2-sinf ona tili fanidan dars ishlanmasi " Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish."

Предпросмотр материала:

 
 
 
O’zbekiston Respublikasi
Sirdaryo viloyati  Mirzaobod
                              tumani 1-sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
                               Axrorova Gulsaraning
2-sinf ona tili fanidan
                                 dars ishlanmasi.
 
 
 
Mavzu: Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish. Sana : 24-04-2014
2-sinf uchun ona  tili fanidan dars ishlanmasi  
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va ma’lum tayyorgarlikdan so`ng uni yozish ko`nikmasini shakllantirish. Nutqiy, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalar
b) tarbiyaviy: so`zlarning ma`nosini anglas, ularda to`g`ri va  chiroyli, xatosiz, talaffuz qilish tushunchasini  hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi: mavzu asosida olgan bilimlarni  mustaqil qo`llay bilish qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali,  amaliy, aralash.
Dars  jihozlari: Ona tili,  odobnoma kitoblari,  , rasm va boshqotirmalar, magnit taxtasi,   aql mashqlari, “Sehrli parda” didaktik o`yini, magnit tasmasi.
Darsning borishi: I-BOSQICH:  Darsni  tashkil qilish jarayoni .
Tashkiliy qismda O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, bilimga  tashna  qalblar. Qani ayting-chi, hozirgi  darsimiz qanday dars?
O`quvchilar: Hozirgi darsimiz  bizga  ko`p bilim         beruvchi ona tili darsidir.
O`qituvchi: Ona tili darsida nimalarni O`rganasiz?
          O`quvchilar:  Ona tilim, jonu dilim,
              O`rgatadi O`z tilim.
                             Chiroyli va xatosiz,
                             Yoz deydi ona tlim.
II-BOSQICH: O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash, takrorlash jarayoni O`qituvchi: Keling, tabiat  taqvimi haqida suhbat  o`tgazaylik. Hozirgi faslimiz bahor  fasli. bahor kunlari haqida nimalarni bilasiz?
Bu haqdagi javoblar eshitiladi. O`quvchilar tabiat taqvimini mustaqil belgilaydi. “Aytilishida  tushib qoladigan undoshlar” mavsusi bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Uyga vazifa didaktik materiallar orqali so`rab baholanadi. Sinf 3 ta guruhga  bo`linadi. Guruhlarga nom berilib, savol yozilgan bittadan bayroqcha rasmi tarqatiladi. D, T undoshlari  haqida og`zaki savol-javob O`tkaziladi, kichik rebus to`ldiriladi.
Quyidagi rebusda tushib qolgan  tovushlarni o`rniga qo`ying:
  X
  U
 
  S
 
  N
 
  F
 
  R
 
  A
  N
 
 P
  O
 
  T
 
  X
 
O`quvchilar quydagicha to`ldirishga harakat qiladi:
  X
  U
  R
  S
  A
  N
  D
  F
  A
  R
  Z
  A
  N
  D
 P
  O
  Y
  T
  A
  X
  T
O`tgan mavzu  aql mashqlari orqali mustahkamlanadi.
1. Sigir buzoqdan...... (baland).
2. It otdan...... (past).
3. Achitib gapiruvchi shaxs...... (do`st).
4. O`zbekistonning poytaxti......(Toshkent).
           
III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni.
277- mashq. Rasmlarga qarang. Har bir rasmda  qanday ishlar tasvirlanganini ayting.
O’quvchilar javobi tinglanadi.
O’qituvchi hikoya tuzish jarayoni haqida tushuncha beradi.
IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
Rasm asosida har bir rasmga reja tuziladi. Og’zaki hikoya qilinadi.
               “  Ko’chat”.
1-rasm boyicha topshiriq
A) Rasmda kimlar tasvirlangan?
B) Ular nima ish qilyapti?
D) Bu qaysi fasl?
 
     2-rasm boyicha topshiriq
A) Kim ko’chatni ushlab turibdi?
B)  Kim suv olib kelayapdi?
D) Nimaga ko’chatga suv quyiladi?
                                                           
 
3-rasm boyicha topshiriq
A)  Nega ko’chat atrofi o’ralyapdi?
B)   Ko’chat qaysi faslda ekil
O’quvchilar fikri umumlashtirilib daftarga reja asosida hikoya yoziladi.
V-BOSQICH:  Darsga yakun yasash, baholash .O`qituvchi:  Aziz bolajonlar. Inson dunyoga kelar ekan u Vatan va ona bag`rida voyaga yetadi. Shuning uchun onani sevgandek Vatanimizni, Onatabiatni ham sevamiz.Ko’chat eksak tabiatga bo’lgan mehrimiz yanada ortadi.Vatanimizni yanada go’zal bo’lishiga hissa qo’shaylik.
Dars yakunida guruhlarning ishtirokiga izoh berilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish   278-mashq.
 
 
 
 
 
 
 
 

2-sinf ona tili fanidan dars ishlanmasi " Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish."

    ZIP

Файл будет скачан в формате:

    ZIP

Автор материала

Ахророва Гулсара Абдумажидовна

учитель начальных классов

  • На сайте: 11 лет и 1 месяц
  • Всего просмотров: 175539
  • Подписчики: 12
  • Всего материалов: 24
  • 175539
    просмотров
  • 24
    материалов
  • 12
    подписчиков

Настоящий материал опубликован пользователем Ахророва Гулсара Абдумажидовна.
Инфоурок является информационным посредником. Всю ответственность за опубликованные материалы несут пользователи, загрузившие материал на сайт. Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете на материал.

ИИ для создания материалов

Создавайте материалы с ИИ

Если готовые материалы не подошли — помогут нейросети

Конспекты, тесты, презентации, рабочие листы и другие материалы по ФГОС — под ваш урок, класс и цели занятия за пару минут.

Попробовать бесплатно

Выберите инструмент

~270

Нейросети могут ошибаться. Обязательно проверяйте ответы.

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Сейчас в эфире

Школьный хор, который слушают: формируем репертуар с учётом возраста, праздников и интересов детей

Перейти к трансляции