Инфоурок Физическая культура КонспектыSakrash turlari - тип прижковю. Физкултура.

Sakrash turlari - тип прижковю. Физкултура.

Скачать материал

 

 

O’zbekiston Respublikasi                                                          Xalq Ta’limi Vazirligi Jizzax viloyati                         Yangiobod tuman XTB ga qarashli 6-umumiy o’rta ta’lim maktabining                                                             Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi                                  Mamayusufov Behzodning                                                                “Sakrash turlari” turlari

mavzusida tayyorlagan bir soatlik

DARS ISHLANMASI

 

Yangiobod-2023.

 

 

 

Familiya:    Mamayusufov.

Ismi:            Behzod.

Sharifi:        Mamarasulovich.

Ish joyi:      6-umumta`lim maktabi

Lavozimi:   O`qituvchi

Tuman:       Yangiobod

Viloyat:       Jizzax

Fan:             Jismoniy tarbiya

Sinf:             9

Mavzu: Yengil atletika –  Sakrash turlari.

O`quvchi soni: 12 nafar.

ANNOTATSIYA:

-Istiqbolli va iqtidorli yengil atletikachilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar uchun sifatli sport zahirasini shakllantirish.

-Mustaqillik yillaridan buyon  ko`plab sportchilarimiz  osiyo, jahon, olimpiada o`yinlari chempionligiga erishib kelmoqda, buning zamirida yurtimizda sportga bo`layotgan e`tibor yotibdi.   O`quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish va ularni g`oliblik ruhida tarbiyalab borishda Yengil atletika sport turning ham ahamiyati juda kattadir.Quyidagi dars ishlanma aynan yengil atletika sport turiga bag`ishlanadi.        

Yengil atletika –  Sakrash turlari  mavzusidagi dars ishlanmamizda o`quvchilarda jamoa  bo`lib harakatlanish, bir-biriga yordam berish, chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, tez fikrlash, aniqlik va g`oliblik ruhlaridan tashqari, kuch, chidamlilik, sakrovchanlik, kabi jismoniy sifatlar ham rivojlantirilib,  shakllantirib boriladi. O`quvchilarga ezgu sifatlarni tarkib toptirishda, o`quvchilarda nazariy hamda amaliy ko`nikmalarni shakllantirib borishda, ta`lim tizimini ochib berishda yangi pedagogik texnologiyalarning,,Klaster’’, ,,Musobaqa” , ,,Korsatmali’’  , ,,Amaliy mashqlarni bajarish’’ , ,,Jismoniy sifatlarni rivojlantirish’’ kabi usullardan samarali foydalaniladi.              

 

DARS REJASI

MAVZU:  Yengil atletika – Sakrash turlari  .

Dars turi: Amaliy mashg'ulot.

Dars vaqti: 45  daqiqa.

Dars tipi: Yangi bilim berish va mustahkamlash darsi.

Dars o`tish joyi: Sakrash uchun ajratilgan maxsus maydocha.

Darsda qo`llaniladigan usul: ,,Musobaqa”, ,,Korsatmali’’  , ,,Amaliy mashqlarni bajarish’’ , ,,Jismoniy sifatlarni rivojlantirish’’,,Oz-o’zini rivojlantirish’’ usuli .

Darsda qo`llaniladigan nazorat turi: Amaliy ko’nikmalarni bajarish bo’yicha harakatlarni  namoyish etish.

 

DARSNING MAQSADI:

1-Ta`limiy maqsad:

1.   Amaliy ko’nikmalarni egallash va mustahkamlash;

2.   O`quvchilarga ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;

3.   O’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llash;

2-Tarbiyaviy maqsadi:

1.   O`quvchilarni Vatanga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbat xislarini tarbiyalash;   

2.   O`quvchilar ongida muomula madaniyatini shakllantirish;

3.   O`quvchilar o`rtasida o`zaro hamfikrlikni shakllantirish;

4.   O`quvchilarni kasbga yo`naltirish;

3-Rivojlantiruvchi maqsadi:

1.   O`quvchilarda egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish. 

2.   O`quvchilarda mustaqil erkin fikrlashni rivojlantirib borish;

 

 

 

 

 

3.   O`quvchilarga o`ziga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish;

4.   O'quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini, o'z  sog’liqlarini  mustahkamlash ustida ishlashga o’rgatish

 

KERAKLI   BILIMLAR   DOIRASI:

O`quvchilar bajarishi kerak:

Saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila olish;

Darsni jihozlash: 

Texnik vositalar:  -  zamonaviy axborot texnologiyalari (kompyuter, video-     proyektor, multimedia vositalari) Yengil atletika mashqlarini bajarishda  foydalaniladigan  jihozlar va buyumlar.

