- Учебник: «Химия. Углубленный уровень», Габриелян О.С.
- Тема: § 14. Циклоалканы
- 06.10.2020
- 4038
- 90

Курсы
Другое
Buxoro viloyat hokimligi halq ta’lim boshqarmasi
Buxoro viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida
fanidan amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlarida kuzatiladigan natijalari bo’yicha metodik tavsiya
Tuzuvchilar: M.Dj. Raximova - Buxoro shahar. 1- umumiy o’rta
ta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi
M.B. Gulamova - 39-son IDUMning kimyo fani
o’qituvchisi.
Taqrizchilar: Z. Hojiyeva - Buxoro viloyat hokimligi xalq ta’limi
boshqarmasi Metodika markazi rahbari
. F.M.Xalilova - Viloyat pedagog xodimlarni qayta
tayyorlash va malaka oshirish instituti
Ushbu metodik tavsiy 2010 yil 29 dekabrdagi viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi Metodika markazi kimyo fani o’quv-metodika kengashining 3/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan. materialini tushuntirish uslublaridan biri aks ettirilgan bo’lib, kimyo fani o’qituvchilarining foydalanishlari uchun mo’ljallangan.
So’z boshi………………………………………………………………………………….…………..5
7 SINF
Amaliy ish №1. Kimyo xonasidagi jihoz va reaktivlar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish…………………………………………………………………………………….…………….6
Amaliy ish №2.Laboratoriya jixozlari bilan tanishish. Alanga tuzilishini o’rganish…………………8
Amaliy ish №3.Ifloslangan osh tuzini tozalash………………………………………………………10
Amaliy ish №4.Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish……………………………………11
Amaliy ish №5.Erigan moddalarning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritmalar tayyorlash……………………………………………………………………………….….12
Amaliy ish №6.Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va ishqor borligini aniqlash…………….….13
Amaliy ish №7.Sulfat kislotaning mis(II)-oksidi va temir-(III)oksidi bilan orasidagi almashinish reaksiyalari…………………………………………………………………………………………...14
Amaliy ish №8.Noorganik moddalarning genetik bog’lanishiga doir tajribaviy masalalar
yechish…………………………………………………………………………………….……….…15.
Mavzu: Oddiy va murakkab moddalar
Laboratoriya ishi №1.Fizik xossalari turlicha bo’lgan moddalar namunalari bilan tanishish……....16
Laboratoriya ishi №2.Aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish………………………………......17
Laboratoriya ishi №3.Fizik hodisalar………………………………………………………………..17
Laboratoriya ishi №4.Kimyoviy hodisalar…………………………………………………………..18
Laboratoriya ishi №5.Oddiy va murakkab moddalar namulari bilan tanishish……………...……...18
Laboratoriya ishi №6. Kimyoviy reaksiya turlari…………………………………………..…….…19
Mavzu: Kislorod va uning xossalari
Laboratoriya ishi №7Yonilg’ilarning turli xillari va ulardan unimli foydalanish usullari bilan tanishish………………………………………………………………………………………….….19
Mavzu: Vodorod va uning xossalari
Laboratoriya ishi №8Vodorodning olinishi…………………………...………………………..…..20
Laboratoriya ishi №9Vodorodning mis(II)oksid bilan o’zaro ta’siri va bu reaksiyaning amaliy ahamiyatini o’rganish……………………………………..…………………………………….….20
Mavzu: Suv va uning xossalari
Laboratoriya ishi №10Suvning oksidlar bilan o’zaro ta’siri, hosil bo’lgan eritmalarida indikatorlar rangini o’zgarish……………………………………………………………………………………21
Mavzu: Asoslar va uning xossalari
Laboratoriya ishi №11Natriy, kaliy va temir(III)gidroksidlarning xossalari bilan tanishish…….…21
Laboratoriya ishi №12Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri ……….……22
Laboratoriya ishi №13Mis(II)-gidroksidning qizdirilganda parchalanishi...………………….……22
Mavzu: Kislotalar va uning xossalari
Laboratoriya ishi №14Neytrallanish reaksiyasi……………………………………………………23
Laboratoriya ishi №15Kislota eritmalarining indikatorlarga ta’siri. ……………………….……..23
Laboratoriya ishi №16Kislotalarning metallar bilan o’zaro ta’siri………………………….……..24
Laboratoriya ishi №17Kislotalarning metall oksidlari bilan o’zaro ta’siri. …………………….…24
8 SINF
Amaliy ish №1.“Galogenlar” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish………………….……25
Amaliy ish №2.“Oltingugurt” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish………………………26
Amaliy ish №3.Ammiak olish va uning xossalarini o’rganish…………...…………………….….27
Amaliy ish №4.“Azot guruhchasi elementlari” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish….. ..28
Amaliy ish №5.Mineral o’g’itlarni aniqlash……………………………….……………………. 29
Mavzu: Amfoter xossalari
Laboratoriya ishi №1Rux gidroksidning (yoki aluminiy gidroksidining) olinishi, uning kislota va ishqor eritmalariga ta'sirini o'rganish……………………………………………………………………...30
Laboratoriya ishi №2Turli kimyoviy bog'lanishlarga ega bo'lgan moddalar (kaliy, kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristallari nusxalarini tayyorlash...……………………………………………….…30
Laboratoriya ishi №3Elektrolitlar eritmalari muhitini indikatorlar yordamida sinash……………….…...31
Mavzu:Galogenlar
Laboratoriya ishi №4Xlorid kislota, galogenidlar va yod uchun sifat reaksiyalari…………………...31
Laboratoriya ishi №5.Tuproq eritmasi tarkibida xloridlar borligini aniqlash………………………...32
Laboratoriya ishi №6.Galogen birikmalarining eritmalaridan bir-biridan siqib chiqarish…………...32
Laboratoriya ishi №7.Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda eruvchanligini o'rganish……33
Mavzu:Oltingugurt va uning birikmalari
Laboratoriya ishi №8.Oltingugurt namunalari va uning tabiiy birikmalari bilan tanishish……….....33
Laboratoriya ishi №9Turli eritmalarda sulfat anioni borligini aniqlash……………………………….34
Laboratoriya ishi №10Kimyoviy reaksiya tezligiga turli omillar ta'sirini ko'rsatuvchi tajribalarni bajarish………………………………………………………………………………………….……….34
Mavzu: Azot va uning birikmalari
Laboratoriya ishi №11Ammoniy tuzlaridan ohak ta'sirida ammiak olish va uning xossalarini
о'rganish…………………………………………………………………………………….……………...35
Laboratoriya ishi №12Mineral o’g’itlarning namunalari bilan tanishish………………………………..….35
9 SINF
Amaliy ish №1.Uglerod(IV)-oksidni olish va uning xossalari bilan tanishish………...…………..….36
Amaliy ish №2.“Ishqoriy metallar” va “Kalsiy” mavzulari bo’yicha tajribaviy masalalar yechish…………………………………………………………………………………………….…..37
Mavzu:Uglerod va kremniy birikmalarining xossalari
Laboratoriya ishi №1Karbonatlar va gidrokarbonatlarning bir-biriga aylanishi hamda ularning xossalari bilan tanishish……………………………….………………………………………………...……….38
Laboratoriya ishi №2Tabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish……………………………………..38
Laboratoriya ishi №3Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. “Shisha va undan yasalgan mahsulotlar” to’plami bilan tanishish………………………………………………………………….39
Mavzu: Metallar va ularning xossalari bilan tanishish
Laboratoriya ishi №4Metall namunalarini ko’zdan kechirish………………………………….……….….39
Laboratoriya ishi №5Qotishmalarning namunalarini ko’zdan kechirish…………………………….….… 40
Laboratoriya ishi №6 Tuzlar eritmalari bilan metallarning o'zaro ta'siri………..………………..…...40
Laboratoriya ishi №7Natriy, kaliy, kalsiy va magniyning eng muhim tuzlari namunalari bilan tanishish……………………………………………………………………………………….………....41
Laboratoriya ishi №8Tuzlar eritmalari bilan metallarning o'zaro ta'siri………………………....…....41
Laboratoriya ishi №9Aluminiynig kislota va ishqor eritmalari bilan o’zaro ta'siri……………...…....42
Laboratoriya ishi №10Alyuminiy va uning qotishmalarning namunalari bilan tanishish……………….…42
Laboratoriya ishi №11Aluminiy gidroksidining olinishi, uning kislota va ishqor eritmalariga ta'sirini o'rganish…………………………………………………………………………………………..….43
Laboratoriya ishi №12Aluminiy tuzlari eritmalarining indikatorlarga ta’sirini o’rganish……………..…43
Laboratoriya ishi №13Ikki va uch valentli temir tuzlarini bilib olish…………………………….…..…..44
Laboratoriya ishi №14Cho’yan va po’lat namunalari bilan tanishish…………………………….……..…44
Mavzu:Organik birikmalar bilan tanishish
Laboratoriya ishi №15Neftni qayta ishlash va toshko’mirni kokslash mahsulotlarining namunalari bilan tanishish………………………………………………………………………………………….…..……45
Laboratoriya ishi №16 Etilen olish va uning xossalarini o’rganish………………………………..…45
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………………………….....46
So’z boshi
Bugun Respublikamiz ta’lim dargohlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi «2004—2009 yillarda umumta'lim maktablarini mebel, zamonaviy o'quv laboratoriya asboblari bilan jihozlash dasturi to'g'risida»gi 493-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «ELXOLDING» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo xonalari zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanib, o’quvchilarning bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmoqda.
"Kimyo" fanini o'zlashtirishda olingan barcha nazariy bilimlar amaliyotga joriy qilinmay o'z samarasini bermaydi. Shuning uchun kimyo darslarida o'rganiladigan qonuniyatlar, tushunchalar, moddalarning xossalari, ularni hosil qilish tajribalar asosida o'rganiladi. "Kimyo" fanidan tajribalar o'tkazish juda muhimdir, chunki tajribalar yordamida o'quvchilar o'z malakalarini oshiradilar.
Mazkur qo'llanma Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, darslik, Xalq ta'limi vazirligi, Respublika Ta'lim markazi, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, «ELXOLDING» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida tayyorlangan “Kimyo fanidan amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlari uchun metodik qo’llanma”ga tayanib, o’qituvchilari hamda o’quvchilar uchun kimyoviy tajribalarni o’tkazishda metodik yordam bera oladi.
