Инфоурок Начальные классы КонспектыУрок по родному языку на тему "Части речи'

Урок по родному языку на тему "Части речи'

Скачать материал

                SO’Z TURKUMLARINI O’RGANISHDA INTERFAOL  

                                            USULLARDAN   FOYDALANISH

                                  Sodiqova  Gulchehra  Yuldashevna

                                  Namangan  viloyati  Uychi  tumani

                                          XTB ga  qarashli  2-umumiy  o`rta  ta`lim

   maktabining  boshlang`ich   sinf   o`qituvchisi

 

    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan so’z turkumlari bilan bog’liq mavzularni interfaol usullar orqali o’rganish ahamiyati, noan’anaviy dars metodlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.               

     Kalit so’zlar: pedagogik mahorat, kreativlik, komil inson, multimediya, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Sinkveyn”,  “Klassik  juftliklar”, “Didaktik o’yin”.

       Dars  o`quv - tarbiya  ishlarini  tashkil  etishning  yetakchi  shakli  hisoblanadi.    Ona  tili  darslarini  to`g`ri  tashkil  etish,  ajratilgan  vaqtdan  unumli  foydalanish  dars  samaradorligini  oshirishdagi   muhim  omillardandir. Dars – ijodiy  jarayon. Unda  o`quvchilarning  ijodiy  faoliyati  qancha  taraqqiy  ettirilsa,  ular  o`z  oldiga  qo`ygan  aqliy  vazifalarni  shuncha qiynalmasdan  bajaradilar. Topshiriq bajarish  sirlarini  o`rganish ijodiy  fikr  yuritish  qobiliyatini  shakllantira  boradi.   O`qituvchi,  avvalo,  fanga doir nazariy bilimlardan yaxshi  xabardor bo’lishi  kerak.  Aks  holda o’z oldiga qo’ygan  maqsadiga  erisha olmaydi. Hozirgi vaqtda o’qituvchidan fan  asoslarining ilmiy-nazariy  tushunchalarini puxta o’rganish orqali o`qitish  usullarini  takomillashtirish, dars  samaradorligini  oshirish  talab etilmoqda.  Bu  vazifalarni  amalga  oshirishda  ilg`or  pedagogik  texnologiyalarni  amaliyotga  keng  joriy  etish    yuqori  samara  beradi. Buning uchun o`qituvchida  malakaviy  ko`nikmalar  teran  shakllanishi  shart. Yangi  usullardan  foydalanib,  noan`anaviy  darslar  tashkil  etish, avvalo,  o`quvchilarni  mustaqil  fikr  yuritishga  o`rgatadi.  Natijada ular fikri bir nuqtaga jamlanadi, bilim olishga  qiziqishi, intilishi  ortadi. “Interfaol”,  Innavatsion”, “Aqliy hujum” kabi  noan’anaviy dars metodlarini  qo`llash  orqali  dars samaradorligini  oshirishga  erishish  mumkin.  Turli  usullarni  dars  davomida  qo`llashdan  maqsad o`quvchining  nutqi  va  lug`at  boyligini  oshirish,  imloviy  savodxonligini tarkib  toptirishga  qaratiladi.  Ayniqsa,  so`z  tuzish,  uning  ma`nosini  izohlash,  yozilishini  bilib  olish,  test  topshiriqlarini  to`g`ri  bajarishga erishiladi. O’quvchiga bilim berish jarayonida quyidagi dars bosqichlarini, albatta, bajarish lozim:

1.  O`quvchilarni  darsga  tayyorligini  tekshirish.

2. O`tilgan  darsni  o`zlashtirish  darajasini  aniqlash: uy  vazifasini  tekshirish; yozuv  malakalarini  takomillashtirish  ustida   ishlash; husnixat  mashqlari; o`tilgan  mavzu  yuzasidan  bilimlarini  mustahkamlash.

3.   Dars  mavzusi  va  maqsadini  e`lon  qilish, mashqlar  asosida  mavzuni  chuqur  tushuntirish. Lug`at  ishi.

4.  Mashqlar  orqali  o`quvchilar  bilimini  mustahkamlash, didaktik  o`yinlardan  foydalanish.

5. Darsni  umumlashtirish  va  yakunlash.

6. Uy  vazifasini bajarish   yo`llarini  tushuntirish.

      Darsning  bu  qismlari  dars  turlariga  qarab  turlicha  tashkil  qilinadi. Dars samaradorligini  ta`minlayotgan  usullardan  biri  musobaqa  usuludir.  Bu  usul davomida  darsning  qiziqarli,  ko`tarinki  ruh bilan o`tishi  ta`minlanadi.  Musobaqa  faqat o`quvchilarning  ishtiroki  bilan  bo`lgani  uchun  har  biri  bu  jarayonda   qatnashadi,  javob  izlashga  intiladi.  Bu  jarayonda  ham  ularning  mustaqil  fikrlashi  o`stiriladi.    O`yinlar  kichik  yoshdagi  o`quvchilarni  faollashtiradi,  ular  o`rtasida  ahillik,  birlik,  g`oliblik  uchun  intilish  kuchayadi.

  Ona  tili  darslarida  quyidagi  didaktik o`yin  turlaridan  foydalanamiz:

1.   ,,Aksini   aytish”.   Biror  predmetning  sifati  yoki  belgisini  aytgan o’qituvchi qo’lidagi  to`pni  o`quvchilardan biriga uzatadi.  O`quvchi  so`zning  aksini  aytib, to`pni o’qituvchiga  qaytaradi.  Masalan,  shirin-nordon,  katta-kichik.  Bu  usul  sifat  so`z  turkumini  o`rganishda  yaxshi  natija  beradi. Mavzuni mustahkamlash uchun  rasmda aks etgan shaxs va narsalarga  xos  bo`lgan  xususiyatlarni aytish topshirig’i beriladi.  Masalan, ota, ona,  bola,  gul,  anor rasmlari  ko`rsatiladi.  O’quvchilar berilgan qizil, mehribon, tadbirkor,  a`lochi,  muloyim, chiroyli,  rostgo`y,  xushbo`y,  nordon,  g`amxo`r kabi so`zlarning mosini tanlab rasm ostiga yozadilar.

2.    O`quvchilar  ,,O`ylab  top”,  ,,Estafeta”,  ,,Jim”,  ,,Zinapoya”,   ,,Baliq  ovlash”,  ,,Narvoncha”  o`yinlarini  darsda  sevib   o`ynaydilar.  Ayniqsa,  ,,Baliq  ovlash”  o`yini  o`quvchilarni  yakka  tartibda  fikrlarini  aniqlashga  yordam  beradi.  Baliqchalar   rasmi  orqasiga  so`zlar  yozilgan  bo`lib,  o`quvchi  hovuzchadan  baliqni  tutadi  va  savolga  javob  beradi,  yoki  so`z  ma`nosini  tushuntiradi,  so`rog`ini  aytadi,  harf-tovush  jihatidan  tahlil  qiladi.

3. Ona  tili  so`zining  bosh  harflariga  maqollar  aytadilar.  Maqsad: Do`stona  muhitni  yaratish, xotirani  mustahkamlash.

4.  Biror  so`z  aytaman,  so`z  turkumlari  bo`yicha  fikrlarini  yozadilar.  Yozganlari  boshqa  guruhlarga  beriladi,  ular  o`z  fikrlarini  to’ldirib,  kengaytiradilar.

       Maqsad:   Fikr  doirasini  kengaytirish,  barchani  ishlashga  undash,  qisqa  muddatda  ko`p  ma`lumotga  ega  bo`lish,  bir-biridan  o`rganish.

  Biz  uchun   yangilik  ulug`vorlikdan  ko`ra  zavq bag`ishlasin.

     Boshlang`ich  sinflarda  ona  tili  darslarida   fikr  doirasini  kengaytirish  muhim  o`rin  tutadi.  Fikrlash  faoliyatini  turli  usulda  yo`lga  qo`yiladi.  Shunday usullardan  biri  muammoli  ta`limdir.  Muammoli  ta`lim  darsda muammoli  vaziyat  yaratish  va  undan  elementar  tarzda  foydalanish  orqali  amalga  oshiriladi.  Masalan,  o`quvchilarga  Anvar,  mayna, ayiqcha  so`zlari  yozilgan  tarqatma  beriladi.  O`quvchilar  so`zlarni  to`g`ri  talaffuz  bilan  aytadilar.  So`zlarni biror  harfi  tushirib  qoldirilib   doskaga  yoziladi.   A.nvar,   may.a,     a.iq.a     kabi.  O`quvchilar   tushirib  qoldirilgan  harfni  topadilar va  tuzatadilar.  Ayniqsa  ko`rgazmali  rasmlar  asosida   gaplar  tuzdirib  va  u orqali  savollar  berib  ham  o`quvchilar  tushunchasini mustahkamlash  mumkin. Bunda  o`quvchilarda   mustaqil  fikrlash  ko`nikmasi  shakllana  boradi.

      So`zlarni    turkumlarga   ajratishda    o`quvchilar  bilan  turli  usullardan  foydalanib,  ko`zlangan  maqsadga   erishamiz.   So`z  turkumlarini  o`rganishga  tayyorgarlik   2-sinfdan  boshlanadi.  O`quvchilar  shaxs-narsa nomini,  harakatini,  belgisini,  sanog`ini   bildirgan  so`zlar  haqida  bilib  oladilar.  3-sinfda  esa  bu  so`zlarni  ot,   sifat,  son,  fe`l   kabi  turkumlarga  ajratishni  o`rganadilar.   Shu  so`z  turkumlari  haqida  ma`lumot  olib,  ular  ustida  amaliy  mashq  bajaradilar.  So`z   turkumlari  mavzusini  o`tib  bo`lgach  DTS talablariga  ko`ra  2 soatlik  mustahkamlash  darsi  o`tiladi.  Mustahkamlash  darsida quyidagi  interfaol  usullardan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.

       1.  ,,Hamrohingni  top”  o`yini   tashkil  etish.   Yani  ot,  sifat,  son,  fe`l  so`z  turkumlarining   nomi  yozilgan  qog`ozlar  savatchaga  teskari  qilib  solinadi.  O`quvchilar    ularni   tanlab  olib,  shu  so`z  turkumiga  izoh  beradi.  Bunda,  ot  mazmunini,  sifat  xususiyatini,  fe`l  va  sonning o`ziga  xos jihatini  bayon  etish  bilan  hamrohlarini  topadilar.

   2. Ot,  sifat,  son  va  fe`lning  guruhini  tashkil  etgan  o`quvchilar  yozuv  taxtasiga  o`zlari  tanlagan  so`z  turkumiga  ,,klaster” tuzadilar.       

      Doskada  o`quvchilar  ,,Klaser” tuzguncha,  boshqa  o`quvchilarga  ,,Siz  nimani  bilasiz?” deb  nomlangan  ,,Insert”  usulini  qo`llab, o`quvchilarni  baholashga erishamiz.  Ular  daftarlariga  so`z  turkumlariga  oid  so`zlarni  yozib,  o`qib  berishadi.  Dastlabki  guruh  o`quvchilarini  yozgan  klasterlarini  sharhlashda  mustaqil  fikrlashlariga  baho  bergach,  “Insert”  usulini  ,,Bildim” bo`limini  musobaqa  tarzida  o`tkazamiz.  To`pni  bir-birlariga  so`z turkumlariga  oid  so`zlar  aytib  uzatishadi.

       Darsni  mustahkamlashda  ,,Grafik  test” metodi  ham  yaxshi  samara  beradi.  Har  bir ishtirokchiga maxsus  jadvalli  varaqlar tarqatiladi.  O`qituvchi  oldindan  tayyorlangan  savollarni  o`qiydi. O`quvchilar    mos  katakni   bo`yaydilar.                                    

1-    Nechta?, nechanchi?  so’rog’iga javob bo’lgan so’z.

2-    Ko`rkam,  chiroyli,  qizil.

3-    Toshloq,  bug`doyzor,  o`tloq.

4-    Shaxs va  narsaning   harakatini  bildirgan  so`z.

5-    Sanoq  va  tartib  bildirgan  so`z.

6-     Men, sen, u, biz, siz, ular.

7-    Kuyladi,  o`ynadi, tinglayapti.

8-    Shaxs va  narsaning belgisini  bildirgan  so`z.

                                                  Grafik  test   

 

Ot

Sifat

Son

Fe`l

Kishilik olmoshlari

1

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

3

 

 

 

 

 

4

 

 

 

 

 

5

 

 

 

 

 

6

 

 

 

 

 

7

 

 

 

 

 

8

 

 

 

 

 

 

            O`quvchilar  bilan  ,,Sinkveyn”  usulini  qo`llab  darsni  davom  ettiramiz.

O`quvchilar  bilan  ,,Sinkveyn”  usulini  qo`llab  darsni  davom  ettiramiz.

 Sinkveyn    metodida   tengdosh   so`ziga  sinkveyn  tuzadilar.

1.     Nima?-  tengdosh

2.     Qanday?-  mehribon,  aqlli

3.     Nima  qiladi?-yordam  beradi, o`ynaydi,  dars  qiladi

4.     Gap-   Mehribon  tengdoshlar  birga  dars  tayyorlaydilar.

5.     Ma`nodosh  so`z -   do`st,  sinfdosh.

Guruhlar  tuzgan sinkveynlarini  har  bir  guruhdan  bittadan o`quvchi  chiqib taqdimot  qiladi.

    Ijodkor  o`quvchilar  so`z  turkumlari  qatnashgan  she`r,  maqol  va  hikmatli  so`zlar  aytishadi.  Masalan,

                   Bahor  kelib  o`lkamga,

                   Gullar  hidi   sochildi.

                   Chuchmoma-yu  binafsha,

                   Bog`imizda  ochildi.

      Ushbu  she`rda  ,,kelib,  sochildi,  ochildi”  so`zlari  fe`l  so`z  turkumiga,  ,,bahor,  o`lkamga,  gullar,  hidi,  chuchmoma-yu  binafsha,  dala, qirda”  kabi  so`zlari ot  so`z  turkumiga  mansub.

                     Bir,  ikki,  uch  dedim,

                     Qizil  gulni  quch  dedim.

                     Shirin-shakar  o`rik  yeb,

                     Danagini  puch  dedim.

       Ushbu  she`rda  ,,bir,  ikki,  uch”  so`zlari  son  so`z  turkumiga,  ,,qizil,  shirin-shakar,  puch”  so`zlari   sifat  so`z  turkumiga  mansub.

   Turli  usullar  orqali  o`quvchilarni  ijodiy  izlanishlari,  fikr  doiralari  kengayadi.     Xotirani  mustahkamlash,  diqqatni  jalb  qilish orqali o`z  ustida  ishlashga   undash,  o`zaro  hurmatni  mustahkamlashga  erishish  mumkin.        

                                      Foydalanilgan adabiyotlar:

1.     Abdurahmonova N., O’rinboyeva L. Ona tili / O`qituvchilar  uchun    metodik   qo`llanma / 2-sinflar  uchun. – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2014. – 80 b.

2.  Masharipova U., Umarova M.,  Boynazarova D., Nabiyeva M. Ona tili / O`qituvchilar   uchun    metodik  qo`llanma / 4-sinflar uchun – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2017 – 88 b.

3.   Tal’at G’afforova. Boshlang’ich ta’limda  zamonaviy  pedagogik  tehnologiyalar. – Toshkent: Tafakkur, 2011. – 160 b.

Просмотрено: 0%
Просмотрено: 0%
Скачать материал
Скачать материал "Урок по родному языку на тему "Части речи'"

Методические разработки к Вашему уроку:

Получите новую специальность за 2 месяца

Консультант по финансам

Получите профессию

Фитнес-тренер

за 6 месяцев

Пройти курс

Рабочие листы
к вашим урокам

Скачать

Скачать материал

Найдите материал к любому уроку, указав свой предмет (категорию), класс, учебник и тему:

6 672 491 материал в базе

Скачать материал

Другие материалы

Вам будут интересны эти курсы:

Оставьте свой комментарий

Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.

  • Скачать материал
    • 04.05.2020 398
    • DOCX 63 кбайт
    • Оцените материал:
  • Настоящий материал опубликован пользователем Болтабоева Муяссар Йулдашалиевна. Инфоурок является информационным посредником и предоставляет пользователям возможность размещать на сайте методические материалы. Всю ответственность за опубликованные материалы, содержащиеся в них сведения, а также за соблюдение авторских прав несут пользователи, загрузившие материал на сайт

    Если Вы считаете, что материал нарушает авторские права либо по каким-то другим причинам должен быть удален с сайта, Вы можете оставить жалобу на материал.

    Удалить материал
  • Автор материала

    • На сайте: 4 года
    • Подписчики: 0
    • Всего просмотров: 3090
    • Всего материалов: 4

Ваша скидка на курсы

40%
Скидка для нового слушателя. Войдите на сайт, чтобы применить скидку к любому курсу
Курсы со скидкой

Курс профессиональной переподготовки

Интернет-маркетолог

Интернет-маркетолог

500/1000 ч.

Подать заявку О курсе

Курс профессиональной переподготовки

Гигиенические требования к условиям реализации основной образовательной программы начального общего образования

Учитель начальных классов

600 ч.

9500 руб. 4450 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 70 человек из 35 регионов
  • Этот курс уже прошли 163 человека

Курс повышения квалификации

Организация рабочего времени учителя начальных классов с учетом требований ФГОС НОО

72 ч. — 180 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 45 человек из 28 регионов
  • Этот курс уже прошли 335 человек

Курс повышения квалификации

Особенности подготовки к проведению ВПР в рамках мониторинга качества образования обучающихся по учебному предмету «Математика» в условиях реализации ФГОС НОО

72 ч. — 180 ч.

от 2200 руб. от 1100 руб.
Подать заявку О курсе
  • Сейчас обучается 65 человек из 28 регионов
  • Этот курс уже прошли 301 человек

Мини-курс

Здоровый образ жизни и основы физической культуры

3 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Искусственный интеллект: возможности и применение

3 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе

Мини-курс

Налог на прибыль и учет доходов/расходов

2 ч.

780 руб. 390 руб.
Подать заявку О курсе