(Planka,matlar, bayroqchalar, hushtak, sekundomer va boshqalar.); 

Ko’rgazmali qurollar : mavzuga oid  plakatlar, yig`ma albom, su`ratlar 

Tarqatma materiallar:  krossvord, so`rov kartochkalari, test savollari, ma`ruza matni va o`quv adabiyotlari   

 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

ASOSIY  ADABIYOTLAR :

 

N.X. Soatov. F.F.Nadjimov   "Maktabda jismoniy tarbiya" Toshkent. “O’qituvchi ”-2015 

1.   T.S.Usmonxo'jayev B.J.Yusupov J.A.Akromov S.T.Usmonxo’jayev   "Jismoniy tarbiya" Toshkent-2007

DARSNING XRONOLOGIK XARITASI   45 DAQIQA

 

 

 

 

 

 

 

Dars qismlari

Mashg’ulotning borishi

Vaqti

Metodik ko’rsatma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish-tayyorlov qism:

 15 daqiqa

Saflanish.Salomlashish.Davomatni aniqlash

Darsning mazmuni va vazifalarini tushuntirish.

Mavzu yuzasidan nazariy bilim berish. Kross yugurish tayyorgarligi va taniqli o’zbek sportchilari haqida ma’lumot berish.

               Saf mashqlari. Bir qatordan ikki, uch qatorga saflanishni takrorlash.                                             Yurish va yugurish mashqlari:                                                 a) chap yonlama;                                                                                           b) o‘ng yonlama;                                                                         d) tizzalami baland ko‘tarib yugurish;                                 e) oyoqlami orqaga tashlab yugurish.                                                                     Doira bo‘lib URM bajarish.

2-3 daq

1-2 daq

4-6marta

4-6marta

4-6marta

4-6marta

3-5 daq

 

O’quvchilarni bo’y-bo’y bilan saflanishiga etibor berish.

O’quvilarni sport kiyimini tekshirish.                                                                            ,,Klaster’’ metodidan foydalanish hamda mashqlarni bajarishni proyektor yordamida slaydlarni namoyish etish.                                                               Qomatni to‘g‘ri saqlab yurish. Yugurish mashqlarini bajarishda oraliq masofaga e’tibor qaratish. Mashqlami ko‘rsatib berish. № 5. URMlami to‘g‘ri bajarishga e’tibor qaratish.

Doira bo‘lib umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish:                                                            D.h. (dastlabki holat) qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligida, boshni uch martadan o‘ng va chap taraflarga aylantirish.                                               D.h. qo’llar yelkada, oyaqlar yelka, kengligida, 1-4 qo'llami oldinga, 1—4 orqaga aylantirish.                                                                   D.h.O’ng qo’l belda, chap qo’l pastda, oyoqlar yelka kengligida. 1-4chap qo’lni oldinga aylantiramiz. Qo’llar almashadi, 5-8marotaba o’ng qo’lni oldinga, so’ngra orqaga aylantiramiz.                                                         D.h.qo’llarni oldinga uzatib, oyoqlar yelka kengligida.1-4tirsakni oldinga, 5-8tirsakni orqaga aylantirish.                                                 D.h.qo’llar belda, oyoqlar yelka kengligidan sal kengroq. 1-chap oyoqqa, 2-o’rtaga,3-o’ng oyoqqa egilamiz 4-D.h.                                        D.h.qo’llar belda, oyoqlar keng yozilgan.1-chap oyoqqa o’tiramiz,2-D.h, 3-o’ng oyoqqa o’tiramiz,4-D.h.                                                                                                D.h.qo’llar uzatilgan,oyoqlar yelka kengligida.1-chap oyoqni o’ng qo’lga,2-o’ng oyoqni chap qo’lga tekkazish. D.h, tik turish, 1-sakrab, tizzalar tagidan qarsak chalish, 2-D.h. D.h. cho‘kka tushib o‘tirish, qoilar tizzalarda. 1 -yuqoriga baland sakrab kerilish, 2-D.h,

6-8 daq

 

 

3-4 marta

 

 

3-4 marta

 

 

3-4 marta

 

 

 

 

3-4 marta

 

 Shoshmasdan, belni to’liq aylantirish.

 

Egilish jarayonida tizzalarni bukmasdan bajarish. Ko’proq egilishga ahamiyat qaratish.

 

Uzatilgan oyoqni tizzalarini bukmaslik.

 

 

Oyoqlarni tekkis ko’tarish.

 

 

Baland sakrashga erishish.

 

 

 

Gavdani tik tutishga ahamiyat qaratish

 

 

Asosiy qism:

25 daqiqa

 

a) Sakrash mashqlari bajarishda  ketma-ket bo‘lgan to‘rt bosqichli (faza) lar ustida ishlash.             

 

 

b) Yugurib kelib uzunlikka sakrash.  

 

 

v)   Yugurib kelib balandlikka sakrash.

 

6-8 daq

 

 

 

6-8 daq

 

 

 

6-9 daq

O’z-o’zini xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. ,,Ko’rsatmali’’ va ,, Amaliy mashqlarni bajarish’’ metodlarini qo’llash. Bajarilayotgan elementlarni AKT vositasidan foydalangan holda ko’rsatib berish. Raqib bilan mashq bajarayotganda uning xavfsizligini ta’minlash. Buyum jihozlardan foydalanganda texnika xavfsizligiga rioya qilishlariga e’tibor qaratish                                      To’g’ri nafas olishga ahamiyat berish.

Yakuniy qism:

3-5 daqiqa

Qayta saflanish.                                                                       Tiklanish, nafas rostlovchi mashq bajarish.  O’quvchilarga o’tilgan dars yakuni bo’yicha  qisqacha maolumot berish, ularni baholash.                                         Uyga vazifa berish.                                                    Darsni yakunlash. Hayrlashish.                              Umumiy saf bilan zaldan chiqib ketish.

 

 

3-5 daq

O’quvchilarni darsga kelgan holatiga qaytarish. Joriy nazorat ( JN ) bo’yicha o’quvchilarni baholash.                                                 Uyga vazifa Yugurib kelib uzunlikka sakrash va Yugurib kelib balandlikka hatlab o’tish usulida sakrash mashqlarini takrorlash.

 

 

Tashkiliy qism – (10 daqiqa)

   O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlash, gimnastik zalini nazoratdan o’tkazish, o`quvchilarning mashg`ulotlarga tayyorgarligini tekshish.    O`qituvchining kirish so`zi- O`qituvchi o`quvchilarga Gimnastika vositalari, vazifalari, gimnastikaga oid termenlar va tushunchalar, gimnastika turlari haqida tushunchalar berib o’tadi. O`tilgan mavzuni savollar orqali tekshiradi.

     O`quvchilarning bilimini tekshirish- Bu bosqichda o`qituvchi o`tilgan mavzu yangi pedagogik texnologiya usullari asosida o`quvchi bilimini aniqlaydi. Gimnastika mavzusi yuzasidan quyidagi noan`anaviy o`qitish usulidan foydalaniladi.

     Bundan oldin o`quvchilar yurish, yugurish mashqlarini va umumrivojlantiruvchi mashqlari bajaradi, so`ng organizmni tiklash va dam oldirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi.

 

I-guruh uchun tayyorlangan savollar.

 

1.Yengil atletikaning vatani qayer?                                                                                                                                                                                     +A) Angliya   B) Gretsiya    C) Yegiped    D)  Belgiya                                                                                                                                                2.Nechanchi zamonaviy olimpiada o’yinlari dasturida yengil atletika kiritilgan?                                                                                     A) VI - olimpia-da o’yinlarida B) IV - olimpiada o’yinlarida C) V - olimpiada o’yinlarida +D) I - olimpiada o’yinlarida

3. Yengil atletika zamonaviy olimpiada o’yinlari dasturiga nechanchi yil kirgan?                                                                                       +A) 1896 y     B) 1904 y     C) 1900 y      D) 1908 y                                                                                                                                                                                        4. Estafetali yugurishda tayoqchani uzatish zonasi (karidori) necha metr?                                                                                                A) 18 m     +B) 20 m       C) 16 m         D) 14 m

5. Yugurish yulkasining birinchi aylanasi necha metr?                                                                                                                                             A) 800 m B) 500 m C) 600 m +D) 400 m

 

 

 

 

 

 

6. Qisqa masofaga yugurish fazalarini ko’rsating?                                                                                                                                                    A) Start, marraga tashlanish     B) Start, masofa bo’ylab yugurish, marraga tashlanish                                                                                            C) Start, tezlanish, marraga tashlanish  +D) Start, startdan keyingi tezlanish, masofa bo’ylab yugurish, marraga tashlanish

 II-guruh uchun tayyorlangan savollar.

 

1.Yengil atletikaning nechta bo‟lim bor?                                                                                                                                                                                        A) 3 ta     +B)  5 ta      C)  4 ta       D)  2 ta                                                                                                                                                       2.Olimpiya o’yinlarida yengil atletika turlaridan xotin - qizlar qaysi yildan qatnashmoqda?                                                        A) 1932 y    B) 1928 y       +C) 1920 y       D) 1924 y

3.Xalqaro yengil atletika federatsiyasi (IAAF) qachon tashkil topgan?                                                                                                          A) 1913 y     B) 1915 y       +C) 1912 y       D) 1910 y                                                                                                                                   4.Uch hatlab sakrash qismlari qaysi variantda to'gri berilgan?                                                                                                                      +A) Sapchish - qadam - sakrash                 B) Qadam –  sapchish  - sakrash                                                                                             C) Qadam – sakrash – sapchish                  D) Qadam –Sakrash                                                                                                                                5. Marofon yugurish necha km, sm?  A) 44 km 110 sm  B) 42 km 290 sm   +C) 42 km 195 sm    D) 45 km 196 sm

6. Sportcha yurish bo„yicha rasmiy musobaqalar qachon va qayerda bo’lib o’tgan?                                                                               A) 1912 y Toshkentda   B) 1900 y Fransiyada   C) 1896 y Angliyada      +D) 1867y Angliyada     

KROSSVORD SAVOLLARI 1-2-guruh uchun

1.   Yengil atletika bo„yicha O„zbekiston hududida birinchi bo’lib qayerda musobaqa o’tkazilgan?

2.   Yengil atletika bo’yicha eng ko’p tarqalgan turni ko’rsating?                                                                                                                           

3.   Osiyo o’yinilarining uch xatlab sakrashda kumush medal sovrindori kim (ayollar)? 

4.   Langarcho’pda sakrashda yaxshi natijaga erishgan O’zbekistonlik sportchi kim?

5.   Tarixda buyuk atlet kim?

6.   Diskni uloqtiruvchi qaysi barmog„i bilan chiqarib yuboradi?

KROSSVORD SAVOLLARI 1-2-guruh uchun

 

 

Uloqtirish sport anjomi ......?        

2) Yugurish turlaridan biri.......?

3) Yengil atletika qaysi so'zdan olingan .......?                                

 

 

 

 

 

 

4) Yengil atletika turlaridan biri....?

5) Marra chizig'i........?

6) Yugurish joyining nomlanishi.....?

7) Qadimda ajdodlarimiz ov qilish uchun qurol yaroq sifatida foydalangan hozirda yengil atletikada uloqtirishda foydalaniladi gan sport anjomi........?

8) Yengil atletika sport anjomiga kirmaydi.......?

9) Yugurib kelib uzunlikka sakrash turlardan biri ......?

10) Qaysi sport turidagi,sport anjomi yengil atletikada maktab o'quvchilari uchun uloqtirishda foydalaniladi ........?

11) Qadimgi Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni ......... deb atar edilar?

12) Yengil atletikada uloqtirish sport anjomi........?                                                                                                                                                 13) Qisqa masofaga 3x10; 4x10 mr yugurishning nomlanishi

14)  Langarcho’pda sakrashda yaxshi natijaga erishgan O’zbekistonlik sportchi kim?

 

 

Yangi mavzu bayoni (5 daqiqa)

        O`qituvchi yangi mavzu bayoni bilan o`quvchilarni qisqacha tarzda tushuntirib o`tadi. Ular tomonidan berilgan savollarga javob beradi.

 

Yangi mavzuni mustahkamlash (25 daqiqa)

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi amaliy mashqlar bajariladi.

a) Sakrash mashqlari bajarishda  ketma-ket bo‘lgan to‘rt bosqichli (faza) lar ustida ishlash.                                                                                              b) Yugurib kelib uzunlikka sakrash.  v)   Yugurib kelib balandlikka sakrash.                                                                              Yuqoridagi harakatlar bilan yangi mavzu mustahkamlangach, o`quvchilarni organizmini tiklash uchun va ularni nazariy bilimlarini yanada rivojlantirish uchun ularga Yengil atletika va uning kelib chiqish tarixi, uning O`zbekistonda rivojlanish tarixi, texnikasi, usullari, va qoidalari yozilgan tarqatma materiallarni beradi, ular uni uyda o`qib o`z bilimlarini yanada mustahkamlab boradi. 

SAKRASH

  

           Sakrash - bu yotiq yoki to‘siqlami yengib o‘tish usuli. Sakrashlar joyidan yoki yugurib kelib bajariladi. Yengil atletikada, asosan, turgan joydan uzunlikka, yugurib kelib balandlikka, uch hatlab va  shest yog‘och yordami bilan sakrashlar keng ommalashgan. Sakrashlar ketma-ket bo‘lgan to‘rt bosqichdan (faza) iborat. Bular yugurib kelish, depsinish, uchish va qo‘nishdir. Barcha sakrashlarning natijasini, asosan, yugurib kelish tezligi va depsinish kuchi belgilaydi. “Yugurib kelish” - sakrashlarda oxirgi qadamlarda eng katta tezlikka erishiladi. Oyoq depsinish joyida shiddatli va tez qo‘yiladi. Bu lahzada tayanch nuqtasi gavda og'irlik markazi proeksiyasidan oldinda bo‘ladi. “Depsinish” - bunda o‘quvchi depsinuvchi oyog‘ida kuchli itariladi. Bu sakrashlarda eng muhim paythisoblanadi. Depsinishning samarasi qo‘llar va siltanuvchi oyoqni tez ko‘tarish bilan oshiriladi. Yugurib kelib uzunlikka sakrash paytidagi depsinish burchagi har xil, ya’ni balandlikka sakrash paytida katta va uzunlikka sakrash paytida kichkinadir. “Uchish” - bunda o‘quvchining gavdasi harakat yo‘nalishi bo‘ylab harakat qiladi. Bu vaqtda u ma’lum

yugurib kelish tezligi va depsinish kuchini, og‘irlik kuchi harakatini, havo qarshiligini sinovdan o‘tkazadi. Masalan, balandlikka sakrash paytida gavda qismlarini bir tekis planka orqali o‘tkazib, og‘irlik markazini ko‘tarmay, uning boshqa qismlarini yuqoriga kompensatorli ko‘chiriladi va yelkani tushirish, tosni ko‘tarishga yordam berib, bir oyoqni tushurish, boshqasini ko‘tarishga ta’sir ko‘rsatadi. “Qo‘nish” - bu harakat xavfsiz amalga oshirilishi kerak. Uch hatlab va uzunlikka sakrashda chuqurchadagi qum talab darajasida yumshatilgan bo‘lishi zarur. Yugurib kelib uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash paytida qo‘nish texnikasi sport natijasiga ta’sir ko‘rsatadi.  

 

YUGURIB KELIB UZUNLIKKA SAKRASH

 

          Yugurib kelib uzunlikka sakrash qisqa masofaga yugurish paytidagi tezlikni oshirishni eslatadi. Uzunlikka sakrashni bajarish paytidagi eng muhim narsa tez yugurib kelib, kuchli depsinishdan iborat. Uzunlikka sakrovchining asosiy e’tibori aynan shu unsurlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yugurib kelib uzunlikka sakrashning “oyoqni bukib”, “qaychi”, “qo‘llarni yozib” usullari o‘rgatiladi. Bu sakrash usullarining barchasida, ya’ni yugurib kelish, depsinish va qo‘nish fazalari bir xilda bajariladi. Faqatgina “uchish” fazasidagi harakatlar bir-biridan farq qiladi. “Yugurib kelish” masofasining uzunligi o‘g‘il bolalarda 30- 40 metr, qiz bolalarda 20-30 metrga teng. Tezlanish paytida gavdaning egilishi kamayib, yugurishning oxirida gavda holati tiklanadi. Nazorat belgisiga kelganda o ‘quvchi yugurib kelishning eng yuqori tezligiga erishish darkor.                                                                                                                                                                                                          

 

 

 

 

 

Depsinish chizig‘iga 3-4 qadam'qolganda, o‘quvchi o‘z gavda og'irlik markazining biroz pasayishga olib keladi. D

taxtasiga oyoq panjasi tekis qo‘yilishi bilan bir vaqtda, tovon ham yerga tegadi. “Depsinish” juda tez va keskin bajarilishi lozim. Bunda: siltanuvchi oyoq va qo‘lning shiddatli hamda muvofiqlashgan harakati bilan amalga oshiriladi; siltanish oyog‘i tizzadan bukiladi, son yotiq holatgacha oldinga, yuqoriga ko‘tiriladi; yelka ko‘tarilib, qo‘llar biri oldinda va boshqasi ichkariroqda yonga va orqaga shiddatli silkinish qiladi. Depsinish itarilish bilan tugallanadi.

             Yugurib kelib, “oyoqni bukib” uzunlikka sakrash usulining “uchish”da gavdaning oldinga - ittarilish oyog‘i tomon aylantirish harakati paydo bo‘ladi. 0‘quvchini muddatdan ilgari qo‘nishga undaydi va sakrash nuqtasini kamaytiradi. Aylanishni kamaytirish uchun havoda “qadam” holatida biroz uzoqroq uchishga intilish lozim. Uchishning ikkinchi yarmida o‘quvchi itarilish oyog‘ini siltanish oyog‘iga tortadi, tizzani ko‘krakka ko‘taradi va qo‘llar oldinga, pastga tushuriladi yoki ulami oldinga cho‘zgancha ushlanadi. Yugurib kelib, uzunlikka “qaychi” usulida sakrash eng natijali hisoblanadi. Bu usuldan barcha o‘z tayyorgarliklaridan foydalanishlari mumkin. Uning mohiyati, o‘quvchi depsinib uchishda yugurish harakatini davom ettirganday bo‘ladi.

Yugurib kelib, uzunlikka “qollarni yozib” usulida sakrash jarayonida o‘quvchi uchishda barqaror holatda bo‘ladi, bu qo‘nish paytida uning oyoqni uzoqqa, oldinga chiqarish imkonini beradi. 0‘quvchi havoda siltanish oyog‘ida harakat qilib, havoda mumkin qadar uzoqqa, oldinga qadamlashga intiladi. “Qo‘nish” - yugurib kelib, uzunlikka sakrashning barcha usullarida ikkala oyoq chuqurdagi qumga kelib tushishi bilan amalga oshiriladi. 0‘quvchi qanday usul bilan sakramasin, u qo‘nishdan oldin oyog‘ini iloji boricha oldinga chiqarishi, gavdani oldinga egib, “g‘ujanak”, ya’ni “o‘tirish holatida” bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oyoq tovonlari qumga tegishi bilanoq, tayanish holatini oladi va tizzadan bukiladi, yelka va qo‘llar oldinga uzatiladi, shunda sakrovchi yiqilishdan saqlanadi

 

YUGURIB KELIB BALANDLIKKA SAKRASH

 

