Инфоурок Химия КонспектыРазработка урока по химии:Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish. Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatning hosil bo’lishi

Разработка урока по химии:Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish. Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatning hosil bo’lishi

Скачать материал

12-Mavzu

Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish. Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatning hosil bo’lishi

 

1.1. Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

O’quvchilar soni ___ nafar

O’quv mashg’ulotning shakli

Mavzuga oid bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish boyicha amaliy mashguloti

Asosiy o’quv masalalari

 

 

Reja.

1.           Spirtlar, ularning olinishi va gomologik qatori.

2.           Bir atomli, ikki atomli spirtlar.

3.     Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish

4.     Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatning hosil bo’lishi

O’quv mashg’ulotning maqsadi: Bir atomli spirtlar haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O’qituvchining vazifalari:

·  mavzu bo’yicha bilimlarni mustaxkamlash va chuqurlashtirish;

·  galogenuglevodorodlarning reaktsion qobiliyati haqida bilimlarni                                                   shakllantirish;

O’quv faoliyatining natijalari:

O’quvchi bilishi kerak:

·    spirtlarning xossalarini o’rganish;

·    spirtlarning eruvchanligini aniqlash

·    natriy alkogolyatning hosil bo’lishi

O’qitish uslubi va texnikasi

Birgalikda o’qish, munozara, blits-so’rov,

O’qitish vositalari

O’quv qo’llanmalar, organik birikmalarning sharsterjenli va masshtabli modellari, qog’oz varaqlari, doska, bo’r

O’qitish shakli

Frontal, individual, guruhlarda ishlash

O’qitish sharoitlari

O’qitishning texnologik vositalari bilan jihozlangan organik kimyo bo’yicha amaliy ishlariga mo’ljallangan auditoriya

1.2. Amaliy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,

vaqti

Faoliyat mazmuni

o’qituvchi

o’quvchi

1-bosqich.

Kirish

(20 min.)

1.1. Mavzuni, o’quv mashg’ulot o’tkazish rejasi va mashg’ulotdan kutiladigan natijalar rejasini mahlum qiladi.

1.2. Daftarda bajarilgan uy vazifalarni tekshiradi.

1.1.          Tinglaydilar, yozadilar.

1.2.          Uy vazifalarni ko’rsatadilar.

2-bosqich.

Bilimlarni tekshirish

(80 min.)

2.1.  Mavzuning tayanch tushunchalari bo’yicha blits-so’rov o’tkazadi va bir necha javoblarni eshitadi.

2.2.  Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va kengaytirish uchun ish faoliyati guruxlarda ettirishini e’lon kiladi.

2.3. O’quvchilarni 4 guruhlarga ixtiyoriy ravishda buladi va vazifalarni beradi:

 (1) «galogenouglevodorodlarning   turkumlanishi»,

 (2) «galogenuglevodorodlarning izomeriyasi»

       mavzulari bo’yicha klaster tuzish

2.4.  Berilgan javoblar taqdimoti va baholashni tashkil etadi.

2.1. Savollarga javob beradilar, javoblarni, doskada yozadilar, javob berayotgan o’quvchilarni tinglaydilar, savollar beradilar.

2.2. Eshitadilar.

2.3. Vazifalarni qog’oz varag’ida bajaradilar.

2.4. Ish natijalarini taqdim etadilar, jamoa bo’lib muhokama qiladilar, chiqishlarni baholaydilar, savollar beradilar.

 

3-bosqich.

Amaliy ishlarni bajarishi

(40 min.)

3.1. O’quvchilarni 3 guruhga bo’ladi va ularga amaliy topshiriqlar-ni beradi.

3.2. Amaliy topshiriqlarini (tajribalarni) bajarish texnikasi so’raydi.

3.3. Amaliy ishlarini bajarilishi  kuzatadi, olingan nati-jalarga e’tibor beradi va olingan natijalarni baholashni tashkil etadi.

3.4. Amaliy ishlari bajarish bayonini to’ldirishni tashkil etadi, olingan natijalar bo’yicha qilingan xulosalarga e’tibor beradi.

3.5. Olingan natijalarni izohlaydi, chiqarilgan xulosalarga e’tibor beradi.

 

3.1. Topshiriqlar bilan tanishadi-lar.

3.2. Amaliy ishlarini texnika-sini so’zlab beradilar.

3.3. Amaliy ishlarini bajaradilar.

3.4. Bajarilgan taj-ribalar bo’yicha xulosalar chiqa-radilar, daftarda  bayonini to’ldiradilar.

3.5. Tinglaydilar, aniqlaydilar.

4-bosqich.

Yakuniy

(20 min.)

4.1. Darsni yakunlaydi, xar bir talaba bilimini baholaydi.

4.2.   Kelgusi darsga uy vazifasini beradi.

4.1. Tinglaydilar.

 

4.2. Yozadilar.

 


 

1-ILOVA

 

Kirish qism:

         O'quv mashg'ulotini o'tkazish uchun o'quvchilarning tayyorgarligini nazoratdan o'tkaziladi. Davomatni aniqlanadi. O’quvchilar bilan ma’naviyat haqida suhbat tashkillanadi.

«Ma'naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir». 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


«Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch»

I.A. Karimov

 

2-ILOVA

O’quvchilarni baholash uchun baholash mezonlari e’lon qilinadi:

 

“Blits so’rov” uchun

1 ball

“Klaster” tuzish uchun

1 ball

VENNA diagrammasi

1 ball

 T- sxema tuzish uchun

1 ball

 Tajriba uchun

1 ball

Jami

5 ball

 


 

 

3- ILOVA

O’tilgan mavzu yuzasidan  Blits so’rov  o’tkaziladi:

 

 

1.      Quyidagi birikmalarning tuzilish formulalarini yozing: 1) 1-yod-2-xlorpro-pan, 2) 3-brom-2,2-dimetilbutan, 3) bromoform, 4) tsis-1,2-diftoreten, 5) vits-dibrometan, 6) perftoreten, 7) benzilbromid, 8) allilbromid, 9) p-nitro-xlorbenzol, 10) tetrametilen yodid, 11) vinil xlorid, 12) uchlamchi allil xlorid.

2.     1-Brom butanning quyidagi reagentlar bilan o’zaro tahsir reaksiyalari tenglamalarini yozing: 1) NaOH (H2O),  2) NaOH (C2H5OH),  3) Mg,  4) AgNO3,  5)  NaCN, 6) C2H5ONa, 7) CH3COOAg. Olingan moddalarni nomlang.

3.     2-xlorbutanni tegishli a) alkan, b) alken, v) tsikloalkan, g) spirtlardan olish usullarini keltiring.

4.      2-brom-2-metilbutan, 2-metil-2,4-dixlorpentanlarga ishqorning suvdagi va spirtdagi eritmalarini tahsir ettiring. Reaksiya mexanizmlarini aniqlang.

5.      Allilxlorid va vinilxloridlar. Ularning kimyoviy xossalarini taqqoslang. Vinilxlorid molekulasidagi xlor atomining inertligini tushuntiring.

 

 

 


4-ILOVA

 

Yangi mavzuning slaydli taqdimoti:

 

Yangi mavzu rejasi beriladi:

 

 


 

 

 

 


 


 


 

 

 

 

5-ILOVA

 

Mavzu bayoni:           Spirtlar

Molekulasida bitta yoki bir nechta gidroksil gruppa —OH saqlaydigan birikmalar spirtlar deb ataladi.

Bir atomli to'yingan spirtlar. To'yingan uglevodorodlarda bitta vodorod atomi o'rnini gidroksil gruppa egallasa, bir atomli to'yingan spirtlar hosil bo'ladi. Ular CnH2n+lOH umumiy formulaga ega. Spirtlar ham o'z gomologik qatoriga ega bo'lib, bir vakiuning tarkibi o'zidan oldingi va keyingilaridan CH2— gruppaga farq qiladi.

Etil spirt quyidagi elektron formulaga ega:

Elektron formulasidan ko'rinib turibdiki, kislorod atomi bilan vodorod atomi o'rtasidagi kimyoviy bog'lanishlardan bittasi juda qutblangan.

Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oddiy spirtlar nomi radikal nomiga spirt so'zini qo'shib o'qish bilan hosil bo'ladi.

Sistematik nomenklatura (IYPAK) bo'yicha spirtlar nomi tegishli to'yingan uglevodorodlar nomiga «ol» qo'shimchasini qo'shib o'qiladi va gidroksil qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko'rsatiladi:

2- metilbutanol- 1                         2- metilbutanol- 2

Bir atomli to'yingan spirtlarda izomerlar soni tegishli uglevodorodlarga nisbatan gidroksil gruppaning joylashishi hisobiga ko'p bo'ladi.

Masalan, butanning ikki izomeri bo'lsa, butanol to'rtta izomerga ega:

Spirtlar gidroksil gruppaning molekulada qanday uglerod atomida joylashganligiga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo'linadi. Molekulada uglerod atomlari birlamchi (C H3); ikkilamchi  (>CH); uchlamchi  (>CH)  va to'rtlamchi  (>C-) bo'ladi. Agarda gidroksil gruppa birlamchi uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa, birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa, ikkilamchi, uchlamchi uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa, uchlamchi spirt deyiladi.

Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Spirtlardan metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o'simliklardan olinadigan efir moylarda va o'simlik a'zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar holatida tabiatda keng tarqalgan. Spirtlar asosan quyidagi usullarda olinadi:

1.                 Murakkab efirlar gidroliz qilib olinadi:

    2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta'sir ettirib olinadi:

3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator rux xlorid ishtirokida suv ta'sir ettirib olinadi:

Sanoatda metanol is gazidan sintez qilib olinadi:

Sanoatda etil spirt kraxmal (guruch, bug'doy, kartoshka va hokazo) va kletchatka (o'rmon xo'jalik chiqindilari, g'o'zapoya) saqlaydigan o'simlik xomashyolarini bijg'itish yo'li bilan olinadi:

С6Н12Об 2Н5ОН + 2СO2

Kletchatka saqlaydigan o'simliklardan olingan etil spirt «gidroliz spirt» deb ataladi, chunki uning tarkibida 0,3—0,5% gacha metil spirt bo'ladi. Shuning uchun «gidroliz spirt» sintetik kauchuk olishda ishlatiladi.

Fizik xossalari. Spirtlarning birinchi to'rt vakili harakatchan suyuqlik bo'lib o'ziga xos hidga ega. Spirtlarning molekular massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortib boradi (7-jadval).

         

 


 

Spirtlarning fizik xossalari

 

Nomi

Formulasi

Suyuqlanish tem­pera­turasi, °C

Qay­nash tempera­turasi, °C -

Nisbiy zichligi

 

 

Metanol

CH3OH

-97

65

0,7924

Etanol

C2H5OH

- 117

78

0,7891

Propanol—1

CH3-CH2-CH2OH

- 127

97

0,8044

Propanol—2

CH3-CHOH-CH3

-88

82

0,7849

Butanol — 1

CH3 - CH2 - CH2 - CH2OH

-89

118

0,8096

Butanol—2

CH3-CH2-CHOH-CH3

-94

100

0,8078

2-metil propanol - 1

CH3-CH(CH3)CH2-CH3

105

108

0,8008

2-metil— propanol—2

CH3-C(CH3)CH3 OH

         |

         OH

25

83

0,7882

Spirtlarning qaynash temperaturasi, shu spirt molekulasidagi radikal asosida hosil bo'lgan galoid birikmaning va oddiy efirning qaynash teniperaturasidan doimo yuqori bo'ladi. Masalan,

Etil spirt C2H5OH                          78oC

Dietil efir C2H5-0-C2H5                    35°C

Etil xlorid C2H5C1                                   12,4°C

Spirt molekulasining tuzilishi suvning molekula tuzilishiga o'xshash bo'lib, uglevodorod radikali va vodorod atomi kislorod atomi bilan bir chiziqda yotmasdan, bir-biri bilan ma'lum burchak ostida joylashadi. Buning sababi, molekuladagi kislorod atomi erkin juft elektronlarga ega bo’lishi uchun ikkinchi molekuladagi musbat zaryadli vodorod atomini o'ziga biriktiradi. Bu birikma elektrostatik bo'lib, vodorod bog' hosil qiladi (formulada uchta nuqta bilan ko'rsatiladi). Natijada spirtlar assotsilangan (bir-biriga yopishgan) molekulalarni tashkil etadi:

Shuning uchun ham spirtlarning qaynash temperaturasi yuqori bo'ladi. Asosiy energiya vodorod bog'ning uzilishiga va molekulalarning bir-biridan ajralishiga sarflanadi.

