MATEMATIKA
DARSLARIDA Interfaol TA`LIM SHAKLINI AMALDA QO`LLASH
G. Sh. Mamutova, S. Seytmuratov, K.A. O`mirbaeva
Nukus Davlat Pedagogika instituti
Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar,
ilg`or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish
o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab
qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan bo’lmaydi.
Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.
Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli.
Shuning uchun o’quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash
qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb
vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi yoshlargina
mamlakatimiz kelajagining porloq bo’lishiga o’zlarining munosib hissalarini
qo’sha oladilar.
Ma’lumki, o’quvchi faoliyati
butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi turli-tuman
usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon
yo’naltirib turadi. Umumta’lim maktablarining asosiy maqsadi yoshlarni fan
asoslari bilan qurollantirish, ularni bilim olishga, mustaqil va erkin
fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Prezidentimiz alohida
ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan
ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z
yo’liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi
o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan
iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda
unga rioya qilmaymiz».
Hozirgi
kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan
qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovastion texnologiyalar, pedagogik
jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar
kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq
foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib,
ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi —
ular faqat pedagog, o’quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi
orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
· o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash,
ijod etish va izlanishga yo’llash;
· o’quvchilarning o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarining
doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash;
· o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;
pedagog va o’quvchining
hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.
Pedagogik
texnologiyaning maqsadi — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik
faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o’quv jarayonida o’quvchining
mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va
xulosa chiqara olishi, shuningdek, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera
olishi kerak. O’qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit
yarata bilishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning
mavzusi, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. Pedagogik texnologiya
yakka tartibdagi jarayon bo’lib, o’quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir
maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija
berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Interfaol
degani bu — o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorligi asosida dars
samaradorligini oshirish, o’quvchida mustaqil fikrlash. ko’nikmalarini
shakllantirishning fikr-mulohaza, bahs orqali amalga oshirilishidir.
O’quvchi qo’yilgan
maqsadga mustaqil, o’zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda
javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so’zga chiqadi. Dalil va
asoslar orqali fikrini yoritib berishga harakat qiladi. Har qanday matematik
tushuncha yoki nazariy mavzu o’quvchilarga ma’lum bir metodlar asosida tushuntiriladi.
Ana shunday metodlar ikki yo’nalishda bo’lib, ulardan biri o’qituvchining
tushuntirish metodlari, ikkinchisi esa o’quvchilarning qabul qilish
metodlaridir O’qituvchining tushuntirish metodlari ma’ruza, suhbat va mustaqil
ishlardan iborat. O’qituvchi bir soatlik darsi jarayonida ana shu uchta
metoddan foydalanib dars jarayonini olib boradi. O’qituvchi tomonidan
tushuntirilgan mavzuni o’quvchilar reproduktiv, evristik va izlanish metodlari
yordamida qabul qiladilar.
Agar o’qituvchi dars
jarayonida mavzuni ma’ruza metodi bilan tushuntirsa, o’quvchilar reproduktiv
metod bilan qabul qiladilar. Bunda mavzu materialining mazmuni mantiqiy tahlil
qilinmaydi, ma’ruza metodi bilan dars o’tishda o’qituvchining o’zi juda faol
bo’lib, talabalar esa faol bo’lmaydi. Agar o’qituvchi mavzuni suhbat metodi
bilan tushuntirsa, o’quvchilar evristik metod bilan qabul qiladilar. Bunda
talabalarning tushuntirilayotgan mavzu materialiga nisbatan faolligi oshadi,
chunki o’qituvchi mavzu mazmunini mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’lgan savollar
asosida o’quvchilar bilan birgalikda ochib beradi, bunda bevosita o’quvchilar
ham savollarga javob berish orqali dars jarayonida faol ishtirok etadilar.
Umuman olganda suhbat metodi bilan dars o’tishning mohiyati shundan iboratki,
o’qituvchi tomonidan sinf o’quvchilari uchun o’tiladigan mavzu materialining
mazmuni muammo qilib qo’yiladi, so’ngra maqsadga tomon yo’naltiruvchi
savollarni o’quvchilarga berish orqali qo’yilgan muammo hal qilinadi.
Agar o’qituvchi mavzuga
doir misol yoki masala echmoqchi bo’lib dars jarayonini rivojlantirgan bo’lsa,
u mustaqil ishlash metodi bilan dars o’tadi, bunda o’quvchilar qo’yilgan masala
yoki misolni echish uchun fikrlaydilar, izlanish metodi bilan mavzuni
o’zlashtiradilar. Bunday dars jarayonida o’quvchilar juda faol bo’ladi, chunki
ular echish uchun doskaga o’qituvchi tomonidan yozib qo’yilgan misol yoki
masala yuzasidan mustaqil holda fikrlaydilar, o’ylaydilar va mantiqiy xulosa
qiladilar, bu bilan ularda mantiqiy fikrlash rivojlanadi.
O’qituvchining tushuntirish
va o’quvchining qabul qilib olish metodlari asosida ular ongida bilish deb
ataluvchi psixologik jarayon hosil bo’ladi. Bugun ta’lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo’lgan
zamonaviy darsning har biri
o’quvchi-yoshlar uchun o’ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta’lim dargohi esa
shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib,
o’z o’qituvchisini alohida hurmat va e’zoz bilan
kutib olish tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya jarayonining
asosiy mezonlaridandir. Uqituvchi dars paytida o’quvchilarga to’g`ri
yo’l-yo’riq berib tursa, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalar faol
ishtirokchiga aylanganini o’zlari bilmay qoladilar.
Ma’lumki, o’quvchi
faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi
turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar
tomon yo’naltirib turadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta’lim-tarbiya—ong
mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan
omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni
o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz
ko’zlagan oliy maqsad — ozod yurt, bo’lmaydi»
Adabiyotlar:
1.
N.N. Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiya
va pedagogik mahorat T.: -2003 y
2.
И. КаримовУзбекстан, устремленныйвХХIвек
– Т.: Узбекстан. 1999 г
Резюме:
Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar,
ilg`or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish
o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab
qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan bo’lmaydi.
Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.
Summary:
Today, the period of active movements, research and
operational information, in the are of advanced technology. Especially teachers
of science a special responsibility to be a teacher and a good knowledge,
further research is needed. Success in this area, said the decline is not
granted. However, the hard work is not without its results.
Оставьте свой комментарий
Авторизуйтесь, чтобы задавать вопросы.