            0‘qituvchi o'quvchilarga yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o'rgatishni boshlashdan avval sakrash elementlari tarkibiga kiradiganlarini bekam-ko‘st bilishi kerak. Yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasi faqat gavda holatini planka ustidan o‘ tishda aniqlanmasdan, balki yugurib kelishning birinchi qadamidan boshlanadi va keyingi hamma harkatga qo‘shiladi (yugurib kelish, depsinish, planka ustidan oshib o‘tish, yerga qo‘nish). Yugurib kelib balandlikka sakrash tarkibiga kiradigan elementlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Depsinish joyini aniqlash uchun ustun asosiga yaqin kelishi kerak (chap yoki o‘ng tomonlarga bog‘liq bo‘lgan holda yugurib kelish bajariladi), unga orqa o‘girib turiladi va plankadan 2-2,5 oyoq kafti bilan belgilanadi (plankaga perpendikulär holatda), chunki planka qo‘llar uzatilgan masofada turishi kerak (bu esa depsinish uchun joy bo‘ladi). Ma’lumki, depsinish joyi plankadan 50-70 sm masofada joylashgan bo‘ladi. Bu masofa qancha oyoq kaftidan tashkil topgani aniqlanadi va depsinish joyi belgilanib, undan ustunchalar o‘rtasigacha chiziq o‘tkaziladi. Chiziqning kesishib o‘tgan joyi esa, depsinish joyi bo‘ladi, ya’ni yugurib kelish burchagini tashkil qiladi. Agar boshqa burchakni aniqlash mumkin bo‘lsa, depsinish joyi o‘ngga yoki chapga o‘tkaziladi. Tegishli o‘lchashni o‘tkazib, maydonchaning xohlagan joyidan o‘quvchilar uchun tezda yugurib kelish burchagini aniqlash mumkin. Depsinish joyiga doira, aylana yoki qo‘shuv belgisi qo‘yiladi (o‘zi turadigan joyni bo‘r bilan aylantirish). Shu joydan yugurib kelish joyini belgilash kerak. Yugurib kelishda esa, eng muhimini bilish lozim: boshlang‘ich o‘rgatish uchun yugurib kelishning o‘tkir burchagi (150-250) ko‘proq hammaga umumiy foydalanish uchun xarakterlidir.

            Keyingi mashg‘ulotlarda oxirgi yugurib kelish burchagi aniqlanadi. 0‘quvchilar uchun yugurib kelish uzunligi o‘rtacha 8-10 qadamlab yugurishni tashkil qiladi. Buning uchun depsinish joyiga yugurib kelish tomoniga qarab 10-18 sayr qadamlab (juft sonda) o‘lchanadi. Yugurib kelish masofasini shunday sharoitda o‘zgartirish mumkinki, agar depsinish va oxirgi qadamni bajarish texnikasida xato bo‘lmagan taqdirda. Yugurib kelish qat’iyan to‘ppa-to‘g‘ri chiziq bo‘ylab (o‘lchab) bajariladi (bu maqsad uchun bo‘r bilan chiziq o‘tkazish yoki sakrash uchun taxtachani yugurib kelish yo‘nalishiga burchak qilib qo‘yiladi). Yugurib kelishning boshlanish joyini belgilab, chiziqqa oyoqni qo‘yib (ikkala oyoqni) va yugurib kelinadi. Yugurib kelish o‘rtacha me’yorda o‘tkaziladi. Birinchi qadamda oyoq kafti uchiga, oxirgi uch qadamda-tovon qo‘yiladi. Yugurib kelish qadamini shunday bajarish kerakki, yerga qo‘nishda ortiqcha to'xtab qolishni hosil qilmaslik va oyoqning ustiga eshkakni esha boshlash harakatida yumshoq qo‘nish. Gavdani oldinga engashtirib, oxiridan oldingi qadamda gavda oldinga engashtiriladi, qo‘llar odatdagidek yugurishda qanday ishlasa, shunday ishlaydi. Tezlikni faqat birinchi uch-besh qadamda oshirish mumkin, oxirgi ikki qadamda esa diqqatni bir joyga to'plab „ depsinishga qaratish kerak. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab yugurib kelishni saqlab qolish uchun depsinish joyiga yoki taxtachaning ma’lum nuqtasiga qarash kerak. Oxiridan oldingi qadam katta bo‘lishi kerak. Siltanadigan oyoqni tizzadan bukib, ikkala qo‘l gavda orqasida turadi. Depsinuvchi oyoqning kafti faol va tezda tovondan yerga qo‘yiladi, bunda tos keskin harakat bilan oldinga chiqariladi. Shunday qilib, gavda tayanch joyida to‘g‘ri holatni tutib turadi. Engak ko‘krakka bosib turiladi. Depsinish va planka ustidan oshib

 

 

 

 

 

 

o‘tishda shu narsani yodda tutish kerakki, depsinishdagi hamma harakatlar oldindagi qadamlarga nisbatan tezroq

bajariladi. Siltanadigan oyoq harakati planka bo‘ylab yo'naltirilgan bo‘lib, u depsinish boshlanishida planka tomon burilish imkoniyatini saqlab qolishga yordam beradi. Siltanadigan qo‘l harakati tirsak oldinga yelka balandligida, oyoq bilan siltanadigan harakat tovonda yuz balandligida tugatiladi.

 

Yengil atletika haqida qiziqarli tarixiy ma'lumotlar

           Yengil atletika "Sport qirolichasi" deb nomlanadi va u eng ajoyib va ommabop sport turlaridan biri. Bugun uning tarixi bilan bog'liq ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni to'pladik.

1. Yengil atletikaning paydo bo'lish sanasi miloddan avvalgi 776 yilga to'g'ri keladi. O'shanda qadimgi Yunonistonda Olimpiya o'yinlarida birinchi yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi.                                                                                           2. Yengil atletikada pastdan start olish har doim ham bo'lmagan. 1887 yilgacha start oldidan yuguruvchilar shunchaki buyruqni kutishgan. Sprinter Sherill kenguruning harakatini kuzatib, yangi holatni taklif qilganda, hammasi o'zgarib ketdi.                                                                                                                                                                                                3. 1936 yilda Berlindagi Olimpiya o'yinlarida yaponiyalik sportchilar Syuxey Nisida va Sueo Oe bir xil natijani namoyish etishdi va ikkalasi ham ikkinchi o'rinni egalladi. Ammo Yaponiya sport federasiyasi Oeni bronza medali bilan taqdirladi. Uyga qaytgach, sportchilar medallarini eritishdi va yangi kumush-bronza medallarini yasashdi.                                        4. Dastlabki Olimpiya o'yinlarida marafon uzunligi doimiy ravishda 40 km dan 42,75 km gacha o'zgarib turdi. 42 kilometr 195 metrlik zamonaviy standart 1908 yilda Londonda bo'lib o'tgan o'yinlar masofasi sifatida o'rnatildi.                                                    5. 10 000 metrga yugurish bo'yicha ikki karra Olimpiya chempioni, efiopiyalik Xayle Gebreselassi yugurish paytida o'ziga xos ko'rinish kasb etardi: chap qo'li tanasiga bosilgan va gavdasi biroz egilgan edi. Sportchining o'zi buni har kuni ertalab chap qo'lida kitoblarni bag'riga bosgancha, maktabga 10 kilometr yugurib, uyiga kechqurun qaytib kelishi bilan izohlaydi.                                                                                                                                                                                                    6. Yangi zelandiyalik yuguruvchi Myurrey Xalberg yoshligida regbi o'ynagan, ammo o'yinlarning birida u jiddiy jarohat olgan va chap qo'li falajiga olib kelgan. Ammo Myurrey sportni tashlamaslikka qaror qildi va yugurishni boshladi. Iroda kuchi unga 1960 yilda Rimda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida 5000 metr masofaga yugurishda oltin medalga olib keldi.                                                                                                                                                                                          7. "Stadion" so'zi miloddan avvalgi 776 yilda birinchi Olimpiya o'yinlarida 192 metr masofaga yugurilgan joyga tatbiq etilib, qadimgi yunoncha "stadiy" ("bosqichlar") so'zidan kelib chiqqan.                                                                                                          8. Yuqorida aytib o'tilgan yugurish masofasida birinchi g'olib oshpaz edi. Uning ismi Elidalik koreb edi.

Dars yakuni (5 daqiqa)

  

  Shundan so`ng o`quvchilar saflanadi, dars davomida faol bol`gan o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi (o`qituvchi tomonidan tayyorlangan medallar orqali).  Ularga uyga vazifalar beriladi va dars o`z vaqtida yakunlanadi. O`quvchilar zalni saf tortib tark etadi. 

 

 

Ko`rib chiqdi: O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari:                                  Sh. Beknazarov.

 

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал
Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 184 853 материала в базе

Материал подходит для УМК

Скачать материал

Другие материалы

  • 29.01.2023
  • 49
  • 0
«Физическая культура», Матвеев А.П.

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 30.01.2023 126
    • DOCX 2.7 мбайт
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Alibekov Jamshid Ermamatovich. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    Alibekov Jamshid Ermamatovich
    Alibekov Jamshid Ermamatovich
    • На сайте: 1 месяц
    • Подписчики: 0
    • Всего просмотров: 158
    • Всего материалов: 1

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой