PROFESSOR
SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA
Ma’rufxonova
Z.A.- Toshkent shahar Uchtepa Milliy hunarmandchilik KHK o‘qituvchisi,
Valiyev
A.N. - TDPU, dotsent, Omonov Q. K. Bux MTI o’qituvchisi.
Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi va
uzviyligiga, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga, fan yutuqlarini ilmiy
nuqtai nazardan tahlil qila oladigan intelektual salohiyatli shaxslarni voyaga
yetkazishga juda katta e’tibor berilmoqda. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil
20 maydagi PQ–1533-son «Oliy ta’lim muassasalarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash
sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini
keltirishimiz mumkin. Buning uchun olimlar, professor-o‘qituvchilar yoshlarni
ilmiy sohaga yo‘naltirish, ularni tizimli ravishda aqliy faoliyatning unumli
jabhalarida chuqur shug‘ullanishga undash va ularni ma’naviy hamda iqtisodiy
jihatdan rag‘batlantirib borishlari lozim.
Biroq hozirgi kunda Respublikamizda chizma
geometriya va chizmachilik fanlaridan
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishi qoniqarli holatda emas. Yoshlarni ilmiy
tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularni ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish,
ruhiyatini ko‘tarish, o‘zlariga nisbatan ishonchni kuchaytirish lozim. Bunday
choralardan biri yoshlarni uzoq va yaqin davrdagi ajdodlarimiz amalga oshirgan
ishlardan g‘ururlantirish, allomalarimiz hayoti va faoliyatini namuna sifatida
ko‘rsatishdir. Ushbu maqolada texnika fanlari nomzodi, professor, Kiyevda
O‘zbekistonlik olimlar uchun ilk ilm darchasini ochgan zabardast olim Shmidt
Karimovich Murodovning ilmiy va pedagogik faoliyati, hayot yo‘li to‘g‘risidagi
materiallar yoshlarni ilmga yo‘naltiruvchi kuch sifatida o‘rganiladi.
Professor Murodov Shmidt
Karimovich 1937 yil 14-avgustda Buxoro viloyati G‘ijduvon shahrida,
ziyolilar oilasida tug‘ilgan. G‘ijduvon
shahri Xojai Jahon, Xoja Abduholiq nomi bilan dunyoga mashhur avliyo XOJA
ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY nomiga qo‘yilgan.
Otasi Murodov Karim (1900-1975)
G‘ijduvon tumani Ko‘shki
Saylgoh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938-yildagi
qatag‘on davrida Karim Murodov ham
qamoqqa olingan va Novosibirskga surgun qilingan.
1964 yilda Karim Murodov yetarli hujjatlarni to‘plab, o‘zini oqlanganligini
isbotladi. Demak ustozning bolalik davrida o‘ziga yarasha
ijtimoiy muammolar bo‘lgan. Biroq bu uning ruhini sindira olmagan.
Onasi Murodova Xabiba Boymurod
qizi (1907-1992) Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Ko‘shki
saylgoh qishlog‘ida yashab o‘tgan. Ko‘p yillar bog‘cha mudirasi bo‘lib, so‘ngra
o‘g‘li
o‘qigan maktabda kitob sotuvchi bo‘lib ishlagan. Sh.K.Murodov onasi haqida
eslab, shunday xotirlaydi: “- Onam bizlarga nisbatan mehribon bo‘lib,
bizlarni tarbiyamiz, o‘qishimiz va sog‘lom o‘sishimizga katta e’tibor berganlar”.
Endi ustozning ismini qo‘yilishiga
oid tarixiy materialni keltirib o‘tsak. Xullas sobiq
ittifoq fanlar akademiyasi akademigi Otto Yulevich Shmidt rahbarligidagi
Shimoliy muz okeanidagi ilmiy ekspeditsiyasi eson-omon Moskvaga qaytib kelgani
haqidagi xabar butun dunyoga tarqaldi. Karim Murodov G‘ijduvon raykompartiyasi
birinchi kotibi Kravchukka (Ukraina millatiga mansub) o‘g‘il ko‘rgani haqida
aytganida, u kishi “…tug‘ilgan o‘g‘lingiz Shmidtdek olim bo‘lsin” deb
ismini Shmidt deb atashni taklif qilgan. Shunday qilib Shmidt Karimovichga
Shmidt deb nom qo‘yilgan.
Sh.K.Murodov maktab yillari haqida: “
… 4-sinfda arifmetikadan kasrlar ustida to‘rt amallar bajarishni tez va
yaxshi o‘zlashtirganman. O‘qituvchimiz S.Tillaev dars bergan. Shundan boshlab
tabiiy fanlarni yaxshi o‘zlashtirganman. 10-sinfdaligimizda geometriya fanidan
sirtlar hajmini va yuzalarini hisoblash mavzularini bir kun oldin tayyorlab o‘qituvchimiz
N.Muxamedova ruxsati bilan sinfda bir necha bor dars o‘tgan holatlar ham
bo‘lgan. Kimyo fanidan 10-sinfda va davlat imtihoni topshirish paytida imtihon
biletida ko‘rsatilgan savoldagi kimyoviy elementlari bo‘yicha laboratoriya
ishlarini bajarib, ko‘rsatganman. Shunda
elementlar reaksiyasida portlash sodir bo‘lganida komissiya a’zolari qoyil
qolishgan” deya eslaydi.
Sh.K.Murodov tug‘ilib o‘sgan joy,
G‘ijduvonlik ziyolilardan ilmli, obro‘- izzatga sazovor bo‘lgan.
Ustoz ular bilan ko‘p muloqotlarda bo‘lgan,
biz ularlardan ba’zilarni
keltirio‘tamiz.
Muqimov Komil (O‘z.Respublikasi
F.A.Akademigi fizika fanlar doktori, professor), Sattorov Malik (fizika
matematika fanlar doktori, professor Tojikiston Fanlar Akademiyasida Ilmiy
tekshirish institutida ishlagan, hozir Novosibirskdagi Ilmiy tekshirish
institutida ishlaydi, Sh.K.Murodovning maktabdoshi), Jo‘raev Frunze (q.x
fanlar doktori, professor, Sh.K.Murodovning maktabdoshi), Olimov Egam
(O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, Sh.K.Murodovning
maktabdoshi va BDPU da Sh.K.Murodovdan ta’lim olgan), Toshev Muxitdin (fizika
matematika fanlar doktori, professor, BDPU da Sh.K.Murodovdan ta’lim olgan)
va boshqalar.
Sh.K.Murodov
O‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirganidan so‘ng Buxoro
Davlat pedagogika institutining
fizika-matematika fakultetiga topshirtirgan. Sh.K.Murodov
8 ta imtihonni 4ta “5”
va 4ta “4”
baholarga topshirib, institutga qabul qilingan. U bu
yerda matematikani yana chuqurroq o‘rgandi u davrni shunday eslaydi: “…
3-kursda o‘qib yurganimda va undan keyin
ham, markazda o‘qigan matematik hamkasaba domlalarni ish faoliyatini ko‘rib,
SAGUning matematika fakultetida o‘qishim kerak edi deb juda ko‘p afsuslanganman”
- deydi.
Sh.K.Murodov 1959-yili BDU ning
fizika matematika fakultetini matematika-chizmachilik yo‘nalishini imtiyozli (qizil)
diplom bilan bitirgan va G‘ijduvon tumanidagi Sadriddin Ayniy nomli o‘rta
maktabga ishga yuborilgan. Maktabda haftasiga
42 soat matematika va chizmachilik fanlaridan dars bera boshladi.
1962- yilda Sh.K.Murodov
“Aksonometrik proyeksiya” to‘g‘risidagi birinchi qo‘lyozmani yozib, TTYMI “Chizma
geometriya va chizmachilik”
kafedrasi dotsenti R.Xorunovga yuborgan. U kishi risolani o‘qib, ba’zi bir
o‘zgartirishlar kiritib: “Ushbu risolani o‘quv yoki metodik qo‘llanma
sifatida chop etishga harakat qilish kerak” deb javob bergan. Lekin u
vaqtlarda Toshkentda birorta ham professor o‘qituvchi bo‘lmagani uchun, grafika
fanlaridan aspirantura tashlik etilmagan va shu sababdan metodik ishlarni
risola qilib chop ettirish juda mushkul ish edi.
Kiyev shahridagi Kiyev qurilish
injenerlar instituti “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasiga 1963-yil
7nafar aspirant qabul qilingandi, ulardan biri Sh.K.Murodov edi. Kafedraning
deyarli barcha o‘qituvchilari har yili bittadan ilmiy maqola tayyorlab, “Prikladnaya
geometriya va Injenernaya grafika” Respublika
miqyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etar edi.
Sh.K.Murodovning
aspirantlik
davri.
|
Sh.K.Murodov “Chizma geometriyadan
ba’zi bir teskari metrik masalalarni yechish” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini yozgan va
1967-yilning
17-iyun dushanba kunida uni
muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1988-yilda ustozning
“FAN”
nashriyotidan
9 b.t.li
“Аналитико-графические методы решения обратных метрических задач и их
применение в инженерной практике” nomli monografiyasi chop etildi.
Sh.K.Murodovning
birinchi ilmiy maqolalari “Prikladnaya geometriya va injenelik grafikasi”
to‘plamining 2-3-sonlarida chop etilgan. Bu to‘plam hozirgacha muntazam chop
etiladi va unda ustozning
jami 8 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Shulardan ikkitasi hozirgi kundagi shogirdlari
A.Valiyev (“Некоторые приёмы построение собственной и падающей теней шара в
перспективе”) va N.Toshimov (“O развитии начертальной геометрии в
Узбекистане”) bilan hammualliflikda chop etilgan.
Ushbu “Prikladnaya geometriya i
injenernaya grafika” ilmiy maqolalar to‘plamining 1965-2014 yilgacha chop
etilgan barcha sonlarini Sh.K.Murodovga profesor V.Ye.Mixaylenkoning o‘z
shogirdiga atab yozgan tilaklari bilan yuborgan nusxalari mavjud. Undan
Sh.K.Murodovning barcha hamkasblari kerakli adabiyot sifatida foydalanadilar.
Professor Sh.K.Murodov o‘zining ilmiy
ishlarini, yaratgan yangiliklarini va DTS asosida fan dasturlaridagi mavzular
asosida yosh avlod uchun ko‘plab darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar
yaratgan. Ulardan Chizma geometriya kursi (darslik, T., “O‘qiuvchi”.
1988), Gidro-texniklar uchun chizma geometriya (o‘quv qo‘llanma, T.,
“O‘qituvchi”, 1991), Chizma geometriya (darslik, T.,
“Iqtisod-moliya”, 2008). Ushbu “Chizma geometriya” darsligi 2010-yil
30-noyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yilning eng yaxshi
darsligi” tanlovida faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Topografik chizmachilik (darslik,
T., “Cho‘lpon”, 2009), Injenerlik grafikasi (o‘quv qo‘llanma, T.,
“Sano-standart”, 2013), Grafik tasvirlash asoslari (o‘quv
qo‘llanma, T., “Navro‘z”, 2013), Chima geometriya va chizmachilikdan
ruscha-o‘zbekcha lug‘at (Terminologik lug‘at, T., “Fan”, 2008) va
ko‘plab o‘quv adabiyotlarini keltirishimiz mumkin.
Murodov professorlar V.Ye.
Mixaylenko, N.N.Rijov, Ponomoryov bilan birga.
|
Sh.K.Murodov o‘z ustoziga sodiq va uni
chuqur hurmat qiluvchi shogirdlardan hisoblanadi. U
1997 yilda ustozi V.Ye.Mixaylenkoning
70-yilligiga bag‘ishlab, “V.Ye.Mixaylenko
velikiy uchyoniy i pedagog” degan risola yozdi va
uni chop etib Kiyev
va O‘zbekistondagi olimlarga
tarqatgan. Bu
risolaga taqlid
qilib V.Ye.Mixaylenko
“Счастя имеет два крыля” degan 3ta risola chop ettirgan. Ulardan uchchalasini ham
o‘z shogirdi Murodovga yuborgan.
