Инфоурок Доп. образование Другие методич. материалы"Учебное пособие для кружков "Lego конструктор" язык: узбекский

"Учебное пособие для кружков "Lego конструктор" язык: узбекский

Скачать материал



KIRISh 

Lego tarixiga nazar...

Bugungi kunda Lego dunyoda oddiy robotdan to katta shaharlargacha yasash mumkin bo’lgan quticha(g’ishtcha)lar ekanligi bilan mashhur. Ammo Legoning dunyoning eng mashhur o’yinchoqlar sarasiga kirishi oson bo’lmagan. Ushbu kompaniya o’z faoliyati mobaynida cho’pdan yasalgan o’rdakchalardan traktor modellariga qadar, hatto bog’ uchun narvonlar yasagan. Bugun sizga ushbu g’aroyib Lego konstruktori tarixi haqida siz bilan tanishamiz.

Ilk lego konstruktori ushbu o’yinchoqning materiali avtorida bo’lib, 1989 yil – Rossiyaga oddiy elim qog’ozga solingan holda olib kelingan. Shu sabab avtor ushbu Lego konstruktorlariga extirosi naqd 30 yildan buyon bo’lib, shak shubhasiz uni sevimli o’yinchog’iga aylanib ulgurgan. 

Barchasi Daniyaning Billunn shahrida

vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda ham ushbu shaharda Lego kompaniyasining bosh offisi joylashgan. 1916 yilda 25 yoshli duradgor Ole Kirk Kristiansen щz ishini ochish maqsadida kichkina ustaxonani sotib oladi, uy jixozlari va fasad uchun kerakli anjomlarni tayyorlay boshladi. Uning tadbirkorlik ob’ekti ko’pgina mashaqqatlarni engadi, hatto 1924 yildagi katta yong’indan keyin ham o’zi o’nglay oldi, ammo Ulug’ Depressiya davrida kasodga uchradi. 1930 yillarda Kristiansenlar oilasining bitta ham mijozi bo’lmagani bois, ular faqat donli emakka o’tib qoladi. Shunda Kristiansenlar mebel ishlab chiqarish uncha samarali emasligini, kichikroq va yangi tarmoqga o’tgan ma’qulligini anglab etadi. 

Shunday qilib, 1932 yilda bugungi kunda eng mashhur o’yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biriga asos solindi. 

Daraxt(cho’p) va plastmassa(plastik)

Xo’sh, Kristiansen ustaxonasi cho’pdan turli cho’chqachalar, o’rdakchalar va mashinalar tayyorlay boshladi.  Arzon va sodda, kam harajat qila turib, etarli daromad keltira boshladi. Avval Ole Krikning uch o’g’li – Yoxannes, Karl Georg va

Gotfrid Olelar ishlardi, so’ngra ustaxona xodimlari 7 nafarga

etdi. Shuningdek, ustaxonada yana narvonlar va dazmol stoli tayyorlashar edi. 

1934 yilda ushbu kompaniya yangicha nomlandi.

Kristiansen bir necha variantlar ustida bosh qotirdi, dastavval u korxonani LEGIO(legion of toys so’zidan – “O’yinchoqlar legioni”) deb atamoqchi edi, ammo oxir oqibat LEGO (daniya tilidagi leg godt – «Maroqli o’yna») deya atadi. Qiziqarlisi shundaki, lotin tilidan lego so’zi

“birga yig’aman” ma’nosini anglatadi.  Ushbu o’xshashlikni korxona asoschilari kechroq bilgan bo’lishsada, tezda ushbu imkoniyatdan foydalana boshlashdi. 

Korxona shiori “Faqatgina eng sarasi – etarlicha yaxshi bo’la oladi!” hisoblanadi.

Haqiqatdan ham  LEGO o’rdakchalari boshqalardan sifati bilan juda ajralib turgan. 1935 yilda ilk yig’ma o’rdakcha o’yinchoqlari vujudga keldi. 

 

Gotfrid ota kasbini davom ettirmoqchi emas, Germaniya o’qib boshqa kasb egasi bo’lishni niyat qilib, rejalashtirib yurgan edi. Ushbu rejalarga boshlangan urush to’siq bo’ldi. Keyinchalik o’yinchoq yaratishni qayta makjburan davom etgan Gotfrid, ushbu kasb uning hayoti mazmuni ekanligini anglab etadi, jami besh nafar farzandning uchinchi shu kasbni mukammal darajada o’rganadi va otasining kasbini davom etadi. Hatto urush vaqtida ham, hatto samolyotdan oltilgan snaryad natijasida er byuilan yakson bo’lganda, ishchilar tomonidan qayta bunyod etilgan korxona o’z faoliyatini davom ettiradi.  na urush va na

boshqasi

LEGO

korxonasining rivojlanishiga to’sqinlik qilmadi.

O’yinchoqlar har davrda doimiy ehtiyojga ega mahsulot bo’lgani bois,

1946 yilda Ole Krik zamonlar

qarorini qabul qiladi.  U bosim ostida plastik qoliplarga soluvchi injekstion – litiyli apparatni, boshqacha aytganda termoplastavtomatni sotib oladi. Ushbu apparat 30 ming daniya kronasi narxida bo’lib, korxonaning bir yillik daromadi 450 mingga yaqin edi, shu sabab bu xarajat uning eng to’g’ri ishlaridan biri sanaladi.  

