli suv qo‘shiladi. Och sariq
cho‘kma hosil bo‘ladi. Cho‘kmani natriy xloridning to‘yingan eritmasi bilan
qayta ishlanganda cho‘kma eriydi.
Hg2+ (…5d10) kationining analitik reaksiyalari
Extiyot bo‘ling! Simob tuzlari zaxarli!
Ishqoriy metallarning gidroksidlari
(farmakopeya usuli) va ammiak bilan reaksiyasi (guruh reagenti ta’siri).
Qalay (II) xlorid bilan reaksiyasi.
Qalay (II) xlorid simob (II) kationlari bilan
oq cho‘kma simob (I) xlorid –kalomelni hosil qiladi. Qalay (II) xlorid
eritmasidan yana qo‘shsak, cho‘kma qorayadi, simob ajraladi:
2Hg2+ + [SnCl4]2-
+ 4Cl- = Hg2Cl2 (ch)+ [SnCl6]2-
Hg2Cl2 (ch)+
[SnCl4]2- = 2Hg (ch)+ [SnCl6]2-
Ish tartibi
Probirkaga 2-3 tomchi simob (II) tuzi eritmasi
va tomchilab qalay (II) xlorid eritmasidan qo‘shiladi. Avval oq cho‘kma,
so‘ngra turishi natijasida qora cho‘kma hosil bo‘ladi.
Kaliy yodid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli).
Kaliya yodid simob (II) kationlari bilan qizil
cho‘kma hosil qilib, ortiqcha reaktivda erib, rangsiz kompleks-ion hosil
qiladi.
Hg+2 + 2J- =
HgJ2(q)
HgJ2(q) + 2J-
= [HgJ4]2-
Ish tartibi:
Probirkaga 2-3 tomchi simob (II) tuzi
eritmasidan va 1 tomchi 5% kaliy yodid tomiziladi. Qizil rangli cho‘kma hosil
bo‘ladi. Cho‘kma ortiqcha qo‘shilgan reaktivda eriydi.
IV.Mustahkamlash:o’quvchilar kationlarni reagentlar bilan ta’sirini jadvalga
kiritishadi VI guruh kationlarining analitik
reaksiyalari jadvalida ko‘rsatilgan.
1 jadval
VI guruh kationlarining analitik reaksiyalari
Reaktiv
|
Kationlar
|
Co2+
|
Ni2-
|
Cu2+
|
Cd2+
|
Hg2+
|
Ishqorlar, ammiak
|
|
|
|
|
|
Ammiak, ortiqcha
|
|
|
|
|
|
NaOH + H2O2
|
|
|
|
|
|
Na2HPO4
|
|
|
|
|
|
H2S
(NH4)2S
|
|
|
|
|
|
Ditizon (Dz)
|
|
|
|
|
|
|
|
Alanganing rangini bo‘yash
|
|
|
|
|
|
Ochish reaksiyalari
|
|
|
|
|
|
VI guruh kationlarining analitik reaksiyalari
Reaktiv
|
Kationlar
|
Co2+
|
Ni2-
|
Cu2+
|
Cd2+
|
Hg2+
|
Ishqorlar, ammiak
|
Co(OH)Cl (ch)
xavorang
|
Ni(OH)Cl (ch)
och-yashil
|
Cu(OH)Cl (ch)
xavorang-yashil
|
Cd(OH)2
(ch) oq
|
HgO
Sariq [OHg2NH2]NO3
HgNH2Cl (ch) oq
|
Ammiak, ortiqcha
|
[Co(NН3)6]2+
loyqa-sariq-
|
[Ni(NН3)6]2+
to‘q xavo rang
|
[Cu(NН3)4]2+
yorqin ko‘k rang
|
[Cd(NН3)4]2+
rangsiz
|
[Hg(NН3)4]2+
rangsiz
|
NaOH + H2O2
|
Co(OH)3 (ch) qora-jigarrang
|
Ni(OH)Cl (ch)
och-yashil
|
Cu(OH)Cl (ch)
xavorang-yashil
|
Cd(OH)2
(ch) oq
|
HgO (ch)
sariq
|
Na2HPO4
|
CoHPO4 (ch)
Сo3(PO4)2
(ch)
binafsha
rang
|
NiHPO4 (ch)
Ni3(PO4)2
(ch)
yashi
|
CuHPO4 (ch)
Сu3(PO4)2
(ch)
xavo rang
|
CdHPO4 (ch)
Сd3(PO4)2
(ch)
оq
|
HgHPO4
(ch)
Hg3(PO4)2
(ch)
оq
|
H2S
(NH4)2S
|
CoS (ch)
qora
|
NiS (ch)
qora
|
CuS (ch)
qora
|
CdS (ch)
sariq
|
HgS (ch)
qora
|
Ditizon (Dz)
|
CoDz binafsha
|
NiDz binafsha
|
CuDz jigar rang
|
CdDz qizil
|
HgDz zarg‘aldoq
|
|
Komplekslar organik erituvchilarda
eritiladi
|
Alanganing rangini bo‘yash
|
Alanga rangini bo‘yamaydi
|
Alanga rangini bo‘yamaydi
|
Yaltillangan yashil
|
Alanga rangini bo‘yamaydi
|
Alanga rangini bo‘yamaydi
|
Ochish reaksiyalari
|
KNCS
amil spirtida ko‘k xalqa
|
Dimetilgliok-sim bilan lola qizil dog‘
|
NH3,
K4[Fe(CN)6]
qo‘ng‘ir cho‘kma
|
H2S sariq
limon rangli cho‘kma
|
Sn(II) + HCl
oq cho‘kma
|
V.Uyga vazifa KONSEPTUAL JADVALni to’ldirib savollarga
javob berish
1. VI guruh kationlarini cho‘ktirishda ammiak
eritmasi va ishqorning ta’siridan hosil bo‘lgan birikmalar qanday rangda
bo‘ladi?
2. VI guruh kationlarining ammiakli
komplekslari qanday rangda bo‘ladi?
3. VI guruh ionlarining quruq tuzlari
alanga rangini qanday rangga bo‘yaydi?
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.