Инфоурок География КонспектыКонспект по химии на тему "Кислороднинг табиатда айланиши" (7 класс)

Конспект по химии на тему "Кислороднинг табиатда айланиши" (7 класс)

Скачать материал

 

 

 

Namangan viloyati

Xalq ta`limi boshqarmasi

 Pop tumani

Xalq ta`limi bo`limiga qarashli

7-umumiy o`rta ta`lim maktabi

kimyo fani o`qituvchisi

Maxsuda Sharofitdinovaning

bir soatlik

 

 

 

DARS  ISHLANMASI

 

 

 

 

Dars mavzusi: Tabiatda kislorodning aylanishi.Havo va uning tarkibi.Havoni ifloslanishdan saqlash.

Darsning ta’limiy maqsadi:Kislorodning tabiatda qanday aylanishini o’quvchilarga tushuntirish.Havoni ifloslanishdan saqlash usullari bilan tanishtirish

Darsning tarbiyaiy maqsadi:Havoni tarkibini o’rganish davomida uni ifloslantirib turgan omillarni bartaraf etish haqidagi tushunchalarni shakllantirish

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarda atrof muhit ekologiyasini yaxshilash haqidagi fikrlarini shakllantirish

Darsni jihozlash: Kislorodning tabiatda aylanishini ko’rsatuvchi plakat, proektor, ekran, slaydlar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yinlardan foydalanib hamkorlikda o`qitish.Loyiha darsi.

Darsda qo’lqniladigan metodlar:”Eng chiroyli ta’rif”, ”Topgan topaloq”, ”Bilaman,bilishni hohlayman, bilib oldim”, ”Zakovatli zukko”, ”Mantiqiy fikr”.

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Kislorod,atmosfera,litosfera,gidrosfera,havo,havo massasi,havodagi qo’shimchalar,havoni ifloslanishdan saqlash.

I. Tashkiliy qism

II.Bilimlarni faollashtirish

https://fs.znanio.ru/methodology/images/a4/5e/a45e7eef80ea348542d94386b7602e9b77929df7.jpg

Dars boshlashdan oldin oquvchilarning zukkoligini sinash va fikrini jamlash maqsadida quyidagi bosh qotirma beriladi:

Qadim zamonlardagi dengiz qaroqchilari yashirgan xazinalarni  topishni  kim  ham  orzu qilmagan deysiz?
! Agarda boshqotirmani  to’g’ri  yechsangiz, haqiqiy boylik  topish  yo’lini bilib olasiz!  
Si – qi,   Ar – xa,   Ne – st,   Fe – dir, Mg ­ ha,   F – do’,   Cr –na,  Cl –qiy, Li –yax,    Sc – zi,   N – shi,   Na – ­ bu.

 

O’quvchilar elementlerni tartib bilan joylashtirish orqali jumboqni yechishlari talab qilinadi.

 

Jumboq javobi: Li – yax,    N – shi, F – do’, Ne – st,  Mg- ­ ha, Si – qi, Cl –qiy,    

Ar – xa, ,   Sc – zi, Cr –na,      Fe – dir                

 

“Yaxshi do’st haqiqiy xazinadir”

 

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:O’tilgan mavzu kislorodga berilgan eng yaxshi ta’rif sharti bilan takrorlanadi.Bu shartda o’quvchilar kislorod haqidagi bilimlarini navbat bilan sanab o’tishadi.Fikrlar ichidan eng chiroyligi tanlab olinadi.

 

https://fs.znanio.ru/methodology/images/69/94/6994ae7f6b7b81db89e9b034ccbfbb67c6c434a7.jpg

 

O’quvchilarga uyga vazifa sifatida berilgan topshiriq loyiha tarzida izohlanadi.Uyga vazifa sifatida maktabdagi barcha sinf o’quvchilarining soni,undagi o’g’il va qiz bolalarning sonini yozib keish topshirilgan edi.

 

O’quvchilarga dastlab individual tarzda qo’llaridagi ma’lumotdan foydalanib hoxlagan sinf o’quvchilarining foiz tarkibini toppish topshiriladi,yani o’g’il va qiz bolalarning necha foizdan ekanligini.Bu orqali o’tgan bobdagi moddalar tarkibidagi elementlarning foiz tarkibini toppish bo’yicha masalalar yechish ko’nikmalari yanada mustahkamlanadi.

 

So’ngra sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lgan holda asosiy binolarning har birida necha foizdan o’quvchi o’qishi,yuqori va pastki qavatdagi o’quvchilarning foizi qancha ekanligini toppish topshiriladi.Binolarga o’quvchilar xavfsizlik qoidalariga ko’ra joytalashtirilganmi yoki yo’qmi bu tomonlari ham shu topshiriq orqali o’rganiladi  

 

Yangi mavzu bayoni: Havo-insoniyatning bebaho umumiy mulkidir.  Agar chang va g‘ubor bo‘lmasa inson 1000 yil hayot kechirgan bo‘lar edi» deb ta’kidlagan edi Abu Ali ibn Sino.  Kislorodning litosfera, gidrosfera va atmosferada katta miqdorda uchrashi haqida oldingi mavzularda aytib o‘tgan edik.Litosfera gidrosfera, atmosfera, biosferalardan farq qilib, kislorodning tabiatda aylanishida uncha ishtirok etmaydi. Tabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog‘liq.Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta’sirlashib, organik modda va kislorod hosil qiladi. Bunda CO2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun, qolgan yarmi yana suv hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. 

https://fs.znanio.ru/methodology/images/b5/e7/b5e75efa2983b5f6bf3ca613fc70c5976621282d.jpg                                                                                                                                  

Karbonat angidrid ta’sirlashadigan suvdagi kislorod O2 holida to‘la atmosferaga o‘tadi. Shunday qilib, fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o‘tishini ta’minlaydi (kislorodning suv molekulasidan ajralishi * belgisi bilan ko‘rsatilgan):

                                         6CO2+6H2O* = C6H12O6 + 6O2 *.

 

 

https://fs.znanio.ru/methodology/images/47/32/4732eb743738f8f3d4c3bc45667b576bd34297bf.jpg

 

 

 

Fotosintezga teskari jarayonlar bo‘lgan nafas olishda, o‘lgan organizmlarning parchalanishi                        va yonishda kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi:

                        C6HI2O6 + 6O2→6H2O+6CO2.               

Yer biomassasidagi kislorod 20—30 yilda to‘liq almashinib bo‘ladi. Litosferaga kislorod atmosferadagi CO2 shaklida bog‘langan holda CaCO3 (masalan, mollyuska chig‘anoqlari orqali) ga o‘tib, so‘ngra shu karbonatlar termik parchalanishidan CO2 holida atmosferaga qaytadi:

                                          CaCO3 = CaO + CO2.  

                  Bu reaksiya asosan vulkan faoliyati zonalarida ro‘y berib, atmosfera CO2 ini juda sekinlik bilan yangilaydi.Havo. Atmosfera havosi ko‘plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi.

Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari uning tarkibiga biroz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va suv bug‘lari, vodorod kiradi.

                 

 

  Ulardan tashqari sharoitga qarab, havoda chang va ba’zi tasodifiy qo‘shimchalar ham uchrab turadi. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, ular har qanday joyda ham deyarli bir xil miqdorda uchraydi. Karbonat angidrid, suv bug‘lari va chang miqdori sharoitga qarab o‘zgarib turadi.

 

1 l havo 20°C da va normal atmosfera bosimida 1,293 g keladi.-192°C va 101,33 kPa bosimda havo rangsiz, tiniq suyuqlikka aylanadi. Suyuq havodan azot, kislorod, inert gazlarni ajratib olinadi.

 

https://fs.znanio.ru/methodology/images/06/f3/06f31ce526961a55cab670f0d59b430699eff071.jpg

 

 

 

 

Havodagi CO2 va suv bug‘lari Yer issiqligini koinotga tarqalib ketishini oldini oluvchi to‘siq — himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami quyosh va yulduzlarning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini — Yerdagi hayot uchun halokatli nurlarni o‘tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi.

 

https://fs.znanio.ru/methodology/images/9d/51/9d511d3b87c8f4e7b0e38aac2e0bdf3545d85d24.jpg

 

Havodagi qattiq zarralar — chang yomg‘ir tomchilari hosil bo‘ladigan yadrolar vazifasini bajaradi (chang: mineral moddalar, ko‘mir zarralari, o‘simliklar changi, turli bakteriyalardan iborat bo‘ladi).Havodagi tasodifiy qo‘shimchalarga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo‘ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo‘lgan sulfit angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo‘ladigan azot oksidlari kabi murakkab moddalar mansub bo‘lib, ular davriy ravishda yomg‘ir, qor bilan havo tarkibidan chiqib turadi.Havo Yerdagi hayot uchun eng zaruriy tarkibiy qism bo‘lib, uning tozaligini, musaffoligini saqlash insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. Havoni doimiy ravishda texnogen ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo‘llanishi, Yer biomassasini noo‘rin kamaytirilishini oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlash zarur.

 

 

O`zbekiston respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog` oldi va tog` oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O`zbekistonda atmosfera havosining ifloslanish darajasining nisbatan yuqori bo`lishiga olib kelgan. O`zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to`plangan Toshkent va Farg`ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi aholining salomatligi, o`simliklarning holati va hosildorligi, binolar, metall konstruksiya lar , tarixiy obidalar va boshqalarga salbiy ta’sir ko`rsatadi.Atmosfera o`z-o`zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin yirik sanoat rayonlari, shaharlarda atmosferaning bu imkoniyatlari  cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o`zlari amalga oshirishlari lozim bo`lgan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo`llari mavjud. Chang, gaz tozalovchi qurilmalar o`rnatish , ishlab chiqarish texnologiyasini o`zgartirish, ayniqsa kam chiqitli, chiqindisiz texnologiyaga o`tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo`llaridan hisoblanadi. Zaharli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, sanitar-himoya zonalari tashkil qilinadi. Zaharli ta’siri darajasiga ko`ra korxonalar besh sinfga bo`linadi. Birinchi sinf korxonalari uchun sanitary - himoya zonasining kengligi 1000 m, ikkinchisi -500 m, uchinchsi- 300 m, to`rtinchisi- 100 m va beshinchisi 50 m qilib belgilanadi va ko`kalamzorlashtiriladi. Sanitar-himoya zonasida turar joylar, maktablar, sport maydonchalarining bo`lishi mumkin emas.Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqa. Dunyo bo`yicha 600 mil. dan ortiq avtomobil har kuni havoga  yuz minglab tonna zaharli birikmalar chiqaradi.

 

Yangi mavzuni mustahkamlash:Bunda mavzuga oid tuzilgan test topshirig’i va mantiqiy masala ishlanadi

 

 

 

 

 

 

Dars yakunida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.Ular tomonidan yig’ilgan yulduzchalar Au,Ag,Cu (Au-5,Ag-4,Cu-3)larga almashtiriladi va shu orqali baholar aniqlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

       

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Uglerod birligi” bo’yicha vodorod (N) atomining massasi 1,0078 u.b. ga teng bo’lib, bu qiymatning ma’nosi 1 ta N atomining massasi uglerod atomi massasi-ning 1/12 qismiga nisbatan 1,0078 marta katta demakdir.

        Elementlarning nisbiy atom massalari Ar bilan belgilanib, bunda indeks r-inglizcha relative nisbiy so’zining bosh harfidir. Ar(H), Ar(O), Ar(C) yozuvlar vodo-rodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi hamda uglerod-ning nisbiy atom massasi tushunchalarini bildiradi.

        Har qanday elementning nisbiy atom massasi deb, son jihatdan uning atom massasiga teng bo’lib, uglerod birliklarida ifodalangan og’irligiga aytiladi.

        Nisbiy atom massa – kimyoviy elementning asosiy xarakteristikalaridan biridir. Elementlarning nisbiy atom massalari qiymati D. I. Mendeleyevnгш сing elementlar davriy sistemasida berilgan.                                                                                                     

        Hozirgi vaqtda elementlarning nisbiy atom massalarini aniqlashda, mass-spektroskopiya usuli qo’llanilib, “standart” sifatida 12C atomining massasidan foydalaniladi.

        Moddaniing nisbiy molekulyar massasi deb, son jihatdan har qanday modda molekulasining massasiga teng bo’lib, uglerod birliklarida ifodalangan og’irligiga aytiladi. Molekulyar massa ham 12C – atomining 1/12 qismiga nisbatan o’lchanganligi uchun “nisbiy molekulyar massa” deyiladi va Mr – holida belgilanadi. Masalan, Mr(O2)=32 u.b. yoki 32 g/mol, Mr(H2SO4)=98 u.b. yoki 98 g/mol va hokazo.

 

III.O’quvcilarni dars mavzusi,maqsadi,borishi bilan tanishtirib,topshiriqlarni bajarishga yo’naltirish.

IV.Yangi mavzuni o’rganish.

Bilaman,bilishni hohlayman,bilib oldim” metodida o’qituvchi yozuv taxtasini uch qismga bo’ladi va quyidagilarni yozadi:

 

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

 

 

 

 

So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu borasida qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi,ular tomonidan bayon etilgan tushunchalarni “Bilaman” nomli bandga yozadi. O’quvchilarda fikrlash qobilyatini cheklab qo’ymaslik uchun ushbu harakatda o’quvchilarning noto’g’ri fikrlari ham yoziladi.

O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan yana nimalarni o’zlashtirishni hohlashlarini so’raydi va o’ylashga da’vat etadiO’quvchilar tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni hohlayman” nomli bandga yozib boriladi.Har ikkala bandda ham faoliyat yakunlangach, o’qituvchi yangi mavzuni slaydlar yordamida bayon etadi.O’quvchilar o’qituvchini eshitib bo’lishgach, yana nimalarni bilib oldim ?“ degan savolga javob topishlari lozim bo’ladi.Guruhlardagi o’quvcilar o’zaro fikrlashib,yangi tushunchalarni bayon etdilar. O’quvcilar bayon etgan yangi tushunchalarni o’qituvchi yozuv taxtasidagi “Bilib oldim” nomli bandiga yozib boradi va umumlashtirib mavzu haqida o’z fikrlarini bayon qiladi.

V.Yangi mavzu yuzasidan didaktik o’yinlarni tashkil etish.

Moddalar massasining saqlanish qonuni barcha kimyoviy hisoblashlarda qo’llaniladi. Uni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ayrim hisoblashlar bilan tanishib chiqamiz.

        1. Dastlabki moddalardan birining miqdoridan reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotdan birining miqdorini aniqlash.

        Misol. 16 g mis (II)-sulfat eritmasiga kerakli miqdorda temir ta’sir ettirish natijasida qancha mis olish mumkin?

        Ye ch i sh. Mis (II)-sulfat bilan temir orasidagi o’zaro ta’sir reaksiya tenglamasini tuzamiz. Berilgan miqdorni va topilishi lozim bo’lgan miqdorni tenglamadagi ayni moddaning formulasini ustiga yozamiz va quyidagicha hisoblaymiz:

                                                       16 г                         Х г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

                                                       160 г                       64 г

                                                                160 : 16 = 64 : X        

        2. Reaksiya mahsulotidan birining ma’lum miqdoridan dastlabki modda-lardan birining miqdorini aniqlash.

        Misol. 8 g misni ajratib olish uchun qancha mis(II)-sulfat temirni o’zaro ta’sir ettirish kerak?

         Ye ch i sh. Oldingi masalaga o’xshash reaksiya tenglamasini tuzish orqali yechamiz:   

                                                                 Х г                         8 г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

                                                       160 г                       64 г

                                                                160 : Х = 64 : 8        

                   3. Dastlabki moddalardan birining miqdori bo’yicha ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.

        Misol. 80 g mis(II)-sulfat eritmasidan hamma misni siqib chiqarish uchun necha gramm temir zarur bo’ladi?

Ye ch i sh.

                                                       80 г       Х г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

                                                       160 г    56 г

                                                                160 : 80 = 56 : Х        

4. Hosil bo’lgan moddalardan birining miqdoriga asoslanib, ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.

Misol. Mis(II)-sulfat bilan yetarli miqdorda temirning o’zaro ta’siridan 128 g mis ajralib chiqan bo’lsa, necha gramm temir(II)-sulfat hosil bo’lgan?

Ye ch i sh.

                                                                           Х г     128 г

CuSO4+Fe=FeSO4+Cu

                                                                         152 г    64 г

                                                                152 : Х = 64 : 128        

 

 

        Zakovatli zukko” metodi.Bunda o’qituvchi tomonidan har bir guruhlarga to’tttadan tezkor savollar beriladi. Guruhlardagi o’quvchilar savollarga qisqa muddatda aniq va to’g’ri javob berishlari zarur.

               ’quvchilar savollarga javob berib bo’lgach, “Domino” o’yini boshlanadi. “Domino” o’yinini o’tkazish uchun bitta bo’lim yoki bir nechta mavzu tanlanadi.

 

VI.Topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab guruhlar rag’batlantiriladi va o’quvchilar baholanadi.

VII.Uyga vazifa.Darslikdagi mavzuni o’qib, rasmlarini chizib, bir hujayrali suvo’tlar haqida qo’shimcha ma’lumotlar to’plab kelish.

 

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал "Конспект по химии на тему "Кислороднинг табиатда айланиши" (7 класс)"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 3 месяца

Специалист по коллекторской деятельности

Получите профессию

Няня

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 668 187 материалов в базе

Скачать материал

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 06.06.2020 826
    • DOCX 2.3 мбайт
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Шарофитдинова Махсуда Сайбурхоновна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    • На сайте: 3 года и 10 месяцев
    • Подписчики: 0
    • Всего просмотров: 5074
    • Всего материалов: 4

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

Менеджер по туризму

Менеджер по туризму

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе

Курс повышения квалификации

Особенности подготовки к сдаче ЕГЭ по географии в условиях реализации ФГОС СОО

36 ч. — 180 ч.

от 1700 руб. от 850 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 25 человек из 19 регионов
  • Этот курс уже прошли 295 человек

Курс повышения квалификации

Особенности подготовки к проведению ВПР в рамках мониторинга качества образования обучающихся по учебному предмету «География» в условиях реализации ФГОС ООО

72 ч. — 180 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 68 человек из 34 регионов
  • Этот курс уже прошли 763 человека

Курс профессиональной переподготовки

Технологии географического образования

Педагог в сфере географического образования (учитель географии)

300 ч. — 1200 ч.

от 7900 руб. от 3650 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Политология: теория, практика, законодательство

10 ч.

1180 руб. 590 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Информационные технологии и безопасность

6 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 51 человек из 26 регионов
  • Этот курс уже прошли 28 человек

Мини-курс

Художественная гимнастика: углубленная физическая подготовка

3 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе