2-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)"

Предпросмотр материала:

 

 

 

 

 

                                     O’zbekiston Respublikasi
Sirdaryo viloyati  Mirzaobod
                              tumani 1-sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
                           Axrorova Gulsaraning
2-sinf o’qish fanidan
                                 dars ishlanmasi.

 

 

            Mavzu :  Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)

 

         Darsning  maqsadi :

         1)  ta’limiy  maqsad :  to’g’ri  ravon  va  ifodali  o’qish  malakasini  takomillashtirish, kiobning  yaratilishi, uning  inson  hayotidagi  ahamiyati  haqida  ma’lumot  berish ;

         2)  tarbiyaviy  maqsad :  o’quvchilarni  kitob  o’qishga  qiziqtirish,  uni  asrash  yo’llarini  o’rgatish ;

         3)  rivojlantiruvchi  maqsad :  ravon,  to’g’ri  va  ifodali  o’qish  malakasini  rivojlantirish .

         Darsning  turi :  yangi  bilim  beruvchi .

         Darsning  metodi :  suhbat  metodi .

         Darsning  jihozi :  darslik,  kitoblar  ko’rgazmasi,  testlar .

         Darsning  borishi .

   O’tgan  darsni  takrorlash  va  mustahkamlash  maqsadida  suhbat  uyushtirildi :

     Qadimda  kitob  qanday  asralgan ?

         Hozir  Italiyada  noyob  tarixiy  kitoblar  qanday  asralyapti ?  ( Bu  ma’lumot  oldingi  darsda  gapirib  berilgan  bo’ladi : suvning  bug’lanishi,  suv  bosishi  natijasida  kitoblar  nam  tortib,  mog’orlab  ketayotgani  uchun  uni  salafan  qog’ozlarga  solib,  uning  ichidagi  havo  chiqarilib,  o’z  holida  saqlashga  erishilyapti . )

         a)  “ Kim  kitob  ko’p  o’qigan ? ” ( darsliklardan  tashqari)

         1 – variant .  Kim  ko’p  ertak  nomini  aytadi ?

         2 – variant .  Kim  ko’p  ertak  qahramonlari  nomini  aytadi ?

         3 – variant . Kim  ko’p  hikoyalar nomini aytadi ?

         Natijani  hisoblash  uchun  o’qituvchi  o’quvchilardan  birini  yordamga  chaqirishi  mumkin . Natija  hisoblabib,  g’oliblar  taqdirlanadi .

         b)  “ Tez  va  soz ”  o’yini . Bunda  asosiy  e’tibor  kitob  ta’mirlashga  qaratiladi . 3 ta  bo’sh  partalardan  har  birining  ustiga  1 tadan  eskiroq  kitob  va  ularni  ta’mirlash  uchun  yelim,  skotch,  qaychi  qo’yilib,  uch  o’quvchi  taklif  etiladi . Ularga  vaqt  belgilanadi . O’quvchilar  esa  olqishlab  turishadi . G’olib  o’quvchilar  rag’batlantiriladi . ( Bu  o’yinni  qatorlararo  ham  o’tkazish  mumkin . )

         3.  Yangi  mavzuning  bayoni . Kitob  haqida  quyidagicha  suhbat  o’tkaziladi :

1.  Kitoblar  qayerda  turadi ? ( Kitob  javonida .)

         2.  Kitob  orqali  biz  nimalarni  egallaymiz ?

( Bilimlarni  egallaymiz .)

         3.  Kitobni  nima  uchun  asrashadi ?  ( Bolalar  o’qishi  uchun . Biz  ham  darsliklarimizni  asrashimiz  kerak . Kitoblar  qimmat . Undan  bizning  ukalarimiz,  singillarimiz  ham  foydalanishadi . Kitobga  ko’p  kishilarning  mehnati  singan .)

 Bugun sinfdan tashqari o’qish darsida   kitob  haqidagi  maqollar o’rganamiz..

                    Kitob bilim bulog’i,

                   O’quvchining o’rtog’i.

        

        

         4.  Maqolni  o’qib,  mazmuni  tushuntiriladi . O’quvchilardan  bilgan  maqollari  so’raladi . Yaxshi  bilgan  o’quvchilar  rag’batlantiriladi .

         5.  Boshqotirmani  yechish :

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

         Javob :  Kitob  bilim  manbayi .

        

          

 

         6.  Uyga  vazifa :  kitob haqida maqollar o’rganib kelish .

         7.  O’quvchilarning  reytingini  e’lon  qilish .

 

 

 

 

2-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)"

    ZIP

Файл будет скачан в формате:

    ZIP

Автор материала

Ахророва Гулсара Абдумажидовна

учитель начальных классов

  • На сайте: 10 лет и 8 месяцев
  • Всего просмотров: 171374
  • Подписчики: 12
  • Всего материалов: 24
  • 171374
    просмотров
  • 24
    материалов
  • 12
    подписчиков

Настоящий материал опубликован пользователем Ахророва Гулсара Абдумажидовна.
Инфоурок является информационным посредником. Всю ответственность за опубликованные материалы несут пользователи, загрузившие материал на сайт. Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете на материал.

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы: