Инфоурок / Химия / Конспекты / Практический урок на узбекском языке по теме: "IV analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari"

Практический урок на узбекском языке по теме: "IV analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari"



Московские документы для аттестации!

124 курса профессиональной переподготовки от 4 795 руб.
274 курса повышения квалификации от 1 225 руб.

Для выбора курса воспользуйтесь поиском на сайте KURSY.ORG


Вы получите официальный Диплом или Удостоверение установленного образца в соответствии с требованиями государства (образовательная Лицензия № 038767 выдана ООО "Столичный учебный центр" Департаментом образования города МОСКВА).

ДИПЛОМ от Столичного учебного центра: KURSY.ORG


библиотека
материалов




O’QUV AMALIYOTINING REJASI № ______


Mashg’ulot o’tkaziladigan joy: ________________________________


Guruhlar





Dars o’tiladigan sana






1. Mashg’ulot mavzu: IV analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari

2. Mashg’ulot maqsadlari:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga IV guruh kationlari sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va ularni amalda qo‘llay bilishni o’rgatish

B) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy g’urur ruhida tarbiyalash

V) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

3. Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar:

O’quvchi bilishi kerak:.

A IVguruh kationlarini sinflay olishi va ularning sifat rеaksiyalarini izohlay olishi

B) Dorivor modda sifatida IVguruh kationlarining qaysi tuzlari ishlatilishini

V) Guruh rеagеnti va unga qo`yiladigan talablarni tushuntira bilishi.

O’quvchi bajara olishi kerak:

A) analiz uchun zarur jixоzlardan to’g’ri fоydalanishni

B) guruh va hususiy reaktivlarni to’g’ri tanlashni va ulardan fоydalanishni;

V) analizdagi sifat reaktsiyalarning tenglamalarini mоlekulyar, iоnli va qisqartirilgan iоnli mtenglamalarini tuza оlishni

4. Moddiy-texnikaviy ta’minot:

A) Texnik vositalar, axborot manbalari, ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar:

O‘quv jadvallari:Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi.

IV guruh kationlarining hususiy reaksiyalari.

D.I.Mendeleyev davriy jadvali.

B) Maxsus moslamalar:Reaktivlar: 1.Tuz eritmalaridan:

aluminiy (III), xrom (III), rux (II) nitratli birikmalari, kobalt nitrat, ammoniy sulfidi, natriy gidrokarbonati, sariq qon tuzi eritmasi; magnezial aralashma; 6% li vodorod peroksid eritmasi;

2. Sulfat kislota 1:4

3. Organik reaktivlar va erituvchilar:

50%li etil spirtdagi alizarinning to‘yingan eritmasi; 0,1% li ditizonni xloroformdagi yoki to‘rt xlor uglevodoroddagi eritmasi; amil spirti; dietil oddiy efiri

4. Natriy gidrokarbonatning kristali

V) O’lchov-tekshiruv va ishlov beruvchi asboblar :probirka, pipetka,shtativ, probirkalar uchun taglik

5. Uyga vazifa: Mirkomilova Analitik kimyo, Haydarov Analitik kimyo


O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba _________(Imzo)



O’QUV AMALIYOTINING TEXNOLOGIK HARITASI


Mashg’ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt (minut)

Mashg’ulotlar mazmuni

Ta’lim metodlari

Ta’lim vositalari

Tashkiliy qism

5’

O’quvchilarning davomatini tekshirish.

O’quvchilarning va o’quv xonasining mashg’ulotga tayyorgarlik xolatini ko’zdan kechirish. Kamchiliklarni bartaraf qilish

An’anaviy


Doska,bo’r

Kirish yo’l-yo’rig’i

25’

Mashg’ulot mavzusi va maqsadini hamda mashg’ulotdan kutilayotgan natijalarni bayon qilish.

O’tilgan mavzu yuzasidan III analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari yangi ped texnologiyaga asosan suhbat o’tkazish va yangi mavzu IV analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari bilan bog’lash

O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha xatti-harakat metodlarini ko’rsatishni taklif etish. O’quvchilarga yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasini berish va ish o’rinlariga taqsimlash. Mustaqil ish bajarish uchun zarur bo’lgan jihoz va reaktivlarni tasdiqlangan me’yornoma asosida o’quvchilarga berish.

Noan’anaviy

Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi.

IV guruh kationlarining hususiy reaksiyalari.

D.I.Mendeleyev davriy jadvali.

Venna diagrammasi,

Klaster, toifalash jadvali,

O’quvchilar

ning mustaqil ishlari, joriy yo’l-yo’riq


40’

O’quvchilarning yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasi yordamida mustaqil ishlarni bajarilishi. Zarur hollarda o’quvchilarga mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan yo’l-yo’riqlar berib borish hamda ularning faoliyatini baholash mezonlari asosida baholab borish. Darsni umumlashtirish, rag’batlantirish va baholash

Noan’anaviy

Reaktivlar

Baholash mezonlari Pog’ona texnologiyasi

Yakuniy yo’l-yo’riq

10’

O’quvchilarning baholarini asoslangan holda e’lon qilish.

O’quvchilar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berish. Ish o’rnini tartibga keltirish. Navbatdagi mashg’ulot mavzusini e’lon qilish va uyga vazifa berish.

Noan’anaviy

Adabiyotlar ro’yhati

baliq skeleti



O’qituvchi: Abdaliyeva G’oliba ________________(Imzo)

Mavzu: IV analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari


Darsning ta’limiy maqsadi:

IVguruh kationlari sifat reaksiyalarini tahlili yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilish

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O’quvchilarda milliy g’urur ruhida tarbiyalash

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O’quvchilarning bilim va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

Darsning jihozi: dars ishlanmasi, grafikli tashkil etuvchilar, bo’r

O‘quv jadvallari:

1. Kislota-asos usuli bo‘yicha kationlarning tasnifi

2. IV guruh kationlarining hususiy reaksiyalari

3. D.I.Mendeleyev davriy jadvali

Reaktivlar

1. Tuz eritmalaridan:

aluminiy (III), xrom (III), rux (II) nitratli birikmalari, kobalt nitrat, ammoniy sulfidi, natriy gidrokarbonati, sariq qon tuzi eritmasi; magnezial aralashma; 6% li vodorod peroksid eritmasi;

2. Sulfat kislota 1:4

3. Organik reaktivlar va erituvchilar:

50%li etil spirtdagi alizarinning to‘yingan eritmasi; 0,1% li ditizonni xloroformdagi yoki to‘rt xlor uglevodoroddagi eritmasi; amil spirti; dietil oddiy efiri

4. Natriy gidrokarbonatning kristali

Dars turi:amaliy

Dars uslubi:noan’anaviy.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:a)O’quvchilar bilan salomlashish

b) O’quvchilar davomatini aniqlash

c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

d)kamchiliklarni bartaraf etish

II.O’tilgan mavzuni so’rash:

O’quvchilardan Venna diargrammasini to’ldirish va savollarga javob berish so’raladi.

hello_html_3fe966f7.png

1. Kaliy dixromatning suvli eritmasida qanday ionlar muvozanat xolatda bo‘ladi?

2. Tibbiyоt va farmatsiyada qo‘llaniladigan III analitik guruh kationlarini aytib bering.

3. Bariy ionining xromat ioni bilan aniqlash reaksiya tenglamalarini yоzing. Nima uchun reaksiyani bajarishda natriy atsetat qo‘shiladi?

4. Kalsiy sulfatning ammoniy sulfatida erish reaksiyalarini yоzing va hosil bo‘lgan cho‘kmalarning xossalarini ko‘rsating.

5. III analitik guruh kationining uchuvchan quruq tuzlari alanga rangini qanday rangga bo‘yaydi?

III. Yangi mavzu:Klaster texnologiyasidan foydalanib mavzuni tushuntirish.

hello_html_m536a69fa.png

IV guruh (Al3+ Cr3+ Zn2+) kationlari quyidagi tibbiy preparatlar tarkibiga kiradi: rux oksidi-ZnO burishtiruvchi, qurituvchi va antiseptik modda sifatida sirtdan sepma,surtma va pasta shaklida qo’llaniladi. Rux sulfati - ZnSO4ning eritmalari urologiya amaliyotida uretrit va vaginit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari u qustiruvchi vosita sifatida va borat kislota bilan birgalikdagi eritmasi ko’zga tomizish uchun ishlatiladi.

Aluminiy gidroksidi Al(OH)4 kuchli adsorbentbo’lgani uchun sepmalar tarkibiga kiradi. Zaharlanganda ham ichish katta foyda beradiBundan tashqari Al(OH)4 bo’tqasi giperatsid gasritlar,oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yaralarini davolashda antatsid modda sifatida(Almagel preparati) samarali foyda beradi.Turli sepmalar, pastalar va malhamlar tarkibiga kiradigan oq gilda aluminiy silikat bo’ladi.

Guruh reagenti – 2 mol/dm3 NaOH eritmasidan ortiqcha olinib H2O2 ishtirokida olib boriladi.

Mustaqil ish bajarish uchun zarur bo’lgan jihoz va reaktivlarni tasdiqlangan me’yornoma asosida o’quvchilarga berish.

IV guruh kationlariga umumiy tavsif. Bu guruh kationlarining nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eriydi. IV guruh kationlari Cr3+ dan tashqari rangsiz eritma, Cr3+ - ko‘k binafsha ranglidir.

IV guruh kationlarining fosfatlari va karbonatlari suvda kam eriydi. Bu guruh kationlari kuchli ishqoriy sharoitda gidroksokomplekslarni hosil qiladi: [Al(OH)4]-, [Al(OH)6]3-, [Cr(OH)6]3-, [Zn(OH)4]2-.

Al3+, Cr3+ gidroksidlari ammiak eritmasida erimaydi, rux esa [Zn(NH3)4]2+ kompleks ionni hosil qiladi.

O’quvchilarning yo’l-yo’riqli amaliy ish ko’rsatmasi yordamida mustaqil ishlarni bajarilishi.

Guruh reagentining ta’siri.Guruh reagenti NaOH, H2O2 ishtirokida Al3+, Zn2+ ionlari gidroksokomplekslar, xrom (III) esa oksidldanib CrO42- ionlarini hosil qiladi:

2Cr3++3H2O2+10OH- = 2CrO42-+8H2O

Reaksiyani bajarish

3 ta probirka olib, birinchisiga bir nechta tomchi aluminiy (III), ikkinchi probirkaga rux (II), uchinchisiga xrom (III) tuzi eritmasidan soling. Hamma probirkaga natriy gidroksididan qo‘shib, oq amorf Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3– ko‘k –binafsha rangli cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Ortiqcha ishqor eritmasidan qo‘shish bilan ular erib ketadi. NaCrO2 ustiga bir necha tomchi H2O2 qo‘shib, suv hammomida isitiladi. 5-7 min keyin sariq rangli CrO4-2 –ni hosil qiladi.

Shu bilan birga aluminiy, rux va xrom (III) tuzlari eritmasiga ammiak eritmasining ta’siri ham o‘rganiladi.

Al3+(2s2p6) kationining analitik reaksiyalari

Ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi (guruh reagentining ta’siriga qarang)

Alizarin – 1,2-dioksiantraxinon bilan reaksiyasi

Aluminiy kationi alizarin va uning hosilalari bilan ammiakli sharoitda kam eriydigan, sirka kislotasi ta’siriga nisbatan barqaror bo‘lgan, qizil rangli «alyuminiy laki»ni hosil qiladi. Bu reaksiyani bajarishga xrom, rux, qalay (II), temir (III) ionlari xalaqit beradi.

Aluminiy ioni kuchsiz ishqoriy sharoitda alizarin bilan ichki kompleks birikmasini hosil qilib, bunda aluminiy to‘rt valentli bo‘ladi.

Reaksiya tomchi usulida bajariladi.



Reaksiyani bajarish uslubi

Filtr qog‘oziga kapillyar yordamida 1-2 tomchi aluminiy tuzi eritmasidan tomizib, 1-2 min konsentrik ammiak eritmasi saqlangan idish og‘ziga qo‘ying. Al+3 Al(OH)3 ga o‘tadi. So‘ngra bir tomchi alizarin tomizib, qaytadan ammiak saqlangan idish og‘ziga qo‘ying. Hosil bo‘lgan dog‘ siyox rangga bo‘yaladi. Qog‘ozni quritib 2mol/dm3 sirka kislotasi bilan xo‘llab, gorelka alangasida quriting. Tog‘ qizg‘ish rangga bo‘yaladi.

Kobalt (II) nitrati bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli).

Kobalt nitratni aluminiy tuzlari bilan kuydirilishi natijasida «Tenar ko‘ki» deb ataluvchi ko‘k rangli kobalt alyuminatni hosil qiladi:

2Al(NO3)3 + Co(NO3)2 = Co(AlO2)2 + 8NO2 (g) + 2О2 (g)

Reaksiyani bajarish

Filtr qog‘oziga tartib bilan 1-2 tomchidan aluminiy va kobalt nitrati tuzlari eritmasidan tomiziladi. Qog‘oz quritiladi va yоndiriladi. Co(AlO2)2 ning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan kulning rangiga e’tibor bering.

Cr3+(…3p63d3) kationining analitik reaksiyalari

Ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi (guruh reagentining ta’siriga qarang).

Xrom (III) ionini xromat ionigacha oksidlanishi reaksiyasi

(guruh reagentining ta’siriga qarang).

Perxromat kislotasining hosil bo‘lishi reaksiyasi.

Xromat ioni – vodorod peroksidning sulfat kislotali erimtasida Perxromat kislotasini hosil qiladi:

2CrO42-+2H+ = Cr2O72-+ H2O


Cr2O72-+4H2O2 + 2H+ = 2H2CrO6 + 3H2O

Perxromat kislotasining suvdagi eritmasi turg‘un emas. Ba’zi organik erituvchilarda uning turg‘unligi sezilarli darajada ortadi. Reaksiya hususiy bo‘lib, Hamma analitik guruh kationlari ishtirokida ham o‘tkazish mumkin.

Reaksiyani bajarish

Avvalgi tajribada hosil qilingan xromat eritmasi qaynatilib, sovuq suv oqimida sovitiladi. Ustiga 5 tomchi vodorod peroksid, 0,5sm3 amil spirti yoki efir qo‘shib, 1:4 bo‘lgan sulfat kislotadan tomizing. Organik qatlam ko‘k rangli bo‘ladi.


Zn2+ (…3р63d10) kationining analitik reaksiyalari

Ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi (guruh reagentining ta’siriga qarang)

Ammoniy sulfid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli).

Neytral, kuchsiz ishqoriy yoki kuchsiz kislotali sharoitda (2≤pH≥9) rux ioni ammoniy sulfidi bilan oq cho‘kma (ZnS) hosil qiladi. Odatda reaksiya sirka kislotali sharoitda olib boriladi, bunda boshqa kationlar xalaqit bermaydi:

Zn2+ + S2-=ZnS (q)

Reaksiyani bajarish:

Probirka 2-3 tomchi rux tuzi eritmasidan solib, ustiga 1-2 tomchi yangi tayyоrlangan ammoniy sulfid eritmasidan tomizing. Oq cho‘kma hosil bo‘ladi.


Ditizon (difeniltiokarbazon) bilan reaksiyasi.

Rux ioni ditizon bilan ichki kompleks birikmani hosil qiladi. Xloroform bilan pH 2,5-10 da ekstraksiya qilinsa, organik qatlam qizil rangli bo‘ladi.



tion shakli tiol shakli

Tiol shakli eritmalarda o‘zini bir asosli kislotalar kabi tutadi:

H2DZ = H++ НDZ-

Metall kationlari unda bitta yoki ikkita vodorodning o’rnini olishi mumkin. Bitta vodorod o’rnini almashgan ditizonatlar kislotali sharoitda, ikki vodorodini almashtirganlari esa ishqoriy sharoitda yoki reagent etishmagan xollarda hosil bo‘ladi. Rux ditizonatining hosil bo‘lishi tiol shaklidagi proton va ikkilamchi aminoguruhdagi azot xisobiga boradi:




Reaksiya hususiy emas, chunki xuddi shunday sharoitda Pb2+, Cd2+ va boshqa ditizonatlar ekstraksiyalanadi.

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 5-10 tomchi rux tuzi eritmasidan olib, ustiga 5 tomchi ditizonning xloroformdagi eritmasidan tomizing. Probirkani chayqating. Xloroform qatlami qizil rangga bo‘yaladi.

Rinman ko‘kini hosil bo‘lish reaksiyasi.

Rux nitrat tuzi kobalt tuzi bilan qattiq fazada qizdirilganda ko‘k rangli – “Rinman ko‘ki” hosil bo‘ladi: Zn(NO3)2 + Co(NO3)2 = CoZnO2 + 4NO2 + O2

Reaksiyani bajarish

5 tomchi rux nitrat eritmasiga 5 tomchi kobalt nitrat eritmasidan tomizing. Eritmani aralashtirib, 1 min qaynatiladi. Issiq eritma bilan filtr qog‘ozi xo‘llanib, gorelka alangasida quritiladi, so‘ngra yondiriladi. Yashil rangli kulning hosil bo‘lishi rux ioni boriligini ko‘rsatadi.


Kaliy geksatsianoferrat K4 [Fe(CN)6] (II) sariq qon tuzi bilan reaksiyasi

(farmakopeya usuli)

Rux ioni kaliy geksatsianoferrat eritmasi bilan neytral yoki sirka kislotali sharoitda oq cho‘kma hosil qiladi: 2K+ + 3Zn2+ + 2[Fe(CN)6]4-= Zn3K2[Fe(CN)6]2 (q)

Temir (II, III) reaksiyani bajarishga xalaqit beradi.

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 5-10 tomchi rux tuzi eritmasidan solib, ustiga 5-8 tomchi reaktivdan tomizing va qaynaguncha isiting. Oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating.

O’quvchilarga toifalash jadvaliga ma’lumotlar kiritishlari so’raladi.


IV guruh kationlari analitik reaksiyalari to’ldirilmagan toifalash jadvali


Kationlar


Al3+

Cr3+

Zn2+







IV guruh kationlari analitik reaksiyalari to’ldirilgan toifalash jadvali


Al(ОН)3 (q)

оq

Cr(OH)3 (q)

Ko‘k-binafsha

Zn(OH)2 (q)

оq


Ishqor eritmasidan ortiqcha qo‘shilsa gidroksokomplekslar hosil qiladi

NaOH (ort.) + Н2О2

[Al(OH)4]-

[Al(OH)6]3-

rangsiz

CrO42-

sariq

[Zn(OH)4]-2

rangsiz

NH3

Al(OH)3 (q)

оq

Сr(OH)3 (q)

Ko‘k-binafsha

Zn(OH)2 (q)

оq

Na2CO3

Al(OH)3 (q)

оq

Cr(OH)3 (q)

Ko‘k-binafsha

(ZnOH)2CO3

оq

Na2HPO4

AlPO4(q)

оq

CrPO4 (q)

yashil

ZnHPO4 (q)

оq

H2S

Al(OH)3 (q)


Cr(OH)3 (q)


ZnS (q)

оq

Alanganing bo‘yashi

Bo‘yalmaydi

Bo‘yalmaydi

Bo‘yalmaydi

Sifat reaksiyalari

alizarin

H2CrO6

CoZnO2

ZnS (q)


IV.Mustahkamlash: Pog’ona tennologiyasidan foydalanib darsni umumlashtiri ladi.Doskaga guruhdan o’quvchi taklif qilinadi va pog’ona texnologiyasi asosida mavzuni qay darajada tushunganligini ifoda etishini so’raladi. Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.


hello_html_e6d7d4a.png


V.Uyga vazifa: Baholar e’lon qilinadi. O’quvchilar yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berish. Ish o’rnini tartibga keltirish

Baliq skeletini to’ldirib savollarga javob berish


hello_html_1fcd6de7.png

1. IV guruh tarkibiga kiruvchi kationlarni va guruh reagentini ayting

2. IV guruh kationlari gidroksidlarining rangini ayting.

3. IV guruh gidroksidlari nimada eriydi va bunda qanday birikmalar hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.


1

Очень низкие цены на курсы переподготовки от Московского учебного центра для педагогов

Специально для учителей, воспитателей и других работников системы образования действуют 65% скидки при обучении на курсах профессиональной переподготовки.

После окончания обучения выдаётся диплом о профессиональной переподготовке установленного образца с присвоением квалификации (признаётся при прохождении аттестации по всей России).

Подайте заявку на интересующий Вас курс сейчас: KURSY.ORG


Общая информация

Номер материала: ДБ-095973

Похожие материалы

Получите наградные документы сразу с 38 конкурсов за один орг.взнос: Подробнее ->>