Professor Sh.K.Murodov “Grafika
fanlaridan ilmiy shogirdlar tayyorlash masalasi mening hayotimda asosiy
o‘rinlardan biri hisoblanadi” deya ta’kidlaydi. Ustozning
shogirdlaridan quyidagilarni keltirib o‘tamiz.
1.Shomurodov
Abdullo O‘tkirovich (1939-2004)ga
professor R.Horunov va Sh.K.Murodovlar
ilmiy rahbar
etib tayinlangan hamda u
“Plostkostnie modeli s kladchatix i volnistix siklicheskix poverxnostey biofori
primenitelno arxitekturnomu formaobrazovaniyu” mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasini Kiyev qurilish arxitektura institutida muvaffaqqiyatli
himoya
qildi.
2.Mamurov Islom Toshovich.
Unga ham
professor Horunov
va Sh.K.Murodovlar
rahbar
etib belgilangan. U o‘zining matematikadan chuqur bilimdon bo‘lgani uchun
nomzodlik dissertatsiyasini o‘z vaqtida tugatdi. KQIIda dokladdan o‘tgandan
so‘ng, tegishli xato kamchiliklarni tuzatib, 1976 yilda “ Algebraik chiziqli
sirtlar va ularni paxtachilik mashinalarida ishlatish” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini Kiyevda muvaffaqqiyatli himoya qildi.
3. Mamasoli Jo‘raev bilan
Sh.K.Murodov “Son belgili proeksiyalar” o‘quv qo‘llanmasiga taqriz
yozish paytida tanishgan. Shu davrdan boshlab, Sh.K.Murodov M.Jo‘rayev bilan
6ta metodik qo‘llanma va 3ta o‘quv qo‘llanma yaratdi. Sh.K.Murodovning
tavsiyasi, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti rektorati tavsiyasi va
qo‘llab-quvvatlashi bilan M.Jo‘rayevni hujjatlari sobiq SSSR OAKsiga dotsentlik
ilmiy unvoniga tavsiya etilgan. Moskvadagi Bauman nomli Oliy texnika
universiteti Chizma geometriya va Injennerlik Grafikasi kafedra mudiri S.A.Frolov
va Sh.K.Murodovning yozma tavsiyalari bilan Mamasoli Jo‘raevga dotsentlik
ilmiy unvoni tasdiqlangan.
4. Valiyev A’zamjon haqida
professor Sh.K.Murodov shunday fikr bildiradi: “A’zamjonni katta o‘qituvchi
pedagog ekanini, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini juda yaxshi olib
borishishini, dotsent P.Adilov bilan markaziy proyeksiyalash bo‘yicha ilmiy tadqiqot
ishini olib borganligi, biroq u ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolganini bilganman.
A’zamjon qo‘yilgan masala nazariymi yoki metodik yo‘nalishga ega ekanidan
qat’iy nazar u kishi qo‘yilgan masalani tez va qunt bilan bajarishga kirishadi.
Natijada, 1-2 suhbatdan
so‘ng, qo‘yilgan masalaga doir chizmalar va matnlarni
tayyorlab keladi. Maqolalarni o‘zbek tilida yozishga katta e’tibor beradi,
yozuv tili rovon va tushinarlidir. Shuning
uchun bo‘lsa kerak o‘zbek tilidagi lug‘atlarni sotib oladi va undan keng
foydalanadi”. Ustoz shogirdi bilan 10dan ortiq
ilmiy maqola va 2ta metodik qo‘llanma yaratdi, shuningdek, “Chizmachilik” o‘quv
qo‘llanmasiga maxsus muharrirlik qildi. 2014 yili shogirdi A.Valiyevga
O‘zbekiston Respublikasi OAK kengashi qaroriga ko‘ra dotsent ilmiy unvoni berildi.
Ustozning shunday
shogirdlaridan N.Xurboyev, A.Urishev, N.Tashimov, M.Xalimov, Q.Omonov va
boshqalarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
Ustoz to‘g‘risida shogirdlaridan faqat
iliq fikrlarni eshitish mumkin. Masalan ulardan biri TIMI ning “Chizma
geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Urishev
Adhamjonning fikrlarini keltirishimiz mumkin: “Respublika fan olimpiadasi. professor
Raxmatilla aka Ismatullayev: - Xonaning bo‘g‘iq havosidan siqilgan Pyotr I
oynani ochib yuboragach xonaga tetiklashtiruvchi toza havo kira boshlaydi.
„Pyotr I Yevropaga darcha ochdi“- degan mashhur ibora tug‘iladi. Barchamiz
uchun hurmatli Shmidt Karimovich O‘rta Osiyo chizma geometriyasi uchun darchani
ochgan birinchi odam hisoblanadi- degan edi.
Ehtimol keyinchalik kuchli geometrlar
dunyoga kelar, lekin ular birinchi bo‘lolmaydi. Zamonaviy o‘zbek geometriyasi
tarixida α (alfa) bo‘lmish Shmidt Karimovich dunyoqarashining kengligi bilan
ham ajralib turadi. O‘z fanini chuqur biluvchi va shu fanning fidoisi bo‘lmish
Shmidt Karimovichning oldiga fanga taalluqli biron bir masala bilan borar ekansan,
ahamiyati yo‘q, sen talabamisan, assistent yoki aspirantmisan, fikringni
oxirigacha eshitib so‘ngra to‘g‘ri maslahat berishi ustozning naqadar yuksak
ma’naviyat sohibi ekanligini ko‘rsatadi. O‘z parvoz balandligingni qanchalar
yuqori hisoblasangda, Shmidt Karimovich bilan fikirlashar ekansan ustoz
kuzatayotgan gorizont kengligini his qilib qoyil qolasan. Shmidt Karimovichdek
fan bilan „xo‘ja ko‘rsin“ning orasidagi ulkan farqni ajrata oladigan zabardast
ustoz bilan ishlagan har qanday odam bu bilan faxrlanishi kerak”.
Sh.K.Murodov
rafiqasi va o‘g‘illari bilan.
|
Ustoz nafaqat ilmiy-pedagogik
faoliyati bilan balki, hamma havas qiluvchi oilaviy muhiti bilan ham o‘rnak
hisoblanadi. Ular o‘z turmush o‘rtog‘i Marg‘uba Murodova bilan
5 nafar o‘gil
farzandlarini
tarbiyalab
voyaga yetkazdi va ularning barchasini o‘qitib, oliy
ma’lumotli qilishgan. Farzandlari haqida so‘zlaganda Sh.K.Murodov: “Ularni
yaxshi tarbiyalab, mehnat qilishga o‘rgatdik. Bir-biriga mehribon
bo‘lishlariga harakat qilmoqdamiz. Endi ularga avvalo Yaratgan omad bersin,
qolgan omadlarini o‘zlari yaratadilar” -deydi.
Yuqoridagilardan
xulosa qilib aytsak, maqolamizning qimmati professor Sh.K.Murodovning faoliyati
o‘rganilishi bilan xarakterlanadi. Oliy
ta’lim muassasasiga talaba sifatida qabul qilingan yosh avlodning ilmiy
faoliyat olib borishga layoqati bo‘lgan iqtidorlilarini, yosh pedagoglarni
ilmiy tadqiqot ishiga jalb qilish, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish,
aynan chizmachilik va chizma geometriya fanlari bo‘yicha yosh fan doktorlarini
tayyorlash jarayonida yuqoridagi materiallarga amal qilish o‘zining ijobiy
samarasini beradi deb hisoblaymiz.
ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda.
2. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda.
3. O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 1-son, 5-modda.
4. Ma’rufxonova
Z. O‘zbekistonda chizma geometriya fani rivojida
professor Sh.K.Murodov o‘rni (BMI). Ilmiy rahbar dotsent A.Valiyev, -T.,
2014.
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.