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi asosida amaliy mashg’ulotlar 7-sinflarda 8 ta, 8-sinflarda 5 ta, 9-sinflarda 2 ta; laboratoriya ishlari esa 7-sinflarda 16 ta, 8-sinflarda 13 ta, 9-sinflarda 16 ta.
Ushbu metodik qo’llanma tajriba davomida kuzatiladigan natija va xulosalarni chiqarishga yordam berib, uning maqsadi — o'quvchilarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish va izlanish malaka-ко'nikmalarini rivojlantirishda o'qituvchiga uslubiy yordam berish, umumta'lim maktablari "Kimyo" fani kursi bo'yicha o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishda laboratoriya asbob va jihozlaridan to'g'ri va unumli foydalanishga o'rgatish. O'quvchilar ratsional malaka va ko'nikmalarni muntazam o'zlashtirib borib, savol va topshiriqlarda o'zini mashq qildirib, tabiiy obyektlar bilan tajribalar o'tkazib va kuzatib, kimyo bo'yicha o'quv adabiyotlaridan olingan bilimlarni yanada aniqlashtirib oladilar, ularni chuqurlashtirib, boyitib borishadi. Ular laboratoriya ishlari jarayonida ishni bajarish tartibi, bajarilayotgan tajribaviy amallaming algoritmini ketma-ket o'rganib borishadi, ya'ni bunda bilimlarning interfaol o'zlashtirilishi ta'minlanadi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada ba’zi kamchiliklarning uchrashi tabiiy, albatta. Shuning uchun mualliflar qo’llanma haqidagi barcha tanqidiy fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar va bu o’rtoqlarga o’zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Mualliflar.
Amaliy ish №1.
Kimyo xonasidagi jihoz va reaktivlar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Kimyo laboratoriyasida kislotalarning turli konsentratsiyadagi eritmalari, ishqorlar, zaharli va o’t olib ketish xavfi bor moddalar saqlanadi.
Tajriba o’tkazishda baxtsiz hodisalar sodir bo’lishining oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi lozim:
Xulosa: Kimyo xonasidagi reaktiv va jixozlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari o’rganildi.
Amaliy ish №2.
Laboratoriya jixozlari bilan tanishish. Alanga tuzilishini o’rganish.
Idish va asboblar
Shisha idishlar
Chinni idishlar Polipropilen idishlar
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Ish joyi toza tutiladi. Tajriba bajarish paytida stol ustidagi keraksiz narsalar chetga olib qo’yiladi. 2.Har bir ishni bajarishdan oldin uni bajarish yuzasidan berilgan yo’l-yo’riq bilan yaxshilab tanishib chiqib, shundan keyingina ishni bajariladi. 3. Spirt lampasi yoki gaz gorelkasi bilan ishlayotganda ehtiyot bo’ling. Spirt lampasi alangasidan foydalangandan keyin qopqoq yordamida o’chiriladi. |
A. Sham alangasining tuzilishi: a-ichki «xira» konus; b-o'rta yorug'
konus; d-alanganing tashqi qismi.
B. Laboratoriya shtativining tuzilishi
C. Spirt lampasining tuzilishi
Xulosa: Laboratoriya xonasidagi asbob va idishlarning tashqi ko’rinishi hamda vazifalari bilan yaqindan tanishildi. Ularning ishlatilishi va foydalanilishi, alanganing 3 qismdan iboratligi hamda yuqori qismining quyi qismlarga nisbatan issiqroq ekanligi haqida tushunchalar hosil bo’ldi.
Amaliy ish №3.
Ifloslangan osh tuzini tozalash.
Yig’ilgan asbob
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Spirt lampasi yoki gaz gorelkasi bilan ishlayotganda ehtiyot bo’ling. Spirt lampasi alangasidan foydalanib bo’lgandan keyin uni qopqoq yordamida o’chiring. 2.Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi. |
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
||||||
3 Bug’latish 1 osh tuzi erituvchi
2 Filtrlash ERITMA
4 Sof osh tuzi
|
1.Ifloslangan osh tuzi eritmasi hosil bo’ladi. 2.Tiniq filtrat hosil bo’ladi, filtr qog’ozida esa keraksiz moddalar qoladi. 3. Suv bug’lanadi 4.Oq rangli osh tuzi kristallari qoladi. |
Xulosa: Tajriba davomida ifloslangan osh tuzi eritish, filtrlash, bug’latish bosqichlari bilan tozalandi. Olingan toza osh tuzi kristallari tashqi ko’rinishi ifloslangan osh tuzi bilan taqqoslanadi.
Amaliy ish №4.
Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish.
Yig’ilgan asbob
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Gaz ajralish bilan boradigan reak-siya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Moddalar isitayotganda probirka og’zini yoni-mizdagi o’rtoqlardan boshqa tomon-ga qaratib qo’yiladi. 2. Kislota va ishqorlar eritmalari bi-lan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Moddalar saqlanadigan idishlarning og’zi ochiq qoldirilmaydi. |
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Kislorod olish 2KMnO4 → K2MnO4 + MnO2 + O2↑
2.Kislorodning xossalari a)C+O2=CO2; CO2+Ca(OH)2=CaCO3+H2O b)S+O2=SO2 d)4P+5O2=2P2O5 |
1.Qora rangli kukun hosil bo’ladi va gaz ajraladi. Isbotlash uchun cho’g’langan cho’p tushiriladi. 2.Kislorod yonishga yordam beradi: a)ko’mir CO2 gazi ajralib, karbonat angidrid ohakli suvga o’tkazilganda oq cho’kma tushadi. b)Sulfit angidrid ajraladi; d)fosfor(V)-oksidi hosil bo’ladi. |
Xulosa: Tajriba davomida kaliy permanganatni parchalab kislorod oldik, u rangsiz, hidsiz gaz ekanligini kuzatdik va cho’g’langan cho’p bilan kislorodning yonishga yordam berishini isbotladik. Demak, moddalar kislorodda yonar ekan.
Amaliy ish №5.
Erigan moddalarning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritmalar tayyorlash.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Ish stolingiz ustiga suyuqliklarni to’kib, quruq moddalarni sochib yubormang. Favqulotda stol ustiga suyuqlik to’kilsa yoki quruq modda sochilib ketsa o’qituvchi ko’rsatmasiga asosan zudlik bilan stol ustini tozalang. 2. Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang. 3. Moddalar, ularning eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’ling, ular teriga yoki kiyimga tomsa kuydirishi mumkin. |
Yig’ilgan asbob
Avtomatik mikropipetka
Hisoblash algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Massa ulushi ma’lum bo’lgan osh tuzi eritmasini tayyorlash
m(eritma) 1) m(NaCl)=0,06•50=3g 2) m(suv)=50-3=47g=47ml 2. Molyar konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan osh tuzi eritmasini tayyorlash Cm= m(modda)
|
1.Osh tuzining 6% li 50 g suyultirilgan eritmasi hosil bo’ladi.
2. 1M li 0,1 l li kolbada osh tuzi eritmasi olinadi. |
Xulosa: Laboratoriya sharoitida osh tuzining turli ma’lum massa ulushli va molyar konsentratsiyali eritmalaini yuqorida bayon etilgan formulalar bo’yicha tegishli hisoblashlar olib borilgandan so’ng tayyorlash mumkinligi aniqlandi.
Amaliy ish №6.
Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va ishqor borligini aniqlash.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Ish stolingiz ustiga suyuqliklarni to’kib, quruq moddalarni sochib yubormang. 2.Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. 3. Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. |
Yig’ilgan asbob
Olingan moddalarning miqdori |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Tuproq eritmasini tayyorlash m(tuproq)=5g Cm(KCl)=1M V(KCl)=12,5ml = 0,0125l m(KCl)=Cm•V•Mr m(KCl)=0,0125•1•74,5=0,9312g
2.Tuproq muhitini aniqlash V(tuproq eritmasi)=5 ml |
1. Loyqalangan eritma hosil bo’ladi, vaqt o’tishi bilan og’ir zarrachalar probirka tubiga cho’kadi. Tiniq eritma olinadi.
2. Indikator ta’sirida eritma pushti rangga bo’yaladi
|
Xulosa: Tajriba davomida tuproqning suvli eritmasi tayyorlandi va indikator rangining o’zgarishiga qarab tuproq eritmasining muhiti kislotali ekanligi aniqlandi.
Amaliy ish №7.
Sulfat kislotaning mis(II)-oksidi va temir-(III)oksidi bilan orasidagi almashinish reaksiyalari.
Yig’ilgan asbob
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi. 2. Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Elektr isitish asbobidan foydalanishdan oldin elektr simining izolyatsiyasi butunligi tekshirib ko’riladi. O’qituvchining ruxsati bilan asbobni tok manbaiga ulab, tajriba tugagach uzib qo’yiladi. |
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Mis(II)-oksidning sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi: CuO+H2SO4=CuSO4+H2O
2. Filtrlangan eritmani qizdirish CuSO4+5H2O = CuSO4•5H2O 3.Temir-(III)oksidining sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi Fe2O3+3H2SO4=Fe2(SO4)3+3H2O |
1.Qora rangli mis(II)-oksidi kukuni erib, mis(II)-sulfat tuzi hosil bo’ladi va havo rangli eritma olinadi. 2.Qizdirilgandan so’ng havo rangli tuz kristallari mis kuporosi olinadi. 3.Qo’ng’ir rangli temir(III)-sulfat eritmasi hosil bo’ladi |
Xulosa: Tajriba davomida havo rangli mis(II)-sulfat kristallogidrati (mis kuporosi CuSO4•5H2O)olindi, bu almashinish reaksiyasi orqali amalga oshirildi. Chunki reagentlar o’zaro tarkibiy qismlari bilan almashinadi. Demak, oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qilar ekan.
Amaliy ish №8.
Noorganik moddalarning genetik bog’lanishiga doir tajribaviy masalalar yechish.