 

 

O’rdakchalardan konstruktorlarga qadar

1940 – 1950 yillarda LEGO korxonasi assortimenti juda katta edi, ammo cho’p va plastikda ishlovchi boshqa korxonalardan farqi yo’q edi. Bolalar uchun plastmassali to’pchalar, yo’l harakati qoidasi asosida tayyorlangan o’yinchoqlar, o’y supasida o’ynaladigan barcha turdagi o’yinchoqlar, mashinachalar modellari – xullas barcha – barchasi ishlab chiqarilar edi. 

 


40 yillar oxirida, ayniqsa miltiq o’yinchog’i mashhur bo’ldi, avvaliga cho’pdan, so’ngra plastmassadan tayyorlana boshlandi. Darhaqiqat bolalar “urush - urush”

o’ynashni yaxshi ko’rishar edi, agar korxona raqobatbardosh bo’lishni istasa, ushbu korxona militar ko’rinishdagi o’yinchoq qurollar ishlab chiqarishi kerak edi. Ammo hurmatga arziguli jihati shundaki, Kristiansen korxonasining ilk va oxirgi qurol o’yinchog’i ushbu avtomat o’yinchoq sanaladi, u o’zining pastifistik nazari va qurollarga bo’lgan nafrati bois, qurol o’yinchoqlar yaratishni istamas edi. 1949 yilga kelib korxonada jami 50 ishchi qabul qilingan edi. 

Keyinchalik qiziqarli voqea o’z berdi. Bir – biriga ulanuvchi g’ishtchalar g’oyasi yangilik emas edi. 1930 yillarda Minibrix korxonasi allaqachon g’isht qolipchalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan edi, ammo ularda ulanuvchi qismi ostki qismda edi. O’xshash g’oya LEGO korxonasida ham mavjud edi, ammo taxtadan mukammal darajada amalga oshirib bo’lmas edi. 

 

1939 yilda Kiddicraft korxonasi asoschisi britaniyalik Xilari Fisher Peydj “o’z – o’zini quflovchi qurilish g’ishtlari” patentladi, ushbu g’ishtchalar 4x4  LEGO  konstruktoriga o’xshab ketardi. Keyinchalik u turli o’lchamdagi shu kabi

g’ishtchalarlarni patentlarb oldi. Kiddicraft korxonasi plastik o’yinchoqlarni yaratuvchi Evropadagi ilk korxonalardan biri bo’lib, uning mahsulotlari injekstion – litiyli mashina bilan reklama sifatida tarqatilar edi. Bu kabi mahsulotni mashinani harid qilgan Kristiansenda ham bor edi(Bu Daniyada ilk termoplastavtomad hisoblanadi). 

Ilk LEGO  korxonasining g’ishtchalari 2x2,2x4; asosli derazalar 2x2,2x3 va 2x4,

shuningdek, asosli eshiklar 2x4 o’lchamda bo’lgan. Ularning kombinastiyalari deyarli barcha uychalarni yasash imkoni berar edi. Dastavvalgi to’rt g’isht jamlanmasi 700/1,700/2,700/3,700/4 deb nomlandi, shu vaqtdan korxonaning raqamli to’plamlariga asos solingan. Ushbu raqamli 700/x to’plamlar 1960 yilga qadar davom etdi.  1958 yilda Gotfrid Kirk Kristiansen o’zining mashhur patentini, g’ishtcha ostidagi sxema patentini qo’lga kiratadi. Ushbu sxemani hozirgi kunda ham g’ishtchalarning ichki qismida ko’rish mumkin. Peydjning hishtchalarida ushbu tizim yo’q edi, shuning uchun Kiddicraft  korxonasi g’ishtchalarini o’girib bo’lmas edi. 

Ushbu tizimning eng g’aroyib jihati shundaki, 1958 yilda tayyorlangan g’ishtchalar, bugungi kunda tayyorlangan g’ishtchalar bilan muttanosibligidadir. 

Ha, siz 1960 yilda tayyorlangan g’ishtchalarni olib, bema’lol bugungi kunda ishlab chiqarilgan zamonaviy g’ishtchalar bilan birgalikda qo’llashingiz mumkin. Hatto, eng kichik guruh uchun mo’ljallangan LEGO

DUPLO seriyasidagi g’ishtchalar, o’zining hajmi jihatdan o’sha davr g’ishtlaridan 8 barobar katta bo’lsada, ularni ham qo’llashimiz mumkin bo’ladi. Aynan ushbu jihat LEGO korxonasini bugungi kun mavqeiga sabab bo’lgan. Biz esa davom etamiz.

G’ishtdan zamonaviylikka qadar...

Peydj ham, Ole Kirk Kristiansen ham tabiiyki o’z mahsulotlarining triumfini ko’risha olishmadi – sababi 1957 va 1958 yillarda ular vafot etishdi. LEGO korxonasining rahbarligini Gotfrid Krik qabul qiladi. Bu vaqtda g’ishtchalar zamonaviy ko’rinishga kelgan, hatto tishchalariga LEGO logotipi qo’yila boshlangan edi.

1956 yilda ilk eksport qilingan davlat – Shvestiya, ikkinchi bo’lib Germaniya, so’ngra Franstiya, Buyuk Britaniya va Shvestariyaga jo’natildi.  

Albatta eksportning asosini g’isht qolipchalar emas, aksincha boshqa plastik o’yinchoqlar tashkil etdi. Balki taqdir, balki tasodif, ammo 1960 yilda cho’p bilan ishlovchi stexga yong’in tushdi. Gotfrid o’ylab ko’rib, taxta bilan ishlash stexini tiklamaslikka, kelajakka ushbu stexsiz borishga qaror qildi. Kelajak esa, plastik mahsulotlar

va undan yasaladigan o’yinchoqlarda edi. 

1960 yil boshlarida korxona juda katta maydonni egalladi. Mahsulotlar hatto

AQShga etkazilar, Gotfrid o’ziga shaxsiy samolyot oladi, korxona mahsulotlari orasida esa bugungi kunda bizga tanish bo’lgan, o’sha vaqtda esa tobora yangi ko’rinishlar vujudga keladi. Masalan, LEGO - mashinachalari uchun maxsus g’ildirakchalar 1961 yil patentlangan bo’lib, 1964 yilda to’plamlar ikkiga

asosiy (uychalar va mashinalar) va qo’shimcha (asosiy     to’plamga qo’shish mumkin bo’lgan g’ishtchalar)

strukturaga bo’lindi va hozirgi kunga qadar ushbu struktura saqlanib kelinmoqda. 

Qiziq! Dastavval Billunn shahrida aeroport bo’lmagan. LEGO korxonasi o’z hisobidan aeroportni bunyod etgan. Bunga sabab, mahsulotlarni korxona darvozasidan kerakli manzilga etkazib berish uchun, hamda korxonada mavjud yuk samolyotlarini uchurish mumkin bo’lgan maxsus joy kerakligida bo’lgan. 1966 yilda korxona 57 bino va 25 ta transport yasash imkonini beruvchi to’plamlarni yaratdi, yillik yalpi mahsuloti 706 million detallarga ega edi.  

1967 yilda LEGO Technic tomonidan taqdim qilingan kichik elektromotorlar, integrastiyalananuvchi  to’plamlar, tishli o’tkazuvchilar ilk qadam edi. 1968 yilda Billunnda mashg’ur Legoland bunyod etildi va ilk ochilish kunida 625000 inson tashrif buyurdi. 1969 yilda esa eng kichik foydalanuvchilar uchun savdoga katta masshtabda LEGO DUPLO seriyasi chiqarildi. Uning nomlanishi lotin tilidan duplus, «ikkilangan» degan ma’noni anglatadi, chunki ushbu g’ishtchalar balandligi, uzunligi va kengligi bilan boshqa g’ishtchalardan ajralib turadi. 

 

Kelajakka qadam

 

LEGO dunyosida barcha narsa – mashina va poezdlar, uylar va yo’llar, aeroportlar va vokzallar mavjud bo’lib, faqat bir narsa etmas edi. Bu esa INSON. Albatta, mavjud konsturktorlar detallaridan inson qiyofasini tayyorlash mumkin edi, ammo bu uncha yaxshi chiqmas edi. 1975 yilda to’plamlarda ilk qiyofali kichik haykalchalar vujudga keldi, ularning qo’l va oyoqlari harakatlanmas, bosh qismida yuz surati tushurilmagan edi. Ammo, haykalchalarning ba’zi bosh kiyimlari mavjud bo’lib, ularni almashtirish imkoni mavjud bo’ldi.  Bu muammoni hal qilishda hal qiluvchi so’zni Gotfrid emas, balki uning o’g’li, oilaning uchinchi avlodi Keld Kirk Kristiansen aytdi. 1978 yilda u harakatlanuvchi haykalchani mavjud to’plamdan integrallashtirdi va direktor yig’iniga taqdim qildi.  Bu yuz shakliga ega, harakatlanuvchi qismlardan tashkil topgan odam haykalcha edi. Bu ijobiylik bilan qabul qimlingan yangilik LEGO olamining qismiga aylandi.  Shu kundan boshlab, barcha LEGO City, LEGO Castle va LEGO Space seriyalarining doimiy detaliga aylantirildi. Shu kunga qadar 4

milliard bu kabi haykalchalar tayyorlangan.   E’tiborga olish kerakki, 1989 yilga qadar odam haykalchalarida yuz surati bir xil bo’lib, faqat ko’z va kulgichdan tashkil topgan. Ilk turli yuz shakli haykalchalar(ayniqsa, soqolli) LEGO Pirates seriyasida vujudga keltirilgan. Bundan tashqari, bu seriyada piratlarning qo’llari o’rnida ilgichlar, oyoqlari o’rniga yog’och elementlar kabilarga o’zgartirildi. 

Shu bilan bir vaqtda katta avlod uchun motorli, simli va kardanli LEGO  mahsulotlari chiqarila boshlandi. 1982 yilda ushbu seriya LEGO Technic nomini oldi. 

Natijada sirena, elektr komponentlarni kichik guruh to’plamlari ham oldi. 

1999 yilda korxona tarixda ilk bor listenziyalangan haykalchalar va seriyalarni ishlab chiqarish bo’yicha boshqa korxonalar bilan shartnoma imzoladi. Bunga ko’ra LEGO DUPLO “Vinni Pux

sarguzashtlari” seriyasi,  LEGO Space —“Yulduzlar jangi” seriyasi vujudga keldi. 

Biz sizlarga LEGO tarixining barcha jabhalarini aytib o’tganimiz yo’q. Albatta, bugungi kundagi LEGO elementlarini kimdir ilk bor yaratgan, kimdir o’zgartirgan, kimdir yangi ko’rinishini vujudga keltirgan. Bugungi kunda LEGOda o’nlab olamlar, yuzlar to’plamlar, minglab qahramonlar mavjud. O’yinchoqlarga kino san’ati olami ham kirgani, qo’g’irchoq teatri misolida, LEGOni mashhurlik shohsupasiga yanada ko’targani rost. Ayniqsa “LEGO film:

Betmen” filmi seriyasi ancha mashhur va haridorgir hisoblanadi.  Dunyoda bungungi kunda har soniyada LEGO konstruktorining 7 dona to’plami sotiladi. Daniyaning LEGO to’plamlari hatto kosmosga ham chiqqan, 2011 yilda astronavtlar 13 dona to’plamni KKS(Kichik Kosmik Stanstiya)ga olib chiqishgan. Tarix davom etmoqda, kunlar va yillar davomida yangi va yangi qahramonlar va seriyalar yaratilib kelinmoqda. 

 

LEGO konstruktorining  seriyalari va turlari(Tarix va Bugun):

Alien Conquest (2011) —  er sayyorasini bosib olmoqchi bo’lgan o’zga sayyoraliklarga qarshi erliklarning jangi seriyasi, savdodan olib tashlangan.  Toy Story (2010-2019-...)«Toy Story»(Qo’g’irchoqlar hikoyasi) multfilmi asosida. Uzoq tanaffusdan so’ng qayta tiklandi.

Ninjago (2011—2013, 2014—2017,2018—....) — oltita ninzyalarning va ularning senseyi(ustozi)ning skeletlar va Garmadon nomli yovuz lordga qarshi kurashi haqidagi seriya. 2012 yildan skeletlarni Garmadonning o’g’li va 4 ilonlar ulusiga almashtirilgan. Keyinchalik ular tosh jangchilar bilan kurashishadi. Ularning keyingi dushmanlari nindroidlar va oltin Usta nomini olgan yovuz jang ustasi.  Keyin – o’z orolida yashovchi, Chen ismli jang ustasi. 5 – mavsumda Senseyning marhum shogirdi ruhi. 6 – mavsumda DJey boshchiligida nindzyalar yovuz jin Nadakxan bilan kurashadilar. Nindzyago seriyasida barcha yovuzlar birin – ketin paydo bo’ladi, Koul esa insonga aylanadi. Keyingi dushmanlari – Vermillionlar va vaqt egizaklari. 8 – mavsumda o’zlarini “Garmadon farzandlari” deb ataovchi bayker(motostikl haydovchi)lar bilan kurashishadi. Ularning maqsadi esa Garmadonni hayotga qaytarish.  9 – mavsum bizga birvarakayiga 2 voqea haqida so’zlab beradi: birinchisi ajdarlarga qarshi kurashayotgan Koul, Djey, Zeyn, Kay va kichkintoy Vu(u 7 – mavsumda yosh bolaga aylanadi) va ikkinchisi Yovuz Lord Garmadonga qarshi kurashayotgan Niya va Lloyd. 

BABY (2001—2005) — eng kichik bolalar uchun. Savdodan olib tashlangan.  

4+ (2003—2004) —  4 yoshdan katta bolalar uchun. Savdodan olib tashlangan.  Ninja (1998—2000) — Nindzyago seriyasiga o’xshab ketadi. Unda ham nindzya, samuray va yovuzlar haykalchalari bor. Savdodan olib tashlangan. 

Creator (doimiy) — standart kubiklar to’plami, uylar va avtomobillar modellari.

Ajratib turadigan xususiyati – bir to’plamda 3 variant yig’ish mumkin.  Exclusives (doimiy) — 12 – 16 yoshdagi bolalar uchun turli haqiqiy 2 – 5 minggacha detalli to’plam. 

DUPLO (doimiy) — yosh bolalar (1-4 yosh) uchun standart LEGO konstruktorlardan hajmi va kengligi ikki barobar katta sanalgan to’plam. Bu to’plamning ham turli hil tematikasi mavjud(DUPLO Castle? DUPLO Fire va hokazo).

Power Miners (2009—2011) — erni bosib olishni istagan er osti mahluqlari bilan kurashuvchilar seriyasi. Savdodan olib tashlangan.

AquaZone (1995—2007) — akvanaft(Aquanauts) lar va dengiz qaroqchi(Aquasharks)lariga qarshi kurash seriyasi. Savdodan echilgan.  Agents (2008—2009) — maxfiy agent va ularning missiyalari haqidayu ularning qurollari va ularning missiyalari uchun kerakli aslahalar mavjud to’plam. Savdodan olib tashlangan. 

Alpha Team (2001—2005) — agentlar izdoshlari seriyasi. Savdodan olib tashlangan.

Belville (1994—2010) — qizlar uchun modellar seriyasi. Pushti rangga boyitilgan turli kiyimlar kiydiriladigan haykalchalar. Ishlab chiqarishdan to’xtatilgan va hozirgi kunda Friends seriyasiga almashtirildi. 

Bionikl (2001—2010) — o’n yil davom etgan qahramonlar jangi seriyasi. 2016 yilga qadar cho’zilgan. Hozirgi kunda savdodan olib tashlangan. 

Hero Factory (2010-2014) — Bionikl seriyasini o’rnini bosuvchi seriya bo’lib, 2016 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Savdodan olib tashlangan. 

Betmen (2005—2008) — Betmen filmq va komikslari asosida ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan ammo ba’zi qayoramonlari “Super qahramonlar” seriyasida qayta ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan. 

City (doimiy) — “LEGO-shaxar”. Yo’nalishlari:

Space Police (2009) — kosmik jinoyatchilarni ushlovchi kelajak polistiyasi.

Savdodan olib tashlangan. 

Exploriens (1996—1997) — bosh qahramonlar – kosmik izlanuvchilar. Spyrius (1994—1996) — Spyrius sayyorasi va uning izlanuvchi aholisi haqida ma’lumot beradi. 

Gonщiki (doimiy) — avtomashinalarda turli tramplinlar va musobaqalar. Gorod (doimiy) — eng mashhur mavzulardan biri. Zamonaviy shaxarlar, avtomobillar, binolar modellari. Turli o’yin yo’nalishlari mavjud:

Poezda — Katta hajmli poezdlar va poezd stanstiyalari. 

Ferma — Fermer xo’jaligi. Savdodan olib tashlangan.

Police — LEGO shaxar polistiyasi. Polistiya shtabi, patrul avtomobillari, vertoletlar va chegara qo’shnlariga ega seriya. 

Aeroport — aerodromlar, kerakli jihozlari va aviyastiya. 

Kosmodrom — kosmik qurilmalarni kosmosga jo’natish uchun aslahalar. Gavan — suzish uchun aslahalar, suzish jihozlari, vositalari va kemalar.

Pojarnыe — yong’inni o’chirish uchun vositalar va o’t o’chiruvchilar kommandasi.

Stroyka — qurilish vositalari, jihozlari va quruvchilar

Paradise — boy odamlarning yashashlari uchun dam olishlari uchun kerakli qulayliklar vositalari. Savdodan olib tashlangan. 

Garri Potter (2001—2012, 2018—....) — 2007 yilda savdodan olib tashlangan. Ammo, 2010 yilda yangi filmning ekranlarga chiqishi bilan ushbu seriya yana tiklandi. 2011 yilda kelib yana savdodan olib tashlangan bu seriya, 2018 yilda yangi Fantastik mahluqlar: Grin de Vald jinoyati nomli film sagasi ekranga chiqishi bilan ushbu seriya yana yangi g’oya bilan chiqariladigan bo’ldi. Ushbu seriya to’plami trollar, ajdarlar, ristarlar bilan boyitilgan. 2010 yilda «Kingdoms» seriyasi, 2013 yilda «Castle» seriyasi ishlab chiqarildi. 

Lego Star Wars (1999—2022(?)) —  Yulduzlar jangi sagasi asosida ishlab chiqilgan. Ilk LEGO Star Wars  seriyasi 1999 yilda ishlab chiqilgan. Star Wars seriyasi Lego Groupning ilk shaxsiy intellektual to’plami edi.  Birinchi to’plam asl film motiviga xos bo’lib, chiqish muddati ham Yulduzlar jangi. 1 Epizod. Yashirin havf (Zvyozdnыe voynы. Epizod I. Skrыtaya ugroza / Star Wars: Episode I — The Phantom Menace) filmi premerasi bilan muvofiqlashtirilgan edi. Listenziyasi 2022 yilga qadar cho’zilgan. 

Indiana Djons (2008—2009) — Arxeolog Indiana Jons filmlariga asosan ishlab chiqarilgan. Rossiyaga filmning oxirgi epizodida rus soldatlari haqidagi tanqid tufayli etkazimagan. Savdodan olib tashlangan.   Mindstorms (doimiy) — dasturlanuvchi robotlar.

Piratы (1989—2009, 2015) — 1980 yilda ilk to’plami chiqqan, 2008 yilda yangidan chiqarilgan, so’ngra 2015 yilda ishlab chiqarilgan. Savdodan olib tashlangan.

Yo’nalishlari:

Armada Imperii — posvyaщena protivostoyaniyu piratov i Korolevskoy Armadы.

Indigo — xazinalar orolini bosib olmoqchi bo’lgan dengiz qaroqchilari va Indigo qabilasi haqidagi to’plam. 

Gubka Bob Kvadratnыe Shtanы (2009—2012) — Gubka Bob multfilmi asosida ishlab chiqilgan. 2011 – 2012 yilda yangi tahrirda ishlab chiqilgan. 2013 yilda Mutant ninzya o’smir toshbaqalar «Teenage Mutant Ninja Turtles» seriyaga almashtirildi. 

Avatar (2006) — Avatar: Aang afsonasi «Avatar: Legenda ob Aange» multfilmi syujetiga asosan ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan. 

Texnik (doimiy) — 10 yosh va undan katta yoshdagi o’smirlar uchun murakkab avtomobillar, aviastiyalar, texnik jihozlar va hokazo konstrukstiyalar.

Atlantis (seriya LEGO) (2010—2011) — Atlantidani topganlar haqida to’plam. Savdodan olib tashlangan. 

Ben 10 (2010) — Shu nomli multfilm syujeti asosida ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan. 

Exo-Force (2006—2008) — Anime ko’rinishidagi gigant robotlar. Savdodan olib tashlangan.

LEGO Education (Dacta) (doimiy) LEGO Mindstorms bolalarni o’rgatuvchi yangi texnologiyalar.

Prince of Persia (2010) — shu nomli film asosida ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan.

LEGO Minifigures (2010-…) — 16 turli syujetdagi qahramon haykalchalar to’plami. 

Lamborghini —1:17 masshtabidagi avtomobillar.

Pharaoh’s Quest (2011) — shu nomli 4 filmlar syujeti asosida ishlab chiqilgan.

Savdodan olib tashlangan. 

Cars (2011—2012) — multfilm syujeti asosida ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan. 

LEGO Pirates of the Caribbean (2011, 2017) — shu nomli film asosida ishlab chiqilgan. 

Super Heroes (2012—…) — super qahramonlar haqidagi to’plam 2012 yildan buyon ishlab chiqib kelinmoqda. 

LEGO Dino (2012) — dinozavrlar bilan jang qiluvchi. Savdodan olib tashlangan.  LEGO The Lord of the Rings (2012-2013) — shu nomli film syujeti asosida ishlab chiqilgan. Savdodan olib tashlangan. 

LEGO Friends (2012—…) — 2012 yilda maxsus qizlar uchun ishlab chiqilgan ushbu to’plam 83 % mashhurlikka erishadi. Shu bois yangi qahramonlar asosida yangi to’plam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 

Monster Fighters (2012) — mahluqlarga qarshi kurash to’plami. Savdodan olib tashlangan.

LEGO Minecraft (2012—2013, 2014—…) — shu nomli kompyuter o’yini asosida ishlab chiqilgan. 

Legends of Shima (2013—2015) — Chima afsonasi syujeti asosida ishlab chiqilgan. 

The Lone Ranger (2013) — shu nomli film asosida ishlab chiqarilgan. Savdodan olib tashlangan.

LEGO The Hobbit (2012-2014) — Savdodan olib tashlangan. 

Games (2010) — do’stlar bilan o’ynash uchun turli mavzudagi to’plamchalar.

Galaxy Squad (2013) — insektoidlar bilan kurashuvchilar haqida.

LEGO Teenage Mutant Ninja Turtles (2013—2014) — shu nomli multfilm asosida ishlab chiqarilgan. Savdodan olib tashlangan.  Western (1996—1997) — G’arb olami haqidagi syujetlar. 

The Lego Movie, The Lego Batman movie, The Lego NinjaGo movie ,The Lego

Movie 2 (2014—…) — filmlar syujeti asosida ishlab chiqarilgan to’plam.  Time Cruisers (1996—1997) — Doktor Kiber va yordamchisi Tim haqidagi to’plam. 

Brick heads (seriya LEGO) (doimiy) - LEGO qahramonlari haqida.

Lego Ideas[2] (doimiy) – fanatlar taklifi bilan ishlab chiqilgan to’plam. 

Overwatch (2018-...) -  Overwatch kompyuter o’yini haqida ishlab chiqarilgan.  Jurassic World ( 2015,2018-2020)- Yura davri filmi syujeti asosida ishlab chiqarilgan. 

Hidden side(2019-...) - telefon orqali boshqariladigan dastur. 

Lego Dot's - (2020-...) qo’l brasletlarini bezash uchun kichik detallarga ega Lego konstruktori. 

Lego Zebra – Legoning ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan to’plami. Faqat shu ma’lumki, shubu to’plam mozayka shaklida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish muddati 2020 yilning avgust oyi. Shuningdek, Merilin Monro, Temir Odam, va Bitls guruhi ushbu to’plamni taqdimot qilishadi.  

 

LEGO konstruktori bilan ishlash jarayonidagi texnika havfsizligi

 

Texnika havfsizligining umumiy qoidalari:

1.     to’garak rahbari ruxsati bilangina ishni boshlashi lozim;

2.     to’garak rahbari murojaat qilgan ishini to’xtatishi kerak;

3.     ish vaqti hech narsaga chalg’imasligi kerak;

4.     Konstruktor detallarini quloq, og’izga tiqmaslik, yutmaslik kerak;

5.     Bir – biriga ulangan

detallarni tish va og’iz yordamida ajratmaslik kerak;

6.     Stolga detallarni urmaslik kerak, plastik materiali yorilishi va sinishi mumkin;

7.     Yorilgan yoki singan detalni uchratsangiz, darhol to’garak rahbariga murojaat qilish kerak;

8.     Detallarni ularni saqlash uchun mo’ljallangan joyda saqlash kerak;

9.     Ish stolini doim toza va ozoda saqlash kerak;

10. Detallar bilan ishlashda boshqa ishlarga chalg’imaslik kerak. 

 

ego Duplo – bu qiziqarli qurilish konstruktorlari    bo’lib, ular asosida        bolangiz malikalar qasri, mini – ferma,    zoopark, kasalxona va temiryo’l stanstiyalari          yasashlari mumkin.  Bu to’plam maxsus 1,5 – 6 yoshli bolalar         uchun          ishlab chiqilgan.           Yosh chugarasiga qaramasdan, ushbu to’plam       barcha yoshdagilar uchun birdek qiziq. Birorta        ham seriyasida yosh bolalar uchun      xavfli           detallar ishlab chiqilmaydi.  

Lego Duplo  1969 yilda ilk seriyasi yaratilgan. Kichkina detallardan xavf ko’pligi sababli ishlab chiqaruvchilar yangi o’yinchoq ishlab chiqarishga urinishgan. Bolalar aka – opalarining turli o’yinchoqlaridagi rangli detallarga qiziqishi yuqori bo’lgani sabab.

Avvaliga     Duplo seriyasi       oddiy qo’shimcha sifatida ishlab         chiqilgan. To’plamga          boshqa to’plamdagi g’ishtchalarga nisbatan 8 barobar katta  bo’lgan bir – nechta           g’ishtchalar mavjud        bo’lgan. Duplo

konstruktorida yillar sayin        boshqa detallar      va

haykalchalar, qahramonlar ko’payib   borib, alohida        to’plamni tashkil   eta boshlagan. Katta detallarni yutish va ulardan zarar ko’rish imkoni mavjud bo’lmagani, hamda ularda kichkina barmoqchalar bilan ishlash osonligi ularning eng yaxshi xususiyatlaridan biridir. Har bir qutida to’plamni qaysi yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangani ko’rsatilgan (1,5 – 6 yosh). Hatto 9 – 10 oylik bolalar ham mamnuniyat bilan ushbu rang – barang detallarni tomosha qilishni va ularni kuzatishni yoqtirishadi.  Ushbu to’plamdagi barcha detallar to’q ranglarda bo’yalgan bo’ladi: sariq, yashil, ko’k, oq, kulrang, qora, qizil, jigarrang va boshqalar.  To’plamda samolyot, mashin, poezdlar,

samolyot, multfilm qahramonlari, malikalar qasri va turli hayotiy vaziyatlar uchun detallar mavjud.   G’ishtchalar juda yoqimli teksturaga ega bo’lib, bir –biriga oson ulanadi. Lego Duplo to’plamidagi detallarni boshqa to’plam bilan ham moslashtirish mumkin. Har yil ushbu to’plam yagngilanib, turli yangi qahramonlarni yaratib, foydalanuvchilarga yangi syujetlarni taqdim etib kelmoqda.   

 

 

Lego konstruktorida tayyorlanadigan ish namunalar sxemalari

 

 

 

 

Cho’p konstruktordan tayyorlangan ishlar 

 

 

 

 

Pachoq lego konstruktorlari uchun sxemalar

 

Magnitli lego konstruktorlar uchun

sxemalar

 

 

 

Quyida tayyorlanadigan konstruktorlar sxemalari va izohlari keltirilgan:

 

RAKETA yasash uchun bizga Lego Duplo to’plami kerak bo’ladi. Ushbu to’plam kichik yoshdagilar uchun mo’ljallanganligi uchun, undan tayyorlanadigan konstrukstiyalar ham sodda va tushunarli bo’ladi. Raketani tayyorlash uchun sxemada ko’rsatilganidek, ketma – ketlik amalga oshiriladi.  Ushbu konsturktorda raketadagi o’zga sayyoralikning yuz ko’rinishi yoki kosmonavtning yuz

ko’rinishi detallarini topish mumkin.  Ushbu

raketaningko’rinishi va detallari to’garak a’zosi ixtiyori va dunyoqarashiga ko’ra o’zgarishi tabiiy. To’garak rahbar to’garak a’zolarini bir ramkaga kiritishdan tiyilishi va ularni o’z dunyoqarashlarini konstruktorlar orqali namoyon etishiga ko’maklashishi kerak. 

 

AJDARCHA yasash uchun

bizga Lego Duplo to’plami kerak bo’ladi. Ushbu to’plam kichik yoshdagilar uchun mo’ljallanganligi uchun, undan tayyorlanadigan konstrukstiyalar ham sodda va tushunarli bo’ladi. Ajdarning barcha qismlari Lego detallaridan tayyorlanadi.

Birgina ko’zchasi qismi alohida detal, ammo ushbu detal ham ushbu Lego to’plamida mavjud. U nakleyka ko’rinishida bo’lib uni legoning ixtiyoriy detaliga yopishtirib, foydalanish mumkin.

Ushbu ajdar haykalchani tayyorlash uchun jami yetti xil ko’rinishidagi detal, jami 15 ta detal zarur bo’ladi.  kerak bo’ladi.

Ushbu detallar yordamida yoki boshqa detallar yordamida bir yoki bir necha turli ko’rinishdagi ajdar haykalchalarini tayyorlash mumkin bo’ladi. 

Shuningdek, detallarning turli rahgdagisini to’garak a’zosining qiziqishi va

dunyoqarashiga moslab tanlashi mumkin bo’ladi. 

ARCHA KONSTURKSIYASI SXEMASI

 Archa konstruksiyani yaratish uchun avvalo kerakli ranglar va detallarni tanlash lozib bo’ladi. 

Detallarni          to’garak       a’zolari        o’z ehtiyojlariga mos va dunyoqarashiga xos qilib olish kerak bo’ladi. 

Shu detallar asosida to’garak a’zolari turli          xil      archa shakllarini   va konstruksiyalarini yasashlari mumkin bo’ladi.

Ushbu konstruksiya turli xil bo’lgani bois undagi detallar soni ham turlicha bo’ladi.

 

To’garak a’zolari bilan ishlashda ularning to’garakka bo’lgan qiziqishi va nutqini rivojlantirish maqsadida to’garak

rahbari        quyidagi      she’rni         yodlashga topshiriq berishi lozim. 

Lego bu fantaziyalar shaxri

Rang – barang g’oyalar olami 

Undan sxema o’rganib,

Qo’yamiz uylar qurib.

Yoki qasr quramiz

Ajdar yashaydi unda,

U malika qo’rqlar, Barchaga olov purkar. 

Qo’llarni chaqqon qilar, Hayolga ham o’rgatar.

Oddiy qilib aytaman – Lego g’aroyib bo’lar.  “LEGO – konstruktorlari bolalarning ichki imkoniyatlarini rivojlanishda asosiy omildir” – kabi shiorlarni bolalar ongida singdirish. Shu kabi shiorlar va ko’rgazmalarni banner tarzida chop etish to’garak xonasini ham boyitadi va yangi to’gark a’zolariga to’garak haqidagi tushunchani yanada yaxshi anglashga o’rgatadi.

 

ARCHA KONSTRUKSIYASINI LEGO DUPLO KONSTRUKTORIDAN YASASH

 Kapalak konstruksiyasini yasash sxemasi orqali to’garak a’zolariga yo’l – yo’riq, ko’rsatmalar berilib boriladi. To’garak a’zolari o’z dunyoqarash va farazlaridan kelib chiqib turli ranglar va detalardan kapalak konstruksiyasini yasaydilar. 

 

TIPRATIKAN

KONSTRUKTORI

SXEMASI

 Ushbu konsturksiya ham LEGO DUPLO

                                                                                                                                                   to’plamidan      tayyorlanadi.

Ushbu to’plamdagi detallar bilan ular hajmining kattaligi

bois qulayligi to’garak a’zolaridan tassavurni kengaytirishi va ularning rang va barmoqlar motorikasini oshirishi tushuntirilib boriladi.

Tipratikan konstruksiyasini yasash jarayonida kerakli barcha detallar va ularning soni sxemada ko’rsatilgani uchun to’garak a’zolariga kerakli detallar bilan ishlash, ortiqchasini yig’ishtirib qo’yish kerakligi tushuntiriladi. Bu to’garak rahbari to’garak a’zolariga reallik bilan ishlash ko’nikmasini shakllantiradi

va bu haqda to’garak a’zolariga tushuncha beradi. 

       “BALIQCHA”

KONSTRUKSIYASINI

YASASH SXEMASI

Baliqcha konstruksiyasini yasashda LEGO DUPLO to’plamidan foydalanamiz. Ushbu to’plamdagi ranglar jilosi to’garak a’zolari va barcha yoshdagi bolajonlar uchun zavqli bo’ladi. 

Ushbu baliqchalar konstruksiyasini turli akvapark loyihalarida yoki zoomagazinlar loyihasida qo’llashimiz mumkun bo’ladi. 

To’garak a’zolari tomonidan yasalgan

baliqchalardan “Bizning akvarium” loyihasini tayyorlashimiz mumkin. Bunda oldin akvarium va uning baliqchalarini tayyorlaymiz, keying

mashg’ulotlarda esa ushbu akvariumni turli baliqlar va o’simliklar bilan boyitib boramiz. Bu o’z navbatida bolalarning suv osti dunyosini tanishi va

ranglar uyg’unligi ko’nikmasini shakllantiradi. 

“QUVNOQ FERMA” KONSTRUKSIYASI SXEMASI

 

Ushbu sxema asosida ferma ishchilari va otlar konstruksiyasini yasashingiz mumkin. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

 

1.     Фомина Н.Ю. «Пособие конструирования из бумаги «Наш город» в подготовительной группе» 2007 год Москва

2.     Медведева М.Ю. «Конспект НОД по лего-конструированию на тему

«Построение модели подъемного крана из деталей конструктора  LEGO DUPLO и компьютерной программы  LEGO Digital Designer (цифрового конструктора) в средней группе» 2017 год г.Тамбов

3.     Четнышев М.С. «Я конструктор» 2016 год г.Краснодар

 

FOYDALANILGAN ELEKTRON MANBALAR:

 

-   google.co.uz - lego-go.uk

-   legoland.dns

-   lego_konstruktor.ru

-   ru-toy.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu o’quv qo’llanma “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “LEGO konstruktorligi” va boshqa qiziquvchilar uchun o’rganish va to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish maqsadida ishlab chiqildi. O’quv qo’llanmada LEGO tarixi, turlari, klassifikasiyasi, to’plamlar tarixi va faqrlari, mashg’ulotlarda foydalanish uchun kartoteka sxemalar va yasalaish shartlari keltirilgan.

 

 

 

                Muallif:                                        Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar

maktabi direktorining innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha o’rinbosari R.B.Solihova

 

Taqrizchilar:                                 Vobkent tuman Xalq ta’lim bo’limi boshlig’i Sh. J. Xusenov

 

Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar  maktabi direktori R.A.Haitova

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал ""Учебное пособие для кружков "Lego конструктор" язык: узбекский"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 3 месяца

Специалист по ипотечному кредитованию

Получите профессию

Копирайтер

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 671 628 материалов в базе

Скачать материал

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 27.01.2021 977
    • PDF 4.2 мбайт
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Салихова Раъно Бахрановна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    Салихова Раъно Бахрановна
    Салихова Раъно Бахрановна
    • На сайте: 3 года и 11 месяцев
    • Подписчики: 0
    • Всего просмотров: 25043
    • Всего материалов: 44

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

Методист-разработчик онлайн-курсов

Методист-разработчик онлайн-курсов

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 184 человека из 49 регионов

Курс профессиональной переподготовки

Организация деятельности педагога дополнительного образования при обучении игре на скрипке

Преподаватель игры на скрипке

300/600 ч.

от 7900 руб. от 3650 руб.
Подать заявку О курсе
  • Этот курс уже прошли 13 человек

Курс повышения квалификации

Спортивная секция "Лазертаг" как дополнительное образование в рамках общеобразовательной школы

36 ч. — 144 ч.

от 1700 руб. от 850 руб.
Подать заявку О курсе
  • Этот курс уже прошли 25 человек

Курс профессиональной переподготовки

Организация деятельности педагога дополнительного образования при обучении игре на гитаре

Преподаватель игры на гитаре

300/600 ч.

от 7900 руб. от 3650 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 40 человек из 23 регионов
  • Этот курс уже прошли 215 человек

Мини-курс

Программы лояльности и организационные аспекты

2 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Стратегия продаж и продуктовая линейка: успех в современном бизнесе

2 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Личность в психологии

5 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 23 человека из 14 регионов