Kimyo, ximiya
— moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar
qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni
qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish
va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar
tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda
foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga
asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni
boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli
moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha
davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab
chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan
ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan
Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab,
mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan
juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining
kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi
Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari
ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida
shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq,
xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm,
falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil
boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy
maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish,
pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa
usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin
olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning
rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka —
amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari
maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan,
nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar
tilidagi Kimyoga arablar "al" qoʻshimchasini qoʻshib mashhur
"Alkimyo"ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar,
maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa
mamlakatlarida "Ximiya" nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy
10-asrda "Kimyo" soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni
"yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi
Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax"
dan olingan. Baʼzi olimlar "Kimyo" soʻzi Misrning qad. nomi
"Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi.
Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda
"Kimyo" "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh
olimlar esa "Kimyo" soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib
chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni
anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur
fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta
osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
"Alkimyo" asoschisi
Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini
olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt ("metallar
otasi"), nam bugʻlanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo
boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin,
kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy
metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi.
"Element" tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob —
uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar
turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu
Nasr Forobiy oʻzining "Us todi Soniy" asarida alkimyo ilmining
yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy "Sirlar
kitobi"da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni
yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz
asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni
maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar
kaliti" kitobida Kimyoga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar,
asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim
al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat
beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 yilda yozilgan "Dono tarozu haqida
kitob"da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari
bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino "Al-qonun"
kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar,
metallar, oksidlar va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi.
Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning "taboshir
kulchalari"dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib
oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez
erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino
Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal
oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha
alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan
nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot
etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning
fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hozirgi zamon anorganiq kimyo fanining
ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning
"Mineralogiya"sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini
topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta,
Kimyoga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk)
tillarida bitilgan "Hunarlar javohiri" kitobidagi marvarid,
boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash
usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.
8-asrdan 17-asr oʻrtalarigacha
davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan
uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl
Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan
maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, Kimyoning maqsadi jismlar
tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga
oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga
qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis
kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M.
V. Lomonosov 1756 yilda yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning havo
bilan birikishidan iborat ekanligini miqdoriy tajribalar asosida koʻrsatib
berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-yillarda turli moddalar ustida
tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda
kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi.
Mazkur qonun tasdiqlangach, Kimyo sifat-tavsif ilmidan miqdoriy bilimga
aylandi. Endilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik
kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli
yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar
oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda
kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.
19-asr Kimyo fani tarixida
nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m - molekulyar
taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom
tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi.
Elementlarning muayyan bir miqdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim
zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb
bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy
elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini
koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik
tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi
ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi.
Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining
vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va
molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning
kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb
taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi.
Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) eʼtirof
etilgach, Avogadroning bir xil temperatura va bosimda olingan ixtiyoriy
gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng boʻlishi haqidagi qonuni
(gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942)
tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi.
1852 yilda ingliz kimyogari E.
Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861
yil eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi Kimyoning rivojida muhim bosqich boʻldi.
Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar
valentliklariga muvofiq bir-biri bilan birikishi, moddalarning xossalari
kimyoviy tuzilishi (tarkibi)ga bogʻliqligi, atomlar bir-biri bilan qanday
ketma-ketlikda birikkanligini aniqlash, kimyoviy tuzilish formulasi birikma xossasini
ifodalashi, molekuladagi oʻzaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga
boʻlgan taʼsirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni,
ularning xossalarini oldindan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim boʻlgan
izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.
19-asrda fandagi tarixiy
kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy
elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy
asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini
topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi.
Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga
"ekabor", "ekaalyuminiy" va "ekasilitsiy" degan
shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda
tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson
va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning
eski nomi Galliyadan olinib "galliy" nomi, ekaborga
"skandiy" (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga
"germaniy" degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa
olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana
11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi
qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi
boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda
valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va shahrik. xossalar
oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar
sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga
tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin
qilindi. Davriy qonun nafaqat Kimyo uchun, balki boshqa tabiiy fanlar,
falsafadagi miqdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning
fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema
asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan,
radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom
tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron
qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining
nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda
Kimyo fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.
19-asr ning 70-yillaridan boshlab
organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar,
ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari
olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab
chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi
sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar
oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda
elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M.
Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar
tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika
faniga asos solindi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlari
fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi,
elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur
nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi.
Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835
yildayoq fransuz fizigi A. [[Bekkerel sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 yil dan
ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[Bekkerel 1896 yilning 1 martida uran hosilalari, bir
oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. [[Bekkerel). 1895
yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega
ekanligini [[Bekkerel koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri
bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi
deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri
bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va
radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M.
Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy
deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv
elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning
yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz
olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur
oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro
reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy
radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir
qatorda Kimyoga ham olib kirdi. Natijada Kimyoning zanjir reaksiyalari mukammal
oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-yemirilish
va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi)
turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hozirgigacha
bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy
radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon
berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish,
yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
Kimyoning tez suratlar bilan
rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant
kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi.
Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera
bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning
nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.
18-asr oxiri va 19-asr oʻrtalarida
Gʻarb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan Kimyo Rossiya orqali Oʻzbekistonga
ham kirib keldi. Toshkentda 1869 yil kimyo lab. tashkil etildi. Keyin shu yerda
koʻmirni gazlashtiruvchi moslama koʻrib ishga tushiriladi, lab.dagi xonalar
gazlashtiriladi. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi
portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida
zarb qilingan tangalar oʻrganiladi. Turli oʻsimliklardan alizarin boʻyogʻini
ajratib olish, chigitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz
qilish, oʻlkada sanoatni rivojlantirishga zarur boʻlgan togʻ jinslarini tadqiq
qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun
kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni
bijgʻitib spirt tayyorlash, anor poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar tayyorlash,
sement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli oʻsimliklardagi kraxmalni
aniqlash, qamish, gʻoʻzapoya va daraxtlarning oʻtinlaridagi yonilgʻi
birliklarini hisoblash kabi i.t. ishlari olib boriladi. 1913 yil yanv.gacha
ishlab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida Oʻzbekistonda bir necha
sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin degan xulosaga kelinadi, lekin bu
ishlarga amaliy yondoshilmaydi.
1918 yil Toshkentda Turkiston
untining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi
Oʻzbekistonda Kimyo fanining rivojida yangi bosqich boʻldi.
Kimyo va uning sanoatiga yondosh
boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va boshqa tarmoqlar rivojlanishi bu
ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3.
Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar
yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.
1920 yil Turkiston Respublikasi
Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat bilan bogʻlangan Kimyo boʻlimi
tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respublika xalq xoʻjaligining turli
tarmoklari uchun zarur boʻlgan ilmiy muammolar bilan shugʻullana boshlaydi.
1921 yil esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, oʻnga prof. S.N. Naumov
rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib
boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement z-di va Ashxobod
shisha z-dining ishga tushirilishida qoʻl keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo
kafedrasi ochiladi. Bu yerda N. L. Karavayev, M. S. Elgort, D. A. Alekseyev,
Ye. I. Poznerlar tomonidan anorganiq va fizik Kimyo boʻyicha i.t. ishlari olib
boriladi. V. A. Novikov bilan B. G. Zapromyotovlar ilmiy ishlar qatorida mahalliy
kadrlar tayyorlash bilan ham shugʻullanadilar. 1927 yil Oʻzbekiston
sanoat-iqtisod i.t. instituta (keyinroq Oʻzbekiston mahalliy sanoat i.t.
instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bogʻlovchi materiallar,
sellyuloza-qogʻoz va yoqilgʻi sektorlari ochiladi.
30-yillarda fanning rivojiga S.
N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S.
Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 yil un-tning kimyo fti qoshida
Kimyo tadqiqot instituti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar
kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar
kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari,
kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar ishlab
chiqarish kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t.
ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.
30- yil larda un-tning kimyo
f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A.
Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A.
Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-jahon urushi
yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi,
tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-yillar boshida Ittifoq FA ning
Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiyev rahbarlik
qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xoʻjayev va frontdan
qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S.
Kansepolskiy va boshqa olib borilayotgan i.t. ishlariga oʻzlarining munosib
hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston FAning i.t. institutlari tarkib
topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo
k-tining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining
rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar kimyosi
yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq
xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi boʻlgan paxtachilik rivojlantirildi, oʻgʻitlar
va mikroelementlarning yangi xillari topildi.
Umumiy va anorganiq Kimyoda
tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib,
yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga
solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi,
ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon
tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli
metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli
xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik
birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi
chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar
va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli
jabhalaridan keng oʻrin oldi.
Akad. N. Parpiyevning nodir va
oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini
sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir.
Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning
vodorod ftorid kislo-tasi bilan taʼsiri oʻrganildi. Yuqori molekulali ftorli
kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almashishining
mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi,
elektr oʻtkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshirildi. Volfram
ajratib olish ishi yoʻlga qoʻyildi. Yangi kompleks birikmalardan qishloq
xoʻjaligida, tibbiyot va farmatsev-tikada foydalanish boʻyicha amaliy ishlar
qilindi.
Analitik Kimyodagi dastlabki
ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari bilan birga
ftorli birikmalar kimyosini chuqur oʻrgandi, natijada qator elementlarni
aniqlashning ogʻirlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu
ishlar "boʻysunmagan element" boʻlgan ftorning sanoat miqyosida
ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishda muhim omillardan boʻldi. Anorganiq
moddalarning lyuminessent tahlili boʻyicha R. Jiyanboyeva olib borgan ishlar
oʻz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlashda rol oʻynadi.
Kimyo fanining shon-shuhratini
jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini
rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq
oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar
ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur
oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar qishloq
xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi
qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qoʻchqorov va uning
shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P.
Sukervaniq, A. Abdurasuleva va boshqa alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan
rivojiga hissa qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u
rahbarlik qilgan Kimyo in-tida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl
keldi.
Organiq kataliz neftni kayta
ishlash in-ti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Kataliz in-ti)da rivoj topdi. Intda
koʻpgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyosi,
qishloq xoʻjaligi va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib
borildi.
Akad. O. Sodiqov tomonidan
bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo
in-tida (1973 yil) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va qishloq
xoʻjaligi uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va
oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon,
chayon va boshqa zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda
xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin,
sitazin va boshqa kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz,
tabiiy birikmalarning elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari
tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar
olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan
preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar
paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib
borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va biokimyo
ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.
Fizik Kimyo 20- yil lar oxirlarida
D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish bilan boshlandi.
Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning
termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajarish bilan davom
ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish (H. Usmonov),
kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini oʻrganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy
jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoyev) ustidagi ishlar kengaytirildi.
Olimlar suyuq eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, rangli va nodir
elementlar hamda ular qotishmalarini elektr kimyoviy usulda choʻktirib
ajratish, elektr kapillyar hodisalari oʻlchamini bilish bilan shugʻullandilar.
Kislota-asos katalizatorlari ishtirokida oʻtadigan qator reaksiyalarning kinetik
qonuniyatlari va mexanizmi oʻrganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib
borildi. Koʻp atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda koʻpgina
reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.
Fizik Kimyo bilan chambarmas
bogʻliq boʻlgan kolloid Kimyo ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov
(30-yillar), urush davridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib
borildi. Oʻsha davrlarda giltuproq, tabiiy mineral boʻyoqlar, loyqa suvlar va
shahrik. boshqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid choʻkmalar hisoblangan
koagulyantlar, koagel, kserogellar oʻrganildi. 50-yillardan boshlab esa
polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz
kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar
sintez qilish, ularning xossalarini oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Liofob
gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini oʻrganish, ularning
tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni singdirish, tabiiy mineral
sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagina ishlar diqqatga
sazovordir. K. Axmedov oʻz shogirdlari (E. Oripov va boshqalar) bilan
hamkorlikda "K-4", "K-9", "PAA-1" kabi
preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan
burgʻilashda, qishloq xoʻjaligida, yoʻl qurilishi va choʻllardagi uchuvchan
qumlarni muqim holatga oʻtkazish ishlarida foydalaniladi. Mana shunday ishlar
natijasi oʻlaroq choʻl zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shahar va qishloqlar
qurish ishi osonlashdi, sirt-faol moddalardan foydalanish turli sanoat
korxonalari faoliyatini jadallashtirishga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga
olib keldi.
Yuqori molekula(polimer)li
birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 yildan boshlab
paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib
borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola choʻzish kabi
ishlar yoʻlga qoʻyildi.
H. Usmonov boshchiligida vinil
monomerlari u-nurlari taʼsirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari
tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu
ishlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yoʻl
ochdi. Vinilftorid va shahrik. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan
yangi xossalarga ega boʻlgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi.
Olingan sunʼiy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sunʼiy ipak,
yonmaydigan, chirimaydigan, oson boʻyaladigan hamda elektr tokini yaxshi
oʻtkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari,
ionitlar, polielektrolitlar va shahrik. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan
oʻrganildi. Polimerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi,
sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar
xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator
stabilizatorlar, toʻldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga
tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta
samara berdi.
Paxta va yogʻoch sellyulozasi
kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani
modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, oʻtga
chidamli qilish, ezilib mijgilanmaydigan boʻlishini taʼminlash, mexaniq
jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va shahri k. boshka ijobiy
xossalarni oʻzida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib
borildi.
Respublikamizda kompozitsion
materiallar kimyosi akad. S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi
xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar
keramik materiallar ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl
qurilishlarida, avtomobil, qishloq xoʻjaligi mashinalari, turli beton plitalari
ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.
Silikatlar Kimyosi va
texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq
(gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement
korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar
olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari bilan reaksiyalari oʻrganildi,
mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya
sarflab sement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqoʻziyev).
Ishqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy
va germaniyli analoglarining yuqori temperaturalarda oʻzaro birikishi, turli
sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib, xalq xoʻjaligi
uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiyalari ishlab
chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxoʻjayeva).
S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, boʻgʻiq
hamda maxsus optik shishalar olindi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Akad. S. Rashidova va uning
shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega
boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish
reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl
keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, qishloq xoʻjaligiga tatbiq etildi.
Kimyo texnologiyasining jarayon
va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi.
Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar
adsorbsiyasi va shahrik. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar
olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ
z-di) ishlari yaxshilandi.
Respublikamizda Kimyo fanining
rivojlanishida Oʻzbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq intlari
sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham
salmoqlidir. Kimyo in-ti (hozirgi Umumiy va noorganiq kimyo instituti),
Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti,
Kataliz instituti, OʻzMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti,
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari
kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda Kimyo fanini
yuqori pogʻonalarga koʻtarishda muhim omillardan boʻldi.
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.