Kimyoviy xossalari. Spirtlar kislota va asos xossaga ega emas, shuning uchun ularning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega.

Spirtlarning kimyoviy xossasi molekulani tashkil etgan atom va atomlar gruppasining reaksiyaga kirish xususiyatiga bog'liq.

Masalan, etil spirt molekulasida reaksiyaga kirishadigan atom va atomlar gruppasini uch gruppaga bo'lish mumkin:

1.       Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan
reaksiyalar.

2.     Gidroksil gruppa orqali boradigan reaksiyalar.

3.      Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reak­siyalar.

Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan reaksi­yalar. Gidroksil gruppaning vodorod atomi harakatchan bo'lgani uchun o'rin olisli renksiyalariga oson kirishadi:

a) gidroksil gruppaning vodorod atomi metallga o'rin almashib alkagolatlar hosil qiladi.

Alkagolatlar beqaror bo'lgani uchun tezda havodagi nam ta'sirida parchalanib spirt va ishqor hosil qiladi.

b) gidroksil gruppaning vodorod atomi organik kislota qoldiqlar (radikallar) bilan o'rin almashib murakkab efirlar hosil qiladi.

Spirtlarning gidroksil gruppasi orqali boradigan reaksiyalar

1. Spirtlar galoid kislotalar yoki fosforning galoidli birikmalari bilan qo'shib qizdirilsa, galoid alkillar hosil bo'ladi:

2. Degidratatsiya reaksiyalari. lkki molekula spirt konsentrlangan sulfat kislota ishlirokida qizdirilsa, bir molekula suv ajralib chiqishi hisobiga oddiy elir hosil bo'ladi:

C2H5OH+C2H5OH→C2H5—O—C2H5+H2O

Bu reaksiyada ham gidroksil gruppa, ham gidroksil gruppadagi vodorod atomi xususiyatlarini ko'rish mumkin.

Spirtni ko'p miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilsa, bir molekula spirtdan bir molekula suv chiqishi hisobiga to'yinmagan uglevodorod etilen hosil bo'ladi.

Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar digidratatsiya reaksiyasi deyiladi.

3. Oksidlanish reaksiyasi. Spirtlarning oksidlanish reaksiyasida ham radikal vodorod atomlari rcaksiyada qatnashadi.

Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar bir xil sharoitda oksidlansa, birlamchi spirtlardan aldegidlar, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo'ladi, uchlamchi spirtlar esa oksidlanmaydi. Ammo uchlamchi spirtlar kuchli oksidlovchilar ta'sirida oksidlansa, uglerodlar o'rtasidagi bog' uziladi va spirtga nisbatan kichkina molekulalar hosil bo'ladi:

Ishlatilishi. Metil spirt asosan, erituvchi sifatida lok-bo'yoq moddalar tayyorlashda, formaldegid olishda va har xil moddalar sintez qilishda xomashyo sifatida ishlatiladi.

Etil spirt xalq xo'jaligining ko'p tarmoqlarida ishlatiladi.

Kimyo sanoatida sintetik kauchuk va bo'yoq moddalar olishda, farmatsevtika sanoatida, dietil efir (narkoz uchun), etil xlorid (ayrim joyni og'riq sezmaydigan qilish uchun) ularni olishda va parfumeriya sanoatida etil spirt ko'p miqdorda ishlatiladi. Ilmiy tekshirish instituti laboratoriyalarida analiz qilish va sintez ishlari uchun suvsizlantirilgan (absolut) spirt ishlatiladi.

Absolut spirt tayyorlash uchun spirt suvsizlantirilgan ohak bilan 6—8 soat davomida qaynatiladi, so'ngra haydaladi.

Oziq-ovqat sanoatida ichimliklar asosini etil spirt tashkil etadi. Etil spirt narkotik bo'lib, organizmga kuchli ta'sir etadi. U ko'p iste'mol qilinganda asab tizimi, ovqat hazm qilish a'zolarini va yurak qon-tomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og'ir kasalliklarga olib keladi.

Ikki atomli spirtlar

To'yingan uglevodorodlar tarkibidagi ikkita uglerod atomidagi ikkita vodorod atomi o'rniga gidroksil gruppa joylashsa, ikki atomli spirtlar yoki glikollar hosil bo’ladi. «Glikol» grekcha so'z bo'lib, shirin demakdir.

Olinish usullari. 1. 1856-yilda fransuz kimyogari A.Vyurs dixloretanni gidroliz qilib etandiol olgan:

                                        CH2-CH2+2HOH→CH2-CH2
                                                                     ‌
‌‌
                     

                                          Cl     Cl     OH   OH

2. Rus kimyogari E.E. Vagner olefinlarga katalizator (Cr2O3) ishlirokida peroksid ta'sir ettirib, ikki atomli spirt olgan

CH2=CH2 CH2-CH2

                                        

                                               OH     OH

Fizik va kimyoviy xossalari. Glikollar rangsiz, hidsiz, shirinroq ta'mga ega bo'lgan qayuq suyuqlikdir. Ular suv va spirt bilan yaxshi aralashadi. Bir atomli spirtlarnikiga nisbatan ikki atomli spirtlarning qaynash temperaturasi doimo yuqori bo'ladi.

Masalan, etil spirt 78°C da qaynasa, etilenglikol 197°C da qaynaydi.

Ikki atomli spirtlarning kimyoviy xossalari bir atomli spirt­larnikiga o'xshash bo'lib, faqat reaksiya ikki bosqichda ketadi.

Glikollar ishqoriy metallar bilan ikki xil glikolatlarni hosil qiladi.

Glikollarga galoid kislota ta'sir ettirilsa, gidroksil gruppa galogen atomiga almashinadi:

Glikollar mis (II) gidroksid ta'sirida kompleks tuz hosil qiladi:

Bu reaksiya rangli bo'lgani uchun sifat analizda glikollarni aniqlashda qo'llaniladi.

Etilenglikol xalq xo'jaligining ko'pgina tarmoqlarida ishlatiladi. U suv bilan aralashtirilganda suvning muzlash temperaturasini pasaytirib yuboradi, shuning uchun «antifrizlar» tayyorlashda ishlatiladi. Etilenglikol avtomobil sanoatida, shuningdek, motorlar va pulemyot stvolini sovitishda keng qo'llaniladi. Undan to'qimachilik sanoatida sintetik tola (lavsan) olishda foydalaniladi.

Mavzu yuzasidan jadvallar namoyish qilinadi:


 

 

1jadval

Eng muhim bir atomli to‘yingan spirtlarning gomologik qatori

 

 

 

Spirtlarning nomi

 

Хimiyaviy formulasi

Qisqartirilgan struktura formulasi

Suyuqlanishto1C

Qayna--shtoC

100g

suvda eruvchanligi gr.

1

Metil spirt

-97

64,7

 

2

Etil spirt

-114

78,3

 

3

Н-Propil spirt

-126

97,2

 

4

Н-Butil

spirt

-90

117,7

7,9

5

Izobutil spirt

-108

107,9

10,2

6

Ikkilamchi butyl spirt

-114

99,5

12,5

7

Uchlamchi butil  spirt

25,0

82,5

 

8

Н-Pentil spirt

-78,5

138,0

2,3

9

Н-Geksil spirt

-52

155,8

0,6

10

Н-Gentil spirt

-34

176,3

0,2

11

Н-Оktil spirt

-16

194,0

0,05

12

Н-Оktadetsil spirt

59,5

210,5

-

                                                                                               2jadval

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-ILOVA


 


 

Mavzuni mustahkamlash uchunk  KLASTER                                     7-ILOVA

 

 

 

 

 

 


8-ILOVA

 

 

 

 


 

9-ILOVA

          

 


 

   

10-ILOVA

 

Tajriba

Spirtlarning xossalarini o’ rganish. Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatni hosil bo’ lishi.

 

Spirtlarning eruvchanligini aniqlash

Kerakli jihoz va reaktivlar: metil spirt, etil spirt, amil spirt, probirkalar.

Ishni bajarish tartibi:

 

Beshta probirka olib ularga metil, etil, amil spirtlardan 2 ml  dan quying va ularga bir necha tomchidan suv tomizing. Barcha aralashmalarni yaxshilab chayqating. Probirkalardagi aralashmaning eruvchanligiga va rangi o’zgarishiga e`tibor bering. Nima uchun metil va etil spirtlar suv bilan har qanday nisbatda aralashadi?

Natriy alkogolyatning hosil qilinishi

         Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, filtr qog`oz, gaz o`tkazgizchli nay, qisqich, pipetka, etil spirti, natriy metali.

Ishni bajarish tartibi:

 

Quruq probirkaga 3—4 ml absolyut etil spirt quyilib uning ustiga filtr qog`oz orasida siqib, kerosini quritilgan va oksid pardasidan tozalangan natriyning bug`doy donidek bir bo`lagi solinadi. Probirkaning og`zi gaz o`tkazgich to`g`ri nay o`rnatilgan probka bilan bekitiladi va havoning xammasi (qaldiroq gaz) chiqib ketguncha bir oz kutib turilib, vodorod yondiriladi. Natriy metali bilan spirt orasidagi reaksiya tugagach hosil bo`lgan natriy alkogolyat (etilat nat­riy) ajratib olinib, unga suv quyilsa, u parchalanadi.

Eritmaga qizil lakmusli qog`oz botirilsa, uning rangi ko`karadi, chunki natriy etilat suv ta'sirida parchalanganda o’yuvchi nat­riy hosil bo`ladi. Buni tubandagi reaksiyadan ko`rishimiz mumkin:

 

 

 


 

11-ILOVA

 

 

Kelgusi darsga uy vazifa: Bir atomli spirtlar
                   Tajribalar.
                                 Mashqlar: 84 betdagi 6, 7, 8, 10, 99 betdagi 1-5 gacha. 
Adabiyotlar: 1. I.M. Primuhamedov, A.Shukurov. «Organik kimyo»dan amaliy 
                          qo'llanma. T., 2006.
                      2. I.M. Primuhamedov. «Organik kimyo». T., 2006.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                                                                                                             

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал "Разработка урока по химии:Bir atomli spirtlarning xossalarini o’rganish. Spirtlarning eruvchanligini aniqlash va natriy alkogolyatning hosil bo’lishi"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 2 месяца

Специалист по студенческому спорту

Получите профессию

Фитнес-тренер

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 651 906 материалов в базе

Скачать материал

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 08.04.2017 5522
    • DOCX 1.1 мбайт
    • 40 скачиваний
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Абдалиева Голиба Тургунбаевна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    Абдалиева Голиба Тургунбаевна
    Абдалиева Голиба Тургунбаевна
    • На сайте: 7 лет и 10 месяцев
    • Подписчики: 1
    • Всего просмотров: 160875
    • Всего материалов: 51

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

Технолог-калькулятор общественного питания

Технолог-калькулятор общественного питания

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе

Курс повышения квалификации

Современные образовательные технологии в преподавании химии с учетом ФГОС

36 ч. — 144 ч.

от 1700 руб. от 850 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 134 человека из 48 регионов
  • Этот курс уже прошли 2 378 человек

Курс профессиональной переподготовки

Педагогическая деятельность по проектированию и реализации образовательного процесса в общеобразовательных организациях (предмет "Химия и биология")

Учитель химии и биологии

300 ч. — 1200 ч.

от 7900 руб. от 3950 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 35 человек из 25 регионов
  • Этот курс уже прошли 37 человек

Курс профессиональной переподготовки

Педагогическая деятельность по проектированию и реализации образовательного процесса в общеобразовательных организациях (предмет "Химия")

Учитель химии

300 ч. — 1200 ч.

от 7900 руб. от 3950 руб.
Подать заявку О курсе
  • Этот курс уже прошли 11 человек

Мини-курс

Продвижение экспертной деятельности: от личного сайта до личного помощника

6 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Физическая культура и спорт: методика, педагогика, технологи

8 ч.

1180 руб. 590 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 20 человек из 13 регионов
  • Этот курс уже прошли 15 человек

Мини-курс

Социальные и правовые аспекты эпохи Просвещения: влияние на образование сегодня

4 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе