- Учебник: «Химия», Кузнецова Н.Е., Титова И.М., Гара Н.Н.
- Тема: § 34. Химические свойства оксидов
- 30.09.2020
- 3948
- 407

Курсы
Другое
Файл будет скачан в форматах:
Материал разработан автором:
Ильясова Яна Алексеевна
Медицинский логопед
Опираясь на картинки в задание, расширяется словарный запас. Задачей данных заданий является растормаживание и стимулирование развернутого высказывания людей при афазии, а также для детей со сложными речевыми расстройствами.
Niyazov L.N. Gulamova M.B. Nazarov I.I.
Buxoro – 2011
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro viloyat hokimligi o`rta maxsus
kasb-hunar ta’limi boshqarmasi
Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi
1-son akademik litseyi
Tajriba va o’yin orqali kimyoni o’rganamiz
I qism
O’rta umumta’lim maktablari , akademik litsey va kollej o’qituvchi hamda o’quvchi – talabalari uchun uslubiy qo’llanma sifatida tavsiya etgan
Buxoro -2011
Laziz Nurxonovich Niyazov, Moxigul Baxtiyorovna Gulamova, Ilhom Is’xoqovich Nazarov . Tajriba va o’yin orqali kimyoni o’rganmiz .-Buxoro-: _____________ bosmaxonasi. 2011 y. - bet.
Ushbu uslubiy qo’llanmada qiziqarli kimyoviy reaksiyalar va o’quv materiallarni tushuntirish uslublaridan biri didaktik o’yinlar aks ettirilgan.“Tajriba va o’yin orqali kimyoni o’rganmiz” ni nafaqat darslarda, sinfdan tashqari tadbirlarda ham qo’llash mumkin.
Qo’llanma o’rta umumta’lim maktab, litsey va kollej o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchi va talabalar ham foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar :
BuxDU Umumiy kimyo kafedrasi dosenti,k.f.n B.A.Mavlonov
BDTI Bioneoganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi
dosenti Ch.K. Xayrullayev
© L.N.Niyazov, M.B.Gulamova, I.I. Nazarov, 2011
Kirish
Kimyo fani nafaqat nazariya, balki amaliyot bilan bevosita bog’liq bo’lgan fanlardan biri bo’lib, uni o’rganish o’quvchi talabalarda qiyinchilik tug’diradi. Oxirgi yillarda maktab, litsey va kollejlarni yangi laboratoriya asbob uskunalari, reaktivlar bilan ta’minlash chora tadbirlari olib borilmoqda. Shuni hisobga olgan holda , ushbu qo’llanmada dars va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchi va talabalarning kimyo fanidan bilim va saviyalarini oshirish maqsadida qo’llanilashi mumkin bo’lgan tajribalarni kiritish lozim ko’rildi. Barcha jihozlangan laboratoriyalarda mavjud bo’lgan reaktivlar foydalaniladigan tajribalar berilgan.
Ma’lumki, hozirgi paytda darsda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash ommaviy tusga kirgan. Shulardan biri o’yinlar hisoblanadi. O’yinlar o’quvchi – talabalar miyasining ishlash faolligini, darsga qiziqishlarini va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshiradi. Kimyo darslari sifati va samaradorligini oshirish maqsadida quyida keltirilgan o’yinlardan foydalanish mumkin.
Ushbu qo’llanmada, ba’zi kamchiliklarning uchrashi tabiiy, albatta. Shuning uchun mualliflar qo’llanma haqidagi barcha tanqidiy fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
Quyidagi reaksiyalar mo’rili shkafda bajarilishi shart !
1-tajriba. Buning uchun 5g
novshadil () , 2g naftalin, 2g
bertoley tuzi
() va 1g ko’mir kukuni shisha tayoqcha bilan asta sekin chinni
hovonchada aralashtiriladi. Agar aralashmani yondirganda ko’p miqdorda tutun
chiqa boshlaydi.
2-tajriba. Stakanga 1 necha tomchi
konsentrlangan xlorid kislota tomizib, uni 25% li novshadil spirt () namlangan paxta yoki mato ustiga
stakanni to’ntarib qo’yiladi.Stakan ichi darhol oq tutun bilan to’ladi.
3-tajriba. Temir yoki chinni kosachaga yondirilgan sham parafini eritilib
tomchilatiladi.Sovimasdan darhol xrom III
oksidi(
yashil rangli) kukuni sepiladi.Bunda
ning pastki qismi parafinga shimilishi va
ustki qismi quruq qolishi kerak.Hosil qilingan shakl uchiga yondirilgan gugurt
tegizilganda, ko’p miqdor tutun chiqa boshlaydi. Bunda parafin yonib ko’p
miqdor issiqlik ajralib chiqadi natijada parafinning bir qismi bug’lanib tutun hosil qiladi.
4-tajriba. yordamida olovsiz va tutunsiz
yondirish mumkin. Qattiq spirt (quruq yoqilg’i)ni tabletka shaklida kesib,uning ustiga
temir qoshiqchada qizdirilgan
kuknidan ozgina sepiladi. Vaqt o’tishi bilan faqat yashil
kukun qoladi. Spirt tarkibidagi urotropin oksidlanib gazsimon moddalar
ajraladi.
5-tajriba. Qog’oz bo’lagi olib 10-15%li eritmasida namlab,so’ng
havoda quritiladi. Yondirilganda
olovsiz yonadi ,natijada qo’rgoshin oksidi va karbonat angidrid chiqadi.
6-tajriba. Olovsiz va tutunsiz yana bir reaksiyani bajarish uchun
stakanga 10-15 ml aseton quyiladi. So’ng mis simni qizdirib stakanga
tushiriladi,bunda mis sim aseton yuzasiga tegmasligi lozim. Mis sim aseton
tugashiga qadar o’zidan yorug’lik chiqarib turadi. Mis yuzasidan aseton bug’lari
oksidlanib sirka aldegid () va sirka kislota (
) hosil bo’lib,ko’p miqdorda issiqlik ajraladi.
Kolbadan tutunli sharshara
Kattaroq kolbaga kristall
kaliy karbonat () dan 1-2 smqalinlikda bir tekisda solinadi va ustiga 25-30%
li ammiakning suvdagi eritmasini asta sekin quyiladi.Eritma tuz sathidan 2
mm dan oshmasligi lozim. So’ng kolbaga 5-8 ml konsentrlangan xlorid kislota
asta –sekin shisha tayoqcha orqali quyiladi. Natijada kolba og’zidan quyuq
tutun chiqib, kolba devorlari orqali sizib pastga “oqish”ni boshlaydi.Tutun
quyidagicha hosil bo’ladi:
Aerozol hosil bo’ladi. Bunda karbonat angidrid ammoniy xloridni kolbadansiqib chiqarib o’zi bilan olib chiqadi.
Fir’avn ilonlari
Hikoya qilishlaricha Muso Fir’avn bilan baxslashganda vaqtida uni ishontirish uchun o’z hassassini ilonga aylantirgan ekan. Shunda Fir’avn qo’rqib mag’lubiyatini tan olgan ekan.
1-tajriba. 1820 yilda Germaniyaning
Geydelsburg universiteti talabasi Fridrix Vyoller ammoniy rodanid () va simob nitrat (
) eritmalarini qo’shib oq cho’kma (
)ni tushishini kuzatgan. Cho’kmani quritib yondirganida
sariq-qora rangli “ilon” chiqishini hayratlanib kuzatgan.
Buning uchun 1g va 2,5g
tuzlari
kifoya.
Eritmalar tayyorlanib aralashtiriladi va cho’kma fitrlanadi. Olingan cho’kmadan
15-20 sm li ilon tayyorlash mumkin. Olingan ilon yondirilganda qora rangli HgS,
sariq rangli uglerod nitridi (
) karbonat angidridi va vodorad sulfid ajraladi.
2-tajriba. Bu reaksiyani bajarish
uchun 10g kaliy dixromat (), 5g kaliy nitrat(
) va 10g shakar aralashtirib chinni hovonchada eziladi.
Olingan kukun etil spirit bilan namlanib diametri 4-5
mm li shisha tayoqchada presslanadi. Olingan tayoqcha yondirilganda oldin
qora,so’ng yashil ilon chiqadi.Reaksiya natijasida qurum,yashil xrom (III)
oksidi, kaliy karbonat,karbonat angidrid va azot ajraladi.
3-tajriba. 1g ammoniy dixromat (), 2g ammoniy nitrat (
) va 1g shakar (
) arlashtirib,suv bilan namlanadi va
tayoqcha shakli beriladi. Yondirilganda bir nechta yashil-qora ilonlar
ajraladi.
4-tajriba. 5g ammoniy nitrat () va 5g shakarni aralashtirib chinni
hovonchada eziladi. Aralashmani
chinni kosachaga solib,spirt yordamida yondirilganda qora rangli qalin
“chuvalchang” hosil bo’ladi.
5-tajriba. Buning
uchun qattiq spirtni (quruq yonilg’i)tabletka shaklida kesiladi va unga ammoniy
nitrat () ning konsentrlangan eritmasidan
asta-sekin tomiziladi, so’ng quritiladi. Bu
ish bir necha marta takrorlanadi. Yondirilganda
tabletkadan aylanib qora rangli ilon chiqa boshlaydi.
6-tajriba. Bu
reaksiya bajarish uchun kalsiy glyukonat ()
tabletkasini olib uni yondirish kifoya. Bunda
tabletkadan hajmi bir necha barobar katta ilon chiqadi.
Bengal olovlari
Bengal olovlarini qadimda
Hindistonning bir qismi bo’lgan Bengaliyada ixtiro qilingan.Shuning uchun Bengal olovlari deyiyiladi. Bu odatda oq rangli uchqunlanib yonadi.Bengal olovini
tayyorlash uchun quyuq kraxmal kleysteri tayyorlash kerak. So’ng chinni hovonchada
temir qirindisi va alyuminiy (yoki magniy) kukuni, rang beruvchi tuz hamda suv
bilan namlangan kaliy xlorat () aralashtirib eziladi. (Diqqat ! Quruq kaliy xlorat
ezilganda metallarni yondirishi mumkin.) Olingan aralashma kraxmal kleysteriga
qo’shib yaxshilab aralashtiriladi.Olingan massa stakanga quyiladi va unga
oldindan tayyorlangan,bir tomoni ilgak shakli berilgan,qalinligi 1mm bo’lgan
8-10 sm li uzunlikdagi temir simlarni birma-bir botirib olinadi. Botirib
olingansimdan ortiqcha massa (kleyster aralashma) oqib tushishi lozim. So’ng
simni aralashma qurishi uchun osib qo’yiladi. Qurigandan so’ng simni yana
aralashmaga botirib olib qurishga osib qo’yiladi.Bu ish bir necha marta
takrorlanadi, bunda massa qalinligi 5-7 ml bo’lsa kifoya.
1-tajriba. Yashil rangli begal
olovini olish uchun 5g namlangan bariy nitrat () ni 1g alyuminiy yoki magniy kukuni hamda 3g temir
qirindisi qo’shib aralashtiriladi. Yoki boshqa yashil rangli begal olovini
olish uchun 3,5g bor kislotasi (
) namlangan 6,5g kaliy xlorat(
) 2g temir qirindisi va 1g alyuminiy kukuni aralashtiriladi.
2-tajriba. Qizil rangli begal
olovini olish uchun namlangan 4,5g stronsiy nitrat (), 5,5g kaliy xlorat,3g temir
qirindisi va 1g alyuminiy yoki magniy kukunini aralashtirish lozim.
3-tajriba. Sariq rangli begal
olovini olish uchun 3g natriy oksalat () 5g namlangan kaliy xlorat,3g temir qirindisi va 1g
alyuminiy yoki magniy kukunini aralashtirish lozim. Bengal olovlaridagi rangli olovlar aralashmada
bariy,stronsiy,natriy va bor kationlari yonishidan hosil bo’ladi. Bunda ma’lum
uzunlikdagi nur to’lqinlari hosil bo’ladi.Temir,alyuminiy va magniy yonishidan
uchqun effekti namoyon bo’ladi. Buning natijasida temir (III) oksidi, qisman temir
qo’sh oksidi hamda alyuminiy va magniy oksidlari hosil bo’ladi.
Asosiy reaksiya bu yerda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi:
Yashil rang beruvchi bariy nitrat qaytaruvchilar yordamida (temir,kraxmal) yordamida quyidagicha parchalanadi:
Stronsiy nitrat ham xuddi shunday parchalanadi.Natriy oksalalat esa:
Bor kislotasi parchalanib suvni ajratadi:
Bengal qog’ozlari
Bengal qog’ozlarini tayyorlash uchun uzun tasmacha shaklida qirqilgan filtr qog’oz yoki oddiy qog’ozni tuzlar eritmasida botirib quritish kerak. Yondirilganda bu qog’ozlar turli rangda yonib,tutun va yomon hid chiqarmaydi.
1-tajriba. Yashil rangda yonishi uchun 2 ml etilspirti, 2g bariy xlorat va 2g kaliy xlorat tuzlari 10 ml iliq suvda eritiladi.
2-tajriba. Qizil rangda yonishi uchun 2 ml etilspirti, 2g stronsiy nitrat va 1g kaliy xlorat tuzlari 10 ml iliq suvda eritiladi.
3-tajriba. Ko’k rangda yonishi uchun 2 ml etilspirti, 2g mis nitrat va 1g kaliy xlorat tuzlari
10 ml iliq suvda eritiladi.
4-tajriba. Sariq rangda yonishi uchun 2 ml etilspirti, 1g natriy oksalat va 1g kaliy xlorat tuzlari 10 ml iliq suvda eritiladi.
Alyuminiy metalining ajoyibotlari
1-tajriba. Ma’lumki alyuminiy buyumlari bir
necha yillar xizmat qiladi. Lekin quyidagi amallar natijasida alyuminiy ko’z
oldimizda yo’qoladi. Buning uchun alyuminiy qoshiq yoki sim olib uni abraziv
qog’oz (najdachnaya bumaga) bilan tozalab, yog’sizlantirish uchun 5-10 minut
davomida asetonga botirib qo’yish kerak.So’ng qoshiqni bir necha sekund simob
(II) nitrat ()ning 3-4% li eritmasiga botirib olinadi.
Qoshiqning yuzasi kulrang rangga bo’yalganda uni eritmadan chiqarib olinadi.
Qoshiqni distillangan suv bilan yuvib,filtr qog’oz bilan artmasdan quritiladi.
Vaqt o’tib metall qoshiq pag’asimon oq parchalarga aylana boshlaydi va natijada
bir hovuch kul qoladi. Nima sodir bo’ldi? Alyuminiy aktiv metall hisoblanadi.
Odatda u oksid parda bilan qoplangan bo’ladi,lekin eritmada oksid parda
buzilib,layuminiy simobni siqib chiqaradi. Tozalangan yuzada amalgama hosil
bo’ladi,natijada pag’asimon alyuminiy metagidroksid (AlO(OH)) hosil bo’ladi.
Agar qoshiqni eritmadan chiqarib darhol distillangan suvga botirilsa,metall
yuzasida gaz pufakchalari va oq patsimon modda hosil bo’ladi.Bu vodorod va
alyuminiy metagidroksididir.
2-tajriba. Agar
o’rniga mis xloridi (
) ishlatilsa,metal yuzasida jigarrang
pag’asimon modda ya’ni mis ajraladi.
3-tajriba. Alyuminiy
sim olib uni 1/3 qismi konsentrlangan nitrat kislota bilan to’ldirilgan
probirka ga 4-5 minut botirib qo’yiladi. Bunda simning 1/3 qismi kislotaga
botib turishi lozim. So’ng simni suvda chayib suyultirilgan xlorid kislota
bilan to’ldirilgan probirkaga botirib qo’yiladi. Nitrat kislotaga botirilgan
qism hech qanday o’zgarishszi qoladi,simning boshqa qismi esa reaksiyaga kirib
yuzasidan gaz ajrala boshlaydi. Bunda tuzi
va
gazi
hosil bo’ladi. Reaksiyaga kirishmagan qismini nitrat kislota passivlashtiradi
va parda hosil qilib, metallni xlorid kislota ta’siridan saqlaydi.
Suvdan sharob
2 ta Stakan olib ularning 1/3 qismi
suv bilan toldiriladi. Biriga 3-4 tomchi fenolftaleinning spirtdagi
eritmasi,ikkinchisiga 8-10g natriy karbonat qo’shiladi.
Agar ikkala stakan qo’shilsa och qizil rangga bo’yaladi,buning sababi
indikatorning ishqoriy muhitga ta’siridir.
eritmada
gidrolizga uchrab ishqoriy muhitni hosil qiladi. Agar sharobni qaytib “suv”
qilmoqchi bo’lsangiz unga 1/3 qismi 15% li sulfat kislota eritmasi qo’shiladi.
Bunda eritma rangsizlanadi. Ya’ni ikkala modda reaksiyaga kirib naytiy sulfat,
karbonat angidrid va suv hosil bo’ladi.
Boshqa bir xil “sharob” tayyorlash uchun temir (III) xlorid eritmasiga kaliy yoki ammoniy rodanidning juda suyultirilgan eritmalarini aralashtirganda hosil bo’ladi. Rangsizlantirish uchun natriy yoki kaliy ftorid eritmasini qo’shish lozim.
Mevali kisel
Mevali kisel olish uchun stakanning
1/5 qismiga 10% li kalsiy xlorid() quyib uning ustiga
3-5 tomchi fenolftaleinningspirtdagi eritmasi tomiziladi.Ikkinchi stkanga suyuq
shisha(
) eritmasidan yarmigacha to’ldiriladi. So’ng
eritmalar qo’shilib, darhol shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Stakandagi
eritma qizil rangga bo’yalib,quyuqlashadi. Quyuq eritmada hatto shisha tayoqcha
vertikal holatda turadi. Eritmaning quyuqlashishi kalsiy silikat hosil
bo’lishidan, rangi esa ishqoriy muhitdan.
Kimyoviy qatiq
Suyultirilgan bariy
xlorid yoki qo’rg’oshin (II) nitratga suyultirilgan kaliy sulfat eritmasi qo’shiladi. Bunda darhol
bariy sulfat yoki qo’rg’oshin sulfatning oq rangli cho’kma hosil bo’ladi,vaqt
o’tib cho’kma stakan tubiga cho’kadi.
Kimyogar bog’i
1-tajriba. Kunlardan birida
Parasels (1493-1541yy) dori-darmon tayyorlamoqchi bo’lib sirka kislotaga
qo’rg’oshin metalini eritib, unga yana simob simob qo’shmoqchi bo’lib rux
metallini qo’shgan (o’sha vaqtlarda metallar unchalik noma’lum bo’lganva rux
elementini erish harorati past bo’lgani uchun simob deb o’ylashgan). Reaksiyani
davom ettirish uchun vaqt topolmay bir necha kun o’tib kelib qrasa rux
bo’lakchalaridan yaltiroq shox-shabbachalar chiqqanini ko’rgan. So’ng bu “daraxt” Saturn daraxti deb
atlala boshlangan.Bu nom qo’rg’oshinning alkimyoviy nomidan olingan. Bu
daraxtni o’stirish uhun shisha silindrga 25-30g qo’rg’oshin asetat () solinadi va ustiga 100 ml suv quyiladi.
Eritmaga yuzasi abraziv qog’oz (najdachnaya bumaga) bilan toxalanganrux
plastinka ,sterjen yoki bir necha bo’lakchalarni botirib ip bilan bog’lab
qo’yiladi. Vaqt o’tishi bilan ruxning yuzasida qo’rg’oshin kristallaridan
shox-shabbalar chiqa boshlaydi. Rux aktivligi uchun u qo’rg’oshinni eritmadan
siqib chiqaradi.
2-tajriba. Yupiter
daraxtini olish uhun shisha silindrga 30-40 qalay xloridi va 100 ml suv quyiladi.So’ng eritmaga rux
metali tushiriladi. Tez orada uning yuzasida qalay metalidan qora rangli daraxt
o’sib chiqadi.
3-tajriba. Dorfmanning
kumush daraxtini olish uchun stakan tubiga 1 tomchi simob metali ustiga 10% li
kumush nitart() asta-sekin quyiladi. Avval
simob kulrang amalgama bilan qoplanadi.
10-15 sekundda kumushning ignasimon kristallari o’sa boshlaydi, bir soatdan so’ng kumush daraxt o’sa boshlaydi. Bir necha minutda ignalar shoxlana boshlaydi. Bu reaksiyani bajarish uchun kumush nitratning konsentratsiyasini aniq olish lozim aks holda konsentratsiya past bo’lsa daraxt o’smaydi, konsentratsiya yuqori bo’lsa kristall hosil bo’lishi butun eritma hajmida boradi.
4-tajriba. Ferrosianidli ranngli daraxtlarni olish ucun:
a)30-50g sariq qon tuzi 1litr suvda eritib unga marganes, rux va nikelning xloridi yoki sulfatlarining 2-3 ta kristallarini tushirish mumkin.
b)100-150g mis kuporosiyoki 30-50g nikel xloridi 1 litr suvda eritiladi va eritmaga qizil qon tuzi kristallaridan tashlanadi. Eritmadagi kationlar geksasianoferrat anionlari bilan ta’sirlashib qiyin eriydigan cho’kma hosil qilib cho’kadi va ulardan ko’k,yashil, pushti yoki oq shoxlangan daraxtlar hosil bo’ladi.
5-tajriba. kimyogarning “ kuzgi bog’I ”ni o’stirish uchun
a)30-50g kaliy xromatnini
1litr suvda eritib unga bariy xlorid kristallari tashlanadi va bir necha
soatdan so’ng daraxtlar o’sa boshlaydi
b)100-150g qo’rg’oshin nitratni 1 litr suvda eritib unga kaliy xromat yoki ammoniy bixromat kristallari bilan qoplangan bog’ hosil bo’ladi. Bir necha kundan so’ng daraxtlar ustida xazonrezgilikni kuzatish mumkin.
c)10% li qo’rg’oshin nitrat va kaliy yodid eritmalari aralashtiriladi.bunda qo’rg’oshin yodid cho’kmasi tushadi, cho’kmani ajratib olib uni suyultirilgan sirka kislota qizdirilgan eritmasida eritiladi. Eritma asta-sekin sovitiladi, bunda qo’rg’oshin yodidning mayin oltinrang plastinkalari butun eritma bo’ylab tarqaladi va xuddi kuzgi xazonrezgilikka o’xshaydi.
6-tajriba. Kimyoviy
akvarium olish uchun shisha bankaga 1 litr suyuq shishaning 0,5-0,7 litr suvda
gi eritmasiga 2ta stakandan bir vaqtning o’zida xrom sulfat vat emir (III) xlorid eritmalari
quyiladi.bunda banka ichida sarg’ish-yashil rangli silikat “suvo’tlari”
yuqoridan pastga qarab o’sa boshlaydi. Agar akvariumga mis kuparosi eritmasidan
tomchilar tomchilatilsa akvarium tubida “dengiz tipratikanlari” paydo
bo’lishiga sabab temir, mis va xrom gidroksidi hamda gidrosilikatlarining hosil
bo’lishidandir.
7-tajriba. Ajoyib
tasvirlarini muhrlash uchun 2-3g jelatinani 100ml issiq suvda eritiladi va unga
10-15% li rangli eritmalari qo’shiladi. Buning
uchun jelatina eritmasiga 10 barobar ko’p tuz writmasi qo’shiladi, so’ng
eritmani yog’sizlantirilgan shisha ustiga to’kiladi. Bir necha kundan so’ng
shisha yuzasidan tuzlarning rangli kristallaridan chiroyli naqshlar hosil
bo’ladi. Buning sababi tuz va jelatindan suvning bug’laninb ketishidir.
Uchqunlanuvchi kristallar
1-tajriba. Buning uchun 108g kaliy sulfat va
100g Glauber tuzi tuzlari aralashtirib, ustiga qaynoq
suvdan ozroq solib to’yingan eritma hosil qilinadi. (Tuzlarni kamroq nisbatda
olinsa ham bo’ladi) hosil bo’lgan eritmani qorong’i joyda sovitish uchun
qo’yiladi. Kristallar hosil bo’lishi bilan eritma uchqunlana boshlaydi. Harorat
da kamroq,harorat pasayaversa
uchqunlanish ko’proq kuzatiladi. Kristallar qancha ko’p hosil bo’lib cho’kmaga
tushsa uchqunlar shuncha ko’p bo’ladi. Agar shisha tayoqcha bilan erietma
arlashtirilsa uchqunlanish yana davom etadi. Nur va uchqunlarning chiqishi
qo’sh tuz (
) hosil bo’lishidan ko’p enrgiya ajralib chiqadi,bunda enrgiyaning ko’p
qismi nurga aylanadi.
2-tajriba. Bu reaksiyani bajarish uchun gidroxinonning to’yingan suvli eritmasiga 10-15% li kaliy karbonat eritmasi, formalin va vodorod peroksid qo’shiladi. Reaksiyani qorong’i joyda bajarish maqsadga muvofiq, chunki uchqun yaxshi ko’rinadi. Bunda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi sodir bo’ladi, natijada gidroxinon xinonga, formaldegid chimoli kislotaga aylanadi. Bir vaqtning o’zida hosil bo’lgan chumoli kislota bilan kaliy karbonat reaksiyaga kirishib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Buning natijasida eritma ko’piklanadi:
Lyuminoforlar
Lyuminofor yoki fosforlar (yunoncha “luminos” nur taratuvchi)o’zidan sovuq nur chiqaradi, buning uchun ular avval nurlanish yani zarayadlanishi kerak. Buning uchun ularni ultrabinafsha nurlari bilannurlantirish yoki quyosh nurida biror muddat qoldirish kifoya. Moddalarni ihslatishdan oldin ularni tozalash kerak. Masalan, qayta kristallash mumkin yoki “kimyoviy toza” yorliqli reaktivlarni ishlatish mumkin.
1-tajriba. Binafsha rangli lyuminofor olish
uchun 20g kalsiy karbonat, 1,2g magniy karbonat, 1g natriy sulfat, 1gkaliy
sulfat, 6g oltingugurt, 1g saxaroza(shakar), 1 ml 0,5% li vismut nitrat
eritmasini aralashtirib chinni hovonchada eziladi va 750-800 da 45 minut davomida qizdiriladi.
2-tajriba. Yashil
rangli lyuminofor olish uchun 20g kalsiy karbonat,1g natriy sulfat, 0,8g natriy
tetraborat,6g oltingugurt, 0,8g saxaroza, 1 ml 5% livismut nitrat eritmasini
aralashtirib chinni hovonchada eziladi va 800-900 da15
minut qizdiriladi.
3-tajriba. Ko’kish-yashi
rangli lyuminofor olish uchun 4g kalsiy karbonat, 2g magniy karbonat, 16g
stronsiy karbonat, 0,8g natriy sulfat, 0,5g natriy tetraborat,6g oltingugurt,
0,3g saxaroza va 1 ml 5% li vismut nitrat eritmasini aralashtirib chinni
hovonchada eziladi va 650-700 da 60 minut davomida
qizdiriladi.
4-tajriba. Ko’k
rangli lyuminofor olish uchun 4g kalsiy karbonat, 4g magniy karbonat, 1,4g
natriy sulfat, 6g rux oksidi, 3g bariy sulfid, 8g oltingugurt, 8g ammoniy
perxlorat, 1g saxarozani aralashtirib ammoniy perxlorat qo’shmasdan hovonchada
eziladi, so’ng ehtiyotlik bilan ammoniy perxlorat()
qo’shiladi.Aralashmani gaz gorelkasida 15 minut qizdiriladi.
5-tajriba. Yorqin
yashil rangli lyuminofor olish uchun 4g magniy karbonat, 2,4g natriy sulfat, 6g
rux oksidi, 4g bariy sulfid, 7g oltingugurt, 10,4g ammoniy perxlorat, 8g
saxaroza aralashtirib (Ammoniy perxlorat qo’shmasdan!) chinni hovonchada
ezib,so’ng ehtiyoylik bilan bilan ammoniy perxlorat () qo’shilib 15minut davomida gaz
gorelkasida qizdiriladi. Olingan aralashmalarni ultrabinafsha nurlari yoki quyosh
nurida tutilsa, qorongida shu’lalanadi.
Suv va qog’ozdan billur patlar
Buning uchun osh tuzi va shakarning konsentrlangan issiq eritmalarini tayyorlash kerak. 50 ml qaynab turgan suvga 30g natriy xlorid va 30g shakar eritiladi. Eritma sovimasdan unga oldindan karton yoki vattman qog’ozidanqirqib qo’yilgan “patlar” botiriladi va sovishi uchun eritma ichida qoldiriladi. Eritma sovigandan song patlar rangsiz kristallar bilan qoplanadi. Patlarni eritmadan ohista olib qurishi uchun osib qo’yiladi. Kristalar sinib tushib ketmasligi uchun esa rangsiz aerozol soch loki bilan purkaladi. Natijada chiroyli billur patlar hosil bo’ladi.
Kristall harflar
Buning uchun simdan kerakli harflar yoki shakllar tayyorlanadi va ularni oq rangli jun ip bilan o’raladi.
So’ng tayyorlangan shakllarni
achchiqtoshning () to’yingan issiq eritmasiga botiriladi. Agar binafsha va ovh havarangli
kristallar olish kerakbo’lsa mos ravishda xromli achchiqtosh (
) yoki mis kuparosi(
) qo’shiladi. Bir necha kun o’tgach shakllarni
eritmasidan ohistalik bilan olinib filtr qog’oz bilan asta-sekin kristallarning
namligi filtr qog’oz bilan olinadi. Kristallar tarkibidagi suv uchib ketmasliga
uchun rangsiz aerozol lok bilan purkalib qoplanadi.
Oq guldan ko’k rangli gul
Buning uchun qog’ozdan gul tayyorlanadi. Gulning bargini kraxmal klesteri bilan ishlov beriladi. So’ng gullarni bonka ichiga joylashtiriladi va bonkaga bir necha tomchi todning spirtdagi eritmasi tomiziladi. Bonka qpoqog’i yopib qo’yiladi.20-30 minutdan so’ng gullarning rangi ko’karadi. Buning uchun vaqt o’tishi bilan spirt bug’lanadi va spirt bilan birga yod bug’lari ham banka ichini to’ldiradi. Natijada kraxmal yod bilan ko’k rangga kiradi.
Tangachali ajdar
Qalin qog’oz olib ajdar rasmi chiziladi(yoki boshqa ertak qahramoni). Shu shakldan 2ta nusxa chizib qirqiladi va qog’ozlar orasiga keraklicha ko’p miqdorda paxta qo’yib oq ip bilan tikiladi.
Konsentrlangan issiq eritma
tayyorlanadi.Buning uchun 100 ml suvga 30g natriy xlorid, 50g shakar, 30g kaliy
nitrat va 30g karbamid() aralashtirib eritiladi. So’ng
tayyorlangan ajdarni eritmaga tushirib namlantiriladi,bunda paxta eritmani
shimishi kerak. Ajdarni eritmadan olib sim yordamida osib qo’yiladi va uning
tagiga eritma tomib tushishi uchun idish qo’yiladi. Ajdar qurigandan so’ng u
yalturoq kristall tangachalar bilan qoplanadi.
Apelsin, limon va olma sharbatlari
“Apelsin”dan “limon”, “limon”dan “olma” sharbatini olish
uchun kaliy dixromat, natriy gidrooksid, suyultirilgan sulfa kislota va natriy
sulfitning eritmalarini tayyorlash kerak. Birinchi stakanga kaliy dixromat
eritmasi quyiladi, bunda eritma rangi apelsin sharbati rangiga o’xshaydi. So’ng
natriy gidrooksid eritmasi qo’shiganida sharbat “limon sharbatiga ” aylanadi.
Bunda dixromat anion () sariq rangli xormat anionga (
)ga aylanadi. Agar “limon sharbatiga “
sulfat kislota qo’shilganda qaytib “apelsin sharbati” hosil bo’ladi, bunda
xromat ionlar oksidlanib dixromat ionga aylanadi.
Agar kaliy dixromat eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota va natriy sulfit eritmasi qo’shilsa eritma rangi yashil bo’ladi, bunda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi sodir bo’ladi.
Kaliy dixromat kuchli oksidlovchi, natriy sulfit esa
qaytaruvchi hisoblanadi. Reaksiya natijasida yashil olma rangli xrom sulfati() va rangsiz natriy sulfat (
) hosil bo’ladi.
“Olma sharbati”dan apelsin yoki limon sharbatlarini olib bo’lmaydi, chunki oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini orqaga qaytarib bo’lmaydi.
Sun’iy qimmatbaho toshlar
Gaz gorelkasida mayin shisha nayni
yoki gaz o’tkazgich nay qizdirib cho’zib,kapilyar naychalar olinadi. Song
kapilyarni kobalt nitrat () eritmali probirkaga
tushiriladi, so’ng uni gaz gorelkasi olovida tutiladi. Kapilyar ko’k rangli
shisha sharga aylanadi.Bu rang kobalt ion borligidan dalolat beradi. Yashil
rangli “tosh” olish uchun
tuzi eritmasini
ishlatish mumkin. Bunda zumrad toshiga o’xshash tosh hosil bo’ladi.
Rangli sharchalar
Buni bajarish uchun nixrom simolib
uning uchini aylana shaklida buklab qo’yiladi(temir qoshiqcha ishlatsa ham
bo’ladi). Buklangan qismni gorelkada yoki spirt lampasida qizdirib, qizdirilgan
sim bilan bura () bo’lakchari olinadi. Bunda
rangsiz bur sharchasi hisil bi’ladi. Agar sharchani darhol
tuzi eritmasiga botirib yana olovda
tutilsa, sharcha ko’k rangga bo’yaladi. Agar
tuzi
eritmasi ishlatilsa zumrad rangli sharcha hosil bo’ladi. Reaksiya natijasida
natriy metaborat (
) shishasiga aralashgan rangli
kobalt, nikel va xrom metaboratlari hosil bo’ladi.
Havarong cho’kmadan ko’k eritma
Stakanning 1/3 qismiga 5% li mis sulfat eritmasi quyiladi va unga shunca miqdorda natriy gidrooksid eritmasi aralashtiriladi. Bunda to’q ko’k rangli mis (II) gidrooksid hosil bo’lib cho’kmaga tushadi. Agar stakanga bir nechta muz bo’laklari va etilenglikoldan tomchilatib aralashtirilsa, cho’kma qaytib erib ketadi. Bunda mis glikolyati hosil bo’ladi.
Tuxum oqidan anor suvi
Xom tuxum oqini ajratib ozrog’i suvda
aralashtiriladi,song filtrlanadi. Olingan eritmaga simob (II) nirat () ning nitrat kislotadagi eritmasi
qo’shilganda eritmaning rangi qizil rangga bo’yaladi. Buning sababi oqsil
tarkibida fenol guruh borligidandir.
Oq kukundan havorang eritma va yashil cho’kma
Avval oq kukunni oldindan tayyorlash
kerak. Buning uchun mis kuporosi(ning ko’k rangli
kukun)ni chinni hovonchada qizdiriladi. Qizdirganda kristallogidrat suvini
yo’qotib oq rangli kukunga aylanadi va suvsiz mis sulfat tuzi hosil bo’ladi.
Agar tuzni suvda eritilsa ko’k rangli eritma hosil bo’ladi.Bu rang [
]
ionlarga
xos. Agar shu eritmaga natriy karbonatning 10% li eritmasidan aralashtirilsa
chiroyli cho’kma hosil bo’ladi.
Yorug’lik chiqaruvchi modda
Eritmani tayyorlash uchun 50 ml suvda
1g qaragay efir moyi ekstrakti qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. So’ng 3g
borat kislota () ni alyuminiy plastinkaga
qo’yib unga 10,20 yoki 30 tomchi eritma tomiziladi(tomchi soniga qarab
yorug’likning ravshabligi farq qiladi). Bir jinsli massa hosil bo’lganiga qadar
aralashtiriladi va 2-3 ml qalinlikda yoyiladi, hamda plastinka qizdiriladi.
Qizdirish massa suyuqlanganga qadar davom ettiriladi.Sovigan modda lyuminoforga
aylanadi. Agar moddana yorug’likda bir oz saqlanib turilsa qorongida u o’zidan
yorug’lik chiqaradi. Bu jarayon bir necha sekund davom etadi.
Elektroliz va qizil rang
Filtr qog’oz olib uzunligi 10sm va
kengligi 2 sm li qilib qirqiladi. Qog’ozni shisha plastinka yoki boshqa
taglikka mahkamlab, qog’ozning bir tomoniga musbat ikkinchi tomoniga musbat
ikkinchi tomoniga manfiy kontaktlar ulanadi. Elektr kuchlanishi 15-20 Volt
bo’lishi lozim. Elektrolit tayorlash uchun fenolftaleinning spirtdagi eritmasidan
bir necha tomchi va 10-15% li natriy xloridning 5 ml eritmasi aralashtiriladi.
So’ng eritmani qog’ozga shimdirib elektr toki ulanadi. Natijada katodda qizil
dog’ paydo bo’lib,kattalashadi va anodda tomon siljiydi. Elektroliz natijasida
katodda vodorod ajralib chiqadi va gidroksoniy ()
ionlari hosil bo’ladi.Ion fenolftaleinni ranglaydi va elektr maydon ta’sirida
anodga tomon siljiydi. Tajriba davomida filtr qog’oz qurib qolmasligiga harakat
qilish kerak, buning uchun qog’oz ustini shisha plastinka bilan yopib qo’yish
kerak.
Ajoyib tuxum
Uzun kimyoviy stakan yoki katta silindrga 5% li xlorid kislota eritmasi quyiladi. So’ng eritmaga archilmagan tuxum tushiriladi, bunda tuxum idish tubiga botadi. Bir vaqt o’tib tuxum po’chog’i pufakchalar bilan qoplanadi va tuxum yuqoriga ko’tariladi. Qalqib chiqqan tuxum yuzasidan pufakchalar yo’qoladi va tuxum qaytib idish tubiga cho’kadi. Bu jarayon tuxum po’chog’i erib ketguncha davom etadi. Agar tuxum og’irlik qilsa,eritmaga zichlikni oshirish uchun osh tuzi qo’shish mumkin.
Kimyoviy kamalak
Demonstratsion shtativga 7 ta probirka o’rnatiladi va shtativning orqa tomoniga qog’ozdanyoki oq matodan fon o’rnatiladi. Birinchi probirkaga temir(III)xlorid va kaliy rodanid(qizil rang), ikkinchisiga kaliy xromat va sulfat kislota(sabzirang), uchunchisiga qo’rgoshin nitart va kaliy yodid (sariq), to’rtinchisiga nikel(II)sulfat va natriy gidrooksid(yashil), beshinchisiga mis(II)sulfat va natriy gidrooksid(havorang), oltinchisiga mis(II)sulfat va novshadil spirt(ko’k), yettinchisiga esa kobalt (II)xlorid va kaliy rodanid(binafsha ) eritmalari aralashtiriladi.Natijada yeti xil rangli kamalak hosil bo’ladi.
Yozda qor
Yozda ham qor olish mumkinmi? Ha
mumkin, bu qiyin emas.Bu reaksiyani mo’rili shkafda bajarish lozim. Katta
stakan olib ,unga bir tekisda benzoy kislota solinadi,bunda benzoy kislota
qlinliga 0,5-1sm bo’lsa kifoya. So’ng stakanga biror daraxt shox-shabbasini
qo’yib, stakanning og’ziga muz solingan chinni hovoncha qo’yiladi.Stakanni
asbest to’r ustiga qo’yib spirt lampa yoki elektr plitkada qizdiriladi. 100 da benzoy kislota bug’lanib,hovoncha
tubida kondensatlana boshlaydi. Natijada “daraxt”ga “qor yog’ish”ni boshlaydi.
Benzoy kislota o’rniga naftalin ham ishaltish mumkin.
Dengiz suvo’tlari va meduzalar
Stakanga silikat yelimi () va distillangan suvdan 1:1 nisbatda
kataroq stakanda aralashtiriladi. So’ng silikat eritmaga kalsiy, nikel, mis,
kobalt, temir, bariy ,rux, xrom va marganesning rangli tuzlari kristallari
tashlanadi. 15-20 minutdan so’ng “suvo’tlar chakalakzorlari” paydo bo’la
boshlaydi. Ya’ni tuz silikatlari:
Ba’zi tuzlar gidrolizga uchraydi:
Alohida stakanlarga kalsiy ,nikel, kobalt, xrom va marganes tuzlari eritmalari quyiladi. Agar eritmalarga suyuq shisha (silikat yelim) dan bir necha tomchi tomizilsa meduzaga o’xshash silikat quyqalari hosil bo’ladi. Aksincha silikat eritmaga tuz tuz eritmalaridan tomizilsa ham quyqa “meduza”lar hosil bo’ladi. Bunda kobalt tuzidan ko’k, mis tuzidan havorang, temir tuzidan och jigarrang, nikel tuzidan yashil, bariy tuzidan oq va kalsiy tuzidan yarim shaffof ranglar paydo bo’ladi.
Raqsga tushuvchi kapalaklar
Buning uchun avvaldan kapalaklar
tayyorlanib qo’yiladi. Kapalak qanotlari tamaki qog’ozidan qirqilib ,gugurt
cho’pini ikki qismga bo’lib qanotlar yelimlanadi. Konussimon kolbaga sirka
kislota quyiladi, so’ng tiqinga voronka o’rnatib kolba og’zi berkitiladi. Bunda
voronka yuqori qismi diametric 10 sm dan oshmasligi va pasyki qismi kislotadan
1 sm yuqorida bo’lishi lozim. Voronka orqali 5-7g ichimlik soda () solinadi va darhol
kapalaklarni voronkaga joylashtiriladi. Bir necha sekunddan so’ng kapalaklar
raqsga tushishni boshlaydi. Bunga sabab voronka teshigidan chiqqdigan gaz
oqimidir. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
Tutunli hovoncha
Chinni
hovoncha yoki Petri chaskasiga 3g natriy tiosulfat (),bir
oz mochevina (
) solib aralashtiriladi. So’ng
aralashma ustiga 10 ml 35% li vodorod peroksid eritmasi quyiladi. Darhol quyuq
tutun chiqa boshlaydi. Reaksiya natijasida vodorod sulfid gazi, suv bug’i hosil
bo’ladi. Shuning uchun bu reaksiyani mo’rili shkafda yoki yaxshi
shamollayiladigan xonada o’tkazish lozim.
Stakanda momoqaldiroq va chaqmoq
Buning uchun 5-6g kaliy bromat() va 5-6g bariy xlorid kristallogidrati(
) olib alohida stakanlarga qizdirilgan 100
ml distillangan suvda eritiladi. So’ng ikkala eritmalar aralashtiriladi. Eritma
sovitilaganda, sovuq suvda oz eriydigan barit bromat(
)
tuzi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan rangsiz cho’kma kristallari filtrlanadi, 2-3
marta 10 mldan suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. So’ng olingan tuzdan 2g
olib 50 ml qaynab turgan suvda eritilib darhol filtrlanadi. Olingan stakandagi
filtratni 40-45
da qizib turgan suv hammomiga
qo’yilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Jarayonni yaxshi kuzatish uchun chiroqni
o’chirib xonani qorong’ilashtirish lozim. Eritmada kristallar hosil bo’lishi
bilan stakanning har xil qismlarida havorang uchqunlar ”chqmoq” paydo bo’lib,
qarsillagan ovoz “momoqaldiroq” eshitiladi.
Ampitsilin -“xameleon”
Ampitsilin tabletkasini olib chinni hovonchada ezib kukun holiga keltiriladi. So’ng olingan kukunni probirkaga solib ustidan 5 ml distillangan suv quyiladi. Probirka og’zini tiqin bilan yipib 1-2 minut davomida chayqatiladi va filtrlanadi. Boshqa probirkaga 1 ml filtrat (ampitsilin eritmasi) quyib ustiga shuncha 5-10 % li natriy gidrooksid qo’shiladi. Olingan aralashmaga 2-3 tomchi 10% li mis sulfat eritmasi tomiziladi va probirka bir oz chayqatiladi yoki shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Natijada biuret reaksiyasiga xos siyoh rangi paydo bo’ladi, vaqt o’tib rang jigarranga o’zgaradi.
Dorilar bilan reaksiyalar
Probirkalarda qanday dorilar borligini aniqlash mumkinmi? Ha mumkin. Chunki har bir dori o’ziga xos kimyoviy tarkibga ega va albatta o’ziga xos sifat reaksiyaga ham ega.
1-tajriba.Parasetamolni hovonchada ezib, kukun holiga keltirib,unga temir(III) xlorid eritmasi qo’shilganda ko’k rangli eritma hosil bo’ladi. Bu rang fenol guruhi borligidan dalolat beradi.
2-tajriba.Tetrasiklinga ham temir(III) xlorid eritmasi qo’shilganda, eritma yashil-jigarrang tusga bo’yanadi. Bunda ham fenol guruhi borligidan dalolat beradi.
Tetrasiklin
3-tajriba.Levomitsetinni hovonchada ezib, kukun holiga keltirib,toza cho’ktirilgan mis (II) gidrooksid qo’shilganda ko’k-siyohrangli eritma hosil bo’ladi. Dori tarkibida 2 ta gidrooksid ( –OH) guruhi mavjud bo’lib, bu rangli reksiya gidrooksid( –OH) guruhiga xosdir.( Levomitsetin )
Kuparos kristallarini o’stirish
Mis kuparosikristallarini o’stirirish
uchun kuparos() kristallarini 50-60
da qizdirilgan 100 ml distillangan suvda
eritiladi. Aralashtirib turgan holda kristallar to to’yingan eritma hosil
bo’lgunga qadar qo’shiladi. Hosil bo’lgan to’yingan eritmama filtrlanadi. Filtr
qog’oz o’rnida bir necha qavat doka ishlatish mumkin. Filtrlashdan oldin
filtrat saqlanadigan stakanni issiq suv bilan chayish lozim, chunki bu ish
qilinmasa muddatdan oldin kristallanish sodir bo’lishi mumkin. Filtrlangan
eritmali stakan filtr qog’oz yoki salfetka bilan yopib qo’yiladi. Bir necha
kundan so’ng stakan tubida ko’k rangli kristallar hosil bo’ladi. Olingan
kristallarni filtr qog’oz ustiga terib quritish mumkin. Agar kattaroq kristallar
olmoqchi bo’lsangiz yuqoridagidek to’yingan eritma tayyorlab unga olingan
kristallardan birini ipga bog’lab tushiriladi. Bunda kristall eritma o’rtasida
joylashtirilib,stakan devoriga tegmasligi lozim. Stakan og’zini qog’oz yopib1-2
kunga qo’yiladi. Vaqt o’tgandan so’ng kristall kattalashadi. Kattalashgan
kristallda qo’shimcha kristallchalar o’sgan bo’lsa, ularni lezviya bilan kesib
tashlash mumkin. Kristallarni quritib rangsiz aerosol lok bilan qoplash
lozim(kristall tarkibidagi suv uchib ketmasligi uchun).
Muzqaymoqli reaksiyalar
Bilasizmi,birinchi muzqaymoq Xitoyda 3000 yil oldin paydo bo’lgan. Hozirgi shaklga kelgan muzqaymoqni vaqtida Rossiyada muzlatilgan sutdan tayyorlangan mahsulotni aytish mumkin. Yevropaga muzqaymoqni tayyorlash usuli 1292 yilda Marko Polo tomonidan olib kelingan.Dunyodagi eng uzun muzqaymoq ruleti Ukrainaning Lugansk shahrida tayyorlangan. Uning uzunligi 17 metr 97 santimetr bo’lib “Ginnes rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Eng qimmatbaho “muzqaymoq” esa 1million dollar turadi,bu zargarlik buyumi oltin va brilliantlaedan tayyorlangan.
1-tajriba.Probirkaga 1 ml erigan muzqaymoq va 5-7 ml distillangan suv quyiladi.probirkani tiqin bilan yopib yaxshilab chayqatiladi. Olingan aralashmaning 1 ml ga 1 ml 5-10% li natriy gidrooksid eritmasi va bir necha tomchi mis sulfat eritmalari aralashtiriladi. So’ng yaxshlab chayqatiladi, natijada biuret reaksiyasi kuzatiladi va rangi siyohga bo’yaladi. Buning sababi hosilbo’lgan mis (II) gidrooksid peptid bog’ bilan bog’lanishidir.
2-tajriba.Probirkaga 1 ml erigan mevali muzqaymoq va 1 ml ichimlik
sodasining () to’yingan eritmasi quyiladi.natijada
probirkada pufakchalar hosil bo’ladi; bu limon kislotasi borligidan dalolat
beradi.
3-tajriba. Muzqaymoq tarkibidagi uglevodlarni aniqlash uchun 1 ml
erigan muzqaymoq va 5-7 ml distillangan suvni probirkada aralshtiriladi.
Aralashmani filtrlab, filtratga 1 ml 5-10% li natriy gidrooksid va bir necha
tomchi 10%li mis sulfat eritmasi qo’shiladi. Bunda och-ko’k rangli kompleks
birikma hosil bo’ladi. Olingan eritma qizdirilganda tarkibidagi laktoza
destruksiyaga uchrab sabzirang mis (I) gidrooksidi (CuOH) hosil bo’ladi va
natijada gidrooksid parchalanib qizil rangli mis(I) oksidi () hosil bo’ladi.
yoki
Ajoyib oqsil
Oqsilning tarkibida
uglerod,vodorod,kislorod va azot dan tashqari oltingugurt ham bo’ladi. Buni
aniqlash uchun probirkaga1 ml tuxum oqsili va ustiga 2-3 ml 10% li nayriy
gidrooksid eritmasi quyib qizdiriladi. So’ng probirkaga qo’rg’oshin asetat () eritmasidan quyilsa eritma rangi
qorayadi.Ya’ni qo’rg’oshin sulfid hosil bo’ladi.
Qatiqdan yelim
30-50 ml qatiq olb filtrlanadi, filtrda qolgan qatiq bir necha marta distillangan suv bilan yuviladiva quritiladi. Olingan massa 2-3 marta ozroq benzin bilan yuviladi(sababi benzinda qataq tarkibidagi yog’lar eriydi). Olingan quruq modda bu kazein moddasidir. Kazeinni olib chinni hovonchada eziladi,so’ng kukunni novshadil spirt va suv bilan 1:1:3 nisbatda aralashtiriladi. Olingan yelim bilan yog’och va keramik buyumlarni yelimlash mumkin.
Yonuvchi qor
Katta stakanga yoki konserva qutisiga
qor solib ustidan ozgina bosiladi. O’rtasida teshik hosil qilib, unga kalsiy
karbid() tashlab ustidan ozroq qor bilan
yopiladi. Bir necha sekunddan so’ng yongan gugurtni qor ustiga
yaqinlashtirilganda “qor yonishni” boshlaydi. Bunda karbid qor bilan raksiyaga
kirishib asetilen ajralib chiqadi va asetilen kislorod yordamida yonadi:
Qish tarovati
Kattaroq stakanda qo’rg’oshin nitrat
() ning to’yingan eritmasi tayyorlanadi va
unga ammoniy xlorid (
) kristallarini ipga bog’lab
tushiriladi. Bir necha soatdan so’ng kristallardan qor bilan qoplangan
daraxtlar o’sa boshlaydi:
“Og’ir” eritma
Shunday eritmalar borki ularning
zichligi suvning zichligidan katta. Bunday eritmalarga misol qilib Sushin
suyuqligini aytish mukin. Uning zichligi 2,4-2,6 ga teng. Bu eritmani XIX asr
oxirida Sankt-Peterburg tog’ instituti professori K.Sushin topgan,shuning
uchununing sharafiga Sushin suyuqligi deb aytiladi. Bu eritmani tayyorlash juda
oson, buning uchun simob (II) yodid () ning to’yingan
eritmasini tayyorlasa bo’ldi
G’avvos kartoshka
1 litrli shisha banka olib 1/2 qismigacha suv quyiladi va kichikroq kartoshka tushiriladi. Kartoshka banka ichiga tushiriladi. Kartoshka suv tubiga tushadi.(chunki solishtirma og’rligi suvdan katta). Agar bankaga natriy xloridning to’yingan eritmasidan quyilsa kartoshka suv yuzasiga chiqa boshlaydi. Agar eritmaga suv qo’shilsa kartoshka qaytib banka tubiga tushadi. Buning sababi zichlikning o’zgarishidir. Tuzli eritma qo’shgan vaqtda zichlik ortadi, suv qo’shgan vaqtda esa zichlik pasayadi.
Yashil olov
Chinni hovonchaga bir oz spirt quyib
yondiriladi.Spirt rangsiz alanga berib yonadi. Olov o’chgandan keyin shu
hovonchada 5 ml spirt va 0,5 ml borat kislota () ning
to’yingan eritmasi aralashtiriladi va yondiriladi. Bunda spirt chiroyli yashil
rangli alanga berib yonadi. Buning sababi murakkab efir hosil bo’lib uning
yonishidir:
“Yonmas” qog’oz
Buning uchun kaliy nitratning to’yingan eritmasitayyorlanadi va eritmaga qog’ozni 4-5 minut botirib qo’yiladi. So’ng qog’ozni eritmadan olib quritiladi. Quritilgandan so’ng qog’ozni yondirilganda, qog’oz alangasiz yonib tugaydi.
Olovsiz gulxan
Chinni kosacha olib unga kaliy permanganat kristallari va ustiga bir oz konsentrlangan sulfat kislota aralashtirib qo’yiladi. So’ng kosacha ustiga avvaldan benzinda namlangan shox-shabbalar gulxandagi kabi teriladi. Keyin paxtani “suv ”(etil spirti)ga botirib,namlab kosacha ustiga siqiladi, bunda tomchilar kosachaga tomishi kerak. Natijada spirt alangalanib shox-shabbalarni yondiradi.
Qattiq fazada reaksiya
Bilamizki ko’pgina tuzlar orasidagi
reaksiyalar eritmada boradi. Ushbu reaksiyani bajarish uchun esa suv umuman
kerek emas. Buning uchun chinni hovonchaga kobalt (II) nitrat () va ammoniy rodanid (
)ning quruq tuzlari aralashtirib yaxshilab
aralashtirib eziladi. Natijada kobalt rodanid(
) ning
binafsha rangli tuzi hosil bo’ladi.
Kimyoviy o’t o’chirgich
Buning uchun uzunroq stakanga sham o’rnatiladi,sham
yoqilganda olov idish og’zidan 3-4 sm pastda bo’lishi kerak. Idishning tubiga
bir tekisda 7-8g soda () sepib qo’yiladi.
So’ng sham yoqiladi va stakanga sirka kislotasi quyiladi. Bir oz vaqt o’tib
sham o’chadi. Sababi ajralib chiqayotgan karbonat angidrid idishning ichini
to’ldiradi va kislorodni siqib chiqaradi.
G’alati cho’kma
Birinchi stakanga 0,5g
qo’rg’oshin (II) nitrat tuzi 50 ml suv bilan arashtirib eritiladi va ustiga 1
ml 15-20% li sirka kislotasi qo’shiladi. Kislota qo’shishdan maqsad ionlarining gidrolizini oldini
olishdir. Ikkinchi stakanga ham 0,5g kaliy yodid va 50 ml suv qo’shib eritma
tayyorlanadi. Keyin
ikkala eritma kolbaga quyiladi,bunda almashinish reaksiyasi sodir bo’ladi:
Bunda sariq cho’kma hosil bo’ladi. Bir oz vaqt kolba olib qo’yiladi, cho’kma to’liq tushib bo’lgach, suyuqlik ohista to’kiladi(cho’kma to’kilmasligi lozim). So’ng cho’kma ustiga 100 ml distillangan suv quyib,qizdirib 2-3 minut qaynatiladi. Natijada cho’kma erib ketadi. Cho’kma erib ketgandan so’ng, kolba sovishi uchun olib qo’yiladi. Bunda butun eritma hajmi bo’ylab chiroyli tillarang pag’a-pag’a cho’kmalar cho’ka boshlaydi. Agar eritmani tez sovitilsa cho’kma kristallarning hajmi kichik bo’ladi.
Binafsha bulutdan chaqmoq
Bu tajribani bajarish uchun 2g kristall yodni chinni hovonchada yaxshilab eziladi va kukun holiga keltiriladi. Chinni kosachaga yoki temir parchasida 3g alyuminiy (magniy yoki rux) kukuni bilan yod kukuni bilan aralashtiriladi.So’ng arlashmaga 1-2 tomchi suv tomiziladi. Natijada “chaqmoq chaqib” binafsha rangli “bulut” yod bug’lari ajralib chiqadi. Bu reaksiyada suv katalizator hisoblanib quyidagicha reaksiya sodir bo’ladi:
Suv qog’oz yondiradi ?
Chinni hovonchaga filtr qog’ozni
maydalab natriy peroksid () kristallari bilan
aralashtiriladi. Pipetka yordamida aralashmaga bir necha tomchi suv tomiziladi.
Bunda qog’oz alangalanib yonib ketadi.
Sehrli tayoqcha
Chinni kosachaga kaliy permanganat tuzi va konsentrlangan sulfat kislota aralashtiriladi, bunda quyuq massa hosil bo’lishi kerak. Aralashmaga shisha tayoqchani botirib, spirt lampasi piligiga darhol tegiziladi. Bunda spirt lamra piligi alangalanib yona boshlaydi. Ya’ni spirt arlashma yordamida oksidlanadi.
Muzlagan gul
Buning uchun to’rtta 10x10 sm li bint qirqimlarini fenolftaleinning spirtdagi eritmasi bilan ishlov beriladi. intlarni bukib gul shaklida mis simga o’rnatiladi. Purkagich olib unga 0,5-1% li novshadil spirt (ammiakning suvdagi eritmasi) quyiladi va eritma gulga purkaladi. Natijada “muzlagan gul” qaytib qizil rangga bo’yaladi.
Bertolle tuzi
Mo’rili shkafda kaliy gidrooksid yoki
kaliy karbonatning issiq eritmasiga xlor gazi yuborib olinadi. Buning uchun 30%
li KOH yoki 45% li ning issiq eritmasiga xlor
gazining sekin oqimi yuboriladi. Hosil bo’layotgan tuz trubkani to’sib
qo’ymasligi uchun,trubka diametri kattaroq bo’lishi lozim. Olingan tuz
kristallari shisha tolada yoki Shott voronkasida filtrlanadi. (Qog’oz filtr
ishlatish yaramaydi, chunki yonib ketishi mumkin). Xlor gazini olish uchun
Vyurs kolbasiga 5-8g kaliy permanganat solinadi. Kolbaga tiqin o’rnatilgan
ajratkich voronka o’rnatiladi. Voronkaga 30-50 ml konsentrlangan xlorid kislota
quyiladi va kislota tomchilata boshlanadi. Tomchi tezligi xlor ajralish
tezligiga mos bo’ladi.
Kimyoviy tozalash
Tajriba bajarayotgan vaqtda bexosdan
yod to’kib yuborish mumkin. Natijada yuvib bo’lmaydigan jigarrang dog’ paydo
bo’ladi. Agar dog’ni natriy tiosulfat () ning
10-15% li eritmasi bilan artilganda dog’ yo’qoladi. Ishlov berilgan joyni suv
bilan yuvilsa kifoya.
Olovli mushakbozlik
Chinni hovonchaga teng miqdorda kaliy permanganat,temir kukuni va ko’mir aralashtiriladi. Olingan arlashmani temir tigelga solib, tigelni shtativga o’rnatib gaz gorelkasida qattiq qizdiriladi. Bir oz vaqt o’tib reaksiya natijasida uchqunlar ajrala boshlaydi. Har tomonga uchqunlar ucha boshlaydi.
Yonmas ip
Oddiy ip olib natriy xloridning to’yingan eritmasiga bir necha marta botirib quritiladi. So’ng ipga biror yengil yuk(simdan yasalgan aylana yoki uzuk) osib, ikkita shtativga bog’lab qo’yiladi. Yukni ip o’rtasiga joylashtirib, ip gugurt yordamida yondiriladi. Olov bir tomondan ikkinchi tomonga qarab harakatlanadi, lekin yuk tushib ketmaydi.
Yonmas mato
Kichikroq mato olib natriy silikatning 5-10% li eritmasiga botiriladi. So’ng pinset bilan bir tomonidan olib aseton (spirt,benzin boshqa yanuvchi suyuqliklar)ga botiriladi va darhol spirt lampasi yordamida yondiriladi. Bunda aseton yonib tugaydi, matoga esa hech nima bo’lmaydi. Matoni iliq suvda yuvilsa uni yana ishlatish mumkin.
Ko’rinmas rassom
Oq qalin qog’oz olib unga 10-15% li sulfat kislota eritmasi bilan kerakli so’z yoki rasm chizladi . Qog’oz quritilgandan so’ng chizma ko’rinmaydi. Agar qog’ozni gorelka olovi ustida ushlansa qora rangli chizma hosil bo’ladi. Olov o’rnida elektr plitka yoki dazmol ishlatish mumkin, bunda qog’oz yonib ketmaydi.
Natriyning yonishi
Asbest to’rga suv yaxshilab namlangan filtr qog’oz qo’yiladi. Namlangan qog’oz ustiga kerosindan tozalangan natriy metali bo’lakchasi qo’yiladi. Bunda natriy metali suv bilan reaksiyaga kirishib,ko’p enrgiya chiqara boshlaydi va suyuqlanadi. Natijada o’z-o’zidan yonib chiroyli sariq alanga chiqaradi. Yonish jarayoniga ajralib chiqatotgan vodorod va filtr qog’oz ham ishtirok etadi.
“Injiq” kobalt
Idishga 50-100ml kobalt (II)
xloridining to’yingan eritmasi quyiladi va bu eritmaga alyuminiy bo’lakchalari
solinadi. O’rin olish reaksiyasi tezlikka boshlanmaydi, reaksiya borishi uchun
idishni qizdirish kerak, so’ng bir necha kunga olib qo’yish lozim. Bir necha
kundan so’ng bo’lakchalarni olib natriy gidrooksidning 40-50li konsentrlangan eritmasiga tushiriladi
va natijada shiddatli reaksiya kuzatiladi:
Reaksiya to’liq tugashi uchun bir necha soat kutiladi, natijada eritma yuzasida suzib yurgan kobalt bo’lakcharini va kukunini ko’rish mumkin. Olingan moddani filtrlab, distillangan suv bilan yuvib, havoda quritiladi. Haqiqatdan ham kobaltligini bilish uchun magnit bilan tekshirib ko’rish mumkin. Kobalt temir kabi magnitga tortiladi.
Sun’iy ipak
15-20
g mis gidrokarbonat() tuziga 25% li novshadil spirt
eritmasidan oz-ozdan qo’shib aralshtirib turiladi. Tuz erib ketgunga qadar
novshadil eritmasi qoshilib turiladi. Olingan mis ammiakli eritmaga oz-ozdan
paxta qo’shib aralashtiriladi, bunda quyuq massa hosil bo’ladi. Paxta juda
sekin eriydi, shuning uchun idish 2-3 kun olib qo’yiladi. So’ng quyuq massani
tibbiyot shpritsiga solinadiva igna o’rnatib, siqib chiqariladi. Siqib
chiqariladigan moddani cho’ktiruvchi eritmaga tushirish lozim. Cho’ktiruvchi
eritma sifatida 10-15% li sulfat yoki xlorid kislota eritmasini ishlatish
mumkin. Cho’ktirilgan ipakni kislota eitmasidan pinset bilan olib soda eritmasi
bilan kislota qoldiqlarini neytrallash mumkin.
Polimer plyonka bilan qoplash
Rasm va jadvallar odatda qog’ozdan yoki boshqa materiallardan tayyorlanadi va ular ochiq havoda rangi o’chib sifati buzilishi mumkin. Ishaltish muddatini uzaytirish uchun qog’oz polimer plyonka bilan qoplanadi. Bunday plyonkani tayyorlash uchun 2-3g maydalangan polimer (organic shisha,polistirol)ni 40-50 ml organik erituvchida (benzol,tetraxlormetan,etilasetat) eritiladi. So’ng kerakli yuzaga olingan eritmadan bir necha marta surtiladi. Har bir qavat surtilganda uni qurishini kutish lozim. Quritishni mo’rili shkafda yoki ochiq havoda o’tkazish kerak. Natijada material yuzasi qalin polimer plyonka bilan qoplanadi va u tashqi ta’sir nam, quyosh nuri va boshqalarga chidamli bo’ladi.
II BOB
Kimyoviy o’yinlar
Kimyo fanini o’qitish samaradorligini oshirish muammolari turli usullar bilan yechilishi mumkin. Ulardan biri – o’quv jarayonlarida didaktik o’yinlarning qo’llanilishi. Bunday o’yinlarning ahamiyatini belgilashda, avvalambor, quyidagilarni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim: o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan tashqari, diqqatni jamlash, qiyinchiliklarni mustaqil yengish, qisqa vaqt ichida tezda yechimni toppish, tasavvur qilish qobiliyatlari hamda og’zaki va yozma nutqlari rivojlantirishga, shuningdek, murakkab kimyoviy tushunchalarni xotirada saqlashga ko’mak beradi. Hatto faolligi kam bo’lgan o’quvchilar guruhli o’yinlarda o’z o’rtoqlari uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga harakat qiladilar. O’yin davomida o’quvchilar yangi bilim va ko’nikmalar hosil qilib, dunyoqarashlarini kengaytiradilar. Didaktik o’yinning muhim ahamiyati sifatida iroda, o’zaro yordam, o’rtoqlilik va bolaning ijtimoiy moslashuvchanligi namoyon bo’ladi. O’yinda bolaning o’z kuchiga ishonuvchanlik hissidan tashqari, o’ynash istagi ham uyg’onadi.
Taqdim etilgan o’yinlar ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, boshqa uslublarni inkor etmagan holda, ularni, aksincha, to’ldiradi hamda tegishli bo’lgan mavzularni o’qitishda qo’yiladigan o’quv-tarbiya masalalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun imkon yaratadi. Bu o’yinlar “Kimyoning boshlang’ich tushunchalari”, “Davriy sistema va davriy qonun”, “Elektrolitik dissotsialanish”, “Kimyoviy reaksiya turlari va ularning borish shart-sharoitlari” mavzulari asosida ishlab chiqilgan.
Qo’llanmada keltirilgan o’yinlar davomiyligi va jihozlanishiga qarab farqlanadi. Ularni nafaqat yangi mavzuni tushuntirishda balki o’tilgan mavzularni mustahkamlashda, mavzularni umumlashtirishda, takrorlashda ,shuningdek, sinfdan tashqari ishlashda hamda o’quvchilar bilimini nazorat qilishda foydalanishi mumkin. Albatta, har bir o’qituvchi ma’lum bir shartlar asosida o’zining qo’shimcha va o’zgartirishlarini kiritishi mumkin.
Egizaklar” o’yini
Maqsad: O’quvchilarning diqqat-e’tiborlarini jamlash qobiliyatlarini takomillashtirish, kimyoviy element belgilari va yoqori oksid formulalari asosida olgan bilimlarini mustahkamlash.
Jihozlar: Kimyoviy element belgi(simvol)lari tasvirlangan to’g’ri to’rtburchakli kartotekalar
Topshiriq: Ishtirokchi bir xil kimyoviy simvollar saqlagan egizak to’rtburchaklarni topishi hamda ularning yuqori oksid formulalarini yozishi lozim. Topshiriqni tez va to’g’ri bajargan ishtirokchi g’olib hisoblanadi.
Kartoteka namunasi:
Na Si Al C Ba P Sn |
Ba Sn P Al C Na Si |
“Simvollar soni” o’yini
Maqsad: O’quvchilarda mavhum tassavvur qilish va e’tiborli bo’lish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihozlar: Turli rang hamda kattalikdagi 15-20 ta kimyoviy element belgi(simvol)lari tasvirlangan kartotekalar.
Topshiriq: Ishtirokchi bir qarashda kartotekada tasvirlangan kimyoviy simvollar sonini ilg’ab olishi kerak. Taxminiy raqam aytilgandan so’ng unga kartoteka qaytarib beriladi va ishtirokchi undagi kimyoviy element simvollarini doskada yozishi lozim. Yozilgan element nomlari ham aytilishi kerak.
Elementlar sonini to’g’ri topgan va topshiriqning qolgan vazifalarini tez hamda xatosiz bajargan ishtirokchi g’olib hisoblanadi.
Kartoteka namunasi:
“Zanjir o’yini” o’yini
Maqsad: O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish, kimyoviy elementlar davriy jadvalidan foydalanish malakalarini oshirish.
Jihozlar: Kimyoviy elementlari davriy jadvali.
Topshiriq: O’quvchilar variantlar bo’yicha ikkiga bo’linadilar. Birinchi partadagi o’quvchilar boshlovchi ishora qilgandan so’ng varaqda kimyoviy element nomini yozib ikkinchi partadagi o’quvchiga uzatadilar. Ikkinchi o’quvchi esa yozilgan element nomi qaysi harf bilan tugagan bo’lsa shu harf bilan boshlanadigan boshqa element nomini yozib orqadagilarga yuborishi kerak.
Eng uzun chaynvord tuzgan qator(variant) g’olib hisoblanadi.
Chaynvord namunasi: Azot –Tantal – Lantan - Nikel…
“Kim o’zar?” o’yini
Maqsad: O’quvchilarda kimyoviy element nomlarini, ularning metal va metallmasga hamda alohida element guruhlariga bo’linishini xotirada saqlash jarayonini faollashtirish.
Jihozlar: Kimyoviy elementlari davriy jadvali.
Topshiriq: Ishtirokchilar finish chizig’ining start holatini egallab o’qituvchi ishorasi bo’yisha qadam tashlaydilar. Har qadamda element nomi aytiladi. O’yinning shartini elementning nomlanishi uslubiga qarab (ixtiyoriy elementlar, metal va metallmaslar, element guruhlari va hokazo) murakkablashtirish mumkin. O’yinda komandalar soniga qarab 2 yoki 3 ta o’quvchi bir vaqtda ishtirok etishi mumkin.
Eng uzoq hamda xatosiz qadam tashlagan ishtirokchi g’olib hisoblanadi.
“Sen o’yla men topaman” o’yini
Maqsad: O’quvchilarning diqqat-e’tiborini davriy sistemaga qaratish hamda fanga qiziqishlarini oshirish.
Jihozlar: Kimyoviy elementlari davriy jadvali va kalkulyator.
Topshiriq: Boshlovchi biror o’quvchini kimyoviy elementlar davriy jadvaldagi istalgan elementni o’ylab qo’yishini so’raydi. So’ng shu element tartib raqami quyidagi hisoblashlarni amalga oshirishni taklif etadi, bunda oraliq natijalar aytilmasligi kerak:
1. Tartib raqamni ikkiga ko’paytirish
2. Ko’paytmaga 5 ni qo’shish
3. Yig’indini 5 ga ko’paytirish.
Ishtirokchi oxirgi natijani aytgandan so’ng, boshlovchi qaysi element o’ylanganligini darhol e’lon qiladi.
O’yin kaliti: Marganes elementi elementi o’ylangan bo’lsin. Uning tartib raqami 25 ga teng. Shu son bilan quyidagi matematik amallar bajariladi.
25 x 2 = 50
50 + 5 = 55
55 x 5 = 275
275 soni e’lon qilingandan so’ng boshlovchi yod(xotira)da 0xirgi raqamni tashlab yuboradi va hosil bo’lgan sondan 2 raqami ayiriladi. Olingan 25 soni – o’ylangan elementning tartib raqami. Boshlovchiga shu elementning nomini aytish qoladi, xolos!
“Qo’lni ko’tar?” o’yini
Maqsad: O’quvchilarning diqqat-e’tiborlarini jamlash qobiliyatlarini takomillashtirish, modda, jism tushunchalarini mustahkamlash, tashqi ta’sirga adekvat reaksiyalarini (javob refleksiyasi) o’rganish va yanada rivojlantirish.
Jihozlar: O’qituvchi uchun turli modda va jismlar ro’yxati yozilgan kartotekalar.
Topshiriq: Oqituvchi modda va jismlarning nomlarini aytib o’tadi, o’quvchilar esa diqqat bilan eshitadilar. Agar modda nomi aytilsa, o’quvchilar qo’llarini ko’taradilar, aksincha, jism nomi aytilsa, qo’lni ko’tarmaydilar. Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchi mos ravishda “modda” yoki “fizik jism”ga ta’rif beradi hamda o’zi tegishlicha 2-3ta misol keltiradi.
Kartoteka namunasi:
Stakan, mix, temir, suv, muz, tuz, probirka, spirt, koptok, tog’ora, alyuminiy, shakar, plastmassa, qoshiq, chizg’ich, kraxmal, polietilen, kislorod, qalam, sirka kislota, bo’r, deraza, sut |
|
modda |
Fizik jism |
Temir, suv, muz, tuz, … |
Stakan, mix, probirka, … |
O’xshash o’yinlarni “Toza modda va aralashmalar”, “Fizik va kimyoviy hodisalar” kabi mavzular bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
“Xatoni top?” o’yini
Maqsad: O’quvchilarda “oddiy modda”, “murakkab modda” tushunchalarni mustahkamlash, diqqat-e’tiborlarini jamlash, noto’g’ri javoblarni tashlab to’g’ri javobni tez toppish malakalarini hosil qilish.
Jihozlar: 5-6 qatorli oddiy va murakkab moddalar nomlari yozilgan kartotekalar.
Topshiriq: O’quvchilar 3 ta komandaga (sinfdagi qatorlar soniga qarab) bo’linadi.Har bir komanda o’qituvchidan bittadan kartoteka qabul qiladi. O’qituvchi ishorasi bo’yicha 1-partada o’tirgan ishtirokchilar tomonidan kartotekaning yuqori qatorida yozilgan oddiy va murakkab moddalar mos kelmaydigan nomlari o’chiriladi. So’ngra ikkinchi partada o’tiradigan o’quvchilarga yuboriladi. Ular kartotekaning 2-qatoridagi xatolarni tuzatadilar va o’yin shu tarzda davom ettiriladi.
Hamma xatolarni to’g’ri va birinchi topgan va qator
“Meni tanib ol?” o’yini
Maqsad: Kimyoviy reaksiya turlari haqidagi boshlang’ich tushunchalarini mustahkamlash, ko’rish xotirasi va diqqatni rivojlantirish.
Jihozlar: Kimyoviy reaksiya turlari yozilgan kartotekalar. Reaksiya tenglamalari turlicha bo’lishi kerak.
Topshiriq: O’qituvchi doskada kimyoviy reaksiya turlari nomlarini (birikish o’rindisi almashtirish.) Ularni 4ta o’quvchiga taqsimlaydi. Stol ustida kimyoviy reaksiya turlari yozilgan kartotekalar aralash holda joylashtirildi.
Har bir oquvchi kartotekalar orasidan unga kerakli kimyoviy reaksiya tenglamasi yozilganini tanlab doskadagi reaksiya turining nomi ostida biriktiradi. Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchi tomonidan berilgan reaksiya turiga ta’rif beriladi hamda tegishli misol keltirladi.
“Sehrli yozuv” o’yini.
Maqsad: Kimyoviy element nomlari va ularning simvollarini xotirada saqlashni osonlantirish (yengillashtirish.)
Jihozlar: Kimyoviy element nomlari va simvollari yozilgan kartotekalar.
Topshiriq: To’rtburchaklarni (element nomi) va ularga mos keladigan kvadratlar (kimyoviy belgi (simvol ))ni to’gri chiziq bilan imkoni boricha bog’lash.
Topshiriqni birinchi bo’lib, to’g’ri bajargan o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Kartatekalarning ko’p marotaba ishlatilishini ta’minlash uchun, chiziqlarni kartoteka o’lchamiga mos keladigan ustida joylashtirilgan polietilen plyonkalar ustida o’tkazish mumkin.
“Kimyoviy bilyard” o’yini.
1- Variant.
O’yin uchun bilyard o’yinida ishlatiladigan asbob-uskunalar qo’llaniladi, faqat har bir sharga moyli bo’yoq bilan kimyo fani oquv dasturida o’rganiladigan 3-4ta kimyoviy formula yo’zilib, har bir luzaga esa 10ta kimyoviy formula keltirilgan 10 x 10 sm2 o’lchamli kartondan tayyorlangan kartoteka joylashtirladi. O’yin quyidagi shartlar bilan to’ldiriladi. Sharni ustida yozilgan modda formulalaridan hech bo’lmaganda bizadagi kartochgkada yozilgan moddalarning birortasi bilan tasirlashsagina luzaga kiritish mumkin. Luzaga kiritishda kimyoviy reaksiyaning borish shartlari hamda mahsulotlarini to’g’ri ko’rsatish lozim. Masalan: kimyoviy belgisi Cu bo’lgan sharni HNO3 formulasi yozilgan kartotekali luzaga kiritishdan oldin ishtirokchi: Mis konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirlash qanday yuritilgan mis (II) – nitrat, azot (IV) oksidi, suv hosil qiladi. Agar nitrat kislota suyultirilgan bo’lsa, bunda mis (II) - nitrat, azot (II) oksid va suv hosil bo’ladi.
Agar ishtirokchi kimyoviy reaksiyaning mohiyatini to’g’ri ko’rsata olsa, bu o’yinni asosan kimyoni o’qitishning boshlang’ich bosqichda kimyoviy tilni egallash malakalarini rivijlantirish uchun.
2-VARIANT
O’yin mohiyatida maxsus yasalgan taxtada o’tkaziladigan, bolalar bilyardi o’yini yotadi. Ustida bir qancha chuqurchalar hamda metallar sharni otuvchi uskuna mavjud bo’lib, har bir chuqurcha yonida, - 1sm3 kattalikdagi plastmassa yoki taxtali kub biriktirilgan qoziq joylashtiriladi. Kubning ustki va yon tomonlarida 5ta kimyoviy formula yoziladi. Ulardan faqat chuqurchaga kiritgan 2ta si o’zarota’sirlashadi. Sharni ishtirokchi kimyoviy reaksiya tenglamasini to’g’ri yozishi va o’qiy olishi kerak.To’g’ri javoni uchun u ball to’playdi va o’yinni davom ettiradi. Agar ishtirokchi reaksiya tenglamasini yoza olmasa, bunda uning raqibi oladi va o’yinni davom ettirish huquqiga ega bo’ladi. 10 ballni 1-to’plangan g’olib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Каримов И.А. Мировой финансово-экономический кризис, пути и меры по его преодолению в условиях Узбекистана. –Ташкент.:Узбекистан.-2009.-48 с.
2. Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш — устувор мақсадимиздир. Халқ сўзи. 2010 йил 28 январь, № 19 (4934).
3. Каримов И.А. Асосий вазифамиз –ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Халқ сўзи. 2010 йил 30 январь, № 21 (4936).
4. Каримов И.А. Истиклол ва маънавият. -Ташкент.:Ўзбекистон.-1994. 55 б.
5. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмокда.Т.Ўзбекистон.-1999.-48 б.
6. Баркaмол авлод орзуси. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти. –Тошкент.: 1999. -247 б.
7. Очилов М. Янги педагогик технологиялар. Карши. Нафас, 2000.
8. . Эшчанов Э. «Кимёвий кубиклар» «Халқ таълими» -2004.№1 –135-137 б.
9. Эшчанов Э. «Кимёвий бошкотирмалар ва талабаларнинг мустақил билим олиши» «Халқ таълими»-2003.№3 –Б 88-89 б.
10. Аликберова Л. Ю. “Занимательная химия ” . Москва. АСТ – Пресс. 1999 г.
11. Р. Авезов “ қизиқарли химия” Тошкент. Ўқитувчи. 1964 й.
12.Яковишин Л.А. ”Химические опыты с мороженным” Химия в школе 2006 г. N 7
13.Глинка Н.Л. “Общая химия” Ленинград. Химия. 1974 г.
14.Асқаров М.А., Ёриев О.М., Ёдгоров Н. “Полимерлар физикаси ва кимёси” Тошкент. Ўқитувчи. 1993 й.
15.А.А.Петров и др. “Органическая химия” Москва. Высшая школа 1965 г.
16.Абдураззоқов А.А., Назиров А.Э. “Ёш физик энциклопедик лугати” Ўзбек совет энциклопедияси Бош редакцияси. Тошкент. 1989
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………………………………………….. 5
I BOB
Olovsiz tutun………………………………………….. ……………………………………………………….…6
Kolbadan tutunli sharshara................................................................................... ..7
Fir’avn ilonlari ..........................................................................................................7
Bengal olovlari .........................................................................................................8
Bengal qog’ozlari ...................................................................................................10
Alyuminiy metalining ajoyibotlari..........................................................................10
Suvdan sharob ......................................................................................................11
Mevali kisel............................................................................................................11
Kimyoviy qatiq ......................................................................................................12
Kimyogar bog’i ......................................................................................................12
Uchqunlanuvchi kristallar .....................................................................................14
Lyuminoforlar .......................................................................................................14
Suv va qog’ozdan billur patlar ...............................................................................15
Kristall harflar ........................................................................................................16
Oq guldan ko’k rangli gul............................................................................. ..........16
Tangachali ajdar .....................................................................................................16
Apelsin, limon va olma sharbatlari ........................................................................17
Sun’iy qimmatbaho toshlar …………………………………................................................18
Rangli sharchalar ...................................................................................................18
Havarong cho’kmadan ko’k eritma .......................................................................18
Tuxum oqidan anor suvi …………………………………....................................................18
Oq kukundan havorang eritma va yashil cho’kma .................................................19
Yorug’lik chiqaruvchi modda .................................................................................19
Elektroliz va qizil rang ............................................................................................19
Ajoyib tuxum ..........................................................................................................19
Kimyoviy kamalak ..................................................................................................20
Yozda qor ...............................................................................................................20
Dengiz suvo’tlari va meduzalar ..............................................................................21
Raqsga tushuvchi kapalaklar .................................................................................21
Tutunli hovoncha ..................................................................................................21
Stakanda momoqaldiroq va chaqmoq .................................................................22
Ampitsilin -“xameleon” .......................................................................................22
Dorilar bilan reaksiyalar .......................................................................................23
Kuparos kristallarini o’stirish ................................................................................23
Muzqaymoqli reaksiyalar .....................................................................................24
Ajoyib oqsil ............................................................................................................26
Qatiqdan yelim ......................................................................................................26
Yonuvchi qor .........................................................................................................26
Qish tarovati ........................................................................................................ 27 “Og’ir” eritma ........................................................................................................27
G’avvos kartoshka ..................................................................................................27
Yashil olov ..............................................................................................................27
“Yonmas” qog’oz ...................................................................................................28
Olovsiz gulxan .......................................................................................................28
Qattiq fazada reaksiya ..........................................................................................28
Kimyoviy o’t o’chirgich .........................................................................................28
G’alati cho’kma .....................................................................................................29
Binafsha bulutdan chaqmoq ..................................................................................29
Suv qog’oz yondiradi ? ..........................................................................................29
Sehrli tayoqcha ......................................................................................................30
Muzlagan gul .........................................................................................................30
Bertolle tuzi ...........................................................................................................30
Kimyoviy tozalash .................................................................................................30
Olovli mushakbozlik ..............................................................................................31
Yonmas ip .............................................................................................................31
Yonmas mato .......................................................................................................31
Ko’rinmas rassom ................................................................................................31
Natriyning yonishi …………………………………............................................................31
“Injiq” kobalt ........................................................................................................32
Sun’iy ipak ............................................................................................................32
Polimer plyonka bilan qoplash .............................................................................32
II BOB
Kimyoviy o’yinlar ..................................................................................................34
“Egizaklar” o’yini ...................................................................................................34
“Simvollar soni” o’yini ...........................................................................................35
“Zanjir o’yini” o’yini ..............................................................................................36
“Kim o’zar?” o’yini ................................................................................................37
“Sen o’yla men topaman” o’yini ...........................................................................37
“Qo’lni ko’tar?” o’yini ...........................................................................................38
“Xatoni top?” o’yini ..............................................................................................39
“Meni tanib ol?” o’yini .........................................................................................40
“Sehrli yozuv” o’yini .............................................................................................40
“Kimyoviy bilyard” o’yini ......................................................................................41
Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................................42
Курс профессиональной переподготовки
Курс повышения квалификации
72 ч. — 180 ч.
Курс профессиональной переподготовки
300 ч. — 1200 ч.
Курс повышения квалификации
72/108 ч.
Еще материалы по этой теме
Смотреть
Рабочие листы
к вашим урокам
Скачать
Методическое пособие написано на узбекском языке. Данное пособие написано для учителей химии и студентов высших учебных заведениев. В этом методическом пособие можно найти очень красочные эксперименты химических реакций, которые могут быть использованы на уроках химии. Также данное пособие содержит определенное количество дидактических игр по химии. Эти дидактические игры могут быть использованы как на открытых уроках, так и на внеурочных мероприятиях, в частности на факультативах и кружках по химии. Они помогают ученикам легко понять урок не понижая активность учащихся и сконцентрировать их внимание.
7 347 640 материалов в базе
Настоящий материал опубликован пользователем Ходжаева Раъно Хуршидовна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт
Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.
Удалить материалучитель русского языка и литературы
Вам будут доступны для скачивания все 326 278 материалов из нашего маркетплейса.
Мини-курс
2 ч.
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.