Sxema
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Gaz ajralish bilan boradigan reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi. 2. Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Moddalar saqlanadigan idishlarning og’zi ochiq qoldirilmaydi. |
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Probirkalardagi tuzni aniqlash a)KOH+NH4Cl =NH4OH+HCl b)Na2CO3+H2SO4=Na2SO4+CO2↑+H2O d)BaCl2+ H2SO4=2HCl↑+BaSO4↓ e) Na2CO3+ BaCl2=BaCO3↓+2NaCl 2.Ishqor, kislota va suv xossalarini taqqoslash a)Suv + lakmus = b)NaOH+lakmus = d)HCl +lakmus = |
1.a)o’tkir hidli gaz ajraladi; b)hidsiz CO2 gazi ajraladi; d)Oq rangli cho’kma tushadi; e) Oq cho’kma tushadi;
2. Indikator ta’sirida a)rangsiz eritma; b)Ko’k rangga bo’yaladi; d)Qizil rangga bo’yaladi
|
Xulosa: Tajriba davomida oksid, asos, kislota, tuzlar o’zaro ta’sirlashib, xossasiga qarab indikator rangini o’zgartira olishi kuzatildi. Sifat reaksiyasi orqali bir moddani ikkinchisidan farqlash mumkinligi aniqlandi
Mavzu: Oddiy va murakkab moddalar
Laboratoriya ishi №1.
Fizik xossalari turlicha bo’lgan moddalar namunalari bilan tanishish
T/X: Moddalar
bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib
ko’rmang.
№ |
Moddalar nomi |
Agregat holati |
Rangi |
Hidi |
Suvda eruvchanligi |
1 |
Aluminiy granulalari |
qattiq |
Kumushsimon oq |
--- |
erimaydi |
2 |
Mis granulalari |
qattiq |
Qizg’ish |
--- |
erimaydi |
3 |
Mis (II) sulfat |
qattiq |
Ko’k |
--- |
yaxshi |
4 |
Natriy xlorid |
qattiq |
Shaffof (oq) |
--- |
yaxshi |
5 |
Saxaroza |
qattiq |
Shaffof (oq) |
--- |
yaxshi |
6 |
Natriy gidrokarbonat |
qattiq |
oq |
--- |
yomon |
7 |
Etil spirti |
Suyuq |
rangsiz |
O’ziga xos |
yaxshi |
8 |
Oltingugurt kukuni |
Qattiq |
Sarg’ish |
--- |
yomon |
9 |
Grafit |
Qattiq |
kulrang |
--- |
yomon |
10 |
Glitserin |
suyuq |
rangsiz |
O’ziga xos |
erimaydi |
Xulosa: Laboratoriya ishi davomida moddalarning tashqi ko’rinishi, hidi, suvdagi eruvchunligi fizik xossalarini tashkil qilishi, agregat holatning suyuq, qattiq, gaz ko’rinishida bo’lishi haqida tushunchalar hosil qilindi. Moddalarni bir-biridan farqlash va taqqoslash malakalari oshirildi.
Laboratoriya ishi №2.
Aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish
T/X: Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Osh tuzini eritish 2.Osh tuzini eritmasini bug’latish 3. Quruq qoldiqni sovitish 4. Tuz kristallarini taqqoslash |
1.Ifloslangan osh tuzi eritmasi hosil bo’ladi. 2. Suv bug’lanadi 3.Oq rangli osh tuzi kristallari qoladi. Oldingi tuzga nisbatan toza va mayday kristall shaklda. |
Xulosa: Tarkibi va xossalari butun hajm boyicha bir xil bo’lgan moddalar toza moddalar, o’zgaruvchan tarkibga ega bo’lgan moddalar esa aralshmalar deyiladi. Bug’latish, kristallanish, filtrlash, tindirish, magnitga tortish, haydash aralashmalarni tozalash usullariga kiradi.
Laboratoriya ishi №3.
Fizik hodisalar
T/X: Moddalarni isitishda ehtiyot bo’lish lozim. Har qanday moddani hidlaganda burningizni idish og’ziga yaqinlashtirmang.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Parafinning suyuqlanishi 2.Osh tuzining erishi va eritmasining bug’lanishi 3. Etil spirti va sirka kislotasi bug’larini hidlash yo’li bilan farqlash |
1.Qattiq paraffin syuq agregat holatga o’tib, so’ng yana qotadi. 2. Quruq osh tuzi kristallari hosil bo’ladi. 3.Har bir modda o’ziga xos hidga ega. |
Xulosa: Moddalarning bug’lanishi, suyuqlanishi, erishi, qotishi, maydalanishi kabi jarayonlarda shakl, hajm, agregat holat o’zgarmay, tarkib o’zgarmaganligi uchun fizik xodisalarga taalluqlidir.
Laboratoriya ishi №4.
Kimyoviy hodisalar
T/X: Kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Issiq idish yoki narsalarni qo’l
bilan ushlab olmang. Ular bilan ishlaganda hamma vaqt tutqichlardan
foydalaning.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Qog’ozning va etil spirtining yonishi 2.Mis bo’laklarini qizdirish 3. Xlorid kislota eritmasining natriy karbonatga ta’siri |
1. Yorug’lik va issiqlik ajralib, qog’oz kulga aylanadi, etil pirti esa yo’qoladi. 2. Qizg’ish rangli mis qora rangga aylanadi. 3.Gaz ajralishi kuzatiladi. |
Xulosa: Moddalar rangining o’zgarishi, cho’kma tushishi, gaz ajralashi, issiqlik chiqishi kimyoviy hodisaning alomatlari hisoblanadi.
Laboratoriya ishi №5.
Oddiy va murakkab moddalar namulari bilan tanishish
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Moddalarning tashqi ko’rinishi: agregat holati, rangi, hidi 2) Moddalarning suvda eruvchanligi 3. Metallar va metallmaslarni o’zaro taqqoslash 4.Oddiy va murakkab moddalarni ajratish |
1. Fosfor, oltingugurt ko’mir, mis oksid, mis(II) sulfati va boshqalar qattiq moddalar, turli xil ranglarga ega, o’ziga xos hidli yoki hidsiz 2. Suvda yaxshi eriydigan hamda yomon eriydigan moddalar bor. 3.Metallar yaltiroqlikka ega, metallmaslar esa ko’pchiligi mo’rt. |
Xulosa: Oddiy va murakkab modda namunalari bilan tanishildi, har qanday modda o’ziga xos xususiyatlarga egaligi o’rganildi. Metallar va metallmaslar oddiy moddalar turkumiga kiradi. Oddiy moddalar- bu bir xil elementlarda tashkil topgan, murakkab moddalar esa har xil elementlardan tashkil topgan moddalar hisoblanadi.
Laboratoriya ishi №6. Kimyoviy reaksiya turlari
T/X: Kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Issiq idish yoki narsalarni qo’l bilan ushlab olmang. Ular bilan ishlaganda hamma vaqt tutqichlardan foydalaning.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Ohakni so’ndirish CaO+H2O=Ca(OH)2 2. Malaxitni parchalash Cu(OH)2-CuCO3=2CuO+CO2+H2O 3. Temirning mis(II)xloridga ta’siri Fe + CuCl2 = Cu + FeCl2 |
1.Probirka isiydi, ohakli suv olinadi.(Birikish) 2.Yashil modda qora rangli mis oksidiga aylanadi.(Parchalanish) 3. Kul rang temir qizg’ish rangli misga aylanadi.(O’rin olish) |
Xulosa: Kimyoviy reaksiyalarning birikish, ajralish, o’rin olish, almashinish turlari bilan tanishildi.
Mavzu: Kislorod va uning xossalari
Laboratoriya ishi №7
Yonilg’ilarning turli xillari va ulardan unimli foydalanish usullari bilan tanishish
![]() |
T/X: Yonilg’ilar tez alangalanuvchan va portlash xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ular bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Isitish asboblari va olovdan uzoqroq joyda saqlash kerak.
"Neft mahsulotlari" kolleksiyasi
![]() |
№ |
Yonilg’i nomi |
Agregat holati |
Rangi |
Hidi |
Suvda eruvchanligi |
1 |
Neft |
suyuq |
Qoramtir jigar |
O’ziga xos |
erimaydi |
2 |
Benzin |
suyuq |
Och sarg’ish |
O’ziga xos |
erimaydi |
3 |
Tabiiy gaz |
gaz |
Rangsiz |
Hidsiz |
Yomon eriydi |
4 |
Komir |
qattiq |
Qora |
Hidsiz |
Yomon eriydi |
5 |
Yog’och |
qattiq |
daraxtsimon |
Hidsiz |
erimaydi |
6 |
Spirt |
suyuq |
rangsiz |
O’ziga xos |
yaxshi |
"Ko'mirning ko'kslash mahsulotlari"
Xulosa: Turli xil yonilg’ilarning tashqi ko’rinishi va fizik xossalari bilan tanishildi. Ular qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda uchraydi, xalq-xo’jaligida, oziq-ovqat mahsulotlarni pishirishda, metallurgiya sanoatida, transport vositalarda energiya sifatida foydalanilishi o’rganildi.
Mavzu: Vodorod va uning xossalari
Laboratoriya ishi №8
Vodorodning olinishi
T/X: Kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Ular bilan ishlaganda hamma vaqt tutqichlardan foydalaning..
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Ruxga kislotaning ta’siri Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ 2. Faol metallga suvning ta’siri 2Na+2H2O=2NaOH+H2↑ |
Rangsiz, hidsiz vodorod gazi ajralib chiqadi. (O’rin olish reaksiyasi) |
Xulosa:Vodorod faol metallarga kislotalarni yoki suvni ta’sir ettirish orqali o’rin olish reaksiyasi yordamida olindi. Vodorod rangsiz, hidsiz, havodan yengil gaz.
Laboratoriya ishi №9
Vodorodning mis(II)oksid bilan o’zaro ta’siri va bu reaksiyaning amaliy ahamiyatini o’rganish
T/X: Kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Issiq
idish yoki narsalarni qo’l bilan ushlab olmang. Ular bilan ishlashda
doim tutqichlardan foydalaning.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Ruxga kislotaning ta’siri Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ 2. Mis(II)oksidiga vodorodning ta’siri CuO+H2=Cu+H2O |
Rangsiz, hidsiz vodorod gazi ajralib chiqadi. Qora mis oksidi qizg’ish rangli misga aylanadi va suv hosil bo’ladi (O’rin olish reaksiyasi) |
Xulosa:Vodorod metallarni oksidlaridan ajratib olishda qo’llaniladi va bu xossa vodorodning qaytaruvchilik xususiyatiga ega ekanligini isbotlaydi.
Mavzu: Suv va uning xossalari
Laboratoriya ishi №10
Suvning oksidlar bilan o’zaro ta’siri, hosil bo’lgan eritmalarida indikatorlar rangini o’zgarishi
T/X: Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi,
chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Kislota
va ishqor eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Kalsiy oksidning suv bilan ta’siri CaO+H2O=Ca(OH)2 2. Uglerod(IV)oksidiga suvni ta’siri CaCO3+2HCl=CaCl2+H2O+CO2↑ CO2+H2O=H2CO3 3. Mis(II)oksidga suvning ta’siri CuO+H2O≠ |
1.Probirka isiydi va ohakli suv hosil bo’ladi. Indikator rangi o’zgaradi. 2.Karbonat angidrid suvda eriydi, bunda fosfat kislota hosil bo’ladi. Indikator rangi o’zgaradi. 3.Qora kukun(CuO) suvda erimaydi. |
Xulosa: Tajriba davomida suvning xossalari o’rganildi. Asosli oksidlar suv bilan ta’sirlashib ishqorlar, kislotali oksidlar esa kislotalar hosil qiladi. Nofaol metallar oksidlari esa suv bilan ta’sirlashmaydi.
Mavzu: Asoslar va uning xossalari
Laboratoriya ishi №11
Natriy, kaliy va temir(III)gidroksidlarning xossalari bilan tanishish.
T/X: Kislota va ishqor eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin.
№ |
Modda nomi |
Formulasi |
Agregat holati |
Rangi |
Suvda eruvchanligi |
Indikator ta’sirida rangi |
||
lakmus |
fenolftal |
metilzarg’ |
||||||
1 |
Natriy gidroksid |
NaOH |
Qattiq |
Oq |
eriydi |
Ko’k |
pushti |
sariq |
2 |
Kaliy gidroksid |
KOH |
Qattiq |
Oq |
eriydi |
Ko’k |
pushti |
sariq |
3 |
Temir(III)gidroksid |
Fe(OH)3 |
Qattiq |
Qo’ng’ir |
erimaydi |
- |
- |
- |
Xulosa:Suvda eriydigan va erimaydigan asoslarning fizik xossalari o’rganildi, turli indikatorlarning ishqoriy muhitdagi rangining o’zgarishi kuzatildi.
Laboratoriya ishi №12
Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri.
T/X: Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi,
chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Kislota va ishqor eritmalari bilan ishlaganda
ehtiyot bo’lish kerak. Qizdirish jarayoni borayotganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Mis(II)gidroksid va temir(III)gidroksidning erishi 2.Kislotalarning ta’siri a)Cu(OH)2 +H2SO4=CuSO4+H2O b)Fe(OH)3+3HCl=FeCl3+3H2O |
1.Suvda erimaydi. 2.a)Ko’k rangli cho’kma erib, havo rangli eritma hosil bo’ladi; b)Qo’ng’ir rangli cho’kma eriydi. |
Xulosa: Suvda erimaydigan asoslarga kislotalar ta’sir ettirilganda cho’kma eriydi tegishli metallarning tuz eritmalari hosil bo’lishi tajriba yordamida isbolandi.
Laboratoriya ishi №13
Mis(II)-gidroksidning qizdirilganda parchalanishi.
T/X: Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi
o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi. Qizdirish jarayoni borayotganda
ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Mis(II)gidroksidning olinishi CuSO4+2NaOH=Na2SO4+Cu(OH)2↓ 2.Mis(II)gidroksidning parchalanishi Cu(OH)2=CuO+H2O |
1.Ko’k rangdagi cho’kma hosil bo’ladi. 2.Ko’k rangli cho’kma qora modda va suv tomchilarini hosil qiladi. |
Xulosa: Suvda erimaydigan asoslar qizdirilganda tegishli metall oksidi va suvga parchalanishi o’rganildi.
Mavzu: Kislotalar va uning xossalari
Laboratoriya ishi №14
Neytrallanish reaksiyasi.
T/X: Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Kislota va ishqor eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Natriy gidroksidga fenolftalein ta’siri ta’siri 2.Natriy gidroksidga xlorid kislotaning ta’siri NaOH+HCl=NaCl+H2O 3.Eritmani bug’latish |
1.Eritma pushti rangga bo’yaladi. 2.Eritma rangsizlanadi, tuz hosil bo’ladi. 3.Quruq tuz hosil bo’ladi
|
Xulosa: Kislota asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qilsa neytrallanish reaksiyasi deyiladi. Indikator rangining o’zgarishi orqali tajriba davomida neytrallanish reaksiyasi kechishi isbotlandi.
Laboratoriya ishi №15
Kislota eritmalarining indikatorlarga ta’siri.
![]() |
T/X: Suyultirish qoidasiga rioya qilish lozim. Kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
№ |
Modda nomi |
Formulasi |
Indikator ta’sirida rangi |
||
lakmus |
fenolftalein |
metilzarg’aldog’i |
|||
1 |
Xlorid kislota |
HCl |
Qizil |
rangsiz |
Qizil |
2 |
Sulfat kislota |
H2SO4 |
Qizil |
rangsiz |
Qizil |
Xulosa: Suvda eriydigan kislotalarning turli indikatorlar ta’sirida rang o’zgarishi kuzatildi.
Laboratoriya ishi №16
Kislotalarning metallar bilan o’zaro ta’siri.
T/X: Qizdirish jarayoni borayotganda hamda kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Rux bilan kislotaning ta’siri Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ Zn+H2SO4(suyul)=ZnSO4+H2↑ 2. Temir bilan kislotaning ta’siri Fe+2HCl=FeCl2+H2↑ Fe+H2SO4(suyul)=FeSO4+H2↑ 3.Mis bilan kislotaning ta’siri Cu+HCl≠ Cu+H2SO4(suyul)≠ |
1.Vodord gazi ajralib chiqadi.
2.Bir oz qizdirilganda vodord gazi ajralib chiqadi.
3.Reaksiya sodir bo’lmaydi
|
Xulosa: Faol metallar kislotalar bilan oddiy sharoitda, kam faol metallar qizdirish bilan ta’sirlashib, bunda vodorod ajralishi kuzatildi, nofaol metallar ta’sirlashmaydi. Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o’ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo’ladi.
Laboratoriya ishi №17
Kislotalarning metall oksidlari bilan o’zaro ta’siri.
T/X: Qizdirish jarayoni borayotganda hamda kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Temir(III)oksidiga kislotaning ta’siri Fe2O3+6HCl=2FeCl3+3H2O Fe2O3+3H2SO4(suyul)=Fe2(SO4)3+3H2O 2.Magniy oksidiga kislotaning ta’siri MgO+2HCl=MgCl2+H2O MgO+H2SO4(suyul)=MgSO4+H2O |
1.Reaksiya qizdirish bilan kechadi. Tuz va suv hosil bo’ladi. 2.Reaksiya oddiy sharoitda boradi, tuz va suv hosil bo’ladi.
|
Xulosa: Kislotalar asosli va amfoter oksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qilishi kuzatildi. Bunday reaksiya neytrallanish reaksiyasiga kiritiladi.
8 SINF
Amaliy ish №1.
“Galogenlar” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 2.Moddalar saqlanadigan idishlarning og’zi ochiq qoldirilmaydi. 3.Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang. Laboratoriyada ovqat istemol qilish yoki kimyoviy stakandan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Xlorid kislota tarkibida xlorni aniqlash HCl+AgNO3=AgCl↓+HNO3 2.Xlorid kislota tarkibida vodorod ionini aniqlash 2HCl+Zn=ZnCl2+H2↑ 3.Tuz tarkibida galogen ionini aniqlash a)NaCl+AgNO3=AgCl↓+NaNO3 b)NaI+ AgNO3=AgI↓+NaNO3 d)NaBr+AgNO3=AgBr↓+NaNO3 4.Rux xloridning olinish usullari a)Zn+2HCl=ZnCl2 +H2 b)ZnSO4+BaCl2=BaSO4↓+ZnCl2 d)ZnO+2HCl=ZnCl2+H2O e)Zn(OH)2+2HCl=ZnCl2+2H2O 5.Probirkalardagi tuzni aniqlash a)NaCl+AgNO3=AgCl↓+NaNO3 b)Na2CO3+2HCl=H2O+CO2↓+2NaCl |
1.Oq rangli kumush xlorid cho’kmaga tushadi. 2. Hidsiz H2 gazi ajraladi.
3.a)Oq rangli kumush xlorid cho’kmaga tushadi; b)To’q sariq rangli kumush yodid cho’kmaga tushadi; d)Och sarg’ish cho’kma olinadi. 4.a)Hidsiz H2 gazi ajraladi; b)Oq rangli bariy sulfat cho’kmasi tushadi; d)Rux oksidi eriydi; e)Oq cho’kma eriydi. 5.a)Oq rangli kumush xlorid cho’kmaga tushadi; b)Hidsiz CO2 gazi ajraladi. |
Xulosa: Tajriba davomida galogenlarga xos sifat reaksiya orqali bir moddani ikkinchisidan farqlash, moddalarning sifat analizi orqali tarkibida qanday ionlar borligi aniqlash mumkinligi o’rganildi. Galogenlarga sifat reaktivi sifatida kumush ionlari ekanligi isbotlandi.
Amaliy ish №2.
“Oltingugurt” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 2.Moddalar saqlanadigan idishlarning og’zi ochiq qoldirilmaydi. 3.Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang. Laboratoriyada ovqat istemol qilish yoki kimyoviy stakandan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Sulfat kislotaga xos sifat reaksiya H2SO4+BaCl2=BaSO4↓+2HCl 2.Suyultirilgan va konsentrlangan H2SO4 ning kimyoviy xossalarini taqqoslash a) H2SO4(suyul)+Zn=ZnSO4+H2↑ b)H2SO4(kons)+Zn=ZnSO4+SO2+H2S+S+H2O 3. Probirkalardagi tuzni aniqlash a)CaCl2+Na2CO3=2NaCl+CaCO3↓ b)Na2S+Pb(NO3)2=PbS↓+2NaNO3 d)K2SO4+BaCl2=BaSO4↓+2KCl 4.Rux xloridning olinish usullari (NH4)2SO4+BaCl2=BaSO4↓+2NH4Cl
|
1.Oq rangli bariy sulfat cho’kmaga tushadi. 2. a)Hidsiz H2 gazi ajraladi; b)palag’da tuxum hidli gaz yoki sarg’ish rangli oltingugut chokmaga tushadi. 3.a)Oq rangli kalsiy karbonat cho’kmaga tushadi; b)Qora rangli chokma tushadi; d)Oq rangli bariy sulfat cho’kmasi tushadi. 4.Oq rangli bariy sulfat cho’kmasi tushadi. |
Xulosa: Tajriba davomida galogenlarga xos sifat reaksiya orqali bir moddani ikkinchisidan farqlash, moddalarning sifat analizi orqali tarkibida qanday ionlar borligi aniqlash mumkinligi o’rganildi. Galogenlarga sifat reaktivi sifatida kumush ionlari ekanligi isbotlandi.
Amaliy ish №3.
Ammiak olish va uning xossalarini o’rganish
Yig’ilgan asbob
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1. Laboratoriyada ovqat istemol qilish yoki kimyoviy stakandan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. 2.Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Ammiak hosil qilish 2NH4Cl+Ca(OH)2=CaCl2+2NH3↑+2H2O 2.Ammiakning suvning indikatorlarga ta’siri a) NH3+lakmus=… b)NH3+fenolftalein=-- - 3. Ammiakning kislorodda yonishi 4NH3+3O2=2N2+6H2O 4.Ammiakning kislotalar bilan ta’siri NH3+HNO3=NH4NO3 2NH3+H2SO4=(NH4)2SO4 NH3+HCl=NH4Cl
|
1.O’tkir hidli gaz ajraladi. 2. Indikator: a)ko’k rangga bo’yaladi b)pushti rangga bo’yaladi 3.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida ammiak qaytaruvchi kislorod esa oksidlovchi vazifasini bajaradi. 4.a)ammoniy nitrat tuzi; b)ammoniy sulfat tuzi; d)ammoniy xlorid tuzi (tutun) hosil bo’ladi. |
Xulosa: Tajriba davomida ammikni ammoniy xlorid va kalsiy gidroksidning o’zaro ta’sirlashuvidan olindi. Ammiak suvda yaxshi eriydigan o’tkir hidli gaz bo’lib, katalizator ishtirokisiz yonganda azotgacha oksidlanadi, asosli xossasi indikatorlarga ta’siri va kislotalar bilan reaksiyasi orqali isbotlandi.
Amaliy ish №4.
“Azot guruhchasi elementlari” mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1. Laboratoriyada ovqat istemol qilish yoki kimyoviy stakandan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. 2.Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Ammiak hosil qilish 2NH4Cl+Ca(OH)2=CaCl2+2NH3↑+2H2O 2.Ammiakning suvning indikatorlarga ta’siri a) NH3+lakmus=… b)NH3+fenolftalein=-- - 3. Mis(II)-nitrat tuzini olish CuO+2HNO3=Cu(NO3)2+H2O Cu(OH)2+2HNO3=Cu(NO3)2+2H2O (CuOH)2CO3+2HNO3=Cu(NO3)2+2H2O+CO2↑ 4.Probirkadagi tuzlarni aniqlash a)Na2SO4+Ba(OH)2= BaSO4↓+2NaCl b)2NH4NO3+Ba(OH)2=Ba(NO3)2+2NH3↑+H2O d)2NaCl+Ba(OH)2=BaCl2+2NaOH e)2Na3PO4+3Ba(OH)2=Ba3(PO4)2↓+6NaOH |
1.O’tkir hidli gaz ajraladi. 2. Indikator: a)ko’k rangga bo’yaladi; b)pushti rangga bo’yaladi 3.a)Qora rangli kukun eriydi; b)Ko’k rangli cho’kma eriydi; d)ko’kish yashil rangli tuz eridi va gaz ajraladi. 4.a)Oq rangli bariy sulfat cho’kmasi tushadi; b)O’tkir hidli gaz ajraladi; d)Hech qanday hodisa kuzatilmaydi. e)Sarg’ish rangli cho’kma tushadi |
Xulosa: Tajriba davomida azotning eng muhim birikmalari: ammiak, nitrat kislota, nitrat va fosfat tuzlari va ularning xossalari o’rganildi. Moddalarning sifat reaksiyalari orqali tarkibi isbotlandi
Amaliy ish №5.
Mineral o’g’itlarni aniqlash.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Laboratoriya tajribalari va amaliy ishlarni bajarayotgan paytda xonada keraksiz harakat qilish mumkin emas. 2.Ish joyi toza tutiladi. Tajriba bajarish paytida stol ustidagi keraksiz narsalar chetga olib qo’yiladi. 3.Har bir ishni bajarishdan oldin uni bajarish yuzasidan berilgan yo’l-yo’riq bilan yaxshilab tanishib chiqib, shundan keyingina ishni bajariladi. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Probirkadagi tuzlarni aniqlash a)2NH4NO3+Ba(OH)2=Ca(NO3)2+2NH3↑+2H2O b)2KNO3+Ba(OH)2=Ba(NO3)2+2KOH d)Ca(H2PO4)2+3BaCl2=Ba3(PO4)2↓+CaCl2+2H2O 2.Kaliy xlorid o’g’itini aniqlash KCl+AgNO3=AgCl↓+KNO3 3. Ammoniy xlorid o’gitini aniqlash NH4Cl+NaOH=NaCl+NH3↑+H2O NH4Cl+AgNO3=AgCl↓+NH4NO3 |
1.a)O’tkir hidli gaz ajraladi; b)hech nima kuzatilmaydi; d)Sarg’ish rangli cho’kma tushadi. 2.Oq rangli kumush xlorid cho’kmasi tushadi 3.a)O’tkir hidli gaz ammiak ajraladi; b)Oq rangli kumush xlorid cho’kmasi tushadi. |
Xulosa: Tajriba davomida mineral o’g’itlarning tarkibi aniqlandi va fosforli, ammiakli o’g’itlarga xos sifat reaksiyasi o’tkazildi. Xlorid ioniga kumush, ammoniy ioniga gidroksid, fosfat ioniga bariy yoki kalsiy ionlari sifat reaksiyani beradi. O’g’itlarning xossalarini bila turib, tuproqning muhitiga qarab, qancha miqdorda va qaysi turini sepishga imkon yaratadi.
Mavzu: Amfoter xossalari
Laboratoriya ishi №1
Rux gidroksidning (yoki aluminiy gidroksidining) olinishi, uning kislota va ishqor eritmalariga ta'sirini o'rganish.
T/X: Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Rux gidroksidning olinishi ZnCl2+2NaOH=Zn(OH)2+2NaCl 2 Rux gidroksidning xlorid kislota bilan ta’siri Zn(OH)2+2HCl=ZnCl2+H2O 3.Rux gidroksidga ishqorning ta’siri Zn(OH)2+2NaOH=Na2ZnO2+2H2O |
1.Oq rux gidroksid cho’kmasi hosil bo’ladi;
2.Oq rux gidroksid chokmasi eriydi;
3.Oq rux gidroksid chokmasi eriydi. |
Xulosa: Ishqor eritmasi yordamida suvda erimaydigan asos - rux gidroksid olindi uning xlorid tuzidan olindi bunda oq chokma shakda probirkada hosil bo’ldi. Rux gidroksidning amfoterlik xususiyati unga kislota hamda ishqor ta’sir ettirib isbotlandi. Demak, rux gidroksidi ham kislotali, ham asosli xossa namoyon qiladi.
Laboratoriya ishi №2
Turli kimyoviy bog'lanishlarga ega bo'lgan moddalar (kaliy, kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristallari nusxalarini tayyorlash.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Natriy xlorid, oltingugurt, yod kristall panjaralarining nusxalari tayyorlanadi. 2. Mis, olmos va grafitning kristall panjaralari bilan tanishish. |
Shar stertjenli molekula modellari va kristall panjaralar tuziladi |
Xulosa: Turli kimyoviy bog’lanishli moddalarning atom va molekula tuzilishlari haqida abstract tafakkurga tayanib ilmiy tasavvurga ega bo’lishdi. Demak, atomlar o’z valentliklariga binoan o’zaro birikadi.
Laboratoriya ishi №3
Elektrolitlar eritmalari muhitini indikatorlar yordamida sinash.
T/X: Suyultirish qoidasiga rioya qilish lozim. Kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
№ |
Modda nomi |
Formulasi |
metilzarg’aldog’i |
1 |
Aluminiy xlorid |
AlCl3 |
pushti |
2 |
Natriy karbonat |
Na2CO3 |
sariq |
3 |
Natriy xlorid |
NaCl |
O’zgarmaydi |
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Cho’kma hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiya CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2↓+Na2SO4 2.Gaz ajralishi bilan boradigan reaksiya Na2CO3+H2SO4=Na2SO4+CO2↑+H2O 3.Neytrallanish reaksiyasi NaOH+HCl=NaCl+H2O |
1.Havo rang cho’kma tushadi; 2.Karbonat angidrid gazi ajraladi; 3.Tuz va suv hosil bo’ladi
|
Xulosa: Tuzlaring gidroliz jarayoni o’rganildi, indikatorlar yordamida eritma muhiti aniqlandi. Tajribada ion almashinish reaksiyalari kuzatildi. Cho’kma, gaz yoki kam dissotsilanadigan modda ajralishi bilan boradigan reaksiyalar ion almashinish reaksiyalari deyiladi.
Laboratoriya ishi №4
Xlorid kislota, galogenidlar va yod uchun sifat reaksiyalari
T/X: Kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Xlorid kislotaga kumush nitrat ta’siri HCl+AgNO3=AgCl↓+HNO3 2. Natriy xloridga kumush nitrat ta’siri NaCl+AgNO3=AgCl↓+NaNO3 3. Natriy bromidga kumush nitrat ta’siri NaBr+AgNO3=AgBr↓+NaNO3 4. Natriy yodidga kumush nitrat ta’siri NaI+AgNO3=AgI↓+NaNO3 |
1.Oq cho’kma ajraladi.
