Инфоурок Химия КонспектыMетодическая разработка урока:II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

Mетодическая разработка урока:II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

Скачать материал

 

 

“Tasdiqlayman”

Kafedra mudiri

___________ Sh.Mirzamova

“____”_____________201_ yil

 

O’QUV AMALIYOTINING REJASI № ______

 

Mashg’ulot o’tkaziladigan joy: __________________________________________

 

Guruhlar

 

 

 

 

Dars o’tiladigan sana

 

 

 

 

 

 

1. Mashg’ulot mavzu: II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

2. Mashg’ulot maqsadlari:

A) ta’limiy: o’quvchilarga II guruh kationlari  sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilishni o’rgatish

B) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy g’urur ruhida tarbiyalash

V) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim va  amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

3. Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar: 

O’quvchi bilishi kerak:.

A) II guruh kationlarini sinflay olishi va ularning sifat rеaksiyalarini izohlay olishi

B) Dorivor modda sifatida II guruh kationlarining qaysi tuzlari ishlatilishini

V) Guruh rеagеnti va unga qo`yiladigan talablarni tushuntira bilishi.

O’quvchi bajara olishi kerak:

A) analiz uchun zarur jixоzlardan to’g’ri fоydalanishni

B) guruh va hususiy reaktivlarni to’g’ri tanlashni va ulardan fоydalanishni;

V) analizdagi sifat reaktsiyalarning tenglamalarini mоlekulyar, iоnli va qisqartirilgan iоnli tenglamalarini tuza оlishni

4. Moddiy-texnikaviy ta’minot:

A) Texnik vositalar, axborot manbalari, ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar:

O‘quv jadvallari:Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi.

II guruh kationlarining hususiy reaksiyalari.

D.I.Mendeleyev davriy jadvali.

B) Maxsus moslamalar Reaktivlar: kumush, qo‘rg‘oshin nitrat tuzlari;

 kaliy dixromat, xromat, qalay (II) xloridi,  natriy yoki kaliy xloridi, bromidi, yodidi.

Mis plastinkasi yoki misli tanga, 30% ammoniy yoki natriy asetat eritmasi.

V) O’lchov-tekshiruv va ishlov beruvchi asboblar : Kimyoviy stakanlar (50-100 ml), probirkalar, sеntrifuga, filtr qog`oz, gaz gorеlkasi, gaz o`tkazgich nay, mikroskop, soat oynasi, indikatorlar,

5. Uyga vazifa: Mirkomilova Analitik kimyo, Haydarov Analitik kimyo

 

 

O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba                                           _________(Imzo)

 

 

 


O’QUV AMALIYOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 

 

Mashg’ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt (minut)

Mashg’ulotlar mazmuni

Ta’lim metodlari

Ta’lim vositalari

Tashkiliy qism

20’

O’quvchilarning davomatini tekshirish.

O’quvchilarning va o’quv xonasining mashg’ulotga tayyorgarlik xolatini ko’zdan kechirish. Kamchiliklarni bartaraf qilish

An’anaviy

Doska,bo’r

Kirish yo’l-yo’rig’i

40’

Mashg’ulot mavzusi va maqsadini hamda mashg’ulotdan kutilayotgan natijalarni bayon qilish.

O’tilgan mavzu yuzasidan I analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari suhbat o’tkazish va yangi mavzu II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

 bilan bog’lash

O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha xatti-harakat metodlarini ko’rsatishni taklif etish.O’quvchilarga yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasirni berish va ish o’rinlariga taqsimlash. Mustaqil ish bajarish uchun zarur bo’lgan jihoz va reaktivlarni tasdiqlangan me’yornoma asosida o’quvchilarga berish.

Noan’anaviy

Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi.

II guruh kationlarining hususiy reaksiyalari.

D.I.Mendeleyev davriy jadvali.

 

Baliq skelati,venna diagrammasi,  toifalash jadvali

O’quvchilarning mustaqil ishlari, joriy yo’l-yo’riq

 

80’

O’quvchilarning yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasi yordamida mustaqil ishlarni bajarilishi. Zarurhollarda o’quvchilarga mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan yo’l-yo’riqlar berib borish hamda ularning faoliyatini baholash mezonlari asosida baholab borish.

An’anaviy

Reaktivlar

Baholash mezonlari

Yakuniy yo’l-yo’riq

20’

O’quvchilarning baholarini asoslangan holda e’lon qilish.

O’quvchilar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berish. Ish o’rnini tartibga keltirish. Navbatdagi mashg’ulot mavzusini e’lon qilish va uyga vazifa berish.

An’anaviy

Adabiyotlar ro’yhati

 

 

 

O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba                    _________________                                                                                                            (Imzo)                                                  

           


Dars konspekti

 

Mavzu: II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

Maqsad: II guruh kationlari  sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilish

Dars turi: amaliy

Dars uslubi: noan’anaviy

Darsning jihozi: O‘quv jadvallari:

1.      Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi

2.      II guruh kationlarining hususiy reaksiyalari

3.      D.I.Mendeleyev davriy jadvali

Reaktivlar:

kumush, qo‘rg‘oshin nitrat tuzlari;

 kaliy dixromat, xromat, qalay (II) xloridi,  natriy yoki kaliy xloridi, bromidi, yodidi.

Mis plastinkasi yoki misli tanga, 30% ammoniy yoki natriy asetat eritmasi.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

a)O’quvchilar bilan salomlashish     

b) O’quvchilar davomatini aniqlash

                  c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. Sifat taxlililning kislota-asos usulida guruh reagentlari sifatida qanday moddalar  qo‘llaniladi, I guruh kationlarini ayting.

2.Ammoniy nitrat va ammoniy xlorid tuzlarining termik  parchalanishi reaksiya tenglamalarini yozing.

3.      Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining qaysi tuzlari ishlatiladi?

4.      I guruh kationlariga umumiy tasnif bering

5.      Na+, K+, NH4+ ionlarini  aniqlashda ishlatiladigan reagentlarning nomlarini va formulalarini yozing.

III. Yangi mavzu:  

 

 Ag+  (4d10 ) kumush kationining analitik reaksiyalari

Diqqat! Kumush eritmasi bilan ishlanganda extiyоtkorlik talab etiladi, kumush tuzlari zaxarli!

Kumush ionining xloridlar, bromidlar va yodidlar bilan reaksiyalari (farmakopeya usuli)

Kumush ionining eruvchan xloridlar, bromidlar va yodidlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida kumush xloridi oq amorf cho‘kma, kumush bromidi och sariq cho‘kma hamda kumush yodidi sariq cho‘kmalarini hosil qiladi. Kumush xloridi konsentrlangan ammiak eritmasida eriydi:              AgCl(ch) + 2NH3= [Ag(NH3)2]Cl

kislota qo‘shilsa, qaytadan cho‘kmaga kumush xlorid cho‘kadi:

[Ag(NH3)2]+ + Cl-+2H+= AgCl(ch) + 2NH4+.

AgBr (ch) – konsentrik ammiak eritmasida yоmon eriydi

AgJ  (ch) – konsentrik ammiak eritmasida erimaydi.

Shuning uchun Ag  kumushning ammiakatli kompleks birikmasidan kaliy yodid ta’sirida ajratib olinadi:             [Ag (NH3)2]++J-=AgJ(ch)+2 NH3

 

Reaksiyani bajarish usuli:

Uchta probirkaning biriga 2-3 tomchi natriy xlorid, ikkinchisiga 2-3 tomchi natriy bromid, uchinchisiga esa 2-3 tomchi kaliy yodiddan tomizing. Uchala probirkaga 3-5 tomchi kumush nitrat eritmasidan qo‘shing.  Probirkalarda hosil bo‘lgan cho‘kmalarni kuzating va rangiga e’tibor bering. Shu probirkalardagi cho‘kmalar ustiga 5-10 tomchi konsentrik ammiak eritmasidan qo‘shing va cho‘kmalarda sodir bo‘ladigan jarayоnni kuzating.

Kumush ionining xromat ioni bilan reaksiyasi

Kumush kationi xromat-ioni bilan neytral yoki sirka kislotali sharoitda (pH=6,5-7) kumush xromat qizil g‘isht rangli cho‘kmani hosil qiladi. Cho‘kma konsentrik ammiak eritmasida eriydi. Xromat ioni bilan cho‘kma beruvchi Hamma ionlar, reaksiyani bajarish uchun xalaqit beradi:                                 2Ag+ + CrO4-2 =  Ag2CrO4

Ag2CrO4 + 4NH3= [Ag(NH3)2]2CrO4

 

Reaksiyani bajarish usuli:

Probirkaga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan olib, ustiga 1-2 tomchi kaliy xromat tomizing. Cho‘kmani hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaning eruvchanligini sirka kislotasi va konsentrik ammiak qo‘shib tekshiring.

Pb2+(5D106S2) qo‘rg‘oshin kationining analitik reaksiyalari

Xlorid-ioni bilan reaksiyasi

Sulfat-ioni bilan reaksiyasi

Qo‘rg‘oshin ioni, sulfat  kislota (yoki eruvchan sulfatlar) bilan oq amorf cho‘kmani hosil qiladi. Cho‘kma ustiga ishqor eritmasidan qo‘shib isitilsa, cho‘kma eriydi, bunda gidroksokompleks hosil bo‘ladi:           Pb+2 + SO4-2 = PbSO4(ch)

PbSO4(ch)+4OH- = [Pb(OH)4]2-+SO42-

Qo‘rg‘oshin sulfat 30%li ammoniy atsetat tuzi eritmasida va kontsеntrik H2SO4    eriydi:

PbSO4(ch)+CH3COO-=2[Pb(CH3COO)]++SO42-

PbSO4 + H2SO4   → Pb(HSO4)2

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 5 tomchi qo‘rg‘oshin nitrat eritmasidan solib, teng xajmda natriy yoki kaliy sulfat erimtasidan qo‘shing. Oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani ikki qismga bo‘ling. Birinchisiga natriy  yoki kaliy gidroksid eritmasidan  qo‘shing. Ikkinchisiga 30% li ammoniy atsetat eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaning erishini kuzating.

Qo‘rg‘oshin ionining xromat yoki dixromat ioni bilan reaksiyasi

Qo‘rg‘oshin ioni xromat yoki dixromat anionlari bilan sariq kristal cho‘kmani hosil qiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma ishqorlarda eriydi, sirka kislotasida esa erimaydi:

2Pb2++Cr2O72-+2CH3COO-+H2O= 2PbCrO4(ch)+2CH3COOH

2PbCrO4(q)+4OH-=[Pb(OH)4]2-+CrO42-

 

Reaksiyani bajarish usuli

Probirkaga 2-3 tomchi qo‘rg‘oshin tuzi eritmasidan solib, 2-3 tomchi natriy atsetat va 2-3 tomchi kaliy xromat yoki dixromat eritmasidan tomizing. Sariq rangli kristal cho‘kma hosil bo‘ladi. Eruvchanligini sirka kislotasi va natriy gidroksidida tekshiring.

Qo‘rg‘oshin kationining yodid ioni bilan reaksiyasi (“oltin yomg‘ir“ reaksiyasi, farmakopeya usuli)

Qo‘rg‘oshin kationi yodid anioni bilan sariq kristal cho‘kmani hosil qiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma mo‘l reaktivda eriydi:               Pb+2+2J-=PbJ2(ch)

                                             PbJ2(ch) + 2KJ = K2[PbJ4]

 

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchi qo‘rg‘oshin nitrat eritmasidan solib, ustiga 3 tomchi kaliy yodid eritmasidan tomizing. Sariq cho‘kma hosil bo‘ladi. Shu cho‘kmani ustiga bir necha tomchi suv va sirka kislota tomizib isiting. Cho‘kma eriydi, so‘ngra vodoprovod suvi ostida sovuting. Qaytadan yaltiroq sariq kristal cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.

Qo‘rg‘oshin kationining sulfid ioni bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli)

Qo‘rg‘oshin kationi sulfid ioni bilan qora cho‘kma hosil qiladi.

Pb+2+S-2 → PbS

Cho‘kma nitrat kislotasida eriydi. Reaksiyani bajarish usuli.

Probirkaga 2-3 tomchi qo‘rg‘oshin nitrat eritmasidan solib, ustiga 2-3 tomchi Na2S yoki H2S eritmasidan tomizing. Qora  cho‘kma hosil bo‘ladi.

 

II guruh kationlarining analitik reaksiyalari

Reagentlar

Kationlar

Ag+

Pb2+

1

2

3

HCl yoki xloridlar

AgCl

oq chokma,

mol NH3 × Н2O da eriydi

PbCl2

oq cho‘kma, issiq suvda eriydi

H2 SOyoki sulfatlar

Ag2 SO4

oq cho‘kma

PbSO4

oq cho‘kma, mo’l ishqorda eriydi

NaOH

Ag2O

Qo’ng’ir cho’kma

Pb(OH)2

oq cho‘kma, reaktivning ortiqchasida eriydi

NH3, suvli eritmasi

Ag2O, qo’ng’ir cho’kma, reaktivning ortiqchasida eriydi

Pb(OH)2 ,  oq cho‘kma

KI

AgI,

sariq cho’kma

PbI2,

  Sariq tilla rangli cho’kma

 

Ag2CrO4

qizil-g’isht rangli cho’kma, NH3, H2O eriydi

PbCrO4

Sariq cho’kma

H2S yoki Na2S

Ag2S

qora cho‘kma

PbS

qora cho‘kma

Kuchli qaytaruvchilar

Ag

qora cho‘kma

Pb

qora cho‘kma

 

Mustahkamlash:Baliq skeleti va venna diagrammasi  texnologiyasini qollab oquvchilar daftarlariga mavzuni qanday ozlashtirolganlarini bildirishadi.

 

 

Uyga vazifa

1.      II analitik  guruh kationlariga  qanday elementlar kiradi? Ularning fiziologik xossalari.

2.      II analitik guruh kationlariga umumiy tavsif bering.

3.      Analitik reaksiya sezgirligi va uning  to‘rtta o‘zaro bog‘langan  o‘lchamlari.

4.      Qo‘rg‘oshin ionini analitik reaksiyalarini yоzing va tenglang. «Oltin yоmg‘ir» reaksiyasi deb nimaga aytiladi?

5.      Qaysi kationning xloridli tuzi issiq suvda yaxshi eriydi?    

6.      II guruh kationlaridan qaysilari kompleks birikmalar hosil qiladi? Formulalarini yоzing.

7.      Kumush xlorid cho‘kmasining ammiakda erish tenglamasini yоzing.

 

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал "Mетодическая разработка урока:II analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 2 месяца

Специалист по автотранспорту

Получите профессию

Интернет-маркетолог

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 653 557 материалов в базе

Скачать материал

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 13.11.2016 1932
    • DOCX 271 кбайт
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Абдалиева Голиба Тургунбаевна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    Абдалиева Голиба Тургунбаевна
    Абдалиева Голиба Тургунбаевна
    • На сайте: 7 лет и 10 месяцев
    • Подписчики: 1
    • Всего просмотров: 160929
    • Всего материалов: 51

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

HR-менеджер

Специалист по управлению персоналом (HR- менеджер)

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе

Курс повышения квалификации

Химия окружающей среды

72/108 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 53 человека из 31 региона
  • Этот курс уже прошли 438 человек

Курс повышения квалификации

Инновационные технологии в обучении химии в условиях реализации ФГОС

72 ч. — 180 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 41 человек из 27 регионов
  • Этот курс уже прошли 477 человек

Курс профессиональной переподготовки

Биология и химия: теория и методика преподавания в образовательной организации

Учитель биологии и химии

500/1000 ч.

от 8900 руб. от 4450 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 325 человек из 67 регионов
  • Этот курс уже прошли 1 137 человек

Мини-курс

Патологии нервной системы у детей: от перинатального периода до нарушений поведения

4 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 38 человек из 24 регионов
  • Этот курс уже прошли 24 человека

Мини-курс

Продвижение экспертной деятельности: от личного сайта до личного помощника

6 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Преодоление фобий: шаг за шагом к свободе от социальных источников страха

4 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 31 человек из 19 регионов
  • Этот курс уже прошли 14 человек