2.Oq cho’kma ajraladi.
3.Och sarg’ish rangli cho’kma tushadi
4.Sarg’ish rangli cho’kma tushadi |
Xulosa: Xlorid, yodid, bromide ionlarga xos sifat reaksiya o’tkazildi. Ularni aniqlash uchun kumush nitrat reaktiv hisoblanadi.
Laboratoriya ishi №5.
Tuproq eritmasi tarkibida xloridlar borligini aniqlash
T/X: Kumush nitrat (qo’rg’oshin(II)atsetat) eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Tuproqning suvli so’rimini tayyorlash 2.Xlor ioni borligini tekshirish Cl-+Ag+(Pb2+)=AgCl(PbCl2)↓ |
1.Filtrlangan eritma olinadi 2. Cho’kma hosil bo’ladi. |
Xulosa: Tajribada tuproqning suvli so’rimida xlorid ionlari borligi aniqlandi. Xlor ioniga kumush nitrat yoki qo’rg’oshin atsetat eritmalari reaktiv hisoblanadi.
Laboratoriya ishi №6.
Galogen birikmalarining eritmalaridan bir-biridan siqib chiqarish.
T/X: Suyultirish qoidasiga rioya qilish lozim. Kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Kaliy bromidga xlorning ta’siri 2KBr+Cl2=2KCl+Br2 2.Kaliy yodidga xloridning ta’siri 2KI+Cl2=2KCl+I2 3.Kaliy yodidga bromning ta’siri 2KI+Br2=2KBr+I2 |
1.Benzol eritmasi qo’ng’ir rangga bo’yaladi. 2.Benzol eritmasi binafsha rangga kiradi 3.Benzol eritmasi binafsha rangga bo’yaladi |
Xulosa: Faolligining oshib borishiga qarab faol galogenlar passiv galogenlarni ularning tuzlaridan siqib chiqarishi o’rganildi.
Laboratoriya ishi №7.
Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda eruvchanligini o'rganish
T/X: Galogenlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Yod va bromning benzol eritmasida erishi 2.Yod va bromning distillangan suvda erishi |
1. Yaxshi eriydi.
2. Yomon eriydi. |
Xulosa: Tajribada galogenlarning suvda va organik erituvchilarda erishi kuzatildi, natijada organik erituvchilardagi eruvchanligiga qaraganda suvdagi eruvchanligi nisbatan past ekanligi aniqlandi.
Laboratoriya ishi №8.
Oltingugurt namunalari va uning tabiiy birikmalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Namunalarning nomi |
Kimyoviy formulasi |
Tashqi ko'rinishi |
Hidi |
Suvda eruvchanligi |
Oltingugurt |
S (S8) |
sarg’ish qattiq modda |
O’ziga xos |
yomon |
Sulfat kislota |
H2SO4 |
Rangsiz moysimon suyuqlik |
O’ziga xos |
yaxshi |
Ammoniy sulfat |
(NH4)2SO4 |
Kulrang kukun |
hidsiz |
yaxshi |
rux sulfat |
ZnSO4 |
Oq rangli kristall |
hidsiz |
yaxshi |
Xulosa: Oltingugurt va uning birikmalari namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, har bir modda o’ziga xos fizik xususiyatlarga egaligi o’rganildi.
Laboratoriya ishi №9
Turli eritmalarda sulfat anioni borligini aniqlash.
T/X: Kislota eritmasi bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Ammoniy sulfatga bariy xloridning ta’siri BaCl2+(NH4)2SO4=BaSO4↓+2NH4Cl Ba+2+2Cl-+2NH4++SO42-=BaSO4+2NH4++2Cl Ba+2+SO42-=BaSO4↓ 2.Sulfat kislotaning bariy xloridga ta’siri BaCl2+H2SO4=BaSO4↓+2HCl 3.Bariy sulfatga nitrat kislotaning ta’siri BaSO4↓+2HNO3=Ba(NO3)2+H2SO4 |
1.Oq bariy sulfat cho’kmasi hosil bo’ladi.
2.Oq bariy sulfat cho’kmasi hosil bo’ladi.
3.Cho’kma eriydi. |
Xulosa: Tajriba davomida ammoniy sulfat, sulfat kislotaning bariy xloridi bilan oq cho’kma berishi va bu sulfat ioniga sifat reaksiya ekanligi, shu bilan birga bariy ioniga sifat reaksiyasi bo’lishi isbotlandi.
Laboratoriya ishi №10
Kimyoviy reaksiya tezligiga turli omillar ta'sirini ko'rsatuvchi tajribalarni bajarish.
T/X: Qizdirish jarayoni borayotda hamda kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Kislota eritmasi bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Reaksiya tezligiga moddalar tabiatining ta'siri Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ Zn+2CH3COOH=Zn(CH3COO)2+H2↑ 2.Reaksiya tezligining bir-biriga tegish sirt kattaligiga ta'siri. CaCO3+2HCl=CaCl2+H2O+CO2↑ CaCO3+2CH3COOH=Ca(CH3COO)2+H2O+CO2↑ 3.Reaksiya tezligiga temperaturaning ta'siri. Na2S2O3+H2SO4= |
1.1-probirkada vodorod gazi tezroq ajraladi.
2.Bo’laklari mayda bo’lgan ohaktosh saqlagan probirkadagi reaksiya tezroq boradi
|
Xulosa: Laboratoriya ishi davomida reaksiya tezligiga kislota kuchining, haroratning, konsentratsiyaning, moddalarning tabiati, maydalanish darajasiga bog’liqligi kuzatildi.
Laboratoriya ishi №11
Ammoniy tuzlaridan ohak ta'sirida ammiak olish va uning xossalarini о 'rganish
T/X: Qizdirish jarayoni borayotda hamda kislota eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Ammiakning olinishi Ca(OH)2+2NH4Cl=CaCl2+2NH3+2H2O 2.Ammiak gazining fenolftalein indikatoriga ta’siri 3.Ammiakning xlorid kislota bug’lari bilan ta’siri:NH3+HCl=NH4Cl 4. Ammiakni yig’ish va suvda eritish NH3+H2O=NH4OH |
1.O’tkir hidli ammiak gazi ajraladi. 2.Indikator qog’ozi pushti rangga bo’yaladi 3.Tutun hosil bo’ladi, ammoniy xlorid ajraladi 4.Ammiak suvda yaxshi eriydi. |
Xulosa: Tajriba davomida ammiak olindi va uning asosli xossa namoyon qilishi hamda suvda erishi kuzatildi. Xlorid kislota bilan ammiak olovsiz tutun hosil qilishi aniqlandi.
Laboratoriya ishi №12
Mineral o’g’itlarning namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
O'g'itning nomi |
Formulasi |
Nisb. molekulyar massasi |
Tashqi ko'rinishi |
Suvda erishi |
Ammoniy nitrat |
NH4NO3 |
80 |
Oq kristall |
yaxshi |
Ammoniy xlorid |
NH4Cl |
53,5 |
Oq kristall |
yaxshi |
Kaliy nitrat |
KNO3 |
101 |
Mayda och-kul rang kristall |
yaxshi |
Ammoniy sulfat |
(NH4)2SO4 |
132 |
Yirik rangsiz kristall |
yaxshi |
Superfosfat |
Ca(H2PO4)2∙2H2O |
270 |
Och kulrang kukun |
yomon |
Silvinit |
KCl∙NaCl |
133 |
Tuzda pushti kristallar bor |
yaxshi |
Xulosa: Mineral o’g’it namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, har biri o’ziga xos fizik xususiyatlarga egaligi o’rganildi. Ularning suvdagi eruvchanligi, kimyoviy formulasi va nisbiy molekulyar massasi aniqlandi.
9 SINF
Amaliy ish №1.
Uglerod(IV)-oksidni olish va uning xossalari bilan tanishish.
Yig’ilgan asbob
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1. Asbobning to’g’ri va germatik yig’ilganligi tekshiriladi. 2. Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak. 3.Moddalar saqlanadigan idishlarning og’zi ochiq qoldirilmaydi. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Karbonat angidridning olinishi CaCO3 +2HCl→CaCl2+H2O+CO2↑ 2. Karbonat angidridni aniqlash Ca(OH)2 +CO2→CaCO3 ↓+H2O 3. Mo’l miqdordagi gazning o’tkazilish CaCO3 + CO2 + H2O→Ca(HCO3)2 4. Karbonat angidridning ishqor bilan ta’sirlashuvi NaOH + CO2=NaHCO3 5. Karbonat ionlariga xos sifat reaksiya Na2CO3+2HCl=2NaCl+CO2↑+H2O |
1.Rangsiz, hidsiz karbonat angidrid (CO2) ajralib chiqadi. 2.Ohakli suv loyqalanadi. 3.Cho’kma eriydi va tiniq eritma hosil bo’ladi. 4.Fenolftaleinli ishqorning pushti rangli eritmasi rangsizlanadi. 5.Karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. |
Xulosa: Marmarga xlorid kislota ta’sir ettirish yo’li bilan karbonat angidrid gazi olindi va ohakli suv yordamida CO2 ekanligi isbotlan-di. Karbonat angidrid suvda yaxshi erishi va uning kislotali xossa namoyon qilishi aniqlandi. Tajriba davomida karbonat ioniga xos sifat reaksiya o’rganildi.
Amaliy ish №2.
“Ishqoriy metallar” va “Kalsiy” mavzulari bo’yicha tajribaviy masalalar yechish.
Texnika xavfsizlik qoidalari |
1.Elektr isitish asbobidan foydala-nishdan oldin elektr simining izolyat-siyasi butunligini tekshirib ko’riladi. 2.Gaz ajralish bilan boradigan reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Moddalar isitayotganda probirka og’zini yonimizdagi o’rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo’yiladi. 3. Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish lozim. |
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Probirkalardagi tuzni aniqlash a)NaOH+ fenolftalein = b)Na2CO3+2HCl=2NaCl+CO2↑+H2O d)NaCl+AgNO3=AgCl↓+NaNO3 2.Probirkalardagi tuzni aniqlash a)KCl+ HCl ≠ b)K2CO3+2HCl=2KCl+CO2↑+H2O d)CaCO3+2HCl→CaCl2+H2O+CO2↑ e)CaCl2+2AgNO3=2AgCl↓+Ca(NO3)2 3.Kalsiy gidroksidni aniqlash a)2KOH+CO2=K2CO3+H2O b)Ca(OH)2+CO2=CaCO3↓+H2O 4. 1-amaliy mashg’ulotda olingan bilimlarini mustahkamlash 5.Ohakli suv xossalari: Ca(OH)2+CO2=CaCO3↓+H2O a) CaCO3↓+ Ca(OH)2≠ b) CaCO3+Na2CO3≠ d) CaCO3→CaO+CO2 |
1.a)pushti rangli eritma hosil bo’ladi; b)CO2 gazi ajraladi; d)Oq rangli cho’kma tushadi; 2. K va Ca tuzlari alangani bo’yashi asosida ajratiladi. a)reaksiya bormaydi; b-va d-reaksiyalarda CO2 gazi ajraladi; e)Oq rangli cho’kma tushadi. 3.a)Hech nima kuzatilmaydi; b)Oq cho’kma hosil bo’ladi. 5.Eritma loyqalanadi: a)reaksiya bormaydi; b)reaksiya bormaydi; d)CO2 gazi ajraladi.
|
Xulosa: Tajribada kalsiy va ishqoriy metallar ionlarining alangani bo’yashi va faolligi kuzatildi ion almashinish reaksiyalari orqali asosli xossalari o’rganildi.
Mavzu:Uglerod va kremniy birikmalarining xossalari
Laboratoriya ishi №1
Karbonatlar va gidrokarbonatlarning bir-biriga aylanishi hamda ularning xossalari bilan tanishish.
T/X: Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish lozim.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Ohakli suvning karbonat angidrid bilan ta’siri Ca(OH)2+CO2=CaCO3↓+H2O 2.Karbonat angidrid o’tkazishni davom ettirish CaCO3 + CO2 + H2O→Ca(HCO3)2 3.Kalsiy gidrokarbonatni qizdirish Ca(HCO3)2→CaCO3 + CO2 ↑+ H2O 4.Karbonat ioniga xos sifat reaksiya MgCO3+2HCl=MgCl2+H2O+CO2↑ |
1.Ohakli suv loyqalanadi.
2.Cho’kma eriydi va tiniq eritma hosil bo’ladi.
3.Karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. 4.Rangsiz karbonat angidrid gazi ajraladi |
Xulosa: Ohakli suv yordamida CO2 ekanligi isbotlandi. Tajriba davomida karbonat ioni vodorod ioni reaktivi orqali aniqlandi. Karbonatlar va gidrokarbonatlarning bir-biriga aylanish reaksiyalari o’rganildi.
Laboratoriya ishi №2
Tabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
|
1. Qum –SiO2 2.Kvars -SiO2 3.Dala shpati-K2O∙Al2O3∙6SiO2 4.Kaolin -Al2O3∙SiO2∙H2O 5.Shisha -Na2O∙CaO∙6SiO2
|
Xulosa: Tabiiy silikatlar namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, har biri o’ziga xos fizik xususiyatlarga egaligi o’rganildi.
Laboratoriya ishi №3
Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. “Shisha va undan yasalgan mahsulotlar” to’plami bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
|
Shisha nomlari |
formulasi |
Ishlatilishi |
1Oddiy shisha 2.Billur shisha 3.Issiqlikka chidamli shisha |
Na2O∙CaO∙6SiO2 K2O∙PbO∙6SiO2 K2O∙CaO∙6SiO2 |
tibbiyot va uy ro’zg’orda Texnik vositasi |
Xulosa: Shisha va undan yasalgan mahsulotlar namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, har birining ishlatilish sohalari sanab o’tildi.
Mavzu: Metallar va ularning xossalari bilan tanishish
Laboratoriya ishi №4
Metall namunalarini ko’zdan kechirish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
№ |
Nomi |
Rangi |
Ar |
Qora yoki rangli |
Elektr o'tkazuv-chanligi |
Issiqlik o'tkazuv chanligi |
Og'irligi g/sm3 |
1 |
alyuminiy |
Kumushsimon oq |
27 |
rangli |
yaxshi |
yaxshi |
2,7 |
2 |
mis |
Qizg’ish |
64 |
rangli |
yaxshiroq |
yaxshiroq |
8,9 |
3 |
temir |
Kumushsimon oq |
56 |
qora |
yaxshi |
yaxshi |
7,874 |
4 |
rux |
Ko’kimtir oq |
65 |
rangli |
yaxshi |
yaxshi |
7,13 |
5 |
qo’rg’oshin |
kulrang |
207 |
rangli |
yaxshi |
yaxshi |
11,34 |
Xulosa: Metall namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, hamma metallar yaltiroqlikka ega, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi yaxshi, og’ir, temirdan tashqari hammasi rangli metallar qatoriga kirishi aniqlandi va kuzatildi.
Laboratoriya ishi №5
Qotishmalarning namunalarini ko’zdan kechirish.
Metall qotishmalari |
Tashqi ko’rinishi |
Ishlatilishi |
1.Dyuraluminiy 2.Bronza 3. Po’lat 4.Cho’yan |
Kumushsimon Qizil-sarg’ish Kumushsimon-oq Kulrang |
Deraza, idish, tibbiyot va uy ro’zg’orda Texnik vositasi |
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Xulosa: Metall qotishmalari namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, ko’pchiligi qattiq, yaltiroqlikka ega, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi yaxshi, og’ir, transport va texnik vositasi sifatida korroziya va yemirilishga chidamlilik xossasi sanab o’tildi.
Laboratoriya ishi №6
Tuzlar eritmalari bilan metallarning o'zaro ta'siri
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Mis simining kumush nitrat eritmasi bilan ta’siri 2AgNO3+Cu=Cu(NO3)2+2Ag 2.Mis sulfatning temir bilan ta’siri CuSO4+Fe=FeSO4+Cu 3.Qo’rg’oshin(II)-nitratning mis bilan ta’sirlashuvi Pb(NO3)2+Cu= |
1.Mis simining yuzasi kumush bilan qoplanadi. 2.Kulrang temir qizg’ish misga o’rnini beradi 3.Reaksiya bormaydi |
Xulosa: Metallarning faolligi o’rganildi, elektrokuchlanish qatorida o’ng tomonda turgan metallar chap tomondagi metallarni siqib chiqara olmasligi tajribada kuzatildi.
Laboratoriya ishi №7
Natriy, kaliy, kalsiy va magniyning eng muhim tuzlari namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan
qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Metallar tuzlari |
Alanganing o’zgarishi |
Kaliy xlorid Natriy xlorid Kalsiy xlorid |
Binafsha Sariq Qizg’ish |
Xulosa: Tajriba davomida metal tuzlarining alangani bo’yash xossasidan foydalanib ularni farqlash usuli bilan tanishildi.
Laboratoriya ishi №8
Tuzlar eritmalari bilan metallarning o'zaro ta'siri
T/X: Elektr asboblari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish va
ishdan so’ng elektr manbadan o’chirish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1. Mis(II)xlorid eritmasining elektrolizi CuCl2+H2O→Cu+Cl2↑+H2O 2.Kaliy yodid eritmasining elektrolizi KI+H2O=KOH+H2↑+I2 Yodga kraxmalning ta’siri Kraxmal+I2=Ko’k eritma
|
1.Katod yuzasida qiz-g’ish rangli mis bilan qoplanadi, anodda esa xlor gazi ajraladi 2.Katodda vodorod pufakchalari, anodda yod ajraladi. |
Xulosa: Elektroliz jarayonida tuzlarning elektrolizi kuzatildi. Katodda qaytarilish, anodda esa oksidlanish jarayoni kechishi o’rganildi. Elektroliz yordamida sof metallarni olish mumkinligi ahamiyatga molik.
Laboratoriya ishi №9
Aluminiynig kislota va ishqor eritmalari bilan o’zaro ta'siri
T/X: Qizdirish jarayoni borayotganda hamda kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Aluminiyning xlorid kislota bilan ta’siri 2Al+6HCl=2AlCl3+3H2↑ 2.Alyuminiyning ishqor bilan ta’siri 2Al+2NaOH+2H2O=2NaAlO2+3H2↑ |
1.Vodorod gazi ajralib chiqadi(tezlashtirish uchun isitish mumkin). 2.Vodorod gazi ajralib chiqadi(tezlashtirish uchun isitish mumkin). |
Xulosa: Aluminiy metallining amfoterlik xususiyati unga kislota hamda ishqor ta’sir ettirib isbotlandi, bunda vodorod gazi siqib chiqarildi. Demak, aluminiy ham kislotali, ham asosli xossa namoyon qiladi.
Laboratoriya ishi №10
Alyuminiy va uning qotishmalarning namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Qotishma |
Tarkibi,( % hisobida) |
Qo'llanish |
Aluminiy |
95%-Ni, 1,8-2,5%-Al. 1,8-2,5%-Mn. 0,88-1,15%-Si. |
Elektrik xossalari tempera-turaga o'zgarishiga juda sezgir material bo'lgani uchun termoo'lchagichlar, termoparalar yasaladi. |
Dyralumin |
94%-Al. 3-5%-Cu. 1%-Mg, Ni, Mn |
Samolyotsozlik, mashinasozlik va asbobsozlikda ishlatiladi. |
Silumin |
86-88%-Al. 12-14%-Si. |
O'lchov va signal beruvchi moslamalarda ishlatiladi. |
Aluminiy-marganetsli bronza |
90%-Cu. 8,5-9,5%-Al. 1,5-2%-Mn. |
Mashina detallari tayyorlanadi. |
Xulosa: Metall qotishmalari namunalarining tashqi ko’rinishi bilan tanishildi, ko’pchiligi qattiq, yaltiroqlikka ega, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi yaxshi, og’ir, transport va texnik vositasi sifatida korroziya va yemirilishga chidamlilik xossasi sanab o’tildi.
Laboratoriya ishi №11
Aluminiy gidroksidining olinishi, uning kislota va ishqor eritmalariga ta'sirini o'rganish.
T/X: Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Aluminiy gidroksidning olinishi Al(NO3)3+3NaOH=Al(OH)3+3NaNO3 2.Aluminiy gidroksidning xlorid kislota bilan ta’siri Al(OH)3+3HCl=AlCl3+3H2O 3.Aluminiy gidroksidga ishqorning ta’siri Al(OH)3+NaOH=NaAlO2+2H2O |
1.Oq aluminiy gidroksid cho’kmasi hosil bo’ladi; 2.Oq aluminiy gidroksid chokmasi eriydi; 3.Oq aluminiy gidroksid chokmasi eriydi. |
Xulosa: Ishqor eritmasi yordamida suvda erimaydigan asos - aluminiy gidroksid uning xlorid tuzidan olindi, bunda oq chokma shakda probirkada hosil bo’ldi. Aluminiy gidroksidning amfoterlik xususiyati unga kislota hamda ishqor ta’sir ettirib isbotlandi. Demak, aluminiy gidroksidi ham kislotali, ham asosli xossa namoyon qiladi.
Laboratoriya ishi №12
Aluminiy tuzlari eritmalarining indikatorlarga ta’sirini o’rganish
T/X: Qizdirish jarayoni borayotda hamda kislota eritmalari
bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Aluminiy xlorid eritmasining gidrolizi AlCl3+3H2O=Al(OH)3↓+3HCl Al+3+3Cl-+3H2O=Al(OH)3↓+3H++3Cl- Al+3+3H2O=Al(OH)3↓+3H+ |
1.Lakmus qizil rangga bo’yaladi 2.Metiloranj pushti rangga bo’yaladi
|
Xulosa: Aluminiy xlorid eritmasi gidroliz ta’sirida kislotali muhit namoyon qiladi, chunki tuz kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan.
Laboratoriya ishi №13
Ikki va uch valentli temir tuzlarini bilib olish.
T/X: Zaharli moddalar bilan ishlaganda moddalarni hidlash va mazasini tatib ko’rish mumkin emas.
Ishning algoritmi va reaksiyalar |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Temir(II)ioniga sifat reaksiya 3FeSO4+2K3[Fe(CN)6]=Fe3[Fe(CN)6]2+3K2SO4 2 Temir(III)ioniga sifat reaksiya a)4FeCl3+3K4[Fe(CN)6]=Fe4[Fe(CN)6]3+12KCl b)FeCl3+3NH4SCN=Fe(SCN)3+3NH4Cl |
1.Turunbul zangori cho’kmasi hosil bo’ladi; 2.a)Berlin lazuri cho’kmasi hosil bo’ladi; b)Eritma to’q qizil tusga kiradi. |
Xulosa: Ishqor eritmasi yordamida suvda erimaydigan asos - rux gidroksid olindi uning xlorid tuzidan olindi bunda oq chokma shakda probirkada hosil bo’ldi. Rux gidroksidning amfoterlik xususiyati unga kislota hamda ishqor ta’sir ettirib isbotlandi. Demak, rux gidroksidi ham kislotali, ham asosli xossa namoyon qiladi.
Laboratoriya ishi №14
Cho’yan va po’lat namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, mazasini tatib ko’rmang.
Cho'yan turi |
Tarkibi |
Xossasi |
Qo'lanishi |
|
||
Kulrang cho'yan |
1,7-4,30C 1,25-4%-Si. 1,5%-Mn. Kremniy ko'p bo'lganida uglerodning temirda eruvchanligi pasayadi. Shuning uchun uglerod grafit holida ajralib chiqadi |
Yumshoq, mexanik ishlash oson |
Turli quyma detallar: shesterna, g'ildirak, quvurlar tayyorlanadi. |
|
||
Oq cho'yan |
1,7-4,3%-C. 4% dan ko'p Mn uglerod sementit Fe4C3- |
Qattiq, mo'rt. |
po'lat tayyorlanadi |
|
||
Legirlangan element |
Legirlovchi elementning xossasi |
Qo'llanishi |
||||
Xrom |
Qattiqiik va korroziyaga bardoshlik. |
Asboblar, keskich va iskanalar tayyorlanadi. |
||||
Nikel |
Qovushqoqlik, mexanik pishiqlik, ishqalanishga chidamlilik. |
Turbinalar, reaktiv dvigatellar, o'lchov asboblari tayyorlanadi. |
||||
Marganes |
Qovushqoqlik, mexanik pishiqlik, ishqalanishga chidamlilik. |
Mayda inshootlar, temir yoi relslari, ekskavator cho'michlarining tishlari tayyorlanadi. |
||||
Titan |
O'tga, yuqori haroratga chidamlilik, korroziyaga bardoshlik |
Samolybt, raketa va kemasozlikda kimyoviy apparatura tayyorlashda ishlatiladi |
||||
Volfram |
Qattiqiik, o'tga chidamlilik, ko'p yillar ishlay olish xususiyati. |
Tez qirquvchi instrumentlar, arra, elektr lampa tolalari tayyorlanadi. |
||||
Molibden |
Elastiklik, o'tga chidamlilik, korroziyaga bardoshlilik |
Reaktiv samolyot turbina parraklari, avtomashina detailari, bronzalangan plitalar, laboratoriya idishlari, |
||||
Kremniy |
Kislotalar ta'siriga chidamlilik |
Transformator, kislota ta'siriga chidamli apparat tay |
||||
Vanadiy |
Yuqori pishiqlik, zarbaga bardoshlilik |
Instrumental po'lat, zarbabardosh detallar |
||||
Xulosa: Cho’yan va po’lat namunalarining tashqi ko’rinishi, xossalari, tarkibi bilan tanishildi, ularning kislotalarga chidamliligi, zarbabardoshligi, issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik xossalari sanab o’tildi va taqqoslandi. Ularning ishlatilish sohalari va tarmoqlari haqida ma’lumot olindi.
Mavzu:Organik birikmalar bilan tanishish
Laboratoriya ishi №15
Neftni qayta ishlash va toshko’mirni, u qanday modda bo’lishidan qat’iy nazar, kokslash mahsulotlarining namunalari bilan tanishish.
T/X: Moddalar bilan ishlaganda mazasini tatib ko’rmang va hidlaganda burningizga yaqinlashtirilmaydi.
№ |
Yonilg’i nomi |
Agregat holati |
Rangi |
Hidi |
Suvda eruvchanligi |
1 |
Neft |
suyuq |
Qoramtir jigar |
O’ziga xos |
erimaydi |
2 |
Benzin |
suyuq |
Och sarg’ish |
O’ziga xos |
erimaydi |
3 |
Tabiiy gaz |
gaz |
Rangsiz |
Hidsiz |
Yomon eriydi |
4 |
Komir |
qattiq |
Qora |
Hidsiz |
Yomon eriydi |
Xulosa: Neftni qayta ishlash va toshko’mirni kokslash mahsulotlar namularining tashqi ko’rinishi, ba’zi fizik xossalari sanab o’tildi. Neftni haydash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar haqida tushunchaga ega bo’lishdi.
Laboratoriya ishi №16
Etilen olish va uning xossalarini o’rganish.
T/X: Spirt lampasi bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Spirt lampasi alangasidan foydalanib bo’lgandan keyin u qopqoq yordamida o’chiriladi. Reaksiya sodir bo’layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, modda yuzga sachrashi mumkin. Brom bilan boradigan tajribalar mo’rili shkafda o’tkaziladi.
Reaksiya tenglamasi |
Kuzatiladigan o’zgarishlar |
1.Etilenning olinishi (kat H2SO4) a)C2H5OH →C2H4↑+ H2O b) Etilenga bromning birikishi C2H4+Br2 → C2H4Br2 d)Etilenning oksidlanishi 2KMnO4+3C2H4+4H2O=3C2H4(OH)2+2KOH+2MnO2 e)Etilenning yonishi C2H4+3O2 → 2CO2 +2H2O
|
1.a)Etilen gazi ajraladi; b) qo’ng’ir rangli suyuqlik (Br2) rangsizlanadi; d) pushti rangli KMnO4 eritmasi rangsizlanadi va qora cho’kma MnO2 tushadi. e)Ravshan alanga bo’lib yonadi.
|
Xulosa: Laboratoriya sharoitida etilen etil spirtidan degidratlash usuli bilan olindi. Toyinmaganlik xossasiga oid tajribalar:kaliy permanganate eritmasini va bromli suvni rangsizlantirishi sifat reaksiyalar o’tkazildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, Toshkent 2010
2. I.R. Asqarov, N.X. To`xtaboyev, K.G`. G`opirov “Kimyo “ 7- sinf darsligi.
3. I.R. Asqarov, N.X. To`xtaboyev, K.G`. G`opirov “Kimyo “8- sinf darsligi.
4. I.R. Asqarov, N.X. To`xtaboyev, K.G`. G`opirov “Kimyo “9- sinf darsligi.
5. M.S. Ergashev, M.F. Yulayev va boshqalar “ Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo fanidan amaliy mashg`ulot va laboratoriya ishlari uchun metodik qo`llanma ( 7-9 siniflar).
Настоящий материал опубликован пользователем Ходжаева Раъно Хуршидовна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт
Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.
Удалить материалучитель русского языка и литературы
Лабораторная работа по химии
Тема: Изучение свойств кислот и оснований.
Цель работы: Изучить химические свойства кислот и оснований, научиться определять их с помощью индикаторов.
Курс повышения квалификации
Курс повышения квалификации
36 ч. — 180 ч.
Курс профессиональной переподготовки
300 ч. — 1200 ч.
Курс повышения квалификации
36 ч. — 180 ч.
Еще материалы по этой теме
Смотреть
Рабочие листы
к вашим урокам
Скачать
Данная рекомендация или брощура написана для учителей химии. ЕЮ можно пользоватся во время урока в помощь учителю для проведения лабораторных или практических занятий. Брощура содержит правила техники безоапсности для каждого занятия, алгоритм работы, необходимые реактивы и оборудования, также химические реакции.
Ею могут пользоватся не тольео учителя, но и учащиеся среднеобразовательных школ и лицеев, а также студенты колледжей.
В этой разработке вы можете найти выводы после каждой лабораторной работы или практического занятия. А также там имеются рисунки как собрать необходимый прибор для использования его на занятиях.
7 346 221 материал в базе
Вам будут доступны для скачивания все 323 221 материал из нашего маркетплейса.
Мини-курс
3 ч.
Мини-курс
2 ч.
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.